Buxoro davlat universiteti utayeva feruza xolmamatovna


Shayx Zayniddin bobo maqbarasi



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/102
Sana25.05.2023
Hajmi2,15 Mb.
#943371
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   102
Bog'liq
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC

Shayx Zayniddin bobo maqbarasi
- Toshkentdagi me’moriy 
yodgorlik rivoyatlarga ko‘ra, maqbara Amir Temur davrida Shayx 
Zayniddin (XIII asr)ga atab barpo qilingan. Shahar hududida, 
qabriston o‘rtasidagi balandlikda joylashgan, peshtoq-gumbazli, 
cho‘zinchoq maqbara-xonaqohlar turiga mansub. Atrofida boshqa 
turli binolar - tobutxona, chillaxona (XII-XIII asrlar), oshxona, ayvonli 
masjid, chortoq va boshqalar bor. Old ko‘rinishi janubiy-sharqqa 
qaratilgan, ko‘chadan unga qo‘shimcha binolarni birlashtiruvchi 
xiyobon orqali kiriladi. To‘rtburchak tarhli (16x18 m), balandligi 
20,7 m, hamma tomonlari peshtoqli. Maqbara markazida Shayx 
Zayniddin sag‘anasi, burchaklarida boshqa shaxslarning qabrlari 
bor. Maqbaraning janubiy-g‘arbiy peshtog‘idagi yozuvga ko‘ra, 
hijriy 1339-yilda (milodiy 1920-1921) ta’mirlanib, maqbaraning 
eski g‘ishtlari yangi g‘ishtlar (26x12x6 sm) bilan almashtirilib, 
gumbazi kvadrat (24x24x5 sm) g‘ishtdan terilgan. 
Hofiz 
Ko‘xakiy 
majmuasi

Toshkentning Sag‘bon 
ko‘chasidagi me’moriy yodgorlik (XVI asr). Hofiz Ko‘hakiy 
mablag‘iga uning rahbarligida qurilgan. Qadimda bu majmua 
salobatli va jozibador ilm maskani bo‘lgan. Allomaning o‘zi 
madrasada ilmi toliblarga, mahalla yoshlariga dars bergan. Binoning 
me’moriy yechimi, tashqi ko‘rinishi, qurilish xom ashyolari uning 
XVI asrga mansubligini ko‘rsatadi. Majmua to‘g‘ri to‘rtburchak 
tarhli, bosh tarzi peshtoqli, 1 qavatli; yozgi masjid, madrasa, 
darvozaxona orqali ichkari (keng hovli) ga kiriladi. Keng hovli 
o‘rtasida hovuz bo‘lib, atrofi chinorlar ekib, so‘lim maskanga 
aylantirilgan. G‘arbiy qismida mezanali baland minora, shifti 
an’anaviy naqshlar bilan bezatilgan ko‘p ustunli ayvon (yozgi 
masjid), ko‘p gumbazli xonaqoh (qishki masjid), ravoqli qator 
hujralar bo‘lgan. Majmuadan yozgi masjid, xonaqohning teng 
yarmi, hovlining bir kismi, bir nechta hujragina saqlanib qolgan.
Qozoqmozortepa
- arxeologik yodgorlik. Toshkent shahrining 
Uchtepa tumani Lutfiy ko‘chasida. Qozoqmozortepa deb atalishi 
XVIII asrda jung‘arlarning bosqini davrida qozoqlarning O‘rta 


143 
Osiyoga 
jadallik 
bilan 
kirib 
kelishi 
bilan 
bog‘liq. 
Qozoqmozortepadan hozir balandligi 3 m. diametri 12 m li kichkina 
tepalik qolgan. Tepalikning g‘arbida o‘rta asrlarga oid qabriston 
joylashgan. Rejali arxeologik qazish o‘tkazilmagan. Chilonzorda 
qurilish 
ishlari 
ketayotganda 
Toshkent 
arxeologiya 
guruhi 
V.A.Bulatova, D.I. Zilper, M.I.Filanovichlar tomonidan kuzatuv 
ishlari olib borilib 2 ta shurf qazilgan va bittasi o‘rganilgan. IX-XII
asrlarga oid sopol xum, lagan, qozon, ko‘za, xurmachalar topilgan. 
Topilmalar ichida ahamiyatlisi sopoldan ishlangan yirik idish va 
dasturxonlarga 
naqsh 
bosadigan 
shtampdir. 
Arxeologik 
tadqiqotlarga qaraganda, qishloq IX-XII asrlarda gullab yashnagan.

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish