Buxoro davlat universiteti qo’lyozma huquqida


Paxta va ipak tolali aralash matolarni bo’yash



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana08.11.2019
Hajmi0,84 Mb.
#25323
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
aralash tolali matolarga gul bosish va yakunlovchi pardozlash texnologiyasini tadqiq etish-1


 

1.2.2.Paxta va ipak tolali aralash matolarni bo’yash 

 

     O`zbekiston ipak sanoatining rivojlanish yo`nalishi ipak matolarini, shu 

jumladan,  xom  ashyoning  boshqa  turlari  qo`shilgan  matolarni  ishlab 

chiqishdir.  

 Yangi  mato  arqoq  ipi  paxta  ipidan,  tandasi  esa  tabiiy  ipak  ipidan 

to`qilgan  gazmoldir.  Yangi  gazmol  o`z  ichiga  paxta  tolasi  va  tabiiy 

ipakning  ijobiy  xususiyatlarini  mujassamlashtirgan  bo`lib,  ko`rinishi  shoyi 

xususiyatlariga  ega  va  shu  bilan  birga  shoyi  to`qish  texnologiyasini 

o`zgartirishni talab etmaydi.  



 

 

 



33 

      Yangi mato tuzilishini loyihalashda unga gul tushirish masalasi alohida 

ahamiyat  kasb  etadi,  chunki  gul  matoni  to`qish  jarayonida  arqoqning 

bo`yalgan  va  bo`yalmagan  qismlarini  biri  ustida  ikkinchisini  chiqarib 

to`qish  yo`li  bilan  hosil  qilinadi,  shu  bilan  birga  arqoq  ipining  bo`yalgan 

qismining rangi va uzunligi katta rol o`ynaydi.   

   Arqoq  ipida  bo`yalgan  qismlarning  turlicha  joylashganligi  matoda 

turli  –  tuman  rasmlar  hosil  qilish  imkonini  beradi,  bunda  xol  –  xol 

dog`chalardan  boshlab  to  xonatlasni  eslatadigan  aniq  gullar  tushirish 

mumkin bo`ladi. Tushiriladigan gulni mo`ljallamoq uchun gul hosil bo`lish 

qonuniyatini,  xususan,  uning  dastgohining  zapravkalash  o`lchamlari  va 

arqoq  ipi  bo`yalgan  qismlarining  takrorlanish  qadami  kabi  omillarni 

nazarda tutish zarur [11]. 

    Matoning 

texnologik 

ko`rsatkichlarini 

va 

fizik 


–  mexanik 

xususiyatlarini  yaxshilash  maqsadida  paxta  ipi  bilan,  ipak  ipi  birgalikda 

qo`llanilib, paxta – ipakli aralash to`qimalarining har xil namunalari olindi 

va bu namunalarning texnologik o`lchamlari, fizik – mexanik xususiyatlari 

tadqiqot qilindi. 

      Olingan  aralash  Paxta-ipakli  namunalari  bir-biri  bilan  mashinaning 

tizimlarida eshilgan ipak ipi bilan Paxta iplarini taxlanishi bilan farqlanadi.  

    Olingan natijalarni tahlilidan ma`lum bo`ldiki, ipak ipi bilan birgalikda  

qo`llanilishi, to`qima halqa iplarining uzunliklarini kamayishiga, gorizontal 

va  vertikal  zichliklarini  oshishiga  olib  keladi.  Gorizantal  va  vertikal 

zichliklarini oshishi matoning yuza zichliklarini kamayishiga sabab bo`ldi. 

     Olingan 

to`qimalarining 

fizik-mexanik 

xususiyatlarini 

o`zaro 


taqqoslab  shuni  ko`rish  mumkinki,  pishiqligi,  cho`ziluvchanlikka 

bardoshliligi  va  yuza  zichligi  ko`rsatkichlari  bilan  to`qimalar  bir-biridan 

farq qiladi. 

    Olingan  to`qimalardan  tayyor  mahsulot  ishlab  chiqarilganda  uning 

havo  o`tkazuvchanligi  xususiyati  ham  katta  ahamiyatga  ega  bo`ladi. 


 

 

 



34 

Olingan namunalarni uzilishga bo`lgan pishiqlik xususiyatlari  AG-1 uzish 

mashinasida tadqiqotlandi. Matoning pishiq ekanligi  ma`lum bo`ldi. 

Paxta-ipakli  to`qimalarini  ishlab  chiqarishda  tabiiy  ipakdan  foydalanish, 

to`qimaning 

texnologik 

o`lchamlarini 

yaxshilashga, 

fizik-mexanik 

xususiyatlarini  oshishiga  va  matolarni  qo`llanish    xususiyatlarini 

yaxshilashga olib kelishi ma`lum bo`ldi. 

Shunday  qilib,  to’qimachilik  mahsulotlarini  tayyorlashda  aralash 

tolalarni  ishlatish  ularning  iste’mol  sifatini  yaxshilash  bilan  birga  qator 

qiyinchiliklar  kelib  chiqishiga  ham  sabab  bo’ladi.  Chunki,  turli  sinfdagi 

tolalar  kimyoviy  reagentlar  ta’siriga  turlicha  munosabatda  bo’ladi,  undan 

tashqari  turli  asosdagi  tolalar  har  xil  sinfga  mansub  bo’lgan  bo’yovchi 

moddalar  bilan  bo’yaladi.  Aralash  tolali  mahsulotlarni  bir  sinfga  mansub 

bo’lgan  bo’yovchi  moddalar  bilan  bo’yash  usullari  ma’lum  bo’lsada, 

aksariyat  hollarda  har  ikkala  tashkil  etuvchilarda  bir  xil  rang 

intensivligidagi  ranglarni  olish  murakkab  vazifa  hisoblanadi.  O’z 

navbatida, to’qimachilik mahsulotlarining sifati va eksplutatsion xossalarini 

ta’minlashda  pardozlash  jarayoni  muhim  rol  o’ynaydi.  Ma’lumki, 

pardozlash chog’ida paxta tolasi tarkibidagi  sellyuloza o’z yo’ldoshlaridan 

xolis  bo’ladi,  kerakli  oqlik  yoki  rang  oladi.  Kimyoviy  tolalardan 

tayyorlangan  matolarni  pardozlash  jarayonida  tolalarni  olish  jarayonida 

ishlatilgan  yog’lovchi  moddalardan,  yigirish  jarayonida  foydalanilgan 

oxorlovchi moddalardan tozalanadi va bo’yaladi, yoki gul bosish natijasida 

rang-baranglikka erishadi. Ko’rib turganimizdek, pardozlash jarayonida har 

bir mato tarkibiga kiruvchi tola o’ziga xos ishlov oladi. 

Olimlar  tomonidan  olib  borilgan  izlanishlar  asosida  ip-gazlama 

tarkibiga  kimyoviy  tolalar  qo’shib  yangi  assortimentdagi  mahsulotlarni 

yaratish orqali, paxta tolali mahsulotlar sifatini yaxshilash mumkin ekanligi 

isbotlangan. 

Aralash  tolali  mato  komponentlaridan  birini  VVM  dan  tayyorlash 

orqali  mahsulotning  tashqi  ko’rinishini,  yumshoqligi  va  jilokorligini, 


 

 

 



35 

gigiyenik  xossalarini  yaxshilashga erishiladi.  Aralash tolalarni  ishlatishdan 

maqsad  -  ishlab  chiqariladigan  mahsulotlar  assortimentlarini  kengaytirish, 

ular  sifatini  yaxshilash    hamda  tabiiy  tolalarni  kimyoviy  tolalarga 

almashtirish  muammolarini  hal  etish,  ya’ni,  tanqis  bo’lmish  tabiiy  tolalar 

o’rnida  kimyoviy  tolalarni  ishlatishdan  iboratdir.  Chunki,  aralash  tolalarni 

ishlatish  bilan  ko’pincha  nafaqat    qimmatbaho  tabiiy  tolali  xom  ashyo 

sarfini  kamaytirishga  erishiladi,  balki  ularning  komfortli  va  amalda 

ishlatishning  qulay  bo’lishligiga  erishiladi.  Tolalarning  turlari  va  ularning 

aralashmadagi  nisbatiga  ko’ra,  har  bir  alohida  olingan  holat  uchun  turli 

xildagi  tolalar arashmasi asosidagi  gazlamalarni  (polotno) tayyorlash  usuli 

va sharoiti tanlanadi. Tayyorlash sharoiti shunday tanlanishi lozimki, bunda 

kimyoviy  ishlov  berganda  so’ng  aralashmadan  yog’  va  yog’lovchi 

birikmalar, 

ifloslantiruvchi 

moddalar 

va 

boshqalardan 



tolalarni 

shikastlantirmay va sifatini buzmay, maksimum tozalash imkoni berilsin. 

Odatda,  aralash  tolalar  asosidagi  mahsulotlarni  tayyorlash  uchun 

maxsus  jihozlar  ishlatilmaydi,  balki  shu  assortiment  mahsulotlari  uchun 

qo’llaniladigan  jihozlardan,  ayrim  hollarda  birlashtirilgan  texnik 

jarayonlardan foydalaniladi. 

Aralash  tolali  matolarni  keng  miqyosda  ishlatilishi  ularni 

pardozlashga  tayyorlashning  maxsus  usullarnini  ishlab  chiqarishni  taqozo 

etadi. 

Tabiiy  va  kimyoviy  tolalar  aralashmalaridan  ip  tayyorlab,  undan 



gazlama, trikotaj matolarini va trikotaj tayyor mahsulotlarini olish mahsulot 

assortimentini  kengaytirishni  muhim  yo’li  hisoblanadi.  Shu  yo’l  bilan 

mahalliy tolali xom-ashyodan foydalanib import o’rnini bosadigan mato va 

trikotaj  mahsulotlari  ishlab  chiqarish  bilan  bir  qatorda  yangi  turdagi 

mahsulotlar  ishlab  chiqarish  imkoniyati  tug’iladi.  Ayniqsa,  bu  aralashma 

bolalar  trikotaj  mahsulotlarini  tayyorlashda  qo’l  keladi,  chunki  o’zida 

paxtaning gigiyenik xossalarini saqlagan holda nitron tolasini yumshoqligi, 

issiqlikni  kam  o’tkazuvchanligi  va  ayniqsa  mustahkamligi  hisobiga  bu 



 

 

 



36 

mahsulotlarning  sifati  yuqori  va  eksplutatsiya  qilish  davri  toza  paxtadan 

tayyorlangan shunday mahsulotdan 2-3 barovar  uzun bo’ladi. Gazlama va 

trikotaj  mahsulotlarini  tayyorlashda  paxta  tolasining  PEF,  viskoza,  PA  va 

PAN  tolalari  bilan  aralashmasi;  jun  tolasining  PA,  PAN  va  paxta  tolalari 

bilan  aralashmasi;  tabiiy  ipakning  PA,  di-  va  triatsetat,  PEF,  paxta  tolalar 

bilan  aralashmasidan  foydalanilishi  ma’lum.  Tolalar  aralashmasidan 

mahsulot tayyorlashning quyidagi imkoniyatlari mavjud: 

-  har  bir  toladan  ip  alohida  tayyorlanib  tanda  va  arqoq  ipi  sifatida 

foydalaniladi; 

-  turli  tolalardan  tayyorlangan  lentalardan  ip  olinib,  tanda  va  arqoq  ipi 

sifatida foydalaniladi; 

-  tolalarni kerakli nisbatdagi aralashmasidan ip olinib, tanda va arqoq iplari 

sifatida foydalaniladi. 

Alohida  tolalar  ipidan  foydalanilganda,  ularni  bo’yalgan  tolalardan 

olish  mumkin (melanj effekt)  yoki  ularni  pardozlash  mumkin.  Har bir tola 

uchun o’ziga xos pardozlash sharoiti ishlab chiqilgani uchun bunday usulda 

tayyor  mahsulot  olish  qiyinchilik  tug’dirmaydi.  Ammo  tolalar 

aralashmasidan  olingan  ipdan  va  alohida  tolalar  ipidan  tayyorlangan 

mahsulotlarni  pardozlash  murakkab  bo’lib,  unda  aralashmadagi  tolalar 

xossalarini  hisobga  olgan  holda  pardozlash  jarayonini  ishlab  chiqish  talab 

etiladi.  Keyingi  paytlarda  tolalar  aralashmasidan  mahsulot  tayyorlash 

ishlab  chiqarish  chiqindilaridan  foydalanishning  unumli  usuliga  aylanib 

qoldi  [4].  Matolarni  bo’yashga  tayyorlovchi  pardozlashni  kimyoviy 

jarayonlariga oxirdan tozalash, qaynatish-bug’lash va oqartirish jarayonlari 

kiradi.  Paxta  tolasidan  tayyorlangan  matolarni  bo’yashga  va  gul  bosishga 

tayyorlashda  oksidlovchi  va  qaytaruvchilardan  keng  foydalaniladi.  Ularga 

misol  qilib,  vodorod  peroksid  (H

2

O

2



),  gipoxlorit  kislota  (HClO)  tuzlari, 

xlorit 


kislotasi 

(HClO


2

), 


natriy 

bisulfit 

(NaHSO

3

), 



rongalit 

(NaHCO


2

CH

2



O

2

H



2

O)  va  boshqalarni  ko’rsatish  mumkin.  Texnologiyada 

qabul  qilingan  ishlov  berish  sharoitida  bu  oksidlovchi  va  qaytaruvchilar 


 

 

 



37 

sellyulozaga  aytarli  ta’sir  ko’rsatmaydilar.  Ammo  ishlov    berish    sharoiti  

buzilsa,  ya’ni  eritmalar  kontsentratsiyasi  oshsa,  harorat  yoki  vaqt 

belgilangan  me’yoridan  oshib  ketishiga  yo’l  qo’yilsa,  sellyulozadagi 

chuqur  o’zgarishlar  uning  destruktsiyaga  uchrashiga  olib  keladi.  Natijada 

mato mustahkamligi keskin pasayadi. [5]. 

 

Alohida  tolalardan  tayyorlangan  matolarni  tayyorlash  jarayonlariga 



yetarlicha  e’tibor  berilgan  [6-9].  Ammo,  ishlab  chiqilgan  jarayon 

sharoitlarini  aralash  tolali  materiallar  pardoziga  qo’llashni  imkoni  yo’q, 

chunki texnologiyadan nafaqat aralashmadagi tolalar tabiati, xususiyatlarini 

inobatga  olishni,  balki  tolalar  nisbatini  ham  hisobga  olish  talab  qilinadi 

[10]. 

 

Aralashmadagi  kimyoviy  tola  komponentini  pardozlash  jarayonida 



oson  deformatsiyalanib,  buklanish  izlari  mahkamlanib  qolish  xavfi  borligi 

uchun bunday matolarni pardozlashda faqat yoyilgan holatda matoga ishlov 

beruvchi  jihozlardan  foydalanish  zarur.  Ip-gazlama  matosini  bo’yashga  va 

gul  bosishga  tayyorlashda  qaynatish  eritmasi  tarkibining  ahamiyati  katta. 

Sellyuloza  yo’ldoshlarini  erishini  20-30%  ga  oshirish  uchun,  masalan, 

mualliflar [11,12] qaynatish eritmasi tarkibiga mochevina va  natriy bisulfit 

tuzini  qo’shishni  taklif  etganlar.  Bunday  takliflar  qatoriga  sirt  aktiv 

moddalar,  qaytaruvchilar  va  kompleks  hosil  qiluvchilarni  qo’shish  ham 

kiradi  [13].  Qaynatish  eritmasiga  kiritiladigan  qo’shimchalarning  vazifasi 

matoning  ho’llanish  darajasini  oshirish,  eritmaning  emulsiya  hosil  qilish  

qobiliyatini  oshirish  va  matoni  hosil  bo’lgan  iflosliklardan  yuvilishini 

tezlatishdan  iborat.  Paxta  va  nitron  tolalari  aralashmasidan  tayyorlangan 

matolarni  pardozlash  jarayonlari  ishqoriy,  kislotali  va  oksidlovchili 

muhitlarda  amalga  oshirilishini  hisobga  olsak,   nitron  tolasiga  bu  muhitlar 

ta’sirini  ko’rib  chiqish  maqsadga  muvofiqligi,  muhim  ekanligi  o’z 

tasdig’ini  topadi.  PAN  ishqor  eritmasi  ta’sirida  gidrolizga  uchraydi,  bu 

jarayonni  qanchalik  chuqur  bo’lganiga  qarab  hatto  suvda  butunlay  erib 

ketadigan  holatgacha  erishish  mumkin.  Bu  jarayon  davomida  polimer 



 

 

 



38 

(sopolimer) funksional guruhlarida kechayotgan o’zgarishlarni o’rganishga 

bir  necha  izlanishlar  bag’ishlangan  [40-42].  Gidroliz  natijasida  olingan 

mahsulotlar  to’qimachilik  sanoatida  va  ichimlik  suvi  izlanishlarida 

qo’llanilgan [43].  

       Professor  K.Ergashev  xodimlari  bilan  PAN  ni  gidrolizlanish 

jarayonidan,  tola  ishlab  chiqarish  chiqindilarini  natriy  rodanidining  51,5% 

li  eritmasida  erish  qobiliyatini  oshirishda  foydalanganlar.  Bu  holatlar 

pardozlash  texnologiyasi  uchun  o’ta  muhimdir,  chunki  tola  stukturasi  uni 

bo’yash usulini tanlashga ta’sir ko’rsatadi    

 

 

 



 

 

 



 

1.3. Gul bosish jarayoni texnologiyasi 

       Hozirgi  vaqtda  gul  bosishning  quyidagi  usullari  qo`llaniladi:  dastaki 

gul  bosish,  aerografiya  usuli,  to`rli  qoliplar  va  naqshband  metall  valli. 

Birinchi  usul  jun  sanoatida  ro`mollarga  gul  bosishda  qisman  ishlatiladi, 

aerografiya  usuli  yuqori  badiiy  bezakli  mahsulotlar  ishlab  chiqarishda 

qo`llaniladi. Amalda turli to`qima mahsulotlarga asosan naqshband valli va 

to`r qolipli mashinalarda gul bosiladi. To`r qolipli mashinalar o`z navbatida 

ikki turli bo`ladi: yassi va silindrik to`r qoliplar. Gul bosish va quritishdan 

keyin  bo`yoq    plyonka    ichiga    joylashib  mato  ustiga  o`tadi.    Bo`yoqning  

plyonkadan    tolaning    mag’ziga    o`tishini  osonlashtirish  uchun,    mato 

yuqori  haroratda  namli  muhitda  maxsus  uskunada  -    zrelnikda    ishlov 

beriladi.    Bu  mashinada  par  sovuq  mato  yuziga  o`tib  suyuq  nam  holatga 

kelib,  tolaning  shishishiga  imkon  beradi.    Tolaga  yutilgan  suv  gul  bosish 

bo’yog’i  tarkibiga  kiruvchi  bo`yoq  va  yordamchi  mahsulotlarini  eritadi. 

Qoida bo`yicha yordamchi mahsulotlar eriganda  issiqlik chiqadi va bunda 

quyilma  shishadi.    Bu  paytda  bo`yoq  tolaga  kirib  u  bilan  bog’  hosil  qilib 

birikadi.[51] 

      Bug’latishdan  keyin  mato  yaxshilab  yuviladi  va  ortiqcha  birikmagan 

bo`yoqlar matodan chetlashtiriladi. 

      Turli qo`shma tolalardan tayyorlangan matolarga gul bosish. 



 

 

 



39 

     Sellyuloza  tolalaridan    tayyorlangan  matolarga  gul  bosishda  quyidagi 

bo`yoqlar qo`llaniladi: 

     faol,  kubli,    kubozollar,  erimaydigan  azobo`yoqlar  oqsil  tolalaridan 

tayyorlangan matolarga gul bosishda faol, kislotali metall saqlovchi,  KMK  

1:2 bo`yoqlari katta ahamiyatga ega. Kubli bo`yoqlar bilan ham ba`zida gul 

bosiladi. 

     Sintetik  (PAN)  va  asetilsellyuloza  tolalaridan  tayyorlangan  matolarga 

asosan  dispers  bo`yoqlardan  tayyorlangan  gul    bosish    bo’yog’i    bilan  gul 

bosiladi.  Asetilsellyuloza  tolasidan  tayyorlangan  matolarga  gul    bosishda 

dispers faol bo`yoqlar ham qo`llaniladi. 

     Gul  bosish  usullaridan  biri  matolarni  yuqori  badiiy  -  kaloristik  bezash 

xususiyatiga  ega  bo`lgan  termik    ishlov  berish    asosida    murakkab 

tasvirlarni  o`tkazadigan  usul.    Bu  usul  ikki  bosqichdan  iborat  bo`lib,  

birinchisida  tasvir  qog’ozga  o`tkaziladi  va  ikkinchi  bosqichda  tasvirni  

qog’ozdan  matoga  o`tkaziladi.    Bu  uchun  tasvir  o`tkazilgan  qog’ozning 

yuza  tomoni  matoning  yuziga  yopishtirib    qo’yiladi  va  maxsus  uskunada 

yuqori haroratda bosim bilan bosiladi. Bunaqa sharoitda bo`yoq qog’ozdan 

matoga o`tadi. 

     Amalda  bu  usulga  katta  qiziqish  uyg’ondi,  chunki  bu  usulda  juda 

murakkab  tasvirlar  hosil  qilish  mumkin  va  juda  ko`p    tonli    ranglar  12 

minggacha  olish  mumkin.  Undan tashqari bu usul bilan gul bosish arzon 

bo`lib,    bo`yoq,    kimyoviy  yordamchi  mahsulotlarga  ehtiyoj  yo`q    va  gul 

bosish    jarayoni  qisqa  bo`lib,    murakkab  uskunalar  kerak  bo`lmaydi, 

bug’lash va yuvishga ham ehtiyoj yo`q. 

1.3.1. Modifikatsion kraxmal asosidagi quyultiruvchi  moddalar 

Kraxmal  asosan  modifikatsiyalangan  holda  qo’llaniladi.  Kraxmalni 

modifikatsiyalashning 

asosiy 


usulini 

oksidlovchilar 

ishtirokida 

modifikatsiyalash  tashkil  etib,  bunda  xlorid,  sirka  yoki  olein  kislota 

ishtirokida  gidrolizlanish  olib  boriladi.  Ba’zida  esa  modifikatsiyalashda 

oksidlovchilar  (vodorod  peroksid)  ishlatiladi  [18].  Quyultiruvchilar 



 

 

 



40 

tayyorlanishida  quyidagi  jarayonlar  amalga  oshiriladi:  iliq  suvda  kraxmal 

eritilib, kraxmal suti tayyorlanib, unga xlorid kislota qo’shib 95-97

0

C gacha 



qizdirilib  bir  ikki  soat  davomida  qaynatiladi.  Olingan  eritma  neytrallanadi 

(natriy astetat yordamida), sovutiladi va filtrlanib olinadi. 

Kraxmal  hosillaridan  tayyorlanadigan  quyultiruvchilar  turiga 

Solvitoza  C-5  ya’ni  kraxmalning  karboksimetil  efiri  kiradi.  Bunday 

quyultiruvchilar  olishda  kraxmal  monoxlorsirka  kislota  bilan  ishlanadi. 

Quyuqlovchi  tayyorlanishini  quyidagicha  ifodalash  mumkin:  sovuq  suvga 

solvitoza S-5  qo`shilib 80-85

0

C  gacha quyuqlovchi qizdiriladi  va bir  jinsli 



massa  hosil  bo`lguncha  aralashtirilib,  so`ngra  sovutiladi  va  filtrlanib 

quyuqlovchi  quritiladi.  Solvitozali  quyultiruvchilar  yaxshi  eruvchanlikka 

ega  bo`lib,  bo`yovchi  moddalar  tarkibiga  kiruvchi  ishqoriy  reagentlar 

kislotalar  va  elektrolitlar  ta’siriga  chidamlidir.  Saqlanishga  chidamli  va 

qaytaruvchanlik  xossasiga  ega  emas.  Kamchiligi  shundaki,  xrom  va 

alyuminiy  tuzlari  ta’siriga  chidamli  emas,  bu  esa  bo`yoqlar  tarkibiga 

kiruvchi 

komponentlarning 

cheklanganligi 

 

bilangina 



bo’yoqlar 

tayyorlashda  qo`llanilishini  e’tirof  etadi.  Bunday  quyultiruvchilar  yaxshi 

bog’lovchilik  va  o’tuvchanlik  xususiyatiga  ega  bo`lib,  bosmalashda 

ravshan tasvirlar berib, oson yuviladi. Bunday quyultiruvchilar kubli, aktiv 

bo’yoq  moddalari  bilan  gul  bosish  uchun  bo’yoqlar  tayyorlashda 

qo’llaniladi [2]. 

Bu tipdagi quyultiruvchilar xorijda turli savdo markalari ostida ishlab 

chiqariladi:  to’qimachilik  kraxmali  3402    (―Meystena‖    Germaniya  ), 

Solvitoks  A,  VG,  ST,  printeks    («Sholten»    Gollandiya,  «Zixel» 

Germaniya), kvelaks DV, PR («Veserlan» Germaniya), modifikasiyalangan 

koloprint («Avebe» Shveystariya), modifikastiyalangan-pisrulon ABC, SF, 

SFD, («Tyubingen» Germaniya) [3]. 

Hozirgi  kunda  kraxmal  mexanokimyoviy  usullar  yordamida 

modifikatsiyalanmoqda[51]. 

                


 

 

 



41 

                      

1.4.  Yakunlovchi pardozlash jarayoni xususiyatlari 

Appretlash  –  gazlamalarga  maxsus  tarkib  (appretlar)  shimdirib  ularga 

zichlik, qayishqoqlik, elastiklik, qattiqlik, yaltiroqlik, oqlik berish, ularning 

to’zishga chidamliligini oshirish. Appret tarkibiga yopishtiruvchi moddalar 

(glitserin,  qiyom,  osh  tuzi),  oqlik  beruvchi  moddalar(  ultramarin,  optik 

oqartirgichlar ) yumshatuvchi va yaltiratuvchi moddalar (yog’, moy, mum) 

kiradi.  Appretning  asosiy  tarkibiy  qismi-  kraxmal.    Appretdagi 

kraxmalning  miqdoriga  qarab,  gazlama  mayin  yoki  dag’al  pardozlanishi 

mumkin.  Kraxmalli  appretlarning  kamchiligi  yuvishga  chidamsizdir. 

Gazlamani  birinchi  yuvishdayoq  appret  erib  ketib,  gazlama  ko’rkamligini 

yo’qotadi.  Yuvilib  ketmaydigan  appretlarning  appretlash  effekti  turg’un 

bo’ladi. [44] 

   Yuvilib  ketmaydigan  appretlar  sifatida  ba’zi  yasama  sellyulozalar  va 

sintetik  smolalarning  emulsiyasi  ishlatiladi.  Gazlamalarga  sellyulozali 

appretlar  shimdirilgandan  so’ng  ular  kislota  bilan  ishlanadi,  yuviladi  va 

quritiladi.  Gazlamalarga  sintetik    appretlar  shimdirilgandan  so’ng    ular 

termik ishlanadi yoki quritiladi. Sintetik appretlar bir necha marta yuvishga 

yaxshi  chidaydi,  gazlamaning  ishqalanishga  chidamliligini  oshiradi  va 

appretning  tarkibiga  qarab,  gazlamalarga  qattiqlik,  suvga  chidamlilik, 

g’ijimlanmaslik, o’tga chidamlilik xossalari beradi.  

    Gazlamalarni  kalandrlash  uchun  ular  pardozlash  kalandrlaridan 

o’tkaziladi.  Gazlama  kuchli  kalandr  vallari  orasidan  o’tganda 

dazmollanadi,  agar  appret  tarkibida  mum  va  stearin  bo’lsa,  gazlama 

yaltiraydigan bo’ladi. Kalandr vallari 170

0

C gacha qizdiriladi. Satin, lastik, 



ba’zan  chitlarga  yaltiroqlik  berish  uchun  ular  kumush  kalandrdan 

o’tkaziladi. Hamma gazlamalar ham kalandrlanavermaydi.  

     Kimyoviy  moddalar  va  ular  kompozitsiyasining  tabiatiga  ko`ra 

to`qimachilik  matoda  hosil bo`lgan pardozning ta`siri - yuvish paytida va 

kimyoviy  tozalashda  turlicha  bo`ladi.    Shunga    asoslanib    pardozlash 


 

 

 



42 

materiallarni  va kompozitsiyalarni obdon  yuviladigan, kam  yuviladigan  va 

umuman  yuvilmaydigan  turlarga    bo`linadi.  Yuviladigan    appretlar 

mahsulotlarni ishlatganda birinchi yuvish ketadi[45]. 

     Kam yuviladigan appretlar mahsulotni  4-5  marotaba  yuvgandan keyin 

jarayon ketadi. Yuvilmaydigan appretlar keng qo`llaniladi. Ular yordamida 

hosil  bo`ladigan  pardoz    juda  ko`p    yuvgandan  so`ng  yoki  umuman 

ketmaydi.  

     Sellyuloza  tolasidan    tayyorlangan,    matolarni    pardozlash  uchun 

kimyoviy va fizika - mexanikaviy usullardan keng foydalaniladi.  

     Mochevina  formaldegid  smolasi  predkondensatining  asosiy  mahsuloti 

metilolmochevina  bo`lib,  u  mochevina  va  formaldegidning  o`rtasidagi 

reaksiyadan olinadi. 

          Yuqori  harorat  va  katalizator    ishtirokida    bu    birikmalarning 

molekulasi o`zaro   faol  ta`sirlashib  (polikondensatlanib),  tola strukturasi 

ichiga smola hosil qiladi. 

     Sellyuloza mahsulotlarini  pardozlash preparatlari bilan ishlov berganda, 

tolaning submikroskopik g’ovaklarini va amorf  bo`shliqlarini to`ldiradi. 

     Ma`lum harorat va sharoit yaratgandan keyin bu bo`shliqlarda kimyoviy 

reaksiya    borib  smola  hosil  bo`ladi  va  sellyulozaning  gidrooksil  –OH  

gruppasi bilan o`zaro ta`sirlashadi. 

         Yuqorida ko`rsatilgan barcha predkondensatlar 110-160

o

C   haroratda 



va katalizator  ishtirokida  makromolekulalari bog’lanib   smola  hosil qiladi. 

Katalizator sifatida  magniy  xlor, ammoniy xlor,  rux   xlor, kuchsiz organik 

kislotalar 

yoki 


ularning 

kombinatsiyasi 

ishlatiladi. 

Termoreaktiv 

smolalarning  predkondensatini  qo`llashdagi  asosiy  kamchiligi  matolarning 

mexanikaviy mustahkamligi ancha  pasayadi (40-50% paxta va 60% gacha 

kanop  mahsulotlarning).  Appret  tarkibiga    termoplastik    polimerlar   

(polietilen, 

polivinilasetat 

emulsiyasi) 

qo`shish 

bilan 


tolaning 

mustahkamligini yo`qotish kamayadi.      



 

 

 



43 

     G’ijimlanmaslik  deganda  to`qimachilik  matolarning  bo`yashdan  keyin 

tezda  oldingi  o`z  holiga  kelishi  va  hosil    bo`lgan    katlarni    taxlash 

tushuniladi.  Odatda,    g’ijimlanmaslik  mato  g’ijimlangandan  keyin  uning 

katlari    burchagini  tiklash  ko`rsatkichi  bilan  tavsiflanadi  va  gradus  bilan 

ifodalanadi. Masalan,  paxtadan tayyorlangan matolar uchun pardozlashdan 

so`ng katlarning burchak tiklanishi 70-85

.  



     To`qimachilik  mahsulotlar    o`lchamining    o`zgarishi    ko`p  omillarga 

bog’liq:  tola  tabiatiga,    to`qimachilik  ipning  strukturasiga,  matoni 

to`qilishiga,  ishlov  berish  texnologiyasiga.  Sellyuloza  tolasi  juda  yaxshi 

suv  o`tkazadi,    suvda  bo`kadi,  natijada  eniga  kengayadi  va  bo’yiga 

qisqaradi. Paxtadan tayyorlangan mahsulotlarni pardozlash jarayonida turli 

ishlov berish natijasida ular qisqaradi va bu texnologik qisqarish deyiladi.   

     To`qilgan  tayyor  mahsulotlarga  jarayon  oxirida    maxsus    uskunalarda 

termik ishlov berish natijasida ularning shakli mustahkamlanadi. 

      


Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish