Buxoro davlat universiteti zoyirova muhabbat sobirovna erkin vohidov ijodida mumtoz adabiyot an


II BOB. ADABIY MAHORAT VA LIRIK JANRLARGA MUROJAATDAGI O`ZIGA XOSLIK



Download 343 Kb.
bet2/11
Sana21.01.2022
Hajmi343 Kb.
#396699
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ERKIN VOHIDOV IJODIDA MUMTOZ ADABIYOT AN’ANALARI

II BOB. ADABIY MAHORAT VA LIRIK JANRLARGA MUROJAATDAGI O`ZIGA XOSLIK.

II.1. Fuzuliy lirikasidagi g`oya ko`lamdorligining Erkin Vohidov ijodida saqlab qolinganligi…………………………………………………………….56-69

II.2. Erkin Vohidov ijodida badiiy san’atlardan foydalanish mahorati…..70-87

XULOSA……………………………………………….………………..88-90

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI…………………91-96

KIRISH

Mavzuning o`rganilish darajasi va dolzarbligi. Ming yillik yozma adabiyotimiz tarixida tilimizning bepoyon imkoniyatlarini o`zida xolis tajassum etgan badiiy asarlar benihoya ko`p, ammo mustabid tuzum davrida milliylikning o`ziga xos jihatlarini o`rganishga yo`l berilmagan edi. O`rganilish darajasi ham sun’iy ravishda amalga oshirilib, shunchaki yuzaki nuqtayi nazardan tahlil qilingan edi. Ushbu jarayonda faqat dunyoviy adabiyotgina ijobiy hodisa sifatida tan olindi va o`rganildi. Hatto shu dunyoviy adabiyot vakillarining ijod namunalari ham ilohiy-irfoniy g`oyalardan tozalanib, o`sha davr mafkuraviy tamoyillari asosida tahlil va talqin qilindi, undagi ma’no ko`lamdorligi o`z mohiyatini yo`qotdi. Shu vajdan mumtoz adabiyotning gultoji hisoblanmish aruz vaznida bitilgan g`azal o`z o`rnini barmoq vaznida bitilgan she’rlarga “bo`shatib” berdi. Mumtoz adabiyotimizda yaratilgan betakror g`azal durdonalari “eskilik sarqiti” sifatida kitob javonlarida chang bosib yotaverdi. Holbuki, ulug` shoirlarimizning deyarli har bitta harf turkumi ostida ham bir go`zal san’at yashiringanligining guvohi bo`lamiz. Shunga qaramay mumtoz adabiyot vakillari (Navoiy, Fuzuliy, Bobur) ijodining ilohiy-irfoniy manbalardan oziqlanganligi e’tirof etilgan edi. Bu ayniqsa, A.Hayitmetov,1 I.Haqqulov,2 R.Vohidov3 va yana bir qator olimlarning ishlarida yorqin ko`zga tashlanadi. Shu nuqtayi nazardan Erkin Vohidov ham o`zining “Shoir-u she’r-u shuur” (Toshkent, “Yosh gvardiya”, 1987.) kitobida mumtoz adabiy merosning tub mohiyatini ochib berishga harakat qilgan. Jumladan, Navoiy ijodi bo`yicha “Qaro ko`zim…”, “Aylagach”, “Kuyida yig`lar edim…” nomli maqolalarida shoir g`azallarini o`z holicha va boricha talqin qilgan. Fuzuliy ijodidagi o`sha mashhur “Shifoi vasl qadrin…” deya boshlanuvchi g`azaliga “Hamdardlikni kuylagan g`azal” sifatida qaralib, uni turkiy g`azal uslubini kamolot cho`qqisiga ko`targan buyuk siymo nazdida e’tirof etiladi. Bobur merosi bo`yicha esa “Xazon yaprog`i…” deb nomlangan maqola ostida shu nomli g`azalning tahlilini Bobur xayolida sarg`ayib borayotgan bog` – o`z umri-g`ariblikda g’am bilan kechayotgan hayoti va u berahm yor siymosida namoyon bo`lguvchi taqdiri azalga murojaat sifatida talqin etadi. E.Vohidov ana shunday davrda katta bir ishga qo`l urdi, ya’ni aruz vaznida ham go`zal g`azallar yaratib, ilk devon “Yoshlik devoni”ni tuzishga muvaffaq bo`ldi.

Bugungi kunga qadar E.Vohidovning hayoti va ijodiga doir bir qator ilmiy ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, V.Qodirovning “Hozirgi zamon o`zbek g`azallari poetikasining ayrim xususiyatlari” va M.Yunusovning “Traditsiya va novatorlik problemasi” mavzusidagi nomzodlik ishlari, qolaversa, N.Rahimjonovning “Erkin Vohidov badiiyati”, A.Rasulovning “She’r qolur, shoir qolur”, B.Nazarovning “XX asr o`zbek adabiyotida E.Vohidov ijodining o`rni va ahamiyati”, Dilorom Sodiqovaning “E.Vohidov ijodida aruzga munosabat”1 maqolalarida ulug` shoir g`azallarining ba’zi qirralari haqida ilmiy asosga ega qimmatli fikrlar bildirilgan. Qayd etilgan ilmiy izlanishlarning aksariyatida E.Vohidovning ijodi xususida fikr bildirilgan. Holbuki, E.Vohidov ijodida mumtoz adabiyot an’analariga munosabati va aruzga doir qarashlarining o`ziga xos jihatlari yanada teranroq ifodalashga ehtiyoj sezadi. Ijodkorning g’azal va muxammaslarida mumtoz adabiyot an’analari saqlanib qolingan. Bunda shoirning o`ziga xos yangiligi, ya’ni novatorligi ko`zga tashlanadi. Aynan shu holatni yanada chuqurroq o`rganish orqali biz E.Vohidovning mumtoz adabiyot an’analaridan foydalanish mahoratini bilib olamiz. Bu esa maxsus tekshirishni talab etadi. Ayni shu holat mavzuning dolzarbligini belgilaydi.




Download 343 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish