Buxoro davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti



Download 0,94 Mb.
bet6/16
Sana21.07.2022
Hajmi0,94 Mb.
#833101
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Uralov SH kurs ishi

Tarixi. Rossiya hududida oʻrta paleolit davrida, milodgacha 100—35 ming yil avval Quyi Volga, Oʻrta Uralda dastlabki manzilgoxlar paydo boʻlgan. Soʻnggi paleolit davrida odamlar qutb doirasidan oʻtib, Sibirning bir qismiga joylasha boshlagan. Mil. av. 3—2ming yilliklarda Shim. Kavkazda jez, Ural, Gʻarbiy Sibir, Yuqori Volga boʻylarida turli metallardan buyumlar tayyorlangan. Dasht, oʻrmondasht mintaqalarida chorvachilik, dare vodiylarida dehqonchilik rivojlana boshlagan. Mil. av. 1 ming yillikda shahardavlatlar, Bospor davlati, Skiflar davlati mavjud boʻlgan. Mil. 3-a.da Sharqdan koʻchmanchi gotlar va 4-a.da gunnlar bostirib kelgan. 4—8-a.larda Shim. Kavkazda alanlar birlashgan. 552—745 y.larda R. hududining bir qismini turkiy xalqlarning qabilaviy ittifoqidan iborat Turk xoqonligi egallab turgan. 7-a. 1-yarmida Azov boʻyida Buyuk Bulgʻoriya davlati paydo boʻldi, ammo bulgʻorlar Xazar xoqonligidan magʻlubiyatga uchrab, Dunay, Volga va Kama daryolari boʻyiga kelib joylashdi. 10-a.da VolgaKama Bulgoriyasi davlati paydo boʻldi, Oʻrta Volga boʻyi xalqlari shu davlatga birlashdi. 6-a.da Sibir, Yenisey daryosining oʻrta oqimida hoz. haqaslarning ajdodlari hisoblangan Qirgʻizlar davlati, VIII — X asrlar boshlarida Uzoq Sharqda Boxay davlati hukm surdi. IX asrda sharqiy slavyan qabilalarining birlashuvchi asosida Qad. Rus davlati tashkil topdi; sharqiy slavyanlarning ikki markazi — Novgorod bilan Kiyev Ryurikovichlar sulolasiga mansub knyazlar hokimiyatiga birlashdi. Taxm. 988 y. knyaz Vladimir Vizantiyapravoslav shaklidagi xristianlikni R.ning davlat dini deb qabul qildi, bu voqea davlatchilikni mustahkamlash va Sharqiy Yevropadagi slavyan, balt, ugorfin va b. qabilalarni jipslashtirishga koʻmaklashdi. Qadimgi rus elati tarkib topdi. Pecheneg (bijanak) va qipchoqlar hujumini qaytargan Kiyev Rusi Sharqiy Yevropadagi yirik davlatga aylandi. Vladimir Svyatoslavich va Vladimir Monomaxdan keyin davlatni idora qilgan Mstislav Vladimirovich vafoti (1132- yil)dan soʻng Rus davlati parchalanib ketdi. Kiyev Rusidan Novgorod respublikasi, Vladimir-Suzdal, Galich-Volin, Ryazan knyazliklari va boshqa davlatlar ajralib chiqdi. XIII asrda ularga Sharqdan moʻgʻullar, Gʻarbdan shvedlar va nemislar hujum qildilar. 1223-yil rus knyazliklari moʻgʻullar bilan Kalka daryosi boʻyidagi jangda magʻlubiyatga uchradi. 1236-yil moʻgʻullar VolgaKama Bulgʻoriyasini, 1237-yil Ryazan va boshqa shaharlarni vayron qildi. 1240-yil esa shvedlar bostirib keldi. Aleksandr Nevskiy rahbarligidagi rus qoʻshinlari oʻsha yili Neva jangida shvedlarni, 1242-yil Muz ustidagi jangda nemislarni tormor qildi. Ammo tarqoq holdagi rus knyazliklari salkam 250 yil mobaynida moʻgʻullar zulmi ostida qoldi.
XIV asrning 2-yarmida Moskva knyazligining mavqei oshib, u moʻgʻullarga qarshi kurashda rahbarlik qildi va rus yerlarini asta-sekin birlashtirish markazi boʻlib qoldi. 1380-yilgi Kulikovo jangiaya Dmitriy Donskoy kumondonligidagi birlashgan rus qoʻshinlarining moʻgʻul koʻshinlari ustidan qozongan gʻalabasi Shim.sharqiy rus yerlarini birlashtirish uchun zamin yaratdi. Moskva buyuk knyazlik hokimiyati XV asr oxiri — XVI asr boshlarida rus yerlarini birlashtirishni asosan tugalladi. 1478-yil Novgorod, 1485-yil Tver, 1510-yil Pskov, 1514-yil Smolensk, 1521-yil Ryazan Moskva buyuk knyazligiga qoʻshib olindi. 1480-yil moʻgʻullar zulmi barham topdi.
Birinchi rus podshosi Ivan IV Vasilyevich Grozniy (1533—84; 1547-yildan podsho) davlatni markazlashtirishga kirishdi. Kozon va Astraxon xonliklari qoʻshib olindi, shu tarika Ural orti va Gʻarbiy Sibirni zabt etish uchun yoʻl ochildi. XVII asrda Sibirning qolgan hududlari ham birinketin qoʻshib olindi. XV asr oxiri — XVI asr boshlarida rus xalqining shakllanish jarayoni nihoyasiga yetdi, "Rossiya" degan nom tarqala boshladi.
Gʻarbda Boltiq dengiziga chiqish uchun boʻlgan Livon urushiiing choʻzilib ketishi (1558—83) natijasida mamlakat XVI asr oxiri — XVII asr boshlarida ogʻir iqtisodiy va siyosiy ahvolga tushib qoldi. Xalq ommasining ahvoli yomonlashdi. Jamiyatning turli tabaqalarida norozilik kuchaydi. Natijada qoʻzgʻolonlar boʻlib oʻtdi (eng kattasi Bolotnikov koʻzgʻoloni). Boyarlar va dvoryanlar oʻrtasida ham kurash keskinlashdi. 700 yil dan ortiq xukmronlik qilgan Ryurikovichlar sulolasi tugadi. Mamlakatning ogʻir ichki ahvolidan foydalangan polyaklar va shvedlar 1604-yilda Rossiyaga bostirib kirdilar. Polsha qoʻshinlari Moskvani egalladi. Faqat 1612-yil Minin va D. M. Pojarskiy rahbarligidagi xalq lashkarlari Moskvani ozod qildi, biroq mamlakatning gʻarbiy va shim.gʻarbiy hududi bir qismi Rech Pospolita va Shvetsiya qoʻl ostida qoldi. 1613-yildan Rossiyada Romanovlar sulolasi hukmronlik kila boshladi.
XVII asrdan Rossiya oʻz tarixida yangi bosqichga oʻta boshladi. XVII asr oxiriga kelganda tashqi siyosat masalalari va sinfiy kurash keskinlashgan paytda davlat va dvoryanlar hukmronligini mustahkamlash uchun iqtisodiyot, davlat tuzumi, madaniyat tizimini qayta qurishga zaruriyat tugʻildi. Bu oʻzgarishlarni Petr I hukumati amalga oshirdi. Petr I ning islohotlari tufayli (XVII asr oxiri —XVII asr 1-choragi) mamlakatning ijtimoiyiqtisodiy va madaniy taraqqiyoti jadallashdi. Shim. urush yillari (1700—21)da muntazam armiya va harbiy dengiz floti tuzildi. Yirik gʻalabalar qoʻlga kiritildi. R.ning Boltik dengiziga chiqishi uchun yoʻl ochildi. 1721-yil mamlakat Rossiya imperiyasi deb eʼlon qilindi. Sanoat rivojlana boshladi, ayniqsa, Uraldagi konchilik sanoati tez oʻsdi. Savdosotiq rivojlanib, tashqi savdo kuchaydi. Madaniyat sohasida katta oʻzgarishlar amalga oshirildi, dunyoviy maktablar ochildi, Gʻarbiy Yevropa madaniyati bilan aloqa kengaydi, matbaachilik rivojlandi, FA taʼsis etildi (1725), yangi kalendarga oʻtildi (1700). XVIII asr 2-yarmida tovarpul munosabatlari rivojlandi. Yekaterina II davri (1762—96)da dvoryan yer egaligi yanada rivojlandi. Davlat yer fondini koʻpaytirish maqsadida 1764-yil cherkovga qarashli yerlarning bir qismi tortib olindi. Dehqonlarning ommaviy noroziligi Pugachyov qoʻzgʻoloni va b. ichki mojarolar kelib chiqishiga sabab boʻldi.
Tashqi siyosat sohasida podsho hukumati dvoryan va savdogarlarning Qora dengiz orqali qulay savdo yoʻllariga boʻlgan intilishlarini hisobga olib, janubiy chegaralarning xavfsizligi uchun kurashni davom ettirdi. Turkiya bilan boʻlgan urushlarda Rossiya gʻalabaga erishgach, Qrim xonligi (1783) va umuman Qora dengizning shim. qirgʻogʻi R. imperiyasi tasarrufiga oʻtdi. Chegara Dnestr daryosi boʻylab belgilandi. 70—90-yillarda Ukrainaning oʻng qirgʻogʻi va Belorussiya batamom Rossiyaga qoʻshib olindi.2



Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish