Kelajak sari ilk qadam…
Mandat…3-sentabr…universitet… Bu uch narsa bir-biriga uzviy boģliq.3sentabr mandat natijalari chiqqan on,barcha abiturientlar hayajonda.Har bir abiturientning yuragi òzgacha sado bermoqda.Ba'zi birlarining esa ko'ngli hiyol ģash tortayapdi.Kimlardur quvonchdan òzini qòyarga joy topa olmasa, yana kimlardur esa quvonch kòz yoshlarini tòkayapdi.Bunday damlarni kim orzu qilmaydi deysiz? Bu juda katta baxt emasmi? Universitetdek uluģ maskanga qabul qilinganingizni bilganingizdan sòng yelkangzidan toģ aģdarilgandek bòladi,ammo asl mashaqattli chòqqilar hali oldinda, aziz talaba.Siz faqatgina muvaffaqiyatning ilk zina poyasini zabt etdingiz xolos.
Universitet… Bolaligimdayoq orzu-hayollarimni òģirlagan
maskan,muvaffaqiyatimning kaliti.Univeristetning ilk kunidanoq qalblarda cheksiz hayajon,har bir talabaning kòzlari chaqnab turar edi, baxtdan òzini qòyarga joy topa olmasdi. Har bir talaba mustaqil hayotga qadam qòyayotganini butun ong-u shuuri bilan tushungan edi.Men bu vaziyatni erkin kabutarga òxshataman.Ozod…Erkin…Xur… kabutar. Qòllardan uchib ketgach mustaqil parvoz qila boshlaydi.Òz yòlini qaysi samoda parvoz qilishini òzi tanlaydi.Huddi talabalar singari.Ota-onasidan yiroqda ilk bora mustaqil hayotga birinchi qadamini tashlaydi.Bu bilim dargohiga qadam qòyar ekanmiz,kelajagimiz porloq,baxtimiz abadiiy va maqsadimiz yagona ekanligini tushunib yetgan edik.Universitetimiz rektori Sherzodxon Qudratxòja bizda juda katta taassurot qoldirdilar.Ular talablarga òz farzandlariga qaragandek qaradilar,umid va ishonch bildirdilar.Rektorimizning samimiyliklari va eng asosiysi bizga bergan
maslahatlari yodimizda qoldi.Bundan tashqari kòplab mashhur jurnalistlarimizning motivatsion gaplari bizni yanada ruhlantirdi,ilm olishga bòlgan ishtiyoqimizni yanada oshirdi.Universitetning dizayniga keladigan bòlsak,òylaganimizdan ham a'lo darajada.Har bir xonaning dizayniga kreativ ravishda yondashilgan barcha jihozlar jurnalistika bilan boģliq.Ustozlarni aytmaysizmi, samimiyatlari tabassumlaridan,bizga aytayotgan har bir sòzlaridan
bilinib turibdi.Ustozlarning kòtarinki kayfiyatidan, bizga bòlgan iliq munosabatidan yanada kasbimizga bòlgan qiziqish va intilishlarimiz oshaveradi.”Daraxt ildizidan kòkaradi",- deganlaridek bizning ildizimiz samimiy va bilimli ustozlarimiz ekanligiga amin bòlib borayabmiz.
Men òylashimcha bunday nufuzli universitetda òqish barchaga ham nasib qilavermaydi. Bu baxtga erishgan insonlar imkoniyatlardan foydalinib qoling!
Talabalik bu biz erishgan baxt
Barcha sharoitlar yaratilgan text
Talabalar kòzida quvonch
Uyģonadi qalbida ishonch
“Nelar qilsam"-deydi talaba
Parvoz qilsam,quchsam ģalaba
Yozsammikan yoki maqola
Bitsammikan she’r yo hikoya
Nelar qilsang qilgin talaba
Izlan, òrgan senda ģalaba
Rektorimiz ishonchin oqla
Òz kasbingni vijdonan yoqla
Do'stlaringiz bilan baham: |