Kurs ishining ob’ekti va predmeti. Rossiya turansporti hududiy tavsifini o’rganish ob’ekti bo’lsa, ushbu hududdagi transport sohasidagi rivojlanish omillari, salohiyati, xususiyatlari va hududiy tarkibi kurs ishi predmetidir.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Kurs ishining maqsadi Rossiya transporti hududiytavsifi salohiyatini o’rganish va umumiy, kengroq ma’lumot berishdan iborat.
Qo’yilgan maqsad quyidagi vazifalarni bajarishni taqozo etadi:
Rossiya davlatini o’rganish;
Rossiya transportining hududiy tavsifi haqida ma’lumot berish;
Rossiya transportining salohiyatini o’rganish;
Ushbu hududdagi transport va bu sohasini o’rganish.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi. Ish kirish, ikki bob, xulosa, adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan tashkil topgan. Uning umumiy hajmi 33 bet, shundan asosiy matn 27 bet. Matnda jadval, 2 ta rasmlar joy olgan, 15 nomdagi adabiyotlar va 4 dan ortiq internet manbalari keltirilgan. Kurs ishining kirish qismida mavzuning dolzarbligi, ishning ob’ekti va predmeti, maqsadi va vazifasi yoritilgan. Ishning xulosa qismida kurs ishi natijalari umumlashtirilgan.
I BOB ROSSIYANING UMUMGEOGRAFIK XUSUSIYATLARI.
Rossiyaning geografik o’rni, shakllanish bosqichlari va davlat tuzumi.
Rossiya Federatsiyasi (RF) — Yevropaning sharqida, Osiyoning shimolida joylashgan davlat. Maydoni jihatidan dunyoda eng katta mamlakat. Quruqlikdagi chegarasi 22125,3 km, dengiz chegarasi 38807,5 km. Rossiyaning hududi 3 okean havzasiga qarashli 12 dengiz, jumladan, Boltiq, Qora va Azov (Atlantika okeani), Barens, Oq, Kara, Laptevlar, Sharqiy Sibir va Chukotka (Shimoliy Muz okeani), Bering , Oxota, Yapon dengizlari (Tinch okean), shuningdek, hech bir okeanga tutashmagan Kaspiy dengizi bilan oʻralgan. Mayd. 17,1 mln. km2. Axrlisi 145,3 mln. kishi (2002). Poytaxti — Moskva shahri. Maʼmuriy jihatdan 89 subʼyekt: 21 respublika (Adigeya, Boshqirdiston, Buryatiya, Dogʻiston, Ingushiya, KabardaBalka riya, Kareliya, Komi, Mariy El, Mordoviya, Oltoy, Saxa (Yakutiya), Tatariston, Tuva, Udmurtiya, Haqasiya, Checheniston, Chuvashiya, Shim. Osetiya, Qalmoq, Qorachoy, Cherkasiya), 6 oʻlka (Krasnodar, Krasnoyarsk, Oltoy, Primorye, Stavropol, Xabarovsk), 49 viloyat (Amur, Arxangelsk, Astraxon, Belgorod, Bryansk, Vladimir, Volgograd, Vologda, Voronej, Ivanovo, Irkutsk, Kaliningrad, Kaluga, Kamchatka, Kemerovo, Kirov, Kostroma, Kurgan, Kursk, Leningrad, Lipetsk, Magadan, Moskva, Murmansk, Nijniy Novgorod, Novgorod, Novosibirsk, Omsk, Orenburg , Oryol, Penza, Perm, Pskov, Rostov, Ryazan, Samara, Saratov, Saxalin, Sverdlovsk, Smolensk, Tambov, Tver, Tomsk, Tula, Tyumen, Ulyanovsk, Chelyabinsk, Chita, Yaroslavl), 2 federal shahar (Moskva, Sankt-Peterburg), 1 muxtor viloyat (Yahudiylar), 10 muxtor okrug (Aga Buryatlari, KomiPermyaklar, Koryaklar, Nenetslar, Taymir (DolganNenets), UstOrdinskiy Buryatlari, XantiMansi, Chukotka, Evenklar, YamalNenets]ga boʻlinadi. Rossiaydada 1091 shahar, 1922 shaharcha bor. Markaziy, Shimoliy gʻarbiy, Janubiy, Volga boʻyi, Ural, Sibir, Uzoq, Sharq, federal okruglari tashkil etildi. Rossiya — boshqarishning respublika shakliga ega boʻlgan demokratik federativ respublika. Davlat boshligʻi — prezident (2000 y.dan V. V. Putin), u umumiy, teng va toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan Rossiya fuqarolari tomonidan 4 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi organi — 2 palata (Federatsiya Kengashi va Davlat dumasi)dan iborat Federal majlis (parlament). Ijrochi hokimiyatni rais boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Hukumat raisini Davlat dumasi bilan kelishgan holda prezident tayinlaydi.1
Rossiya hududi meridian boʻylab 2,5—4 ming km ga, gʻarbdan sharqqa 9 ming km ga choʻzilgan. Mamlakatning eng gʻarbiy nuqtasi Polsha bilan boʻlgan chegarada (Kaliningrad viloyati), sharqiy nuqtasi Bering boʻgʻozidagi Ratmanovda, chekka janubiy nuqtasi Ozarbayjon bilan boʻlgan chegarada, chekka shim. nuqtasi FransIosif Yeri arxipelagidagi Rudolfda, Rossiya hududining 45% oʻrmon, 4% suv, 13% qishloq xo’jaligaga yaroqli yerlar, 19% bugʻu yaylovlari, 19% boshqa yerlardir.
Relyefi. Rossiya maydonining qariyb 70% tekislik. Gʻarbda Sharqiy Yevropa (yoki Rossiya) tekisligi joylashgan. Unda bal. 250—400 m li Valday, Oʻrta Rossiya, Volgaboʻyi, Bugulma Belebey, Yuqori Kama va boshqalar. qirlar OkaDon, Kaspiyboʻyi va boshqa payettekisliklar bilan tutash. Undan sharkda Ural tog’ tizmasi, soʻng Gʻarbiy Sibir tekisligi boshlanadi. Yenisey va Lena daryolari oraligʻida Oʻrta Sibir yassitogʻligi, sharkda Markaziy Yakutiya payettekisligi bor. Mamlakat sharqi va jan .da togʻliklar koʻproq. Yevropa qismida Katta Kavkaz togʻining shim. yon bagʻrida tizma togʻlar (Rossiyadagi eng baland nuqta — Elbrus togʻi, 5642 m) joylashgan. Sibirdagi togʻ tizmalari — Oltoy, Kuznetsk Olatovi, Gʻarbiy Sayan togʻlari, Tuva, Baykalboʻyi, Baykal ortidagi togʻlar va Stanovoy tizmasi R.ning jan. chegarasi boʻylab oʻtadi. Sibirning shim.sharqi (Verxoyansk va Cher tizma togʻlari), Uzoq Sharq (Chukotka va Koryak togʻlari)da oʻrtacha balandlikdagi tizmalar koʻproq uchraydi. Tinch okean soxili boʻylab choʻzilgan Kamchatka va Kuril o.laridagi togʻlarda harakatdagi vulkanlar otilib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |