Chochtepa.
Chochtepa Toshkent shahri hududida qad ko‘targan
eng qadimgi qishloq va ilk qo‘rg‘on. Chochkatning xarobalari
miloddan avvalgi VI asr milodiy XVI asrlarlarga tegishli. Yodgorlik
Jo‘nariqning chap va o‘ng sohillarida joylashgan biri tik va baland,
ikkinchisi yassiroq ulkan tepaliklardan iborat. Umumiy maydoni
taxminan 25 ga. dastlab Turkiston arxeologiya havaskorlari to‘garagi
137
a’zosi N.S.Likoshin tomonidan qayd etilgan. 1896-yilda
N.P.Ostroumov
arxeologik
qazishlar
o‘tkazgan.
1934-yilda
G.V.Grigorev, 1956-yilda N.I.Krasheninnikova, 1970-yilda G‘.
Dadaboevlar arxeologik kuzatishlar olib borgan. 1978-yildan
Toshkent
arxeologiya
ekspeditsiyasi
V.I.Sprishevskiy,
M.I.Filanovich
tomonidan
muntazam
arxeologik
qazishlar
o‘tkazilgan. Jo‘nariqning so‘l sohilida joylashgan balandligi 18 - 19 m
li tik tepa (maydoni 150 - 120 m) istehkomli ilk qishloq xarobasi
bo‘lib, uning ostki madaniy qatlamlaridan qadimgi dehqonchilik
madaniyatin i n g so‘nggi bosqichi miloddan avvalgi VI-IV asrlarda
yashagan o‘troq ziroatkor aholi turar joylarining qoldiqlari qayd
etilgan.
Arxeologik tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, miloddan avvalgi
III asrda Janubiy Ural va Sharqiy Orol oldi mintaqalaridan janubga
tomon siljigan ko‘chmanchi chorvador sarmat qabilalari qadimgi
Chochkatni vayron etib, qabristonga aylantirganlar.
Miloddan avvalgi II - 1 asrlarda Shoshtepada qadimgi qishloq
xarobalari ustida atrofi qalin aylanma devor bilan o‘rab olingan
doira shaklidagi qal’a-qo‘rg‘on qad ko‘targan. Qalinligi 4 m li
qurg‘on devori yirik xom g‘ishtlardan urib chiqilgan. Diametri 60
mli qo‘rg‘on devorining ichki aylanasi bo‘ylab tomi ravoqsimon
qilib yopilgan uzun yo‘lak bino qilingan. Yo‘lak qismlarga
bo‘lingan va har biridan tashqariga chiqadigan darvozasi bo‘lgan.
Qo‘rg‘onning markaziy qismida xoch shaklida monumental bino qad
ko‘targan. Uning devorlarining qalinligi 2 m, tomi esa ravoqsimon.
Bino qator xonalar va yo‘laklarga ajratilgan. Peshtoqi binoning
shimoliy qanotida, u ravoqli darvozaxona va uning 2 biqinida
paykonsimon darchalar joylashtirilgan.
Qo‘rg‘on binosining
umumiy tarhi: yo‘lakli aylanma tashqi devori-yu, xochsimon
markaeiy binosi, ravoqli peshtoqi-yu paykonsimon darchalariga
qaraganda, u avvaldan anchagina puxta o‘ylangan reja asosida
qurilgan zamonasining nodir me’moriy obidalaridan hisoblangan.
Shoshtepaning madaniy qatlamlaridan ko‘pdan-ko‘p ashyoviy
topilmalar qayd etildi. Ular orasida uy-ro‘zg‘or va xo‘jalik
buyumlari: xum, xumcha, ko‘za, bir quloqli va jo‘mrakli
bo‘qachalar, 2 quloqli sopol qozonlar, tova, suvdonlar, ho‘kiz boshli
kabob ko‘ralar, yoysimon yorg‘uchoqlar, temir pichoq, o‘roq va
h.k.dan iborat. Topilmalar orasida 2 ta nodir buyum: fil suyagidan
138
yasalgan qadahning bir bo‘lagi va suyakdan ishlangan qalam,
ayniqsa, diqqatga sazovordir. Hajmi 5 - 3,5 sm.li suyak qadah
parchasida boshida ulkan kuloh, keng peshonali, ot yuzli,
qirraburun, bodom qovoq, sersoqol va mo‘ylovli o‘rta yoshdagi
kishining siymosi qabartma qilib ta’svirlangan. Suyak qalamning
uzunligi 15 sm. Bir tomoni yozish uchun uchli qilib, 2-tomoni esa
ilonni boshidek romb shaklida kurakcha qilib yasalgan. Bu to-
pilmalar milodiy I-II asrlarga mansub bo‘lib, Chochda ham
qadimda xat-savod bo‘lgani hamda shoshtepaliklar karvon yo‘li
orqali Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlari bilan aloqada bo‘lganidan
dalolat beradi.
Topilmalar ko‘chmanchi dasht bilan o‘troq dehqonchilik
vohasi chegarasida uzoq asrlar davomida yonma-yon yashagan
hamda bir-biri bilan iqtisodiy va madaniy aloqada bo‘lgan qadimgi
qavmlarning yaratgan o‘ziga xos madaniyatining mahsuli edi. Bu
madaniyat fanda Qovunchi madaniyati deb ataladi.
Istehkomli qishloq sifatida qad ko‘targan Shoshtepa miloddan
avvalgi II-I asrlarda ilk shaharcha qiyofasiga kirib, u Sirdaryoning
o‘rta oqimida tashkil topgan Qang‘ davlatining dasht bilan
Toshkent vohasiga tutashib ketgan chegarasidagi istehkom,
hunarmandchilik markazi, ko‘chmanchi chorvador aholi bilan
o‘troq dehqonlar o‘rtasida olib boriladigan o‘zaro savdo bozori
vazifasini o‘tagan.
V asr o‘rtalarida chorvador eftaliylarning janubga tomon siljishi
oqibatida Shoshtepada qadimdan o‘tparastlik ibodatxonasi bo‘lgan
xoch shaklidagi markaziy bino qabristonga aylantirilgan. VI-VIII
asrlar boshlarida Shoshtepada hayot yana ancha yuksalgan. Arab
xalifaligi istilosi natijasida Shoshtepa vayron bo‘lgan. XI-XII asrlarda
undagi hayot birmuncha jonlansa-da, ammo XVI asrda Shoshtepa
deyarli xarobaga aylangan.
Garchi Shoshtepada qad ko‘targan qo’rg’on to‘la shahar
qiyofasida shakllanmagan bo‘lsa-da, biroq u Toshkent vohasida
shaharsozlik madaniyatini shakllanishi va rivoji tarixida muhim
ahamiyatga ega yodgorlik hisoblanadi.
Qanqa.
Qanqa (Xarashkat) miloddan avvalgi III asr
milodiy XII asr boshiga oid qadimgi shahar. Toshkent viloyatining
Oqqo‘rg‘on tumani hududida, Ohangaron daryosining qadimgi
o‘zani chap sohilida. Shohruxiya arxeologik yodgorligidan taxminan
139
8 km shimoliy-sharqda qadimgi karvon yo‘li ustida joylashgan.
Qadimgi Xitoy yozma manbalarida Bitan (Bityan), o‘rta asrlarda
Xarashkat nomlari bilan yuritilgan. Qang‘ davlatining poytaxti bo‘lgan.
O‘rta asrlarda IX-XI asrlar Xarashkat shahri Choch viloyatida Binkat
Toshkentdan keyin ikkinchi shahar hisoblangan. Dastlab, 1898-yil
Turkiston arxeologiya havaskorlari to‘garagi a’zosi E.T.Smirnov,
1934 -yilda M.E.Masson, 1969-1972-yillarda Moddiy-madaniyat
yodgorliklarini muhofaza qilish jamiyati Q.Abdullaev tomonidan,
1974 -yildan O‘zbekiston FA Arxeologiya instituti tomonidan
tekshirish ishlari olib borilgan. Mustaqillik yillarida bir qator xorijiy
davlatlar bilan hamkorlikda arxeologik tadqiqotlar olib borilmoqda.
Qanqa to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida, umumiy maydoni 200 ga
bo‘lib, bir necha qator mudofaa devori va xandaklar bilan o‘ralgan,
ark 3 shahriston va raboddan iborat bo‘lgan.
Shahriston I ning maydoni 6,5 ga, shimoliy qismida ark
balandligi 40 m. Uning atrofi xandaq bilan o‘ralgan. Ark va
Shahriston I ni 3 tomondan maydoni 50 gadan ortiqroq Shahriston II
o‘rab olgan. Shahristonlarga tashqaridan rabod maydoni 60 ga
yondoshgan. Miloddan avvalgi 1 - milodiy 1 - asrlarda shahar ravnaq
topgan. Shahristonlar va rabodda ko‘cha-ko‘ylar, maydonlar, hovuz
va oqar suv tarmoqlari hamda paxsa va yirik xom g‘ishtlardan bino
qilingan turar joy qoldiqlari saqlanib qolgan. Qanqadan milodiy I-II
asrlarda zarb etilgan kumush va mis tangalar jumladan, IV-XI
asrlarga oid tangalar xazinasi, oltin va qimmatbaho toshlardan
ishlangan taqinchoqlar, sopol haykalchalar, ostodon (ossuariy),
sirlangan va sirsiz sopol idishlar, tosh, suyak va metalldan
ishlangan qurol va asboblar hamda devoriy raem qoldiqlari topilgan.
Turli xildagi bunday ashyoviy topilmalar shubhasiz, Qanqada
ohangarlik, kulolchilik, tikuvchilik, suyak o‘ymakorligi rivoj
topganidan dalolat beradi. XII asrda Ohangaron daryosi o‘zanining
o‘zgarishi tufayli Qanqa suvsiz qolib, xarobaga aylangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |