Ishtirokchilik
belgilari
|
Ishtirokchilik
turlari
|
Ishtirokchilik
shakllari
|
3, 6, 9, 12
|
2, 5, 8, 11
|
1, 4, 7, 10
|
mavzu. Oilaviy sotsializatsiya Mavzu rejasi:
Oila va tashqi ijtimoiy muhit.
Oilada ijtimoiy tarbiyaning bosqich va vositalari.
Ota-onalik ustanovkalari va tarbiya shakllari.
Oila, maktab, pedagog hamkorligi.
BLITS-O’YIN METODI
BLITS-O’YIN metodi tinglovchilarni harakatlar ketma-ketligini to’g’ri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga, o’rganayotgan fani asosida ko’p, xilma-xil fikrlardan, ma’lumotlardan kerakligini tanlab olishni o’rgatishga, shuningdek tez va to’g’ri fikrlash qobiliyatini shakllantirishga qaratilgan.
Ushbu metodda tinglovchilar o’rganilgan butun mavzu yoki uning ma’lum qismining asosiy tushunchalari va tayanch iboralari bo’yicha tuzilgan savollarga javob (og’zaki, yozma, biror jadval yoki diagramma ko’rinishida) berishlari lozim bo’ladi.
«BLITS–O’YIN» metodini qo’llash qoidalari:
o’qituvchi ushbu metod bir necha bosqichda o’tkazilishi haqida tinglovchilarga tushuncha beradi. Har bosqichdagi vazifani baja-rishga aniq vaqt berilishi, tinglovchilar esa shu vaqtdan unumli foydalanishlari kerakligi haqida ularni ogohlantiradi;
o’qituvchi hamma tinglovchilarga (alohida-alohida) tarqatma material beradi va tinglovchilardan ushbu materialni sinchiklab o’rganishlarini so’raydi;
o’qituvchi tarqatma materialning mazmunini va bajariladigan vazifani tushuntiradi, ya’ni tarqatma materialda berilgan 20 ta harakatning ketma-ketligini to’g’ri belgilash kerakligi, belgini esa qog’ozda alohida ajratilgan bo’limga raqamlar bilan belgilash kerakligini tushuntiradi;
qo’yilgan vazifa avval yakka tartibda bajarilishini aytadi;
o’qituvchi birinchi berilgan vazifani har bir tinglovchi tomonidan yakka tartibda bajarilishini kuzatadi, qiynalganlarga yordam beradi yoki qaytadan tushuntiradi;
har bir tinglovchi tarqatma materialdagi «ShF» bo’limiga shu erda berilgan harakatlardan o’zining shaxsiy fikri asosida manti-qiy ketma-ketligini raqamlar bilan belgilab chiqadi (ya’ni beril-gan 20 ta harakatdan, uning fikricha qaysi biri, birinchi bo’lishi, qaysi biri esa ikkinchi bo’lishini va hokazo). Bu vazifani bajarish-ga 20 daqiqa vaqt beradi;
o’qituvchi tinglovchilardan 4 kishidan iborat kichik guruhlar tashkil etishlarini so’raydi. Ushbu guruhlar tinglovchilarning xohishlariga qarab yoki raqamlar bo’yicha tashkil etilishi mumkin;
kichik guruhlardagi tinglovchilarning har biri o’z qog’ozidagi «ShF» bo’limida belgilangan harakatlar ketma-ketligi bilan bir-birlarini tanishtiradilar, keyin 4 kishida to’rt xil bo’lgan ketma-ketlikni birgalashib, bir-birlari bilan tortishib, bahslashib, bir-birlariga ta’sir o’tkazib, o’z fikrlariga ishontirib, kelishgan holda bir fikrga kelib, ularga tarqatilgan qog’ozdagi «GF» bo’limiga raqamlar bilan belgilab chiqadilar;
o’qituvchi kichik guruhdagi tortishuvlarda ishtirok etmaydi, faqat kichik
guruhlar va har bir tinglovchi faoliyatini kuzatadi. Bu vazifani bajarish uchun 10 daqiqagacha vaqt beriladi;
barcha kichik guruhlar o’z ishlarini tugatgach, o’qituvchi harakatlar ketma-ketligi bo’yicha to’g’ri javobni beradi, ya’ni tinglovchilardan ularga tarqatilgan qog’ozlardan «TF» bo’limini topishi va unga o’qituvchi tomonidan aytilgan harakatlar ketma-ketligining raqamlarini yozishni so’raydi;
o’qituvchi tinglovchilardan «TF» bo’limida berilgan raqamlar bilan
«ShF» bo’limida belgilangan raqamlarni solishtirishni hamda «TF» bo’limida berilgan raqamlarga to’g’ri kelmagan qator-larga «ShX» bo’limiga belgi qo’yishni so’raydi;
shu tartibda «TF» va «GF» bo’limlari solishtiriladi hamda «TF» bo’limida berilgan raqamlarga to’g’ri kelmagan qatorlarga «GX» bo’limiga belgi qo’yiladi;
o’qituvchi shaxsiy va guruh xatolarining umumiy miqdori (soni) bo’yicha tushuncha berib, ularni alohida-alohida sharhlab beradi;
tinglovchilarning javoblari o’qituvchi tomonidan berilgan «TF»ning 11– 14 tasiga to’g’ri kelsa (55–70%) «qoniqarli», 15–18 tasiga to’g’ri kelsa (71–85%)
«yaxshi», 19–20 tasiga to’g’ri kelsa (90– 100%) «a’lo» deb belgilash mumkin. Guruh bahosi ham shu tartibda aniqlanadi.
Tarqatma materialning taxminiy nusxasi:
Do'stlaringiz bilan baham: |