Buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti «tuproqshunoslik va geografiya»



Download 1,15 Mb.
bet35/38
Sana07.04.2022
Hajmi1,15 Mb.
#533986
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
“Kishlok xujalik maxsulotlarini konservalash usullarini ukitish uslubiyoti”

Farsh tayyorlash. Farsh tarkibiga qovurilgan ildizmeva, piyoz, ko‘kat hamda tuz kiradi. Ba’zan sabzavot o‘rniga blanshirlangan guruch ishlatiladi, bu holda chuchitilgan o‘simlik moyi qo‘shiladi.
YAngi ko‘kat o‘rniga ukrop, selderey va petrushkaning efir moylarini qo‘shish mumkin. Ular mahsulot tarkibiga moy yoki tuz bilan birgalikda kiritiladi. Sabzi va oq ildizlarni farsh uchun birga qovurib, birga sovutish mumkin. Farshning tarkibiy qismlari, sabzavotni deformatsiya-lantirilmasdan, obdan aralashtiriladi.
Sous tayyorlash. Sous tomat massasi, qand, osh tuzi, achchiq va xushbo‘y qalampirlardan iborat.
Farshsiz sabzavotlar uchun mo‘ljallangan tomat sousi tarkibiga qovurilgan piyoz va ko‘kat qo‘shiladi. Farshlangan qalampir, tomat va do‘lmalar sousiga un qo‘shiladi.
Sous zanglamas po‘latdan ishlangan yoki emal bo‘yoq surtilgan ikki qobiqli qozonlarda tayyorlanadi.
Qozonga tomat massasi solinadi, kerak bo‘lganda u suv bilan aralashtiriladi, keyin asta-sekin bug‘ qo‘yiladi, bug‘ning bosimi 100–200 kPa gacha ko‘tariladi. Isitilgan tomat massasiga elangan shakar qo‘shiladi. Pishirishning oxirgi bosqichida qozonga ziravorlar solinadi.
Sousning konsentratsiyasi konserva turiga qarab 15,6 dan 20,0% gacha bo‘ladi.
Kesilgan sabzavot aralashmasini tayyorlash. Tayyorlangan sabzavotga farsh qo‘shiladi. Farshsiz konservalashda sabzavot kesilgan va blanshirlangan oq ildizlar, chopilgan ko‘kat va osh tuzi bilan aralashtiriladi.
Mahsulot tarkibiy komponetlari barobar taqsimlanguncha aralashti-riladi. Aralashtirgichga avval tayyorlangan sabzavot, so‘ngra esa farsh solinadi. Aralashtirishdan so‘ng mahsulot bankalarga qadoqlanadi va ustidan sous solinadi.
Ikra tayyorlash. Ikra tayyorlash uchun sabzavot moyda 130–1400S temperaturada (turlari bo‘yicha alohida yoki ma’lum nisbatdagi miqdorda birgalikda) qovuriladi. Sabzavot tarkibidan moy oqiziladi va ikki reshetkali volchokda maydalanadi. Birinchi reshetka teshiklarining diametri 10, ikkinchisiniki – 3,5 mm ni tashkil etadi.
Bandi bilan birgalikda qovurilgan kabachoklar to‘rining teshiklari diametri 1,2 mm bo‘lgan ishqalash mashinalarida maydalanadi.
Qovurilgan kabachoklarda quruq modda miqdori 9% ni ko‘rinar kamayish 35–40%, moy shimilishi 6% ni tashkil etadi.
Ikkinchi variantda kabachoq tarkibida quruq modda miqdori 6%, kamayish 25%, moy shimilishi 1,5% ni tashkil etguncha qovuriladi.
Maydalangan massa vakuum-apparatda quruq modda miqdori 9% bo‘lguncha bug‘latiladi. Apparatga dastlab 1350S temperaturali moy yuklanadi. Ikra tarkibiga sabzavot massasidan tashqari qovurilgan va maydalangan ildizmevalar, piyoz, ko‘kat, qand, tuz, ziravorlar (achchiq va xushbo‘y murch), tomat-pasta yoki tomat-pyure kiradi. Pyurega askorbin kislotasiga boy bo‘lgan qizil bulg‘or qalampiri pyuresini qo‘shish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ikraning tayyorlangan tarkibiy komponentlari isitish vaqtida obdan aralashtiriladi, qand va tuzning to‘liq erishiga hamda barcha komponentlar yaxshi aralashishiga erishiladi.
Aralashtirilgan ikra nasos yordamida qadoqlagichlarga yuboriladi.
Ikra ikkala usulda ham uzluksiz liniyalarda ishlab chiqariladi.

Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish