Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogika, psixologiya va texnologik ta’lim kafedrasi



Download 0,98 Mb.
bet11/44
Sana30.05.2023
Hajmi0,98 Mb.
#946092
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   44
Bog'liq
Shaxs psixologiyasi UMK (1)

A.F.Lazurskiy shaxs konsepsiyasining asosida shaxsning ijtimoiy muhitga moslashuvi bo’lib, u keng ma’noda tushuniladi. Shaxsning atrof-muhitga moslashuvi har xil: quyi, o’rta, yuqori. Bu darajalar shaxsning rivojlanish darajasini belgilaydi.
L.S.Vigotskiy (1896) – metodolog psixolog, ko‘p yillar davomida bola psixikasini o‘rganishda emperik usullardan foydalanish programmasi ustida ish olib borgan. 10 yil davomida olib borilgan tinimsiz va intensiv izlanishlar orqali u 180 dan ortiq asarlar yozib qoldirgan. Bu asarlar orasida “San’at psixologiyasi”, “Fikr va nutq”, “Pedagogik psixologiya”, “Psixologik krizisning tarixiy mazmuni” kabi asarlari mashhurdir. Vigotskiy alohida e’tibor qaratgan “Markaziy kategoriga insonni ongi edi.Vigotskiy marksizm g‘oyalariga asoslanib, psixik o‘zgarishlarga tavsif qidirishga harakat qildi.
Ichki psixik jarayonlarni tushunish uchun inson organizmi doirasidan chiqib, uning atrof- muhit bilan bo‘ladigan munosabatini o‘rganish kerak edi.
Uning konsepsiyasi ma’naviy- tarixiy deb atash mumkin edi, chunki ong va psixik jarayonlarga interpretasiyani faqatgina ularning rivojlanishi va qurilishi orqali berish mumkin edi. Vigotskiyning asosiy g‘oyasi, yuqori psixik funksiyalarning rivojlanishini tasqidlash bilan bog‘liq edi. Ular yosh bolada kattalar bilan muloqot davomida rivojlanadi. Vigotskiyning fikricha, rivojlanish, ma’naviy belgilarni ularning ichida eng soddasi bo‘lgan so‘zlarni o‘zlashtirish bilan bog‘liq bo‘ladi. Oliy psixologiyaga doir muammolar bilan birga insonda tug‘ilishdan mavjud bo‘lgan funksiyalar xususida ham bahs yuritiladi. Vigotskiyning fikriga ko‘ra rivojlanish ikki yo‘nalishga bo‘ladi:
Bola rivojlanishida bu ikki yo‘nalish ham ishtirok etadi, va biz ularni izchil holatda filogenezda uchratishimiz mumkin: bular; biologik va tarixiy, tabiiy yoki ma’naviy xulqning rivojlanishidir. Ontogenezda bu ikki jarayonlar o‘z parallellariga egadir.
Tabiiy funksiyalar bular mexanik xotira, e’tibor, obrazli fikrlarning organik rivojlanishi bo‘lib, ular tashqi muhit bilan bo‘lgan aloqa davomida shakllanadi. Oliy psixik funksiyalarga – mantiqiy xotira, dunyoqarash, tushunchalarda fikrlash. Birinchi-tabiiy stimul reaksiya prinsipi asosida, ikkinchisi esa qonun bilan rivojlanadi.
Vigotskiy ikkita gipotezani oldinga surgan:

  1. Oliy psixik funksiyalarning tarqalishi;

  2. Tashqi integratsiya yo‘li orqali ichki faoliyatning vujudga kelishi. Izlanishlar shuni ko‘rsatdiki, xulq atvorni o‘zlashtirish avval tashqi (sotsial) planda, kattalar bilan muloqot davomida rivojlanadi va shundan so‘ng funksiyalar ichiga aylanadi. Bu qonuniyat , ma’naviy rivojlanishning umumgenetik qonuni deb ataladi. Shaxsning shakllanishi, Vigotskiyning fikricha, moddiy rivojlanishni aks ettiradi. Uning fikricha bola shaxsi bilan moddiy rivojlanish o‘rtasida teng belgisini qo‘yishimiz mumkin. Shaxs shunday tarixiy rivojlanishda shakllanadi. Shaxsning ko‘rsatkichi deb tabiiy va oliy psixik funksiyalar ko‘rinishida ko‘rishimiz mumkin. Insonda qancha ma’naviy funksiyalar ko‘p bo‘lsa unda shuncha dunyo va o‘z xulq-atvori ustidan bo‘lgan hukmronligi kuchayadi.

A.N.Leontyev (1903-1979) – psixolog, ilm tashkilotchisi, faoliyat nazariyasi asoschisi. Uning asarlari orasidan “Psixika rivojlanishi”, “Faoliyat, ong, shaxs”, kabilari mashhurdir. Leontyev konsepsiyasi inson rivojlanishida ijtimoiy determinatsiyaning o‘rni haqidagi qarashni ma’qullab, qaysidir ma’noda Vigotskiy yo‘lini davom ettirgan. Leontyevning shaxs teoriyasi asosiy prinsipi yordamida insonning natural faoliyatini tushunish bilan ifodalash mumkin. Uning konsepsiyasining asosiy tushunchasi bu faoliyat kategoriyasidir. Faoliyat fenomeni sabab, atrof olam ta’sirida yuzaga keladigan jarayon tekshiriladi.
Faoliyatning asosiy formasi uning tashqi faoliyatidir. Daliliy ma’nosi bu so‘z ma’nosi bilan solishtiriladi. Leontyev ta’kidlab o‘tganidek, ma’no faqatgina bitta tushunchaga taalluqli bo‘la olmaydi, chunki harakatni individ bajarmaydi. Tarixiy rivojlanishning tashqi faoliyat davrida ichki funksiyalar yuzaga kelishi mumkin, ular tez shakllanib 2ta formaga aylanadi.
Predmetli faoliyatda asosan o‘z-o‘zini ta’minlay oluvchi-harakat va operatsiyalar ajralib chiqadi. Ichki faoliyatda motiv va maqsad shularga kiradi. Butun bir faoliyatni o‘rganishdan maqsad ichki sistema bog‘lanishlar va munosabatlarni tadqiq qilishdir.
Leontyev fikricha shaxs bu faoliyatning ichki momenti, shaxs tushunchasi asosan individ tushunchasi bilan adashtiriladi. “Individ” tushunchasi konkret subyektning bo‘linmasligi, butunligi va o‘zgacha ekanligini ifodalaydi. Individ filogenetik va ontogenetik rivojlanishning so‘nggi mahsulidir. Shaxs strukturasi motiv va faoliyat orqali yuritiladi. Uning ta’kidlashicha, insonning alohida psixologik yoki sotsial-psixologik tomonlaridan kelib chiqgan holatda “Shaxs strukturasini” hosil qilish mumkin emas, bu shaxs o‘zagida unga o‘rnatilgan genetik programmalarida, uning mavjud salohiyatida emas, balki bilimi va faxmidadir.
Shaxs analizi birligida shaxs mazmuni inson ongida motivni maqsadga
bo‘lgan munosabati sifatida o‘rtaga chiqadi. Shaxs mazmuni shaxs analizi sifatida o‘rtaga chiqa olmaydi, chunki uning haqiqiy ko‘rinishi individ bilan bo‘lgan munosabati bilan o‘lchanadi. Mazmun bu haqiqatning umumlashtirgani bo‘lib asosan so‘z va gaplarda kristallashib, fiksirlashib boradi. Bu jamoa tajribasining ideallashtirilgan ruhiy shaklidir.
Leontyev faoliyat motivining o‘zgarishi shaxs mazmuni o‘zgarishi bilan birga amalga oshiriladi. Misol uchun, talaba tomonidan kitobning mutolaa qilinishi uning maqsadini ifoda etadi. Uning motivi esa mutolaa qilish orqali kelajakdagi kasbga tayyorlash yoki imtihonga tayyorlashdir. Shaxs fikrlarini o‘rganish muammolarini Leontyev ishlab chiqqan g‘oyalar asosida o‘rganishni psixologiyaning turli xil jabhalarida qo‘llaniladi.
Rubinshteyn (1889-1960) mashhur psixolog, faylasuf va psixolog, fikrlash psixologiyasi muammosi ustida tadqiqotlar olib borgan, psixologiya asoslari yaratuvchisi, “Umuman psixologiya asoslari” nomli darslik muallifi. “Ijodiy faoliyat prinsipi” maqolasida u ongni aktiv faoliyat deb baho berdi. Bu g‘oya asosida ong birligi va faoliyati prinsipini yaratadi. Ong birligi va faoliyat haqidagi g‘oyalar psixologiya rivojlanishining ayni bir etapida vujudga kelgan bo‘lib, XX asrning 30-40 yillarida introspektiv psixologiya va biheviorizm bilan bog‘liq muammolarni hal qilish uchun ham vujudga kelgan. Ong birligi va faoliyat tasdiq’i ong va psixikani passiv bir mavjudlik deb emas, subyekt faoliyati, real individ va inson faoliyati uni atrof-muhit bilan bo‘lgan munosabati jarayoni o‘rganiladi.
Rubinshteyn alohida ta’kidlab shuni aytadiki, insonga faqatgina faoliyat emas balki shaxs ham tanlov huquqiga ega holda ta’sir o‘tkazish kuchiga egadir. Shaxsni o‘rganish davomidagi muhim daqiqalardan biri, Rubinshteyn fikricha faqatgina faoliyatini yoki hayot emas bundan kengroq jabhalarnio‘z ichiga oladi.
V.S.Merlin (1898-1982) shaxsining integral nazariyalarini ishlab chiqadi va quyidagi bosqichlarini ko‘rsatdi.

  1. Biokimyoviy

  2. Somatik

  3. Neyrodinamik

  4. Psixodinamik (temperament bosqichi)

  5. Shaxs

  6. Jamiyatdagi sotsial roli.

Bu bosqichlarni orasida bir tomonlama. Aksincha ko‘ptomonlama bog‘liqlik bor, ya’ni bir bosqich bir vaqtda bir necha bosqichda aloqada bo‘ladi. Temperament bosqichda quyidagilarni farqlaydi.
Ekstraversiya - obyektiv holatdan kelib chiqib, psixik o‘zini tutish. Sergaklik- to‘siq bo‘layotgan holatda qochish orqali reaksiyaga kirishish.
Reaktivlik- xatti-harakatga shunday javob qaytarish. Impulsivlik- tezlik undaemotsiyalar xatti- harakatning kuchi.
Emotsiyalarni uyg‘onishi qo‘yilgan maqsadga aktiv harakat qilish. Shaxsiy faoliyat haqida gapirdanda, shuni nazarda tutganki, psixologik vositalarning tizimi shundayki, inson o‘zining shaxsini ko‘rsatish uchun harakat siz ulardan qochadi. Temperament B.S.Merlin fikricha ko‘ra, o‘zgartirish mumkin emas, chunki u genetik joylashtirilgan, lekin uni kompensatsiya qilsa bo‘ladi.
Uning eng mashhur ishlaridan biri – “Temperament nazaryalari to‘g‘risidagi ocherk”, “Eksperimental shaxs psixologiyasi”, “Shaxsning integral tadqiqotlari”.
Shaxs psixologiyasining zamonaviy tadqiqotlari.
XX-asrning 80-90 yillarida shaxs psixologiyasining rivojlanish bosqichi bo‘ldi. Bu bosqichning asosiy xususiyatlari K.A.Abulxan-Slavga ko‘ra quyidagicha:

  • Haqiqiy shaxsga qaratilgan tadqiqotlar

  • Shaxs psixologiyasining etikaga o‘zini tutishning tomonlariga tafakkur va motivatsiyaga yaqinlashgan

  • B.F.Lomovning tizimli yondashuvi “shaxs psixologiyasi”ning asosiy muammolariga aniq yondashuv.




Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish