Jadval 3.2.
Tayyorlash sharoitini mahsulot sifatiga bog`liqligi
Namuna
Tayyorlash
sharoiti
Oqlik
darajasi %
Kapillyarlik,
mm / soat
Uzilishdagi
mustahkamligi, N
Modifika
tsiyalangan
nitron
–
1
2
3
84,51
84,43
85,56
85,32
o`lchanmadi
o`lchanmadi
Ipak
–
1
2
3
79,67
80,87
83,48
82,27
o`lchanmadi
o`lchanmadi
Paxta
–
1
2
3
77,11
79,70
81,06
83,74
–
100
80
100
3,69
3,72
5,14
3,90
Nitron
–
1
2
3
81,61
80,84
82,88
83,0
o`lchanmadi
o`lchanmadi
Paxta+
nitron
–
1
2
3
80,29
80,73
81,90
80,98
95
115
115
110
5,1
7,96
8,09
8,24
Paxta+mod
nitron
–
1
2
3
79,08
83,33
82,33
82,00
40
70
65
60
1,3
6,61
7,83
8,18
57
Lekin ularning kapillyarligi mutlaqo qoniqarli emas. Shunisi
qiziqarliki, Paxta — nitron tolalari aralashmasidan iborat kalavalarni
kapillyarligi qoniqarli bo`lmasada, lekin ular katta qiymatga ega.
Aralashma tarkibini komponentlaridan biri gidrofob tola bo`lsada, bunday
natijaga erishish g’ayritabiiy hodisadir. Bunga sabab, silindr tuzilishidagi
nitron va (buralgan tuzilishdagi) Paxta tolasidan aralashma tayyorlanganda
kalavada sun`iy ravishda bo`shliqliklar hosil bo`ladi (3.3.-rasm) va bu
aralashmaning kapillyarligini ortishiga sabab bo`lishi mumkin.
3.3.-rasm. Nitron va Paxta tolalari aralashmasidan iborat kalava.
Nitron tolasini tabiiy ipak chiqindilari bilan modifikatsiyalash
natijalasida tolani yuzasida turli bo`shliq va g`adir-budurliklar hosil bo`ladi
[3]. Natijada modifikatsiyalangan nitron bilan Paxta aralashmasi hosil
qilinayotganda Paxta + nitron aralashmasi kabi bo`shliqlar hosil bo`lmaydi,
shuning uchun ham bunday aralashmaning kapillyaligi Paxta+nitrondagiga
nisbatan kamdir, bu ham gidrofil tola Paxtadagiga nisbatan yuqori. Olingan
natijalar qoniqarli bo`lmagach izlanishlar boshqa eritmalar bilan olib
borildi.
Namunalar
sifatida
faqat
Paxta,
Paxta+nitron,
hamda
Paxta+modifikatsiyalangan nitron qoldirildi.
Yetarli darajadagi kapillyarlikka aralashma tarkibidagi yog`
moddalarni chiqarish orqali erishish mumkin. Shuni inobatga olgan holda,
har uchchala namuna oldin ishqoriy muhitda ohorsizlantiriladi, so`ngra
kislotali muhitda oqartiriladi. Bunda tajriba quyidagicha olib borildi.
Namunalarga uch hil tarkibga ega bo`lgan eritmalar bilan 15-20 minut
80°C ishlov beriladi, ya`ni:
58
1. H
2
SO
4
-7 g/l (pH=1)
2. Na
2
CO
3
- 5 g/l (pH=11)
3. NaHSO
3
- 5 g/l (pH=9)
Ishlov berilgan namunalar yaxshilab yuvilgach bir hil tarkibli
eritmalarda ishlanadi, ya`ni tarkibida massaga nisbatan % larda bo`lgan
quyidagi tarkibli eritmada ishlov beriladi:
MgC1
2
- 0,05 H
2
O
2
- 2,0
Na
2
SiO
3
- 5,0 OP - 10 - 1 g/l
pH = 5
Olingan natijalar 3.3 — jadvalda keltirilgan.
Jadval- 3.3.
Namunalar sifatini tayyorlash sharoitiga bog`liqligi.
Namuna
H
2
SO
4
Na
2
CO
3
Na
2
HSO
3
Oqlik
darajasi,
%
Kap
mm/
soat
Uzilish.
ga,
must.
N
Oqlik
darajasi,
%
Kap
mm/
soat
Uzilish.
ga,
must.
N
Oqlik
darajasi,
%
Kap
mm/
soat
Uzilish.
ga,
must
N
Paxta
81,74 100
4,0
80,07
50
5,2
80,07
50
4,8
Paxta +
nitron
80,98 115
8,4
80,60
120
9,0
70,60
120
8,8
Paxta
mod.
Nitron
82,50
60
8,2
78,20
75
8,4
79,18
70
8,4
Natijalardan ma`lum bo`ldiki, faqat ishqoriy muhitda
yuqori haroratdagina paxta tarkibidagi yog`simon va mumsimon
59
moddalarni chiqarib, kerakli kapillyarlikka erishish mumkin. Bunda
eritmalar quyidagi tarkibga ega:
NaOH – 2 g/l
Na
2
SiO
3
– 30 g/l
OP- 10 - 0,5 g/l
H
2
O
2
- 2 g/l
pH = 12
Bu birlashtirilgan qaynatish oqartirish usuli bo`lib, jarayon 95°C
haroratda 2 soat davomida olib boriladi. Ishlov berilgan namunalarning
oqlik darajasi va kapillyarligi quyidagicha: (3.4 – jadval).
Jadval 3.4.
Namunalarning oqlik darajasi va kapillyarligi
Namuna
W %
Kapil. mm/soat
Paxta
82,89
135
Paxta+nitron
74,76
160
Paxta+mod.nit.
68,26
140
Namunalar yuqori kapillyarlikka erishgan bo`lsada, ularning oqlik
darajasi pasayib, ketdi. Ayniqsa, Paxta+modifikatsiyalangan nitron
asosidagi kalavalar deyarli och sariq rangga bir tekis bo`yalib qoldi. Buning
sababi modifikator tarkibidagi oqsil, CaC1
2
va glitserinlarni tolaga
sorblanishi va bog`lanishidir. Shu yerda oqsil va CaC1
2
ni ahamiyatini
aniqlash maqsadida gel nitron tolasi faqat tabiiy ipak chiqindisining
erituvchisi (CaC1
2
va glitserin) bilan modifikatsiyalandi va namunaning
oqlik darajasi o`lchandi. Bu 73,87 ga teng. Demak, tolani TICH bilan
modifikatsiyalashda tabiiy ipak bilan nitron tolasi kimyoviy bog`lanishlar
bilan birikmoqda. Tajribalar asosida aralashmalarda kerakli kapillyarlikka
erishildi, endigi masala namunaning (aralashmaning) oqlik darajasini talab
darajasiga
ko`tarishga
bag`ishlanadi.
Qaynatish-oqartirish
eritmasi
tarkibidagi natriy silikat ham ishqoriy muhitga ega ekanligi hisobga olgan
60
holda, namunalarni pardozlashga tayyorlash kuchsiz ishqoriy sharoitda
birlashtirilgan usulda olib borildi. Ishqoriy agent sifatida birinchi vanna
faqat silikat, ikkinchi vannaga NaHCO
3
va uchinchi vannaga Na
2
CO
3
solib
olib borildi.
Dispers bo’yovchi moddalar poliefir va atsetat tolali matolarga va
kamroq poliamid tolali matolarga gul bosishda ishlatiladi. Gul bosish
uchun nurbardoshligi yuqori va harorat ta’siriga chidamli bo’yovchi
moddalar ishlatiladi. Gul bosish texgologiyasi:
Gul bosish → quritish → Bo’yovchi moddani →yuvish → quritish
tolaga bog’lash jarayonlaridan iborat. Gul bosish bo’yog’i tarkibi tola
turiga va rang singdirish usuliga bog’liqdir. Masalan, astetat tolali
materiallar uchun quyidagi tarkiblar ishlatiladi.(3.5-jadval)
Quyultiruvchi sifatida natriy alginat, karboksimetilselluloza, tragant va
ularning aralashmasi ishlatiladi. Poliefir, poliamid va triasetat tolalariga gul
bosilganda bo’yoq tarkibiga tola massasiga nisbatan 0.3-2% miqdorida
intensifikator (benzoy, salitsil kislota, xlorbenzol, yog’ kislotaning
gidroksialkilamidlari ) qo’shiladi, Bo’yovchi moddaning tolaga bog’lanish
darajasini oshirish maqsadida, to’q ranglar olish uchun 80-200 g/kg
miqdorda mochevina solinadi.
3.5- jadval
Dispers bo’yovchi moddalar bo’yoq tarkiblari
I tarkib, g/kg
II tarkib, g/kg
III tarkib, g/kg
Bo’yovchi
modda
20-40
Bo’yovchi
modda
20-
40
Bo’yovchi
modda
20-40
Natriy xlorit
5
Etil spirti
10
Skipidlar
10
mochevina
20-60
tiomochevina
50
stearoks
20
Ammoniy
sulfat
5
sulfirol
5
quyultiruvchi
X
Quyultiruvchi
X
quyultiruvchi
X
quyultiruvchi
X
61
Jami
1000
jami
1000
jami
1000
Bug’lanish paytida bo’yovchi moddani qaytarishdan saqlash maqsadida
biroz oksidlovchi qo’shiladi. Dispers bo’yovchi moddalar ishqorga
ta’sirchan bo’lganligi sababli, pH =6 gacha sirka kislota solinadi.
Dispers bo’yovchi moddalar bilan gul bosilgan asetat va poliamid
tolali matolarga to’yingan bug’li atmosferada 100-102
0
C da 20-45 min
davomida ishlov beriladi. Ana shu sharoitda, hatto bo’yoq tarkibiga
intensifikator qo’shilgan bo’lsa ham, poliefir va triasetat tolali materiallarga
bo’yovchi moddaning bog’lanish darajasi 50% dan oshmaydi. Buning
sababi, bo’yovchi moddaning tola ichiga diffuziya tezligining o’ta
pastligidir. Shu sababli, dispers bo’yovchi moddalarning poliefir va
triasetat tolalari ichiga diffuziyasi qaynoq havoli muhitda 180-220
o
Cda 30-
60 s davomida yoki o’ta qizdirilgan bug’li sharoitda 165-180
0
Cda 4-8 min
davomida amalga oshiriladi. Yuqori haroratli ishlovga mo’ljallangan
texnologiya uchun sublimatsiyaga chidamli bo’yovchi moddalar ishlatiladi.
Dispers bo’yovchi moddalarning rang mustahkamligini oshirish uchun
yuvish jarayonida matoga ishqoriy-qaytaruvchili ishlov beriladi; NaOH
(32.5% li) -4.5ml/dm
3
, Na
2
S
2
O
4
-2 g/dm
3
.
Hozirgi vaqtda gidrofob tola ichiga dispers bo’yovchi modda
diffuziyasini jadallashtirish maqsadida qaynatilgan azeotrop aralashma
bug’da ishlov berishni qo’llash taklif qilinmoqda. Azeotrop aralashmalar
ichida eng maqbuli benzil spirt va suvning 10:90 nisbatdagi aralashmasidir.
Benzil spirti kam zarrali va aralashma tarkibiga kam miqdorda qo’shiladi.
Aralashmaning qaynash harorati 95-100
0
C, matoga ishlov berish vaqti 2-3
min. [47]
O’tgan asrning 70-yillarida kimyoviy tolali materiallarga dispers
bo’yovchi moddalar bilan sublimatsion gul bosish keng tarqaldi. Bu usul
yana ―ko’chirma gul bosish‖, ―bug’ fazali gul bosish‖, ―termogul bosish‖
nomlari bilan ham ma’lumdir. Bu usulda gul bosish uchun avval oson (180-
62
230
0
Cda) sublimatsiyalanuvchan dispers bo’yovchi moddalar bilan
qog’ozga gul tushiriladi, so’ng ma’lum harorat, bosim va vaqt davomida
gul qog’ozdan mato yuzasiga o’tkaziladi. Bunda dispers bo’yovchi modda
harorat ta’sirida uchuvchan holatga o’tib, yuqori elastik holatdagi tola
ichiga juda tez diffuziyalanadi.
Qog’ozga gul tushirish uchun quyidagi tarkibdan foydalaniladi:
dispers bo’yovchi modda -10%, yopishtirgich modda (sintetik smola,
sellyuloza efirlari)-15%, erituvchi (suv yoki organik erituvchi)-75%. Gul
tushirilgan qog’oz pastroq haroratda tez quritiladi. [48]
Qog’ozdagi gulni mato yuzasiga o’tkazish uchun turli
konstruksiyasidagi kalandrlar ishlatiladi. Bularning ichida vakuum ostida
ishlaydigan barabanli termogul bosish mashinalari maqsadga muvofiqdir,
masalan, ―Kannegisser‖firmasida (Germaniya) ishlab chiqariladigan
―Vakuumat‖kalandri. Mato va qog’oz roliklardan yuzma-yuz holatda
ustma-ust teshikli barabanga yuboriladi. Baraban ichida vakuum hosil
qilinishi sababli qog’oz va mato uning yuzasiga zich yopishadi. Qog’oz va
mato qatlami infraqizil nurlar yordamida qizdiriladi va datchik yordamida
nazorat qilinadi. Gul bosilgan mato rulonga, ishlatilgan qog’oz rulonga
o’raladi. ―Vakuumat‖ mashinalarining afzalligi: bosim past bo’lgani uchun
mato ezg’ilanmaydi, harorat pastroq (200-210
0
C o’rniga 160
0
C) ,
bo’yovchi moddaning tola ichiga o’tuvchanligi yaxshilanadi, rang
mustahkamligi yuqori, issiqlik sarfi kam.
63
3-4.-rasm.
Aralashmaning
oqlik
darajasini
natriy
silikat
konsentratsiyasiga bog`liqligi. 1-paxta+mod nitron; 2-Paxta+nitron
Rasmdan ko`rinib turibdiki, oqartirish eritmasida natriy silikat
kontsentratsiyasi kamaygan sari aralashmaning oqlik darajasi ortib boradi,
lekin uning kapillyarligi qoniqarli emas. Shuning uchun eng maqbul
konsentratsiya deb 25 g/l qabul qilindi.[50]
Qaynatish-oqartirish eritmasida natriy silikat konsentratsiyani ortishi
korxona miqyosida ishlanganda silikatli nuqsonlar keltirib chiqaradi, ya`ni
vanna tubiga silikatlarni yig`ilishi va mato yuzasida silikatli dog`larni hosil
bo`lish natijalar 3.6-jadvalda keltirilgan.
3.6-jadval.
Namunalarning sifat ko`rsatkichlariga eritma tarkibini
ta`siri.
Namuna
Silikat
Stablizator
W, % Kapillyarligi
mm/soat
W, %
Kapillyarligi
mm/soat
Paxta+nitron
82,0
135
82,5
125
Paxta+mod.nit.
82,75
130
82,90
120
Jadvaldan natriy silikatni stablizatorga almashtirish aralashmaning
oqlik darajasiga ta`sir etmaydi, lekin uning kapillyarligi bir muncha
kamayadi. Shuning uchun natriy silikat stablizatorga almashtiriladi.[51]
64
Albatta, mahsulotlarni oqlik darajasi 80% dan yuqori bo`lsa, u holda
bu mahsulot yaroqli hisoblanadi. Lekin bu kalavalardan erkaklar ko`ylagi
tayyorlansa, bu natija iste`molchini qoniqtirmaydi. Shu sababli
birlashtirilgan
usulda
qaynatilib
oqartirilgan
namunalar
optik
oqartiruvchilarda bir va ikki vannali usullarda oqartirildi. Demak, aralash
tolali mahsulotlar kuchsiz ishqoriy muhitda birlashtirilgan usulda qaynatish
- oqartirish jarayonidan o`tkazilib, so`ngra ularga OOM eritmasida 95°C
haroratda 10 minut davomida ishlov berilsa, ularning oqlik darajasi va
kapillyarligi talabga javob berar ekan. Bir vannali usulda OOM bilan ishlov
berilganda namunalarning kapillyarligini pasayishiga sabab, optik
oqartiruvchi modda tola yuzasida plyonka hosil qilib, uning sorbsion
xossasini yomonlashtiradi. Natijalar 3.7 - jadvalda keltirilgan.
3.7-jadval.
Namunalarning sifat ko`rsatkichlari
Ishlov berilgan usuli
Paxta+nitron
Paxta+mod. Nitron.
W, %
Kap.
mm/soa
t
Kirishish
%
W, %
Kap.
mm/soat
Kirishish
%
Bir vannali OOM b/n
ishlov berilgan
83,0 4
122
2,6%
83,64
120
2,8%
Oldin qaynatib-
oqartirilgandan
so`ngOOM bilan
ishlov berilgan
83,3 9
135
2,9%
86,44
130
3%
65
OOM bilan
ishlov berilgan
82,0
135
2%
82,75
130
2%
Barcha izlanishlar natijasida tanlangan uslub bo`yicha Paxta + nitron
67/33 va paxta+modifikatsiyalangan nitron (67/33 va 33/67) trikotaj
polotnolari bo`yash va gul bosishga tayyorlandi. Namunalar 30 modulli
tarkibda Al
2
(SO
4
)
3
(25 g/l), OP-10 (0,5 g/l), H
2
O
2
(2 g/l), MgC1
2
(30 g/l)
bo`lgan vannada 1 soat davomida 95°C haroratda qaynatiladi. Qaynatilgan
namuna yuvilib, unga 10 minut davomida 95°C haroratda OOM ning
massaga nisbatan 0,05% li eritmasida OP-10-(1 g/l) ishtirokida ishlov
beriladi.[53]
To`qimachilik materiallari sifatini aniq faktorlar qatoriga ularning rangli
va tasviriy shakllanishlari kiradi. Pardozlash xususan gul bosish jarayoni
masalalaridan biri bo`lib, ishlatilgan mato shartlariga, moda talablariga
javob beruvchi matoda rasm va ranglar hosil qilish hisoblanadi. Yuqori
sifatli zamonaviy mahsulotlar (yaxshi kaloristikali) aholining ehtiyojlarini
qondirish uchun kimyogar - to`qimashunoslar katta e`tiborlarini
to`qimachilikda
gul bosishda zamonaviy progressiv texnika
va
texnologiyalarni qo`llashga qaratishlari lozim.
Texnik jarayonlarning ahamiyati va texnologik parametrlarini aniq
nazorat qilish, kerakli natijalarni olish uchun asosiy yechim bo`lib
hisoblanadi.
Bo`yash jarayoni bilan ko`pgina umumiyliklarga ega bo`lgani holda gul
bosish jarayoni matoga qo’shimcha ishlov berish va yanada murakkabroq
qurilmalarni qo’llashni talab etadi. [54]
3.3. Pigmentlar bilan gul bosish
Gul bosish bo’yog’ini tayyorlashda barcha tashkil etuvchi moddalar
ketma-ket qo’shilib, aralashtiriladi. Katalizator esa bo’yoqni ishlatish
oldidan qo’shiladi. Pigment bilan gul bosish bog’lovchilar ishtirokida turli
usullar bilan amalga oshiriladi. Bo’yoq tarkibida pigment, bog’lovchi,
66
quyultiruvchi hamda stabilizatorlar va katalizatorlar bo’ladi. Bo’yoq
tarkibida plyonka, to’r hosil qiluvchilar va quyultiruvchilarning bo’lishi
hamda gul bosib termoishlov berilgach, matoning yuvilmasligi yuzasining
dag’allashishiga olib keladi. Shuning uchun quyuqlovchini tanlashga
alohida ahamiyat beriladi: masalan, bu muammoni hal qilish uchun: a)
emulsion quyultiruvchi ishlatish; ) yuqori quyuqlash qobiliyatiga ega
bo’lgan polimerlar tanlash lozim.
Emulsion quyultiruvchilar ikki turda bo’ladi: 1) ―suv moyda‖:
(―Interkemikl‖) va impralak (―Frankolor‖); 2) ―moy suvda‖: orema,
oremazin,mikrofiks (Siba), akramin (Bayer), xelezarin (Basf ), imperon
(Xyoxst). Bu firmalarda kerakli bog’lovchilarni ham xuddi shu nomlar
bilan ishlab chiqariladi.
Emulsion quyultiruvchilarning kamchiligi ular portlovchi va yonuvchan
bo’ladi. Bundan tashqari, emulsion quyultiruvchining moy qismi uayt
spirti, ya’ni og’ir benzin bo’lib, uning bug’lari havoni zaharlaydi, juda ko’p
miqdorda sarf qilinadi, 800g/kg. Yarim emulsion quyultiruvchilar ham
ishlatiladi. Emulsion quyultiruvchilarninig tiksotroplik xususiyati juda
yuqori bo’lgani sababli gul chegara chizig’i aniq chiqadi va bo’yoq mato
ichiga juda chuqur kirishmaydi. Emulsion quyultiruvchilar o’rnini
bosadigan akril va malein kislota miqdordagi ko’ndalang bog’lanishlar
bilan bog’langan turidir. Bu quyultiruvchining tarkibida ko’p miqdorda
COOH – guruhlarning borligi va polimer o’lchamining o’ziga xos
miqdorda bo’lishi yuqori quyuqlashtirish qobilyatini ta’minlaydi.
Quyultiruvchining yaxshi oquvchanligi polimer zanjirining konformatsion
xususiyati, ya’ni globula hosil qilishi va yoyilishidadir. Tiksotroplik
xossasi ko’ndalang bog’lar mavjudligi tufaylidir. Bunday quyultiruvchilar
gelzarinlar
(Basf)
nomi
bilan
ishlab
chiqariladi.
Akrilatli
quyultiruvchilarning elektrolitga yuqori ta’sirchanligi ularning kamchiligi
hisoblanadi. Gul bosish bo’yog’i tarkiblari, g/kg:
pigment 10
67
akramin VS (bog’lovchi) 150
Quyultiruvchi X
metazin 75-100
katalizator
25
jami:
1000
Do'stlaringiz bilan baham: |