Mani hikmatlarim qandu asaldur
Hama so’zlar ichinda bebadaldur
Mani hikmatlarim inomi olloh,
Sahar vaqti desa astag’furulloh
Ani shayton-lain tutmas yo’lini
Muhammad Mustafo olg’ay qo’lini
Mani hikmatlarim dardsizga aytmang
Bahosiz gavharim nodong’a sotmang
Yassaviy hikmatin qadrig’a etg’il
Xumu ishqdin mayni bir qatra totg’il
Hikmatlaridan
Beshak biling bu dunyo, barcha eldan o’taro
Inonmag’il moling’a, bir kun qo’ldan ketaro
Ota-ona-qarindosh, qayon ketdi fikr qil
To’rt oyog’liq cho’bin ot bir kun sanga etaro
Dunyo uchun g’am ema, haqdin o’zgani dema,
Kishi molini ema, sirot uzra tutaro.
Ahli ayol, qarindosh, hech kim bo’lmaydir yo’ldosh,
Mardona bo’l g’arib bosh, umring eldek o’taro.
Qul Xoja Ahmad toat qil, umring bilmam necha yil
Asling bilsang, obi gil, yana gilga ketaro.
Do'stlaringiz bilan baham: |