3-mavzu. Sanoat tahlili asoslari
Reja:
3.1. Sanoat jobadorligini tahlil qilish.
3.2. M.Porterning raqobatning besh kuchi nazariyasi
3.3. O’rinbosar tovarlar nomonidan raqobat.
3.1. Sanoat jobadorligini tahlil qilish
Strategiyani tanlash kompaniyaning tashqi va ichki muhitini baholashga asoslangan bo'lishi kerak. Bu sohada tadqiqot ikki yo'nalishda olib borilishi zarur. Tarmoqdagi vaziyat va undagi raqobatni o'rganishda birinchi yo'nalish kompaniyaning makromuhitiga, ikkinchi yo'nalish mikromuhitiga bag'ishlanadi. Ushbu mavzuda biz birinchi yo'nalishning tahlilini o'rganamiz.
Tarmoqlar bir-biri bilan quyidagi belgilarga qarab farq qilinishi mumkin:
texnika taraqqiyot darajasi;
zarur sarmoyalarning hajmi;
bozorning kattaligi (jahon, mahalliy, mintaqaviy);
mahsulotning standartligi (gaz, neft, tsement, ximiya sanoati, pilesos, samolyot va h.k.);
raqobatning kuchliligi va uning baho, sifat, servis va hokazolarga yo'naltirilganligi.
Tarmoqni tahlil qilishni, uning asosiy iqtisodiy ko'rsatkichlarini tavsiflashdan boshlash kerak. Tarmoq deganda, biz mahsulotlari bir xil bo'lgan va o'zaro bir guruh xaridorlar uchun kurashadigan firmalar guruhini tushunamiz. Bu yerda quyidagi omillarni tahlil qilish kerak:
bozor kattaligi;
raqobatning kuchliligi (mahalliy, mintaqaviy, milliy xalqaro darajada);
bozorning o'sish sur'ati va uning bosqichi (o'sish boshlanishi, tez o'sish va cho'qqiga etish, kamolga erishi, to'yinish, turg'unlik, tushish);
raqobatchilarning soni va ularning kuchliligi (tarmoqda ko'p mayda kompaniyalar mavjudmi yoki bir nechta yirik kompaniyalar faoliyat ko’rsatadimi);
xaridorlar soni ularning moliyaviy imkoniyatlari;
integrasiya "orqaga" yoki "oldinga" ketyaptimi?
tarmoqqa kirish va chiqib ketish to'siqlari mavjudmi?
tarmoqda integrasiya (ko'shilish) yoki dezintegrasiya (ajralish) mavjudmi?
texnologik o'zgarishlarning yo'nalishlari va sur’atlari;
raqobatdagi firmalarning mahsuloti yoki xizmati kanday darajada tabaqalashgan
kompaniyalar ishlab chiqarish, mahsulotni etkazish, marketing va reklama tadbirlarini amalga oshirish uchun sarf qilingan xarajatlarni kamaytira oladimi
ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish uchun ishlab chiqarish quvvvatidan to'la foydalanish hal qiluvchi ahamiyatga egami?
tarmoqdagi "o'rganish tajriba" egri chizig'i qanday turga ega. Ishlab chiqarish hajmi oshganda mahsulotning o'rtacha narhi pasayadimi? Tajriba orttirish natijasida-chi?
tarmoqda sarmoyalar sarf qilinayaptimi?
tarmoq daromadlari o'rtacha darajadan yuqorimi yoki pastmi?
Tarmoqning uzoq muddatli jozibadorligi strategiyani belgilovchi muhim omil hisoblanadi. Agar kompaniya mavjud vaziyatni jozibador topmasa, u mavjud resurslarni boshqa sohalarga investitsiya qilishga qaror qiladi. Agar korxona nuqtai nazaridan tarmoq juda jozibador bo'lsa, unda strategiyani tanlash bo'yicha yakuniy qaror bir qator fikrlarni tahlil qilishga bog'liq, masalan:
sanoatda yuz berayotgan o'zgarishlarning xususiyatlari;
raqobat kuchlari;
raqobatchi kompaniyalar strategiyalari;
bu sanoat uchun xos bo’lgan "narx - xarajatlar - foyda» nisbati,;
muvaffaqiyatli raqobat kurashi olib borish uchun zarur shart-sharoitlar.
Sanoatning jozibadorligini va raqobat sharoitlarini baholashni hisobga olgan holda, kompaniya raqobat kurashini olib borishga yondashuvni tanlaydi va o'z pozitsiyalarini tasdiqlash uchun bir qator chora-tadbirlarni qabul qiladi.
Sanoatning jozibadorligini baholash uchun 5.4-jadvalda keltirilgan shakldan foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |