Karotinoidlar. Karotinoidlar meva va sabzavotlarga sariqdan qizilgacha rang beruvchi pigment hisoblanadi. Ularga karotin, likopin, ksantofillar kiradi.
Karotin to‘q sariq rangga ega bo‘lib, sabzi, ryabina, tomat, o‘rik, shaftoli, sabzavotlar mevalarda, yashil sabzavotda bo‘ladi.
Likopin – qizil ranglovchi modda, u tomat, na’matakda bo‘ladi.
Ksantofill sariq rangga ega. U karotin bilan birga yuradi, barg va ayrim mevalarda, masalan, sariq tomatlarda bo‘ladi.
Izomer ( ) ko‘rinishida uchraydigan karotin va likopin nochegaraviy uglevodlarga mansub bo‘lib, uning formulasi S40N56. Izomerlar orasidagi farq qo‘sh bog‘lar o‘rniga va molekula chekkalaridagi uglevod halqalari xususiyatiga bog‘liq. Ksantofill (S40N56O2) karotinning dioksi hosilasidir.
Karotinoidlar suvda erimaydi, lekin yog‘da eriydi. Ular oksidlovchilar va kislotalarga juda ta’sirchan, ishqorlarga esa turg‘un.
Karotin inson organizmida A vitaminiga o‘tadi. Karotinning vitaminoz xususiyati uning molekulasida ionli halqa mavjudligiga bog‘liq:
karotinda ikkita shunday halqa mavjud, karotin va karotinda esa bittadan shunday halqa mavjud. SHu sababga ko‘ra karotin molekulasi ikki, karotin va karotin molekulalari bittadan vitamin A molekulasini beradi.
Likopinda ionli halqa yo‘q, shuning uchun u vitaminoz faollikka ega emas.
Efir moylari. Efir moylari meva va sabzavot po‘stlog‘ida yig‘iladi.
Ziravorlar va ko‘katlar, jumladan, petrushka, selderey, ukrop, estragon, bazilik, koriandr, mayoran (0,05 dan 0,5% gacha, alohida hollarda 1% efir moylariga ega) aromatik moddalarga juda boy. Mandarin po‘stlog‘ida 1,8 –2,5% efir moylari mavjud, piyozda 0,05% -gacha, sarimsoqda qariyb 0,01%. Ko‘plab meva va sabzavotda efir moylarining miqdori 0,001% dan oshmaydi.
Efir moylari mevalarga hid beradi, inson organizmida esa oshqozon shirasi ajralishi va ovqatning yaxshi hazm bo‘lishiga yordam qiladi. Efir moylari uchuvchan moddalar bo‘lib, qaynatish vaqtida ma’lum qismi yo‘qoladi. Efir moylarining aksariyati suvda erimaydi. Ular turli organik moddalarda eriydi. Ayrim sabzavotlar (piyoz, sarimsoq) ning efir moylari antibiotik xususiyatlarga ega.
Efir moylari turli moddalar: terpenlar, aldegidlar, spirtlar aralashmasidan iborat. Urug‘li mahsulotlarning efir moylarida uksus aldegidi, amil spirti va kislotalarining murakkab efirlari: chumoli, uksus, kapron, kapril efirlari mavjud. Behining murakkab efirlarini enant va pelargon kislotalari hamda etil spirti hosil qilgan. SHaftolining murakkab efirlari tarkibiga chumoli, valerian, kapril kislotalari va linalool bir atomli spirti kiradi. SHuningdek, linalool apelsin, bazilik hamda koriandr kabi xushbo‘y ziravorlar tarkibida ham mavjud.
Sabzavotlar mevalar, ukrop va selderey efir moylari tarkibi d- limonenga boy. Meva va sabzavotlarning efir moylari tarkibida terpenlarning hosilasi: sitral (sabzavotlar mevalarda), karvon (petrushkada), pinen (petrushka va koriandrda), metilxavikol yoki estragol (petrushka va bazilikda) mavjud. Piyoz va sarimsoqning efir moyida oltingugurtli birikmalar – S6N12S2 , sarimsoq moyida esa bundan tashqari S6N10S2, S6N10S3 va boshqalar mavjud. Petrushkaning efir moyida apiol nomli fenol efiri mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |