2. Baholash (barcha ta’lim shakli uchun)
Ballar
(Foiz)
|
Baho
|
Izoh
|
100 – 90
|
5-baho
|
Fanga ajratilgan yuqori ball (y.b.) - 100, saralash ball (s.b.) – 60. Fan bo‘yicha magistrantning bilimlarini baholashda quyidagi namunaviy mezonlarga asoslaniladi.
Tilning sistema ekanligini tushuntira oladi, fonetika va fonologiyaga oid g‘oyalarni, ona tili fonetika va fonologiyasini, o‘zbek tilshunosligida fonemalarning tasnifi va tavsifi; fonetik hodisalar; morfonologiya; o‘zak va affiksal morfemalarning fonologik strukturasi; morfonologik alternatsiyalar; leksema va so‘z; leksemaning xususiyatlari; leksema va so‘zlarning tuzilish turlari; semema va semaning ta’rifi; sememaning tarkibi; semalarning turlari; leksemalarning o‘xshashlik qatorlari; morfologiyaning o‘rganish birligi; so‘z va so‘z turkumlari; so‘z turkumlarining semantik tasnifi; morfologik kategoriyalar tahlili; sintaksis predmeti va sintaktik birliklar; gapning mazmuniy tuzilishi, gapning kommunikativ aspekti; gapning presuppozitiv aspekti; qo‘shma gaplarning grammatik va semantik tuzilishini tahlil qila oladi.
Vektorli algebra nazariyasi, vektor fazolar, vektor fazo bazisi va o‘lchovi, chiziqli qobiq, chiziqli ko‘pxillik, yevklid fazolar, ularning izomorfizmi, n-o‘lchovli affin fazolari, ortogonal bazis, ortogonal to‘ldiruvchi, chiziqli akslantirishlar va operatorlar, chiziqlar va ularning tartibi, tekislikdagi harakatlar klassifikatsiyasi, geometrik figuralarning simmetriya gruppasi, o‘xshash almashtirishlar gruppasi va uning gruppaosti, tekislikdagi affin almashtirishlar, koordinatalarni bog‘lovchi tenglama va tengsizliklarning geometrik ma’nosi, fazoda tekislik va to‘g‘ri chiziq, ellips, giperbola, parabola, ikkinchi tartibli chiziqlarning o‘qlari, direktrisalari va fokuslari, ikkinchi tartibli chiziqlarning umumiy tenglamasi, ikkinchi tartibli sirtlar: silindrik va konus sirtlar, ellipsoid, giperboloid va paraboloidlar, bir o‘zgaruvchili ko‘phadlar, bezu teoremasi, algebraning asosiy teoremasi, algebraik va transsendent sonlar, maydonning algebraik kengaytmasi, algebraik sonlar maydoni, tenglamalarni radikallarda yechish, yuqori tartibli hosila va differensiallar, differensial hisobning asosiy teoremalari, Lopital qoidasi, ikkinchi tartibli integral va uning tatbiqlari, silindrik jismlar hajmini hisoblash, egri chiziqli integrallar, egri chiziqli integrallarni koordinatalar bo‘yicha hisoblash, aniq integralning tatbiqlari, sonli qator va uning yaqinlashuvchanligi, ko‘p o‘zgaruvchili funksiyalar, xususiy hosilalar, oddiy differensial tenglamalar, ular bilan bog‘liq tushunchalar, yuqori tartibli differensial tenglamalarga doir nazariy bilimlarga ega va shu bilimlarni amaliyotda qo`llay oladi.
Tabiiy fanlar konsepsiyasi, yer qatlami (litosfera), dunyo okeani (gidrosfera), biosferada organizmlarning tarqalishi, ekologik omillar, demografiya, insonning yashash muhiti, ekologiya, ma’naviyat va jamiyatga doir nazariy bilimlarga ega va shu bilimlarni amaliyotda qo`llay oladi.
Mehnat ta’limining ijtimoiy-pedagogik asoslari, mehnat ta’limi va tarbiyasining psixologik-pedagogik asoslari, mehnat ta’limi va tarbiyasining jamiyatda tutgan o‘rni, mehnat ta’limining umumta’lim fanlar bilan aloqasi, mehnat ta’limi va tarbiyasining nazariyasi, mehnat ta’limi va tarbiyasining ilmiy-nazariy asoslari, mehnat ta’limi nazariyasining ijtimoiy-tarixiy xususiyatlari, mehnat ta’lim va tarbiyasining umumdidiktik va uzviylik tamoyillari, mutafakkirlar merosida mehnat tarbiyasining targ‘ib etilishi, allomalar ijodida shaxs kamolotini shakllantirish g‘oyalari, mehnat ta’limi va tarbiyasida mutaffakirlar merosiga ilmiy-ijodiy yondashuv, mehnat ta’lim-tarbiyasi tizimida kasb-hunar turlarining ifodalanishi, kasb tanlashda mehnat tarbiyasining o‘rni. Mehnat ta’limi va tarbiyasida kasb turlari va guruhlari, mehnat ta’lim-tarbiyasi tizimida umuminsoniy qadriyatlarm, mehnat tarbiyasida xalq an’analarining pedagogik-psixologik xususiyatlari, mehnat tarbiyasida xalq hunarmandchilik turlari, kasb-hunarga yo‘naltirishda mehnat an’analaridan foydalanish bo`yicha bilimlarga ega va ularni amaliyotda qo`llay oladi
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |