Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti



Download 7,24 Mb.
bet2/99
Sana11.04.2022
Hajmi7,24 Mb.
#543375
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
Bog'liq
FIZIKA TARIXI MAJMUA 2019

O’QUV MATERIALLARI
I. Ma’ruzalar


1-mavzu: Fizika tarixi fani. Fanning maqsadi. Fanning vazifasi, uslubiy ko’rsatmalar, baholash mezonlari. Fanlararo bog’lanish. Fanning mazmuni.
Reja:
1. Fizika tarixi fani. Fanning maqsadi.
2. Fanning vazifasi, uslubiy ko’rsatmalar, baholash mezonlari.
3. Fanlararo bog’lanish. Fanning mazmuni.
Tayanch so’z va iboralar: dualizm, atom, vakuum, deduksiya, lisey, Efir, kinematika, dinamika, vaznsizlik.
ASOSIY MATN
Insoniyatga o’zi yashayotgan olam, borliq haqidagi ma’lumotlar, bilimlar tayyor holda berilmaydi, balki inson o’z hayoti davomida tajriba va kuzatish vositasida bilim ko’nikma malakaga erishadi. Demak, bilish jarayoni ma’lum bir tarixga egadir. Har qanday nazariyaning fannining, shakllanishi, rivojlanishi o’ziga xos xususiyatga ega. Masalan, maktab o’quvchisiga ma’lum bo’lgan Nyuton qonunlari minglab yillar davomida shakllanib bordi, qariyb ikki yuz yildan so’ng bu qonunlar faqat yorug’lik tezligidan ancha kichik tezliklar uchun o’rinli ekanligi ayon bo’ldi. Demak, bu nazariya nisbiylik nazariyasiga o’z o’rnini bo’shatib berdi. Bundan ko’rinadiki fan shakllanib rivojlanib ma’lum bir tarixiy davrni o’taydi, ya’ni o’zining rivojlanish tarixiga ega. Fizika tarixi fani fizika fanining rivojlanish qonuniyatlarini o’rganuvchi fandir.
Har qanday fanning asosiy vazifasi o’zi amal qilayotgan sohaning qonunlarini kashf qilishdan iborat. Fan tarixining asosiy vazifasi fanning rivojlanishini boshqaruvchi qonuniyatlarini topishdan iborat. Fanning rivojlanishi jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy muhit bilan bevosita bog’liq bo’lganligi uchun fanning rivojlanishin o’rganish jamiyat qonunlarini o’rganish bilan birga boradi. Fizika tarixi fani bu fan haqidagi fandir. Fizika tarixini bilishdan oldin talabalar fanni, undagi qonuniyatlarni yaxshi bilishlari talab etiladi. Shu bilan birgalikda fan talabalarni fikrlash doirasini rivojlantirish va g’oyaviy tarbiyalash vazifalarni ham bajarish kerak.
Yuqorida qayd qilinganligi kabi “Fizika tarixi” fan haqidagi fandir. Talabalar fan tarixini o’rganishlari uchun fizikaning asosiy qonunlarini fizik hodisa va jarayonlarni tavsifini, fanning uslubiy va tarbiyaviy jihatlarini bilishi lozim. Kurs davomida talabalar ko’hna davr fizikasidan tortib hozirgi davrgacha bo’lgan qarashlar, nazariyalarni tahlil qila olishlari, allomalarni hayoti haqidagi tarixiy lavhalarni bilishlari, O’zbekistonda fizika fanining taraqqiyot, ilmiy izlanishlar haqida tasavvurga ega bo’lishlari lozim.

Fizika tarixining mazmuni fizikaning rivojlanish bosqichlari bo’yicha tanlansa, maqsadga muvofiq bo’ladi. Chunki fizika fanining rivojlanishi jamiyatning iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi bilan birgalikda qaralishi lozim. Ma’lumki, har qanday fanning rivojlanishi jamiyat ehtiyojlarini qondirish bilan uzviy bog’liqdir. Iqtisodiy sharoitlar, ijtimoiy ishlab chiqarish usullari, jamiyatning butun hayoti uchun, shu jumladan, fan uchun zarur zaminni yaratadi. Fizikaning rivojlanish qonuniyatlari tarixini o’rganish bilim nazariyasini boyitishda hamda hozirgi davrda Fan va jamiyat taraqqiyotining muhim omili ekanligini bilishda katta ilmiy ahamiyatga ega. Fanning rivojlanishida iqtisodiy va siyosiy omillardan tashqari mantiqiy, ya’ni fandagi mavjud ichki qarama-qarshiliklar ham muhim omil bo’lib hisoblanadi. Masalan: yorug’lik tabiati to’g’risidagi ikki xil nazariya (dualizm) zarracha va to’lqin nazariyasi o’rtasidagi qarama-qarshilik va h.k.


Hozirga qadar fizika tarixi to’g’risida turli tillarda juda ko’p darsliklar, asarlar yozilgan. Ammo ushbu asarlarning aksariyatida tabiiy fanlar, shu jumladan, fizika tarixi — bir yoqlama, ya’ni yYevropacha usulda yozilgan. O’rta asrlar (V — XV asr) da fizikaga ulkan hissa qo’shgan Sharq, ya’ni musulmon sharqi tamoman yoritilmay kelindi. Ushbu davrda fan va madaniyat "musulmon renessansi" (X - XII) deb yuritiladi va u eng qadimgi dunyo (ellinlar) fani va madaniyati bilan XVII — XVIII asr Ovrupo madaniyati o’rtasida bog’lovchi (ko’prik) vazifasini o’tagan.
O’zbekiston Respublikasi 1997 yilda milliy ta’lim konsepsiyasini qabul qildi. Ushbu dasturda qayd etilishicha, ta’lim jarayonini tubdan isloh qilish ko’zda tutilgan. Ushbu muammo darsliklarni, o’quv dasturlarini milliy mafkuraga mos holda tuzishni taqozo etadi. Fizika tarixi, ta’lim tarbiya jarayonining bir bo’lagi hisoblanadi. Shu munosabat bilan tarixiy adolatsizlikni tuzatish maqsadida o’rta asrda Sharq fani va madaniyatini o’quv dasturlariga kiritish tarixiy zarurat bo’lib hisoblanadi. Masalani ikkinchi tomoni Respublikamiz hayotida milliy mafkura shakllanayotgan hozirgi kunda yoshlarga sharq fani va madaniyatini o’rta asrlarda rivojini ochib berish orqali Ona zaminimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalar: Ibn Sino, Beruniy, Forobiy, Ulug’bek, al- Xorazmiy, al-Farg’oniylar hayoti va ularning fan olamiga qo’shgan ulkan hissalarini yoshlarga yetkazish orqali ularda vatanparvarlik, milliy qadriyatlarni e’zozlash kabi hissiyotlarni ham yuzaga keltirgan bo’lamiz. Milliy mafkuramizning maqsadi komil insonni tarbiyalash ekan, milliy qadriyatlarimizning asosi hisoblanmish buyuk allomalarimizning boy madaniy merosini yetarli darajada o’rganmasdan turib uni amalga oshirib bo’lmaydi. O’rta asrda sharqda fan va madaniyat markazlari bo’lib 1) Bog’dodda al-Ma’mun, 2) Xorazmda Ma’mun va 3) Samarqandda Ulug’bek akademiya maktablari hisoblanadi.
XIV-XVI asrlar O’rta Sharqda temuriylar renessansi deb atalmoqda. Ushbu davrda: Ulug’bek, Qozizoda Rumiy, Jomiy, Kamol Xo’jandiy, Behzod, Mirxond va Bobur singari avlod-ajdodlarimizning jahon fani va madaniyatiga qo’shgan ulkan hissalari yoritilmay kelinayapti.
Hozirda O’zbekiston Respublikasi jahon miqyosiga chiqayotgan bir paytda uning milliy mafkurasini shakllantirishda milliy qadriyatlarimizni, milliy g’ururni, vatanparvarlikni yoshlar ongiga singdirishda avlod-ajdodlarimizning fan va madaniyatga qo’shgan hissasini ko’rsatish muhim ahamiyatga ega. Afsuski, milliy merosimiz juda ham kam o’rganilgan, ularni o’rganishdan kutilmagan yangiliklar kelib chiqishi mumkin.
O’rta asrlarda yetishib chiqqan allomalar qomusiy olimlar bo’lishgan: Ibn Sino, al-Xorazmiy, al-Forg’oniy, Ulug’bek, Beruniy, Forobiylar tabiiy fanlar qatorida, musiqa, til, mantiq, tarix fanlari sohalarida ham zabardast asarlar yaratishgan.

Download 7,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish