Buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti «tuproqshunoslik va geografiya»



Download 1,15 Mb.
bet21/38
Sana07.04.2022
Hajmi1,15 Mb.
#533986
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   38
Bog'liq
“Kishlok xujalik maxsulotlarini konservalash usullarini ukitish uslubiyoti”

Iste’molbop etuklik bosqichida meva bevosita iste’mol qilinish uchun yaroqli bo‘ladi.
Texnik etuklik bosqichidagi meva va sabzavot konserva mahsulotining eng yaxshi sifatini ta’minlaydi. Texnik etuklik tushunchasi nisbiy. Bu ko‘rsatkich nafaqat xom ashyo naviga, balki uning ishlatilish sohasiga ham bog‘liq.
Mevaning o‘lchamlari, zichligi, rangi, maza va ta’mi, konsistensiyasi, urug‘ining rivojlanganligi, uning texnik etuklik alomatlaridir.
Etilgan urug‘lar ba’zan meva pishib o‘tganidan dalolat beradi. Meva va sabzavotning zichligi unda kraxmal yig‘ilganligini, demak, no‘hot va jo‘xori pishganligini ham anglatadi.
Pishib etilmagan meva va sabzavot ko‘p holda yashil rangga ega. Ba’zan meva rangiga qarab uning pishib o‘tganligi ta’kidlanadi. Masalan, bodring va baqlajon pishib o‘tsa, ularning rangi sarg‘ayadi. Pishish darajasiga qarab meva va sabzavotning konsistensiyasi o‘zgaradi. Bu ko‘rsatkich organoleptik usulda yoki mevaga igna suqish va uni ezish yo‘li bilan aniqlanadi.
Pishish darajasini aniqlash uchun kimyoviy ko‘rsatkich ham mavjud. Etilen paydo bo‘lishi mevaning pishib o‘tganligidan dalolat beradi.
1.3. XOM ASHYONI QAYTA ISHLASH JARAYONLARI
Meva va sabzavotni yig‘ish, korxonaga etkazish, qabul qilish va saqlash
Yig‘ish. Meva va sabzavotni yig‘ish, transportga ortish va tushirish asosan qo‘lda bajariladi, ko‘p mehnat talab qiladi. Ularni mexanizatsiyalash uchun ko‘p mashinalar qo‘llanilmoqda.
Tomat, ko‘k no‘hot, karam, piyoz, bodring va boshqa sabzavotni yig‘ish uchun kombaynlar, rezavor mevani yig‘ish uchun universal mashinalar ishlatiladi. Daraxt mevalari vibrator yordamida tushiriladi. Tushgan meva lat emasdan yig‘ilishi uchun daraxt ostiga chodir tortiladi.
Yig‘ish vaqtida meva mexanik zarbalarga duch kelmasligi kerak, chunki ularning po‘stlog‘i zararlanib, dog‘lar paydo bo‘ladi. Mevalarning butunligi buzilishi mikrobiologik jarayonlar tufayli ro‘y beradi. Bu meva sharbati oqishi va yuvish vaqtida quruq moddaning ko‘p qismi yo‘qolishiga olib keladi.
Xom ashyoning mexanik zarbalarga chidamli navlari ayni vaqtda texnologik talablarga ham javob berishi kerak.

Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish