O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
XORIJIY TIL VA ADABIYOT FAKULTETI
Mavzu: Ahmad Yassaviy pedagogik g’oyalari.
Bajardi: 11-12CHI-19 guruh talabasi
Qudratova Ferangiz Otabek qizi
Ahmad Yassaviy
Ahmad Yassaviy turkiy tasavvuf she’riyatining atokli vakili. U «Devoni hikat» asari bilan jahonning bir necha mamlakatlarida ma’lum va mashhur bo’lgan. Yassaviyning tug’ilgan yili aniq ma’lum emas. Lekin ilmiy adabiyotlarda vafoti 1166-1167 deb ko’rsatiladi.
Yassaviy Sayramda tavallud topgan. Keyinchalik shoir tug’ilgan yerini «ul muborak Turkistondin» deb ta’riflagan. Otasi Shayx Ibrohimdan yeti yoshida yetim qolgan. Dastlabki tahsilni Yassida mashhur turk mashoyixi Arslonbobdan olgan. Arslonbob vafotidan so’ng, u Ahmad Yassaviy turkey tasavvuf she’riyatining atokli vakili. U «Devoni hikmat» asari bilan jahonning bir necha mamlakatlarida ma’lum va mashhur bo’lgan.
Arslonbob vafotidan so’ng, u tahsilni Buxoroda Yusuf Hamadoniy qo’lida davom ettirgan. Yassaviy o’z asarlarida insonni ulug’langan, insonni ulug’likka chorlagan. Uning uqtirishicha, inson haqiqat qarshisida tik tura olishi, o’zligi qarshisida ham qomatini bukmasligi shart. Inson hayoti nechog’lik kulfat va mashaqqatlarga to’la bo’lmasin, u komillikka intilishi shart. Komillikka intilgan odam ko’p kulfatlarni boshdan kechiradi, turli alam va iztiroblarga duch keladi. Ammo undagi abadiyatga bo’lgan ishonch ana shu qiyinchiliklarda tug’iladi va u o’z murodiga erishadi.
Yassaviy bu «haqiqatni daryosidin» deb ta’riflagan:
Buxoroda Yusuf Hamadoniy qo’lida davom ettirgan. Yassaviy o’z asarlarida insonni ulug’langan, insonni ulug’likka chorlagan.
Uning uqtirishicha, inson haqiqat qarshisida tik tura olishi, o’zligi qarshisida ham qomatini bukmasligi shart. Inson hayoti nechog’lik kulfat va mashaqqatlarga to’la bo’lmasin, u komillikka intilishi shart. Komillikka intilgan odam ko’p kulfatlarni boshdan kechiradi, turli alam va iztiroblarga duch keladi. Ammo undagi abadiyatga bo’lgan ishonch ana shu qiyinchiliklarda tug’iladi va u o’z murodiga erishadi.
Yassaviy bu «haqiqatni daryosidin» deb ta’riflagan:
Haqiqatni daryosidin kechg’on kishi.
O’zi munglug’, ko’ngli yetuk, ko’zda yoshi.
Xorliq, zorlik, mashaqqatdir doim ishi,
D iydorini talab qilib topar, do’stlar.
Yassaviy islom dinining yirik namoyondasi sifatida «tuproq»ni Allohning
munavvar nuri, suv - uning yopyg’ hayoti, havo — buyukligi, olov uning g’azabi timsoli hisoblaydi. Shu ma’noda tuproq - Vatan. Tuproq necha yuz yillardan buyon ulug’ farzandlarini quchog’iga bosib kelayotgan mushfiq zamin. Shuning uchun biz uni e’zozlab ona Vatan deymiz. Bu Vatan o’tmishda yashagan ajdodlarimizga onalik qilgan. Vatan biz uchun va kelajak nasllar, avlodlar uchun xam Ona Vatandir.
Yassaviy:
Boshim tufrog’, uzim tufrog’, jismim tufrog’,
Haq vaslig’a yetarmen deb ruhim mushtoq.
— deb uzining Vatan diydoriga bo’lgan sog’inchini izhor etgan. Demak, inson Vatan bilan uyg’un. Shu tuyguga ega bo’lgan inson el-yurt ehtiromiga sazovordir.
Do'stlaringiz bilan baham: |