Raqobat ustunligi nazariyasining evolyutsiyasi
Bosqich
|
Nazariya nomi
|
Mualliflar
|
Omillar
|
1
|
Mutlaq ustunlik nazariyasi
|
А. Smit
|
Tabiiy resurslar (shu jumladan, iqlim shart-sharoitlari)
|
2
|
Nisbiy ustunlik nazariyasi
|
D. Rikardo, D. S. Mill
|
Tabiiy resurslar, ishlab chiqarish xarajatlari
|
3
|
Ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasi
|
E. Xeksher,
B. Olin,
P. Samuelson
|
Ishlab chiqarish omillarining majmui
|
4
|
Raqobat ustunliklari kontsepsiyasi
|
М. Porter
|
Iqtisodiy munosabatlar omillarining majmui
|
Raqobatli ustunlik - tovar yoki markaning firmaga o‘zining bevosita raqobatchilariga nisbatan ma’lum bir afzallik beradigan xarakteristikasi va xususiyatlaridir. Bu xarakteristikalar (atributlar) g‘oyatda xilma-xil bo‘lishi va tovarning o‘ziga (asosiy xizmatga) ham, asosiy xizmatga qo‘shimcha xizmatlarga, ishlab chiqarish, savdo shakllariga ham taalluqli bo‘lishi, hamda firma yoki tovarga xos bo‘lishi mumkin. Demak, bunday afzallik nisbiy bo‘ladi va tovar bozorida yoki bozor segmentida eng yaxshi mavqega ega bo‘lgan raqobatchiga nisbatan belgilanadi. Bu eng xavfli raqobatchi imtiyozli raqobatchi deb ataladi. Raqobat ustunligini tanlashni belgilab beruvchi holatlari
Hozirgi vaqtda iqtisodiy adabiyotda bir nechta muhim parametrik xususiyatlar ajratib ko’rsatiladi. Xususan, barcha raqobat ustunliklari ikki guruhga bo'linadi: past tartibdagi va yuqori tartibdagi ustunliklar.
Past tartibdagi ustunliklar arzon manbalardan foydalanish imkoniyati bilan bog’liq: mehnat, materiallar (xom ashyo), energiya.
Ushbu raqobatbardosh ustunliklarning past tartibining sababi shundaki, ular juda nobarqaror bo’lib, narx-navo va ish haqining oshishi yoki bu arzon ishlab chiqarish resurslaridan raqobatchilar ham foydalanishi mumkinligi tufayli osongina yo'qolishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, past tartibdagi ustunliklar past darajadagi barqarorlikka ega bo'lib, uzoq vaqt davomida raqobatchilardan ustunlikni ta'minlay olmaydi.
Yuqori tartibdagi ustunliklar - noyob mahsulot, noyob texnologiya, optimal marketing tuzilmasi, ishlab chiqarishni tashkil etish, firmaning yaxshi obro’si hisoblanadi. Agar raqobatbardosh ustunlikka o’z konstruktorlik ishlanmalari asosida noyob mahsulotlarni bozorga chiqarish orqali erishilsa, unda bunday afzallikni yo'q qilish uchun raqobatchilar shu kabi mahsulotlarni ishlab chiqishlari yoki undanda yaxshiroq narsa bilan chiqishlari kerak bo'ladi.
Kelib chiqish tabiatiga qarab, ikki xil ustunlik mavjud: mutlaq va nisbiy. Mutlaq ustunliklar (shartli ravishda doimiy)"tabiat tomonidan berilgan" (masalan, geografik joylashuv) va boshqaruv qarorini qabul qilish samaradorligiga bog'liq bo’lgan, yuqori texnologiyalar, innovatsiyalarga ega bo’lish kabi nisbiy ustunliklarga qaraganda nisbatan past tartib ustunliklariga kiradi. Nisbiy ustunliklar (shartli ravishda o’zgaruvchan) mutlaq ustunlikdan farqli o'laroq, mohiyatiga ko’ra cheksizdir.
Raqobat ustunliklari haqiqiy va potentsial bo'lishi mumkin. Haqiqiy raqobat afzalliklari ostida raqobatchilardan ustun bo'lgan sub'ektning ichki va tashqi muhit omillari tushuniladi; potentsial raqobat ustunliklari ostida – muayyan shart-sharoitlar bajarilganda yaqin yoki uzoq muddatda raqobatchilardan ustun bo'lishi mumkin bo'lgan subyektning ichki va tashqi muhit omillari.
Raqobatbardosh ustunliklarining barchasini asosiy turlarga bo'lish mumkin:
ishlab chiqarish omillari va ulardan foydalanish samaradorligi darajasiga asoslangan resurs (texnologik bo’lmagan) ustunligi;
texnik va texnologik, ilmiy va texnologik taraqqiyotning yutuqlariga asoslanadi;
menejmentning xo'jalik yurituvchi sub'ektning rivojlanish omillarini safarbar qilib uning samarali boshqaruvini ta'minlash qobiliyatidan iborat tashkiliy ustunlik.
M. Porter raqobat ustunliklarini ularni ta'minlovchi omillarning tabiatiga qarab ajratadi: tovarlar sifati va xarajatlari.
Sifatga asoslangan raqobat ustunligining manbai mahsulotning xaridor uchun uning qiymatini oshiradigan o'ziga xos iste'mol xususiyatlari bo’ladi. Ushbu raqobat ustunligi tashqi xususiyatga ega, chunki u mahsulotga raqobatchilardan ko'ra yuqori narxni o'rnatish imkonini beradi.
Xarajatlarga asoslangan (ichki) raqobat ustunligi yuqori mehnat unumdorligi va korxona faoliyatining yuqori samaradorligi natijasidir.
Yuqorida ko'rib chiqilgan raqobatbar ustunliklari turli xil tabiati va amalga oshirish shartlari mavjud bo’lib, ularni grafik jihatdan aks ettirish mumkin (7.1.-rasm)4.
Do'stlaringiz bilan baham: |