Buxoro davlat universitetining



Download 33,48 Kb.
Pdf ko'rish
bet130/146
Sana25.05.2023
Hajmi33,48 Kb.
#944088
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   146
Bog'liq
Jo\'rayeva Nargiza

 
4.2.1. Soʻz yasash yoʻllari
Leksika doimiy harakatda boʻlib, uning rivojlanishi, boyish 
yoʻllari har xil. Leksika, asosan, boshqa tillardan soʻz olish va ichki 
imkoniyat asosida yangi soʻz yasash bilan boyib boradi. Yangi soʻz, 
odatda, tildagi bor materialdan yaratiladi. Eritma soʻzining (eri+t+ma) 
materiali va modeli, vositasi avvaldan ma’lum, lekin hosil boʻlgan 
soʻz yangidir. 
Oʻzbek tilida soʻz yasashning bir necha usuli bor: 


200 
1. Semantik usul. 2. Fonetik usul. 3. Sintaktik usul. 4. 
Affiksatsiya usuli. 5. Kompozitsiya usuli. 
Semantik usul 
Tilda bor boʻlgan soʻzning ma’nosi oʻzgarishi natijasida yangi 
soʻz hosil boʻlishi semantik usul bilan soʻz yasash deyiladi: kun – 
quyosh – (planeta), kun - sutkaning yorugʻ qismi, kunduzi. 
Semantik usul bilan soʻz yasashga soʻz ma’nosining oʻzgarishi, 
konversiya (koʻchish), polisemiya asosida omonimlarning vujudga 
kelishi kiradi. Kechasi -ot (vaqt nomi); kechasi - otdan yuzaga kelgan 
ravish soʻz ma’nosining oʻzgarishi), oldingilar (sifatdan otga 
koʻchirish: oldingi odamlar). Tosh – jism, ot yoki biror narsaning 
toshib ichidan sirtiga chiqishi -fe'l. Ich- (ichki qism) ot, ich (ichiga 
yutish) -fe'l (polisemiya asosida omonim vujudga kelgan). 
Fonetik usul 
Tilda tovush oʻzgarishi natijasida paydo boʻlgan yangi soʻzlar 
fonetik usul bilan soʻz yasash deyiladi: 
1. Soʻz tarkibida fonetik oʻzgarish orqali: tun-kun, aka-uka. 
2. Urgʻuning oʻrnini oʻzgartish orqali: yangi-yangi. Prof. 
A.Gʻulomov "Ichki oʻzgarish yoʻli bilan soʻz yasash" (Nauchnaya 
sessiya AN UzSSR, Toshkent, 1947. 338-392-betlar) maqolasida 
fonetik usul bilan soʻz yasashni juda qadimgi usul deb hisoblaydi. Uni 
affiksatsiya va kompozitsiya usuli bilan soʻz yasashdan ilgarigi hodisa 
deb aytadi. A. Gʻulomov ichki oʻzgarish faqat tovushlarning 
oʻzgarishi bilan emas, tovushlarning ikkilanishi, tovush tushib qolishi 
va tovushlarning oʻrin almashtirishi usullari boʻlganligini aytadi va 
quyidagi misollarni keltiradi: koʻz-koʻr, tosh-tesh, aka-uka, siq-suq 
tovush almashish usuli; silamoq-siylamoq, oʻt-trava, oʻt-jeloch 
tovushlarni choʻzish orqali soʻz yasash; qatiq-qattiq tovushlarni 
ikkilantirish usuli bilan, sol-ol, togʻa-ogʻa, toshmoq-oshmoq 
tovushlarning birini tushirish bilan; siq-qis, choʻk-koʻch tovushlarning 
oʻrnini almashtirish va h.k.
Prof. S.Usmonov "Soʻz yasash formasi" maqolasida (Nizomiy 
nomli pedinstituti asarlari, 42-tom, Toshkent, 1964, 349-b.) "Turkiy 
tillarda ichki fleksiya masalasi juda munozarali" deb fonetik usul bilan 
soʻz yasalishiga shubha bildiradi.


201 

Download 33,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish