Buxoro davlat universiteti xorijiy til va adabiyot fakulteti


Eranlar jamol ko’rar darveshlar suhbatinda



Download 1,64 Mb.
bet10/10
Sana01.01.2022
Hajmi1,64 Mb.
#296780
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Яссавий

Eranlar jamol ko’rar darveshlar suhbatinda,

Yoronlar majlisinda, nur yog’ar suhbatinda

Ha tilasa ul bo’lur darveshlar suhbatinda

Har sirlar zohir bo’lur darveshlar suhbatinda

Har kim suhbatg’a keldi, erandin ulush oldi

Bot keldi, bilish bo’ldi darveshlar suhbatinda

Har kim suhbatg’a keldi, ko’ngliga ma’no to’ldi,

Ashoblar murod topdi darveshlar suhbatinda"¦

Kibru hasadlar o’lar, ichida ma’no to’lar

Ko’z ochib haqni ko’rar darveshlar suhbatinda

Rasulga vahiy keldi, boshindan tojin oldi,

Ko’pdi xodimlik qildi, darveshlar suhbatinda

Qul Xoja Ahmad suhbatda, dam urar munojotda,

Zihi xush saodatda darveshlar suhbatinda.


Ahmad Yassaviy

Ahmad Yassaviy 1041 yilda Saryom (Sayram) qishlog’ida SHayx Ibrohim onadonida tug’iladi. YEtti yoshida otasidan, so’ng onasidan yetim qoladi. U Arslonbob nomli inson qo’lida hamda aksariyat tolibi ilmlar kabi Buxoroda tarbiya va tahsil oladi. U yerda mashhur YUsuf Hamadoniydan suluk odoblarini o’rganib, so’ng Turkistonga qaytadi va o’z tariqatiga asos soladi. U so’fiylik g’oyalari, shuningdek, o’z tariqati asoslarini targ’ib etishda she’rlaridan foydalanadi. Islom dini aqidalari va o’z asoslagan g’oyalarni she’riy tarzda bayon etish asosida keng omma orasiga kirib boradi. Yassaviy hikmatlarining axloqiy, falsafiy, ilohiy asoslari to’g’ridan-to’g’ri “Qur’on” g’oyalari va payg’ambar Muhammad Alayhis-salom hadislari negizida shakllanadi. Ahmad Yassaviy hikmatlarida payg’ambar Muhammad Alayhis-salom ta’limotida ulug’langan ma’naviy-axloqiy xislatlar - muruvvat, saxovat, qanoat va rostgo’ylik targ’ib qilinadi, bildirilayotgan fikrlar kishilarni faqat Allohga tobe bo’lishga undaydi. Uning hikmatlarida pand-nasihat asosiy o’rin tutadi. Ularning barchasida so’fiylik tariqatining amollari - haqiqatni bilish. Haqni sevish, nafsu dunyodan chekinishga da’vat etuvchi g’oyalar o’z aksini topgandir. Inson ruhi va ongini har qanday illat, qabohatdan ozod etish kerak, ana shundagina insonda axloqida ko’zga tashlanuvchi ayrim nuqsonlar yuzaga kelmaydi, degan fikrlar komil insonni shakllantirishning asosiy yo’llaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Zero, tasavvuf-nafs lazzatlaridan voz kechishdir. Nafs - ochko’zlik, o’g’rilik, jaholat, xudbinlikni keltirib chiqaradi. SHuning uchun qanoat Ahmad Yassaviyning hayotiy shiori sanaladi. Oziga qanoat qilish, shukronalik, halol luqma yeyish orqali inson Haq bilan “ko’risha” oladi, nafsga mute bo’lganlar esa xudbinlikdan qaytmaydi, nafs balosiga uchraydi. Xususan: Nafsdan kechib, qanoatni pesha qilg’on,

Har kim topsa, rozi bo’lib, bo’yi sung’on

YAxshilarga xizmat qilib duo olg’on,

Andoq oshiq mahshar kuni armoni yo’q.

Jondin kechmay hu-hu degan bari yolg’on,

Bu gumrohdin so’rmang savol, yo’lda qolgan,

Haqni topgan o’zi pinhon, so’zi pinhon

Ul sababdan oltmish uchda kirdim yerga.

Banda bo’lsang mehnat tortg’il g’ofil odam,

Oqil ersang g’animatdur senga shul dam

Omonatdir aziz joning yurma beg’am,

Eshitib o’qib yerga kirdi qul Xoja Ahmad.


Ahmad Yassaviy nodonlik tufayli hayotda savodsizlik, diyonatsizlik, ota-ona va ustozlarga hurmatsizlik, ma’naviy qashshoqlik, yovuzlik, takabburlik, nodon insonning eng tuban shaxs ekanligi, nodonlik, razolat hukm surgan joyda, ma’rifat bo’lmagan o’lkada mamlakatning inqirozga yuz tutishini alohida qayd etib o’tadi.

Ahmad Yassaviy hikmatlarida Haqqa yetish yo’lini targ’ib qilar ekan, insonni jaholat botqog’idan xalos qilish lozimligiga urg’u beradi. U “SHariatda orif-biloh bo’lishni, tariqatda voqif-asror bo’lishni, haqiqatda komil–mukammal bo’lishni, ma’rifatda daryoi ummon bo’lishni talab qiladi”.

YUqorida bayon etilgan fikrlardan anglanadiki, Ahmad Yassaviy tomonidan ilgari surilgan g’oyalar insonni yomon illat, nafs balosidan voz kechishga undaydi. YOmon illatlar va nafs balosidan xalos bo’lish insonni ruhiy va jismoniy komillik sari yetaklaydi.

Aslini olganda, Mansur Xalloj ham, Imom G’azzoliy ham, Ahmad Yassaviy ham ruhiy kamolotga intilganlar. Zero, ular intilgan komillik - Haqqa yetishish,-unga muhabbat qo’yish, shu ishq dardi bilan yashash, tavba-tazarru, sabru qanoat, shijoat, to’g’rilik, rostgo’ylik, samimiyat, nafsni tiyish, undan g’olib kelish, har bir inson qalbini chirkin illatlardan xalos etuvchi faqru fano kabi xislatlarning majmuidan iboratdir. Ular inson kamolotining ta’minlanishi uchun turli yo’llarning samarali ekanligini asoslashga harakat qilganlar. SHu bilan birga, tadqiqotchilar Yassaviya ta’limoti g’oyalariga ko’ra zolim hukmdor, nopok din peshvolari, nodon va johil kishilarga nisbatan muxolifot mavjudligi ta’kidlanganligidan guvohlik beradilar.

XIV asrning boshlariga kelib, Movarounnahrda so’fiylikning yana bir oqimi Naqshbandiya tariqati shakllandi.

Naqshbandiya ta’limoti o’zining hayotiy g’oyalari bilan boshqa tariqatlardan tubdan ajralib turadi. Naqshbandiya tariqatining “ildizi” uzoq davrlar, ya’ni, SHarq Uyg’onish davriga borib taqaladi. Markaziy Osiyoda ikki buyuk olim- Abulqosim Ali al-Xoroqoniy (1034 yilda 80 yoshida vafot etgan) hamda Abu Ali al-Farmadiy (1084 yilda vafot etgan)larning so’fiylik ta’limoti rivojida katta hissalari bor ekanligini ta’kidlaydi. Tasavvuf olamining mashhur faylasuflari Ahmad al-G’azzoliy va YUsuf Hamadoniylar (1049-1140 yillar) Abu Ali al-Farmadiyning shogirdlari sanaladilar.

Xoja Hasan Andoqiy, Xoja Abdulloh Barraqiy (Barkiy), Xoja Ahmad Yassaviy va Xoja Abdulholiq G’ijduvoniy tasavvuf ilmi bo’yicha YUsuf Hamadoniy qo’lida chuqur ta’lim olgan to’rt mashhur shayxlar sanaladilar.

Alisher Navoiy u haqda shunday yozadi: "Xoja Ahmad Yassaviy Turkiston mulkining shayxul mashoyixidir. Maqomoti oliy va mashhur, karomoti matavoli (hayratlanarli) va nomahsur (chegarasiz) ermish. Murid-u as'hobi (do'st, suhbatdoshi) g'oyatsiz va shoh-u gadoning irodat va ixlosi ostonida nihoyatsiz ermish. Imom Yusuf Hamadoniyning as'hobidindur... Va aning mazori Turkistonda, Yassi degan yerdaki, aning mavlid va manshaidur, voqe' bo'lubdur va Turkiston ahlining qiblai duosidur". Rivoyatlarda Yassaviy dunyoning turli tomonlariga yoyilib ketgan to'qson to'qqiz ming murid, o'n ikki ming yon-atrofida yuruvchi suhbatdosh do'stlar va ko'plab xalifalarga ega bo'lgani naql qilinadi. Birinchi xalifasi Arslonbobning o'g'li Mansur ota bo'lib, u vafot etgach (1197), o'g'li Abdulmalik, so'ng uning o'g'li Tojxo'ja, Tojxo'janing o'g'li Zangi ota vaqti bilan irshodlik qilishgan. Xorazmlik Said ota (1218-19- yilda vafot etgan) uning ikkinchi xalifasi, Hakim ota (Sulaymon Boqirg'oniy) esa uchinchi xalifasi edi. Yassaviyning karomatlari haqida ko'plab rivoyatlar yuradi. Ularning birida Xizr bilan ko'p martaba suhbatdosh bo'lgani naql qilinadi. Xizr unga "Har kun yetti iqlimni kezaman va har iqlimdan bir suhbatdosh izlayman. Lekin shu paytgacha, senday qobiliyatli va asl suhbatdoshga duch kelmadim",- degan ekan. Bir kuni "shayx ul-mashoyix"ni juma namozida uchratmagan muxoliflari uning ustidan har xil ig'volar to'qib, yurt podshohiga chaqadilar. Podshoh taftish buyuradi. Tekshirib ko'rsalar, Ahmad Yassaviy ba'zan juma namozini Makkaga borib o'qib kelar ekan... Bu xil rivoyatlar ko'p. Sohibqiron Amir Temurning unga alohida muhabbat qo'yganligi bejiz emas. Uning farmoni bilan hazrat qabri ustiga gumbazining balandligi 30, aylanasi 40 gazlik ulkan maqbara qurildi. Unga vaqf yer ajratilib, daxlsiz deb e'lon qilindi. Jahongir 1402- yilning boshida mashhur Rum safari oldidan Turkiston shayxlaridan tumor yozdirib ketgan. "Voqeoti Temur" degan kitobda keltirilishicha, Anqara jangida buyuk jahongir piri murshidning:

Yaldo kechani sham'i shabiston etgon,

Bir lahzada olamni guliston etgon,

Bir mushkul ishim tushubdur, oson etgil,

Ey, barchani mushkulin oson etgon



satrlarini yetmish marta yoddan o'qigan ekan.
Download 1,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish