8.2. Choch shahri yo‘llarining shakllanishi
Toshkent vohasida o‘troq dehqonchilik va ilk shahar
madaniyati o‘z tarixini miloddan avvalgi I-asr oxiridan qadimgi
shahar Mingo‘rikdan boshlangan. Mingo‘rik Salor kanali bo‘yida
joylashgan. Shahar 35 ga bo‘lgan. Mingo‘rikdagi shahar
mustahkam qo‘rg‘on, baland “qasr” va qal’a devorlar bilan
o‘ralgan taxminan 5 metr balandlikda. Bino sharqqa kun chiqar
tomonga qaragan. O‘rtadagi kvadrat 6-7 metrgacha bo‘lgan
balandlikda saqlangan. Milodning I-asrlarida diniy e’tiqod obekti
sifatida olov va quyoshga sigingan. Arxeologlar tomonidan diniy
128
marosimlar o‘tkazilganligi aniqlangan. Avestoda Qanqa nomi
“muqaddas” deb tilga olingan, sababi Mingo‘rik diniy qasr
majmuasi bu Qanqa davlatining asosiy diniy markazi bo‘lgan.
Milodning III-IV asrlarida Mingo‘rikdagi qadimgi qurg‘on
birmuncha kengayib, uning tashqi mudofa devoir ta’mir etilgan.
Ochilgan xonalardan topilgan ma’lumotlarda xonalar xom
g‘ishtdan va paxsadan bino qilingan devor balandligi 2 metri
saqlangan xonaning eni bir metr, devorlaridan VI-VII asrlarga oid
rasmlar topilgan.
Mingo‘rikdagi shaharning poytaxt maqomini olganligi uning
hududi kengayishida va milodiy VII asrning birinchi choragidan
boshlab saroy tipidagi yirik inshoatlar qad ko‘tarishida o‘z aksini
topdi.
Milodning III asrida Qang‘ davlati tarixiy manbalarda bir-iri
bilan iqtisodiy jihatdan bog‘langan bir necha mayda mustaqil
viloyatlarga bo‘linib ketdi. Shu vaqtlarda Toshkent vohasida
mustaqil Choch davlati tashkil topdi. Mingo‘rikdagi qadimgi
shahar markaziy shaharlardan biriga aylandi.Manbalarda bu shahar
Choch nomi bilan tilga olina boshladi.
Milodning I asriga kelib Chirchiq, Salor, Qorasuv bo‘ylaridagi
vohaning qariyb yarmidan ko‘prog‘i o‘zlashtirilib obod etilgan. Salor
yonida joylashgan Choch shahri bu davrda har tomonlama etakchi
mavqega ega bo‘lib, uni muarrixlar haqli ravishda milodning
boshlaridagi Toshkentning asosi deb hisoblaydilar. Buyuk ipak yo‘lida
joylashgan Toshkent Yevropa mamlakatlarining Hindiston va Xitoy
bilan olib borgan turli aloqalarida muhim rol o‘ynagan.
Milodiy V asr o‘rtalarida Choch, bir vaqtlar Qang‘ davlati
tarkibidagi boshqa mulklar singari Eftaliylar davlatining bir qismiga
aylangan. Milodiy VI asrda bu davlat janubdan Sosoniylarning,
shimoldan Turk xoqonligi zarbalariga uchraydi. VI asrdan boshlab
Choch Turk xoqonligining tarixi bilan bog‘lanadi. Choch, Parak
(Chirchiq)ning butun hududi turk xoqoni Buminning ukasi Istami
xoqon qo‘liga o‘tadi. Turk xoqonligining eftaliylar bilan kurashi
natijasida Sirdaryo bo‘yidagi aholi hayoti biroz izdan chiqadi.
“Shohnoma”da yozilishicha, Choch suvoriylarining shiddatli
to‘qnashuvlari natijasida Sirdaryo suvi “qizil gul” tusiga kirgan.
Qanqa shahar xarobalaridagi tadqiqotlarda janglar davomida
shahar vayron bo‘lganligi va mahalliy aholining qo‘zg‘olonlari
129
bostirilganligi, shaharning V-VI asrlarda asosiy ibodatxonalari
hujum va yong‘inlar ostida qolganligi aytilgan.
VII asrning birinchi choragida Chirchiqning o‘rta havzasidagi
yerlarda shahar aholisining mikrovohada yashash madaniyati jadal
rivojlangan. Chotqol-Qurama tog‘laridagi rangli va asl metal
konlarining o‘zlashtirilishi shaharning iqtisodiy yuksalishiga yordam
berdi, bu tog‘larda “Choch kumush koni” ishlab turgan. Bu
Chochning rivojlanishiga shahar aholisining “Ipak yo‘li” savdosida
faol qatnashishiga qulay imkoniyatlar yaratdi.
VI-VII asrlarda Chochning urbanistik jarayoning ko‘chayishiga
olib keldi. Shahar hududi va aholisi soni avvalgi davrga qaraganda
2,5 baravar o‘sgan. Savdoda almashinuv vositasida foydalanilgan
ko‘plab tangalar topilgan. Bu tangalar XX asrning 70-yillaridan
o‘rganila boshlagan. Tangalarning yozuvlariga qarab Choch
hukumdorlarining nomlari va unvonlari aniqlangan. Tangaga
o‘rilgan tamg‘alarga qarab sulolalar almashinuvi belgilangan.
Choch G‘arbiy Turk xoqonligi tarkibiga kirgan va nazorati
ostida bo‘lsada, Xitoy doimiy ravishda davogarlik qilib kelgan. Bu
shahar VI-VIII asrlarda, ayniqsa, ravnaq topgan. Shaharning Turk
xoqonligi tarkibiga kirishi, uning Qoramozor tog‘laridagi konlar
yaqinida joylashganligi, hunarmandchilik mahsulotlariga doimo
muhtoj dasht ko‘chmanchilarining yondoshligi, shuningdek, asosiy
karvon yo‘llari, xususan, Buyuk ipak yo‘li vohaning shimoliy
hududlaridan o‘tishi uni tezda Choch davlatining poytaxti bo‘lib
qolishiga imkon berdi. Shahar atrofi kuchli mudofaa devorlari bilan
o‘rab olinib, maxsus saroy-qal’a qurilgan. Arxeologik qazishmalar
vaqtida topilgan ishlab chiqarish qurollari va uy-ro‘zg‘or buyumlari
bu yerda yuksak madaniyat bo‘lganidan dalolat beradi. Manbalarga
ko‘ra, shahar ichida saroy, ibodatxona bo‘lgan ark, amaldorlarning
uylari joylashgan shahriston, hunarmandlar mahallalari o‘rnashgan
ichki va tashqi rabodlardan iborat bo‘lgan.
Yozma manbalar va arxeologik tadqiqotlardan ma’lum
bo‘lishicha, Binkat shahrining keyingi asrlardagi o‘rni Toshkentning
to‘rt dahasida, asosan, uchtasi Sebzor, Ko‘kcha, Beshyog‘och
hududida joylashgan bo‘lib, u alohida qalin devorlar bilan o‘rab
olingan 4 qism: ark (o‘rda), shahriston (shaharning asosiy qismi)
hamda ichki va tashqi rabodlardan iborat bo‘lgan va bir necha qator
mudofaa devori bilan o‘ralgan. Shu davrdagi ark (maydoni 3 ga) va
130
shahriston (maydoni 15 ga cha) shahar markazida hozirgi Shayxontohur
tumani hududidagi Eski jo‘va bozori va undan sharqdagi katta
tepalikda joylashgan. Qal’ada hukmdor saroyi va zindon bo‘lgan.
Saroyning bir darvozasidan shahristonga, boshqasidan shaharning ichki
rabodiga chiqilgan. Shahar markazida bozor bo‘lgan, u “Jo‘ba” deb
yuritilgan. Markaz bilan shahar darvozalari ko‘chalar orqali bog‘langan.
Bir va ikki qavatli paxsa yoki sinchkori devorli hovlili qilib turar joylar
qurilgan. Ichki va tashqi rabod devorlari oralig‘i 4 km bo‘lgan.
Shaharda kulolchilik, o‘q-yoy, gazlama, gilam, chodir hamda charm
mahsulotlari ishlab chiqarish rivojlangan.
Arab istilosi arafasida bir necha mulkliklar bo‘lib, ularning o‘z
hukmdorlari bor edi. 712 -yil Qutayba qushinlari Chochga yurishni
uyushtirdilar.
Chochning
mard
aslzoda
farzandlari
arab
bosqinchilariga qarshi mardonovor jang qilganlar o‘z shaharlarini
saqlab qolishga harakat qilganlar
Toshkent arablar tasarrufiga o‘tgach, arab alifbosida “ch”
harfining yo‘qligi bois arabiy asarlarda “Shosh” deb yuritilgan. Ilk
o‘rta asrlarda u “Choch”, “Shosh”, “Shoshkent”, “Madinat ash-
Shosh”, “Binkat” va “Tarkan” deb nomlangan. Shahar “Toshkent”
nomi bilan dastavval XI asrning mashhur allomalari Abu Rayhon
Beruniy va Mahmud Koshg‘ariyning asarlarida tilga olinadi.
X asr oxiri - XII asr o‘rtalarida Choch Qoraxoniylar davlati
tarkibiga kirdi. 1214 - 15 -yillarda Muhammad Xorazmshoh qoraxitoylar
qo‘shini hamda naymanlar xoni Kuchluq bilan jang qilib, Shosh
viloyatini ulardan tortib oldi va viloyat dushmanlar qo‘liga o‘tmasligi
uchun Shosh markazi aholisini ko‘chirtirib yubordi. Shu bois mo‘g‘ullar
1220 - yilda shaharni qarshiliksiz qo‘lga kiritgan bo‘lishi mumkin.
XIII-XIV asrning 1-yarmida Toshkent viloyati Chig‘atoy ulusi
tarkibida bo‘lgan. XIII asr oxirida shahar qayta tiklangan.
Tarixchi Jamol Qarshiy “bu shahar doimo farovon, suvi mazali,
iqlimi
mo‘tadil,
tuprog‘i
unumdor,
shahar
atrofi
obodonlashgan”ligini xabar qiladi.
Tarixchi Zakariyo al-Qazvaniy XIV asrda “Shosh-ozoda va
ajoyib, yam-yashil, juda go‘zal va ko‘ngilli shahar” deb yozgan.
Manbalarda shaharda gullar ko‘p bo‘lganligi ta’kidlanadi. Shahar
suv bilan yaxshi ta’minlangan va bog‘-rog‘li uylar qurilgan.
Shahar mahallalarga bo‘linib, ularning har qaysisida 50-70 tadan
xonadon va ko‘plab masjidlar bo‘lganligi haqida ma’lumotlar bor.
131
XIV asrning 2 - yarmi - XV asrning 80 -yillarigacha Toshkent
Amir Temur va Temuriylar tarkibida bo‘ldi. 1404 -yilda Ulug‘bek
ixtiyoriga mulk tarzida berildi. Bu davrda shahar voha bilan dasht
chegarasidagi kuchli qal’aga aylandi, uning hududi kengaydi,
ishlab chiqarish, savdo-sotiq, madaniyat rivojlandi. Registon,
Shayxontohur ansamblidagi maqbaralar, Jome masjidi va boshqalar
qurildi. Arxeologik topilmalar, me’moriy obidalar mahalliy
an’analarning qo‘shni Sharq mamlakatlari madaniyati bilan
uyg‘unlashib
ketganligini
ko‘rsatadi.
Temuriylar
o‘rtasida
boshlangan taxt uchun kurash natijasida Toshkent 1485 -yilda
Mo‘g‘uliston xoni Yunusxon ixtiyoriga o‘tdi va uning qarorgohiga
aylandi. Lekin, u ko‘p hukmronlik qilmay, 1487 -yilda Toshkentda
vafot etdi. Yunusxondan keyin taxtga uning o‘g‘li Sulton
Mahmudxon o‘tirdi. Uning hukmronligi ham ko‘pga bormadi.
Toshkent 1503-yilda Shayboniyxon va Ko‘chkunchixon tasarrufiga
o‘tdi. XVI asrda Toshkent yana obodonlashib, Turkistonning
hunarmandlik, savdo-sotiq va madaniy markazlaridan biriga
aylandi. Shahar yangi devor bilan o‘raldi. Me’morlik obidalari qad
ko‘tardi. Hunarmandlikning taraqqiyoti savdo-sotiq aloqalarining
kengayishiga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |