Pastki adir tuprog’i och va tipik bo’z tuproqdan iborat. Bunga dengiz
sathidan 500-800 m balandlikkacha bo’lgan yerlar kiradi. Rel’efi tekis qirlardan
iborat. Yuqori cho’l bilan tutash bo’lganligi uchun ham iqlimi keskin kontinental
bo’lib, undan keskin farq qiladi. Yozi issiq, qishi sovuq. Baxor va qishda
yog’ingarchilik bo’ladi. Havosining namligi tuproqning unumdorligi yer osti
suvlarining yer yuzasiga yaqinligi o’simliklar qoplami xam xilma xildir. Pastki
adirning asosiy o’simliklarga erta baxorda yashil gilam hosil qiladigan rang va
qo’ng’irboshdan iborat. Pastki adirda rang, qo’ng’irbosh, yetmak, qoqio’t,
qo’ypechak, mingboshi, qo’ziquloq, isfarak, karrak kabi o’simliklar eng ko’p
tarqalgan.
17
Do'stlaringiz bilan baham: |