Buxoro davlat universiteti pedagogika kafedrasi «umumiy pedagogika»


-MAVZU: 1917-1991 yillarda O’zbekistonda ta’lim tizimi va pedagogik fikrlar



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/250
Sana30.12.2021
Hajmi2,47 Mb.
#86767
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   250
Bog'liq
umumiy pedagogika

8-MAVZU: 1917-1991 yillarda O’zbekistonda ta’lim tizimi va pedagogik fikrlar 
rivoji 
Reja: 
1. 
Turkiston o’lkasida ta’lim siyosati (1917-1924).  
2. 
1924-1945 yillarda ta’lim va pedagogika fani. 
3. 
1945-1991 yillarda O’zbekistonda ta’lim tizimi va pedagogika fani rivoji.  
 
XIX  asrning  80  -  yillaridan  boshlab  o’lkani  muvaffaqiyatli  egallab  olgan  ruslar 
gimnaziya va seminariyalaridan birmuncha fraq qiladigan rus-tuzem maktablari ochishga 
kirishdilar.  Bu  maktabning  yuzaga  kelishiga  asosiy  sabab  chor  hukumatining  mahalliy 
xalqlar  orasidan  tayanch  shaxslarni  yuzaga  keltirish,  o’zlarining  manfaatlari  yo’lida 
xizmat  qiluvchi  tarjimonlar  tayyorlash,  o’lkadagi  ruslashtirish  siyosatini  muvaffaqiyatli 
amalga  oshirish  edi.  Dastlabki  rus-tuzem  maktabi  1884  yilning  19  dekabr  kuni 
Toshkentlik  savdogar  Said  Azimboyning  uyida  ochiladi.  1886  yilga  kelib  esa  bunday 
maktablar  rasmiy  jihatdan  tasdiqdan  o’tadi  va  shu  yilning  o’zidayoq  14  ta  rus-tuzem 
maktabi ishga tushadi. Bu rus-tuzem maktablaridagi o’qish muddati 4 yil bo’lib, bu vaqt 
ichida  o’quvchilar  rus  tili,  rus  qonunlari,  matematika,  hunarmandichilik  va  shariat 
amallaridan tahsil olishardi. 
Rus-tuzem maktablari ob’ektiv jihatdan olib qaraganda Turksitonda mavjud bo’lgan 
diniy maktablarga nisbatan aholini ko’proq o’ziga jalb eta boshladi.  Shuning uchun ham 
dastlabki  paytlarda  o’lkada  rus-tuzem  maktbalari  va  ularda  tahsil  oluvchi  o’quvchilar 
miqdori  yildan  -  yilga  oshib  bordi.  Bu  narsani  quyidagi  ma’lumot  ham  isbotlashi 
mumkin:  “1885  yilning  1  yanvarida  “rus-tuzem”  maktablarida  39  ta  o’quvchi  bo’lgan 
bo’lsa, 1896 yilning 1 yanvariga kelib bunday  
tipdagi maktablarda tahsil oluvchilar soni 650 taga etdi”. 
Rus - maktablari har tomnlama mahalliy boylar va yirik savdogarlarni qanoatlantirar 
edi.  Shu  sababli  ham  1900  yilda  bir  guruh  mahalliy  savdogarlar  Turkiston  general  - 
gubernatori  va  Turkiston  o’quv  okrugi  boshlig’iga  iltimosnoma  bilan  murojaat  etishib, 
Toshkent  shahrining  o’zida  mahalliy  bolalarning  bilim  olishi  uchun  10  ta  rus  -  tuzem 
maktabi  ochib  berishlarini    so’rashadi.  Bu  maktablar  bolalar  bilan  to’lib  ketishiga  ham 
mahalliy savdogarlar o’z iltimosnomalarida kafillik berishadi. 
Rus  -  tuzem  maktablaridagi  darsliklar  sodda  va  ixcham  ko’irinshda  bo’lishiga 
qaramay, mahalliy millat an’analari  va urf  - odatlari, umuman mahalliy xalqning o’ziga 
xos  xususiyatlaridan  tamomila  yiroqda  edi.  Buni  biz  quyidagi  darslik  va  o’quv 
qo’llanmalarini qarab chiqish bilan ham ko’rishimiz mumkin: B.N.Nalivkinning 1885 yili 
narsh  ettirgan  “Azbuka  dlya  russko-musulmanskix  shkol  o  naseleniya  Turkestanskogo 
kraya”  darsligi,  M.M.Oraqulovning  “Samouchitel  russkogo  yazika  dlya  russko-
musulmanskix  shkol”  nomli  darsligi,  S.M.Gromenitskiy  tomonidan  tuzilgan  “Pervaya 
kniga  dlya  chteniya”,  “Vtoraya  kniga  dlya  chteniya”,  “Tretya  kniga  dlya  chteniya” 
darsliklari va boshqalar. Ushbu darsliklarda qo’llanilgan uslublar hozirgi davrimiz uchun 
etarlicha  ahamiyat  kasb  etsa-da  (V.N.Nalivkin  darsligida  qo’llanilgan  tarjima  metodi, 
S.M.Gromenitskiy  darsligidagi  rasm  -  ko’rgazmalardan  foydalanishni  birinchi  o’ringa 
qo’yilishi  va  hokazo),  biroq  bu  darsliklarda  asosan  rus  klassiklarining  asarlari  ifoda 
etilgan edi. Jumladan: I.A.Krilovning  “Lisa i vinograd”, “Mish’ i krisa”, “Dve bochki”, 
“Volk i juravl”, “Vorona i lisitsa”, “Zayats na lovle”, “Krestyanin i rabotnik”, “Zerkalo i 
obezyana”,  “Strekoza  i  muravey”,  “Melnik”  va  boshqa  masal  va  she’rlari, 
A.S.Pushkinning  “Utro”,  “Anchar”,  “Skazka  o  ribake  i  ribke”  kabi  she’rlari  hamda 


139 
 
M.Yu.Lermontov, N.A.Nekrasov, K.D.Ushinskiy, L.N.Tolstoylarning bolalarbop asarlari 
yuqoridagi darsliklardan joy olgandi. 
Albatta,  o’zbek  ziyolilari  ham  rus  -  tuzem  maktablari  uchun  darsliklar  yarata 
boshladilar.  Ammo  bunday  darsliklar  o’zbek  tilida  yozilgan  bo’lsada,  milliyligimizni 
to’lasincha aks eta olmas edi. Rus - tuzem maktablari uchun yozilgan darsliklar jumlasiga 
Saidrasul  Saidazizovning  S.M.Gromenitskiy  tavsiyasi  bilan  1902  yilda  yozgan  “Ustozi 
avval”  nomli  o’zbek  tilidagi  darsligi  misol  bo’la  oladi.  Bu  darslikdagi  materiallar 
bolalarning  yoshlik  xususiyatlariga  moslashtirilgan  bo’lib,  unda  tarbiyaviy  holatlar  ham 
ifoda  etilgan.  Bu  kitobdagi  ko’p  materiallar  rus  adiblarining  bolalarbop  asarlaridan 
tarjima  qilgandir.  Jumladan,  darslikda  L.N.Tolstoyning  “Bola  va  otasi”,  A.I.Krilovning 
“Tulki  va  uzum”,  M.Oraqulovning  “Rus  vatani”,  M.Grimenitskiyning  “Yolg’onchi 
cho’pon”  kabi  asarlari  aynan  tarjima  qilingandir.  Shu  bilan  birga  S.Saidazizov  o’z 
darsligida o’quvchilarni axloqiy jihatdan tarbiyalashga yordam beradigan ba’zi bir  xalq  
maqollaridan  ham  o’rinli foydalangan.    Masalan “Dunyoning yorug’ligi  
ilm  birla”,  “Ilmsiz  aql  engsiz  kiyim”,  “Ko’p  bil,  oz  so’zla”,  “O’ylamay  so’zlagan 
og’rimay ulur”, “Tilingni saqla, o’zingni chaqmasin”, “Har kimni o’zidan ulug’ ko’rmoq 
lug’likka  etkarur”,  “Kishi  birovga  xizmat  qilsa,  anga  ham  xizmat  qilurlar”,  “Nodon 
qo’lida  tillo  tuproqdir”  va  hokazolar.
2
Muallif  darsligining  bir  bo’limida  hatto  Qur’oni 
karim to’g’risida ham fikrlar bildirib o’tgan. 
Rus  -  tuzem  maktablari  uchun  o’zbek  tilida  yozilgan  boshqa  darsliklarga 
N.A.Badinovning “Sullami avval”, Mulla Rustambek ibn Yusufbekning “Ta’limi avval”, 
Ali  Asqar  Qalininning  “Muallimi  soniy”,  Mulla  Muhammadrasul  Rasuliyning  “Rahbari 
forsiy”, “Bolalar bog’chasi” kabi darsliklari misol bo’la oladi. 
Rus  -  tuzem  maktablarida  foydalanilgan  o’zbek  tilidagi  darsliklar  o’lkadagi 
pedagogik  g’oyalarning  rivojlanishiga  samarali  ta’sir  etsada,  ularda  mahalliy  xalq 
bolalariga,  ayniqsa  mehnatkashlarning  bolalariga,  ayniqsa  mehnatkashlarning  bolalariga 
ta’lim  -  tarbiya  berish  to’g’risida  hech  bir  fikr  bayon  etilmagandir.  Buni  o’sha  davr 
darsliklariniatroflicha tahlil etgan Yo’ldosh Abdullaevning bergan ma’lumotlaridan ham 
ko’rish  mumkin:  Masalan  u  kishi  S.Saidazizovning  “Ustozi  avval”  darsligi  to’g’risida 
shunday  deydi:  “...  u  mehnatkashlar  ommasining  qanday  og’ir  hayot  kechirganlagi, 
mehnatkashlarning bolalari o’qishi uchun imkoniyat yo’qligi haqida churq etmaydi”.
 
Rus  -  tuzem  maktablaridagi  ta’lim  -  tarbiya  ishlari  mahalliy  xalq  manfaatlarini 
namoyon etmaganligi o’z navbatida Turkiston o’lkasidagi siyosiy qarama - qarshiliklarni 
kelib  chiqshiga  olib  keldi.  Rus  gubernatorlarining  bosqinchilik  siyosatini  anglab  etgan 
mahalliy xalq orasida milliy ozodlik harakati boshlab yuborildi. 
Rus  -  tuzem  maktablaridagi  ta’lim  mazmuni  mahalliy  aholini  o’ziga  jalb  eta 
olmaganligiga qaramasdan, eski diniy maktablardan har tomonlam afzal bo’lgan ta’lim -
tarbiya  usullarining  ruslar  tomonidan  o’lkada  qo’llanila  boshlashi  hamda  rus  -  tuzem 
maktablari uchun dastlabki o’zbek tilidagi darsliklarning yaratilishi va o’qitish jarayonida 
ta’lim  berishning  qadimiy  bo’g’in  (hijo)  uslubidan  tovush  uslubiga  o’tilishi  jkda  katta 
ahamiyatga ega bo’ldi. 
 

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish