Buxoro davlat universiteti pedagogika kafedrasi «umumiy pedagogika»



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/250
Sana30.12.2021
Hajmi2,47 Mb.
#86767
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   250
Bog'liq
umumiy pedagogika

va’z  etmak  lozimdur.  Eski  maktabdorlarimizni  dehqonchilik  hunarlariga  sahv  etmak 
muvofiqi haqiqatdur. Bu janob mullalarga va yangi domlalarimizga oxiri so’zim»
99

Ishoqxon  Ibratning  eski  maktabdorlarga,  mudarrislarga  nisbatan  aytilgan  achchiq 
gaplari,  ularni  ta’lim-tarbiya  ishlariga  yaqinlashtirmaslik  haqidagi  talablari  katta  jasorat 
edi. 
Bu  sohada,  ayniqsa,  Toshkent  shahar  Sebzor  dahasidagi  eski  maktabdor  mulla 
Husanxo’ja eshon bilan Ishoqxon Ibrat o’rtasidagi munozara ancha diqqatga sazovordir. 
Mulla Husanxo’ja eshon «Turkiston viloyatining gazeti»ni 1907 yil, 23- sonida bosilgan 
«Toshkand  Musulmon  maktablari  haqinda»  maqolasida  eski  maktablarni  tashviq  qilib, 
yangi  usuli  savtiya  maktablarini  tanqid  qiladi  va  eski  maktablarni  yangi  usul 
maktablaridan ustun qo’yadi. Shu bilan birga, u eski maktablarni nomiga engil-elpi isloh 
qilish, ya’ni o’quvchilarni kaltak bilan jazolash usulini bekor qilish, o’quvchilarni jamoa-
jamoa  qilib  o’qitish  va  davomatni  tartibga  solish  kabi  shiorlar  bilan  chiqadi.  Shuning 
                                                
97
Ў
ша жойда, 7- бет.
 
98
Б. Қосимов, У. Долимов. Маърифат дарғалари. Т.: «Ўқитувчи», 1990, 106- бет.
 
99
«Туркистон вилоятининг газети», 1907 йил, 72- сон.
 


132 
 
uchun ham Ishoqxon Ibrat mazkur maktabdorga, uning maktabiga, o’qituv usuliga qarshi 
yozgan maqolasida kinoyali so’zlar bilan qattiq tanqid qiladi: 
«Mulla  Husanxo’ja  eshon  o’z  maktabini  engil-elpi  isloh  qilib,  jadid  maktabi  deb 
ataydi va o’quvchi bolalarni tashviq qiladi. «Mulla Husanxo’ja eshon o’g’li ushbu 1907 
yilning  sentyabridan  boshlab,  biz  sartiya  maktablarimizni  maktab  bolalariga 
o’qitadurg’on  usuli  qadimiyamizni  usuli  jadid  tartibig’a  olib,  jamoa-jamoa  qilib 
o’qitadur.  Choraki,  mazkur  tariqa  tartibida  maktab  bolalarini  tez  fursatda  savodlari 
chiqib,  ko’p  foydalar  hosil  bo’lur  ekan.  Yana  shulki,  bu  tartibning  hech  nimarsag’a 
moneligi  bo’lmas  ekan.  Sabab  shulki,  beshinchi  jamoa  birlan  tamom  bo’lur  ekan. 
Birinchi  jamoa  «Haftiyaki  sharif»,  ikkinchi  jamoa  «Kalomi  sharif»,  uchinchi  jamoa 
«Chohor  kitob»  birlan  «Fuzuliy»  yoinki  «Navoiy»,  to’rtinchi  jamoa  «Bedilxon», 
beshinchi jamoa «E’tiqodli islomiya» birlan «Ilmi faroyiz» o’qib, tamom qilib, muddati 
ikki  yil  yoinki  uch  yil  miyonasida  madrasalarda  o’qumoqni  xohlaganlari  madrasalarga 
chiqib, o’qimoqg’a qodir bo’lur ekanlar»
100

Yuqoridagi  so’zlardan  ko’rinib  turibdiki,  mulla  Husanxo’ja  eshon  o’z  maktabini 
isloh  qilib,  hech  qanday  ijobiy  yangilik  kiritgani  yo’q  (jamoa-jamoa  qilib  o’qitishdan 
boshqa). Ushbu maktabning mohiyatini, eski maktablardan hech qanday farqi yo’qligini 
tushungan  Ishoqxon  Ibrat  «Jadid  maktabdor»  Husanxo’janing  maktabini  xalq  bolalarini 
aldash uchun, ko’proq ularni jalb qilib, katta daromad olish uchun ochilgan maktab deb 
baholaydi. 
Ishoqxon  Ibrat  birinchi  marta  1886  yilda  va  ikkinchi  marta  1907  yilda  eski 
maktablardan  butunlay  farq  qilgan,  qishloq  bolalari  uchun  bepul  yangi  usul  savtiya 
maktabini ochadi. Maktab uning o’z uyida – yorug’, derazali xonaga joylashgan bo’lib, u 
yangi  o’quv  qurollari  –  parta,  stol,  stul,  yangi  kitoblar,  darsliklar,  daftar,  doska  kabilar 
bilan  jihozlangandi,  o’qish-o’qitish  ishlarini  bo’lsa  u  o’zi  tuzgan  dastur  asosida  olib 
bordi.  Bu  maktabda  o’z  farzandlari  Abbosxon,  Vaqqosxon,  Fayozxonlarni      hamda  25 
nafar     qishloq     bolalarini  o’qitdi.  Ishoqxon  o’z  maktabida  haftalik  dars  jadvalini  joriy 
qildi, darslik  va qo’llanmalar sifatida esa o’zining «Lug’ati sitta-al-sina», «San’ati  Ibrat 
qalami  Mirrajab  Bandiy»  asarlaridan,  S.  M.  Gramenitskiyning  «Kniga  dlya  chteniya», 
Saidrasul Saidaziziyning «Ustodi avval», Ali Asqar ibn Bayramali Kalenining «Ta’limus 
soniy»,  M.M.Oraqulovning  «Samouchitel  russkogo  yaznka  dlya  russko-musulmanskix 
shkol» kabi darslik va qo’llanmalaridan foydalandi. 
Ishoqxon  Ibrat  yangicha  ta’lim-tarbiya  usulining  nihoyatda  katta  afzalliklarini 
isbotlashda  ko’proq  o’zi  erishgan  yutuqlarga,  o’zi  amaliyotga  tatbiq  qilgan  yangi 
uslublarga  asoslanadi.  Bu  haqda  u  quyidagilarni  yozadi:  «Men  o’zum  ham  o’zumga 
qarashlik  o’nta-o’n  beshta  bolalarni  eski  maktabda  hech  bahra  topmay,  behuda 
yurduklarini jonim achib, Qozon tarafdan... bir muallim jalb edub,  maktab qilib berdim. 
Maktabning  kushodig’a  uch  oy  bo’lgani  yo’q,  yigirmadan  ziyoda  kichik  bolalar  «Alif 
nima?  degan  savolga  «kaltak»  deb  javob  beruvchilar  tamom  savodi  chiqib,  har  narsani 
yozadurgan  bo’ldilar.  To’rt-besh,  etti  va  sakkiz  sanalar  Qo’qong’a  yurub,  hech  narsa 
bilmagan  mullabachchalar  bitamomixi  arabiy  mukolamag’a  qodir  bo’lub,  har  bir 
kitoblarni mutolaa etadurgan bo’ladilar. Shul sababdin biz o’z ko’zumiz ila tajriba qilib, 
bul o’qitishga tamom ixlos qildik»
101

Shu  tariqa  Ishoqxon  Ibrat  zamoniga  xos  har  qanday  ilg’or  yangiliklarni  bajonidil 
qabul  qiladi  va  xalq  farzandlarini  ilm-ma’rifatli  qilish  yo’lida  yangi  usul  maktablari 
                                                
100
Қаранг: У. Д о л и м о в. Атоқли маърифатчи. «Шарқ юлдузи», 1982 йил 4- сони..
 
101
Б.Қосимов, У.Долимов. Маърифат дарғалари Тошкент, «Ўқитувчи», 1990, 137-138-бетлар. 


133 
 
ochib,  milliy  kutubxona,  xiyobon,  hammom,  bosmaxona  tashkil  qilib,  ro’znoma  va 
kitoblar nashr qiladi. 

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish