O’zi fahm etmay yaxshi-yomonni
Inonsun deb meni bir necha beaql
Qilurlar avliyolardin muni naql
Qo’yib domin guzargohlarg’a bepir
Tili makri hiyal, qilg’oni tazvir
Ani makri erur shaytondan a’lo
Qo’par yuzi qaro mahsharda tong-la
Alarni ko’rmangiz yuzini hargiz
Aningdek lanatidin aylang parhez
Zaboni hol ila ummone to’qdim
Haqiqat so’z bila johilni so’kdim
Agar olim bo’lsa jonim tasadduq
Duru gavhar so’zimni eshitib uq
Duru gavhar so’zin olamg’a sochsa
O’qib uqsa kalomihaqni ochsa
O’shal olamg’a jon qurbon qilurmen
Tamomi xonumon ehson qilurmen
Qani olim, qani amal, yoronlar
Xudodan so’zlasa siz jon beringlar
Do'stlaringiz bilan baham: |