Dissertatsiyaning tadqiqot usuli va manbalari. Ishning markazidan o`rin egallagan mavzuning yoritilishida, asosan, kuzatish, qiyoslash, analiz usullaridan foydalanildi. Tadqiqotning asosiy manbalari E.Vohidovning “Yoshlik devoni”, “Muhabbatnoma” saylanma kitob 1-jildiga kiritilgan g`azallar va shoirning “Orzuli dunyo” she’riy to`plamidagi she’rlar tashkil etadi. Shuningdek, Navoiy, Bobur va Fuzuliyning o`zbek tilidagi adabiy merosi, turli doiradagi adabiyotshunos olimlarning nodir ilmiy-badiiy asarlaridan ham foydalanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |