Buxoro davlat universiteti utayeva feruza xolmamatovna



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/102
Sana25.05.2023
Hajmi2,15 Mb.
#943371
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   102
Bog'liq
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC

Nukat. 
Nukat
-
o‘rta asr shahri. Toshkentdan Tunkatga va 
Farg‘onaga boradigan savdo yo‘lida joylashgan. Nukat XI-XII
asrlardagi Sharq yo‘lnomalarida qayd etilgan. IX-X asrlarda kattaligi 
jihatidan Iloqda Tunkatdan keyingi o‘rinda turgan. 1928-yilda 
M.E.Masson Toshkent yaqinidagi To‘ytepa qishlog‘idan Nukatning
Ulkan To‘ytepa deb atalgan shahar xarobasini topgan. Nukatning 
markazi to‘g‘ri burchak shaklidagi shahriston bo‘lib, maydoni 18 ga. U 
to‘rt darvozali ulkan devor bilan o‘ralgan. Shimoliy qismida 
to‘rtburchakli 0,75 ga kattalikdagi qal’a bo‘lgan. Nukatning rabodi 100 
ga dan ortiq maydonni egallagan. Shaharning sharqiy qismida o‘liklar 
ossuariylar (ostodon) da dafn qilingan qabriston joylashgan. Nukatdan 
VIII-XII asrlarga oid tangalar, sopol, oltin, mis va jez idishlar, temir 
o‘roq, pichoq, shuningdek, chiroyli qandil va murakkab bosma 
naqshlar bilan bezalgan idishlar topilgan. Topilmalarning eng 
qadimgisi VI-VII asrlarga oid. IX-X asrlarda shahar tez rivojlangan. 
Idrisiyning ma’lumotiga ko‘ra, XII asrda Tunkat tanazzulga uchrashi 
munosabati bilan Iloq davlatining poytaxtiga aylangan. XIII asr 
boshida mo‘g‘ullar istilosi natijasida xarobaga aylangan. 
Kavardon. 
Kavardon qadimgi shahar milodiy I-XIII asr 
boshlariga ta’luqli. Toshkent shahridan 25 km sharqda, Chirchiqning 
chap qirg‘og‘idagi qadimgi o‘zani sohilidagi hozirgi Qorasuv va 
Hamdam kanali yoqalari va hozirgi Kavardon qishlog‘i maydonida, 
Yuqori Chirchiq va Parkent tumanlari chegarasida joylashgan. 
Shaharning umumiy maydoni 75 ga teng bo‘lib, shahriston va arkdan 
tashkil topgan. Shaharni bir necha darvozalari bo‘lib, ular orqali 
yo‘nalgan keng ko‘chalar markazga olib borgan.
Arab tarixchilaridan Istaxriy, Muqaddasiy IX-X asrlar asarlarida 
bu shahar “Kabrana”, “Kabarna” deb tilga olingan. Yodgorlik 
xarobalari ilk bor 1972-yilda Hamdam kanalini ta’mirlash ishlari 
vaqtida Yu.F.Buryakov rahbarligidagi Choch-Iloq guruhi tomonidan 
aniqlangan. 1973 -yildan tanaffuslar bilan arxeologik qazishma 
ishlari olib borilgan. 2001 -yildan esa O‘. Islomov boshchiligidagi 
Parkent guruhi qazishma ishlarini davom ettirgan. Qazishmalar 


136 
natijasida shahar arkining (hozirgi uning xarobalari Xontepa deb 
ataladi) shimolidagi pastki madaniy qatlamlardan Burganli 
madaniyatiga oid miloddan avvalgi VIII-VII asrlarga tegishli erto‘la, 
o‘choq xarobalari, uy-ro‘zg‘or idishlari jumladan; ko‘za, tovoq, 
qozon kabi parchalari topilgan. Keyingi qatlamlardan olingan 
ma’lumotlar bu yodgorlikka qandaydir sabablarga ko‘ra, uzoq 
muddatli tanaffusdan keyingi hayot milodiy I-II asrlardan 
boshlanganligidan dalolat beradi. Shahar arki to‘g‘ri to‘rtburchak 
(60x50x14 m) shaklda, madaniy qatlami 8 m ga yaqin, shimoliy va 
janubiy tomondan darvozalari bo‘lgan.
Qazishma natijasida paxsa va xom g‘ishtdan qurilgan bir nechta 
xonali ibodatxona bo‘lganligi aniqlangan. Ibodatxonaning bir katta 
zali markazida otashgoh qoldiqlari topilgan. III-IV asrlarga oid bu 
ibodatxona xarobaga uchragach, uning o‘rnida keyingi asrlarda yangi 
ibodatxona qurilgan va u ham kuchli yong‘in natijasida vayron 
bo‘lgach, uning o‘rnida 8 ta to‘g‘ri to‘rtburchak xonalardan iborat 
bo‘lgan novus qurilgan. V-VI asrlarda shahar mavqei pasaygan. 
Shahar maydonida bu davrlarda turli ko‘rinishlardagi novuslar 
(otashparastlarning qadimgi maqbaralari), kenotaflar paydo bo‘lgan. 
Ular ichida, ark xarobalarida ko‘p xonali novus o‘ziga xosdir.Uni 
bo‘yi 19 m, eni 17,5 m bo‘lib, tashqi devorlarining qalinligi 3 m, 
ichki devorlari 1,5 m dan bo‘lgan. Barcha qurilgan bu xilxonalar 
paxsa, xom g‘ishtdan ishlangan bo‘lib, g‘ishtlar ustiga turli belgilar 
barmoq yordamida chizilgan. V-VIII asr boshlarida shahar Choch 
viloyatidagi yirik shaharlar qatoridan joy olgan, tanga pullar zarb 
qilina boshlagan, shunday noyob mis tangalarning birini aylanasi 20 
mm, og‘irligi 1,6 gga teng bo‘lib oldi tomonida toj kiygan hokim, uni 
aylanasi bo‘ylab 15 harfdan iborat bo‘lgan “Kavirad Kabarna hokimi” 
degan jumla sug‘d yozuvida bitilgan. Kavardonda kulolchilik sohasida 
yuqori yutuqlarga erishilganligidan va bu mahsulotga bo‘lgan talabni 
ichki va tashqi savdoda o‘sib borganligidan dalolat beradi. Kavardon 
XIII asr boshida mo‘g‘ullar tomonidan vayron qilingan. 

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish