Qo
‘
shimchalar zid ma’noliligi
Qarama-qarshi ma’no bildiruvchi qo‘shimchalar zid ma’noli
qo‘shimchalar deyiladi. Qo‘shimchalar antonimiyasi, asosan, so‘z
yasovchi qo‘shimchalar doirasida uchraydi: -li, -siz: aqlli, aqlsiz; -li,
be-: suvli, besuv; be-, ba-: bedavlat, badavlat.
Qo‘shimchalar zid ma’noliligining o‘ziga xos xususiyatlari B.
Isabekov tomonidan ilmiy tekshirilgan.
Qo
‘
shimchalar shakldoshligi
Semantik tomondan o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan, turli ma’nolarni
bildiruvchi har xil qo‘shimchalarning tashqi jihatdan bir xil bo‘lishi
qo’shimcha
shakldoshligi
deyiladi. Masalan: yotoq, o‘roq, qo‘rqoq, qochoq so‘zlaridagi -oq
qo‘shimchasi fonetik tomondan o‘xshash bo‘lsa ham, bular to‘rtta har
xil qo‘shimchadir.
Qo‘shimchalar omonimiyasi turli tipdagi ergash morfemalar
orasida uchraydi: 1. So‘z yasovchi qo‘shimchalarning o‘z doirasida:
to‘plam (-m qo‘shimchasi harakat natijasi bo‘lgan ot yasaydi), o‘rim (-
im qo‘shimchasi jarayon nomi yasaydi). 2. So‘z yasovchi qo‘shimcha
bilan shakl yasovchi qo‘shimcha orasida: tinchi (-i fe’l yasovchi
qo‘shimchasi:
U tinchidi
; uchinchi shaxsni ko‘rsatuvchi egalik
qo‘shimchasi -i ham shu shaklda bo‘ladi: kitobi). 3. Shakl yasovchi
qo‘shimchalarning o‘z doirasida: oqish – sifat (-ish belgining
ozligini
196
bildiradi), chopish – fe’l (-ish fe’lning vazifa shaklini hosil qiladi.)
4. Omonim qo‘shimchalar urg‘u orqali farqlanadi: urg‘uli -ma
qo‘shimchasi ot, sifat yasaydi, urg‘usiz -ma qo‘shimchasi fe’l yasaydi
va h.k.
Qo‘shimchalar omonimiyasi hodisasining o‘ziga xos xususiyatlari
M.Jo‘raboyeva tomonidan tadqiq etilgan.
Qo
‘
shimchalar polisemiyasi.
Birdan ortiq leksik yoki grammatik
ma’noni hosil qiluvchi qo‘shimcha ko‘p ma’noli qo‘shimcha deyiladi.
Masalan, -chilik qo‘shimchasi quyidagi ma’nodagi otlar yasaydi:
1.
Asosdan
anglashilgan
narsani
yetishtiradigan
sohani
ifodalovchi ot: paxtachilik, uzumchilik, urug‘chilik.
2. Asosdan anglashilgan narsa-hodisaning borlik holatini
bildiradi: pishiqchilik, arzonchilik.
3. Asosdan anglashilgan tushuncha bilan bog‘liq bo‘lgan ishni
anglatadi: ulfatchilik, o‘rtoqchilik.
Jo‘nalish kelishigi shakli -ga:
1. Harakat yo‘naltirilgan tomonni ifodalaydi: uyga.
2. Atalganlik ma’nosini anglatadi: Ukamga oldim.
3. Payt ma’nosini bildiradi: yozga chiqdi.
Qo‘shimchalarni tahlil qilish namunasi:
1. Qo‘shimchalarning fonetik strukturasi: bir unli, bir undosh yoki
unli va undosh va h.k.
2. Qo‘shimchalarning etimologiyasi: qaysi tilga mansubligi.
3. Qo‘shimchalarning kelib chiqishi: so‘zdan yoki fonetik variant
ekanligi.
4. Qo‘shimchalarning qo‘shilish o‘rniga ko‘ra turi: suffiks yoki
prefiks.
5. Qo‘shimchalarning tuzilishiga ko‘ra turi: sodda yoki qo‘shma.
6. Qo‘shimchalarning vazifasiga ko‘ra turi: so‘z yasovchi yoki
shakl yasovchi ekanligi.
7. Qo‘shimchalardagi omonimlik, sinonimlik, antonimlik va
polisemantiklik xususiyatlari.
197
Do'stlaringiz bilan baham: |