128
Shu kuyga solinib, milliy she’rdan bir bayt bir kishi tarafidan o’qulub, so’ngidan
ko’p kishilar tarafidan ho’r, sozlar ila jo’r qilub ikki bayt o’qulur».
Ma’lumki, bolalarga ifodali o’qishni o’rgatish adabiy o’qish darslarining asosiy
vazifalaridan biri hisoblanadi. Bunday o’qish adabiy matnni chuqur tushunishga olib
boradi. Badiiy asarni chiroyli, ifodali qilib o’qish natijasida asar voqealari o’quvchi ko’zi
oldida namoyon bo’ladi. Avloniy savod chiqarishga qanchalik katta e’tibor bergan bo’lsa,
tushunib o’qishga va badiiy asarni his qilishga ham shunchalik ko’p diqqat qilgan
90
.
Jadidchilikni gazetalar nashr etishdan boshlagan Abdulla Avloniyning eng yaqin
maslakdoshi
Mirmuhsin Shermuhamedov (1895-1929) ning faoliyati ham alohida
diqqat-e’tiborga loyiqdir. U «Tarixiy ikki voqea» maqolasida usuli qadim tarafdorlari –
eski maktabdorlarni qattiq tanqid qilib, maktab va madrasalarda o’quv-o’qitish usullarini
isloh qilish shiori bilan chiqdi:
«Aziz millat bolalarining ranglarin sap-sariq qilgan...
ochlikdan tishlarin kirini so’rdirgan Buxoro va Xivadagi dahshatli, qorong’i, zax
zindonlar eshigi buzuldi... Maktab va madrasa islohi desa, tishlarini qichirlatib, ko’zlarin
olayturadurg’on maorif dushmani – sudrama chopon, jonli tegirmonlar... qozi qalon,
qushbegi, oftobachi, tag’in nima balolar ismi ila shuhratlangan Buxoroning miqroblari...
endi quvulurlar... Talabalarning yarim umrin to’zon qilib ko’kka uchurgan muqovasi
qalin «Sharhi mullo»lar shoyad endi otilib tashlanurlar. Aning o’rniga shoyad yangi
qoida ila yozilgan darsliklar o’qulur, ham o’qulur»
91
.
Murmuhsinning bunday hur fikrlari o’sha davrdagi jamoatchilik fikrini ostin-ustin
qilib yubordi. Oqibatda «Turon» gazetasi yopilib„ A.Avloniydan gazeta chiqarmaslik
haqida tilxat olindi. Mirmuhsinni mirshablar ushlab, yuziga qora surkab, eshakka teskari
mindirgan holda bozor rastalarini aylantirib, sazoyi qildilar. Toshkent hokimi
Mirmuhsinga berilgan o’lim jazosini 18 oylik qamoq jazosi bilan almashtirdi. Oradan
ko’p o’tmay, do’stlari va hamfikrlari ko’magida hibsdan qochishga muvaffaq bo’lgan
Mirmuhsin Ufadagi jadid birodarlari bag’ridan panoh topdi.
Jadidchilik harakatining ilg’or namoyandasi
ABDULLA QODIRIY(1894-1940)
ham o’z ilk ijodiy asarlari – «Baxtsiz kuyov» dramasi, «Juvonboz», «Jinlar bazmi»,
«Uloqda» hikoyalarida, «To’y», «Millatimga», «Ahvolimiz» kabi qator she’rlarida
ma’rifatsizlik orqasida Turkiston erli aholisining qoloqligidan, g’aflatda yotganligidan
kuyib-pishib noliydi, o’z xalqi ahvoliga g’oyat achinib, og’ir iztiroblardan qutulishning
yagona yo’li – ilm-ma’rifatni egallash g’oyasini ilgari suradi.
Abdulla Qodiriy 1915 yilda chop etilgan «Ahvolimiz» she’rida o’z xalqini, millatini
ilm-ma’rifatga da’vat etadi, maktablarni keng ko’lamda rivojlantirish, shu bilan yoshlar
tarbiyasiga e’tibor berish g’oyalarini ilgari suradi:
Do'stlaringiz bilan baham: