Buxoro davlat universiteti pedagogika kafedrasi «umumiy pedagogika»


ISMATULLA  RAHMATULLAEV  (1883-1926)



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/250
Sana30.12.2021
Hajmi2,47 Mb.
#86767
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   250
Bog'liq
umumiy pedagogika

ISMATULLA  RAHMATULLAEV  (1883-1926)ni  1905  yilda  ustozi  Saidahmad 
Siddiqiy  o’zi  ochgan  yangi  usul  maktabiga  arifmetika  fani  o’qituvchisi  bo’lib  ishlashga 
taklif qiladi. Shuningdek, u Siddiqiy kattalar uchun tashkil qilgan  kechki maktabda ham 
dars bergan. 
Ismatulla 
bu 
davrda 
o’qituvchilik 
qilish 
bilan 
birga, 
ustozi                  
A.Shakuriyning maslahati bilan yangi usuldagi maktablar uchun yangi darsliklar, o’qish 
kitoblari,  alifbe  tuzish  va  ularni  nashr  etish  bilan  ham  shug’ullandi.  Jumladan,  u  1907 
yilda Abduqodir Shakuriyning II sinf uchun tuzilgan «Jameul-hikoyat» o’qish kitobining 
nashr etilishida faol qatnashadi. 
Katta  bilim  va  muallimlik  tajribasini  orttirgan  Ismatulla  Rahmatullaev  ustozlari 
Abduqodir Shakuriy, Saidahmad Siddiqiy va Sadriddin Ayniy maslahati bilan 1915 yilda 
Samarqandning  hozirgi  Registon  ko’chasida  mehnatkashlarning  bolalari  uchun  yangi 
maktab ochdi. Maktabda dunyoviy fanlar bilan bir qatorda o’rus tilini o’qitish masalasiga 
ham alohida e’tibor bergan. 
                                                
104
Қаранг: М.Фаттaeв. Атоқли   педагогларимиз. Т.:«Ўқитувчи», 1988, 36-38-бетлар.
 


136 
 
1915 yilda iqtidorli muallim Ismatulla Rahmatullaev o’zining ko’p yillik tarbiyaviy 
tajribalarini  umumlashtirib,  tojik  tilida  «Alifbe  ta’limi»  («Ta’limi  alifbe  yohud  rahbari 
maktab»)  darsligini  yozadi.  Bu  kitobni  tuzish  va  tahrir  etishda  Sadriddin  Ayniyning 
xizmati katta bo’lgan. Darslik ko’p yillar davomida arab alifbosi bilan tojik, o’zbek tilida 
savod chiqarishda yaxshi va mazmunli darslik sifatida xizmat qildi. 
«Alifbe  ta’limi»  46  betdan  iborat  bo’lib,  90  soat  darsga  mo’ljallangan. 
Tarbiyashunos  olim  M.Fattaev  bu  darslik  haqida  shunday  deb  yozadi:  «Alifbe 
o’zlashtirilishi  oson  bo’lgan  tovush  va  harflar  bilan  boshlanadi,  keyin      murakkabroq   
materiallar   beriladi. 
Alifbe  uch  qismdan  iborat.  Dastlab  harf  elementlarini  yozish  mashqlari,  keyin 
harflarning  turli  ko’rinishlari  va  nihoyat,  ta’lim-tarbiyaviy  ahamiyatga  ega  bo’lgan 
hikoya va she’rlar beriladi. 
Kitob  betlarida  harflarning  yolg’iz  yoziladigan  va  so’zning  boshida  yoziladigan 
shakllari o’rgatiladi. Bulardan ayrim so’z va kichik-kichik gaplar tuziladi. 
Har  bir  darsning  boshida  harflarning  yolg’iz  yoziladigan  va  so’zning  boshida 
yoziladigan shakli berilib, uning «a» harfi bilan qo’shilgan shakli ko’rsatiladi. 
Ma’lumki,  arab  alifbosida  «v»  harfi  «v»  tovushini  va  boshqa  harflar  bilan 
qo’shilganda  «u»  yoki  «o’»  unli  tovushlarini  ifodalaydi.  Bu  erda  muallif  shu  sirni 
o’quvchilarga tushuntiradi. «v» («vov») shakli o’zbek va tojik tillarida «u» hamda «o’» 
tovushlarini  bildirib,  ularning  birinchisi  «vovi  majhul»  va  ikkinchisi  «vovi  mamdud» 
(cho’ziq)  deb  ataladi.  Kitobda  bu,  pu,  tu  hamda  o’sh,  sho’r  kabi  misollarni  keltirish 
asosida «z» harfining shu xususiyati o’quvchilarga tanishtiriladi. «E» harfi ham shu usul 
bilan tushuntirilib, uning I, I, E, E kabi tovushlarni bildirib kelishi bayon qilinadi. 
Keyingi  darslarda  harflarning  so’z  o’rtasida,  oxirida  yozilishi  ko’rsatiladi.  Shu 
asosda  arab  alfavitining  «sir»lari  o’quvchilarga  ochila  boradi.  Keyin  arab  alfavitida 
yozuvda  ifodalanmaydigan  «harakatlar»  va  izofat  haqida  ma’lumot  beriladi.  Masalan, 
«bod  tund»,  «mard  dono»  yozilsa  ham  «bod  tund»,  «mardi  dono»  deb  o’qiladi  va  shu 
kabilar.  Shundan  so’ng  bir  necha  darsda  alohida-alohida  so’zlar,  qisqa-qisqa  gaplar 
keltirilib, bu harflarning turli kombinatsiyalari va ularning qoidalari beriladi. Har bir dars 
uchun ayrim kichik matnlar keltiriladi. Jumladan, «ob» (suv) sarlavhali matndan 10—12 
kichik gap orqali suv-ning hayot uchun, qishloq xo’jaligi va umuman obodonchilik uchun 
ahamiyati tushuntiriladi: 
«Suvni ichamiz va u bilan yuvinamiz. Tegirmonlarni suv yurgizadi. Sabzavotchilkk 
va dehqonchilik suv orqali hosil qilinadi. Suv obodonchilik vositasidir». 
Shuningdek,  bilim  va  tarbiyaviy  ahamiyatga  ega  bo’lgan  «Chor  fasl»  (To’rt  fasl) 
maqolasi ham shu usulda yozilgan. 
«Bir yil to’rt fasldan iborat – bahor, yoz, kuz, qish. Har yil o’n ikki oydan iborat. 
Bir oy 30 kun yoki 4 haftadan iborat. Bir hafta etti kundir, bir kecha-kunduz 24 soat, bir 
soat 60 daqiqadan iborat. Har bir daqiqani g’animat bilib o’qish va o’rganish kerak». 
Shu asosda bolalar o’qish jarayonida hayotiy zarur bilimlarga ega bo’ladilar. 
Ma’lumki,  arab  alifbosida  har  xil  aytilib,  har  xil  yoziladigan  bir  qancha  undosh 
harflar  mavjud.  Masalan  «z»  tovushi  aytilishi  bir-biriga  juda  yaqin  bo’lgan  to’rt  xil 
shaklda  (harf)  yoziladi.  O’zbek  va  tojik  tillarida  asosan  bu  harflarning  birinchisi 
qo’llanilib,  qolganlari  esa  faqat  ayrim  arabcha  so’zlarda  uchraydi.  Shuningdek,  «s» 
undoshi ham uch   shaklga ega. 
Kitobning  32-betidagi  60-darsda  arab  yozuvining  mazkur  xususiyatlari  haqida 
ma’lumot  beriladi,  bu  harflarning  qanday  so’zlarda,  qachon  ishlatilishi  tushuntiriladi. 
Qitobning  alifbe  qismi  shu  bilan  tugab,  terma  asarlar  qismi  boshlanadi.  Terma  badiiy 


137 
 
kitob  sodda,  tushunarli  tilda  yozilgan  kichik-kichik  hikoyalar,  matnlar  va  she’riy 
parchalardan  tashkil  topgan.  Bu  hikoya  va  she’rlar  ta’lim-tarbiyaviy  xususiyatga  ega. 
Misol tariqasida bir-ikkitasini keltiramiz: 
«Bekorchilik  ishlarning  eng  yomonidir.  Men  bekorchilikdan  bezorman.  Tirik 
bekorchidan  —  o’lik  yaxshi.  Dunyoda  har  bir  jondor  biror  xizmatga  va  har  bir  kishi 
ma’lum  vazifaga  ega.  Biz  shogirdlarning  vazifasi  o’qish  va  ilm  o’rganishdan  iborat. 
Maktabning har bir shogirdi yaxshi xat-savodga ega bo’lishi kerak. Hushyor va g’ayratli 
shogirdlar hech vaqt bekor o’tirmaydilar». 
Bundan tashqari, bir qancha hikmatlar, iboralar – hikoyachalar ham keltirilgan: 
Yalqov deydi: 
—   Bugun o’ynayman, ertaga o’qiyman. 
G’ayratli deydi: 
—   Ertaga 
o’ynayman, 
bugun 
o’qiyman 
va 
shu 
kabilar. 
Bu  kitobda  axloq,      odob,      tarbiya  va  dunyoqarashni  tarkib  toptirishga  xizmat 
qiluvchi  materiallar  bilan  bir  qatorda  nafosat  tarbiyasiga  doir  ayrim  ma’lu-
motlar (tabiat manzaralarining go’zalligi, yirik shaharlar haqida ma’lumot va shu 
kabilar) ham beriladi. 
O’qish kitobining 37- betidan boshlab bolalar uchun 10 tacha kichik-kichik she’rlar 
beriladi.  Ular  ifodali,  tushunarli  sodda  tilda  yozilgan  bo’lib,  katta  axloqiy-tarbiyaviy 
ahamiyatga ega: 
Faridun ko’p yaxshi bola erdi, yig’lab otasiga shundayin derdi: 
— 
Ey, otajon, meni maktabga bergin, 
Sargardon ko’chada kezishdan tiygin. 
Maktab liboslarim tezda tayyor et, 
Kitoblar keltirgin, bo’lsin bari but. 
Ber alifbe-yu, daftar, qalamni, 
Jildimga solib, bag’rimga olayin. 
Otasi dediki: 
— 
Ey, Faridunjon, 
Hali yoshsan, quvvating kamroq, 
Bir yildan so’ng borsang bo’lur yaxshiroq. 
— 
Toqatim toq bo’ldi, aziz otajon, 
Hamma dono bo’lsa-yu, men qolaymi nodon, 
Otasi oxiri maktabga berdi, 
Bundan Faridun shodlikka to’ldi. 
Kitobdagi  bunday  hikoyalarda  ham,  she’riy  asarlarda  ham  o’qish,  bilim  olishga 
muhabbat,  muallim,  ota-onalar  va  umuman,  o’zidan  kattalarga  hurmat,  do’stlik, 
birodarlik,  sadoqat,  to’g’rilik  kabi  axloqiy  sifatlarni  tarbiyalash,  o’quvchilarning 
ma’naviy qiyofasi masalalari yoritilgan»
105

Shunday qilib, o’lkamizda yangi usuldagi maktab va maorifning jonkuyari bo’lgan 
Ismatulla  Rahmatullaev  o’zining  o’qish-o’qitish  va  tarbiya  uslubida  boy  xalq 
tarbiyashunosligiga 
tayangan 
holda 
bolalarda 
insonparvarlik, 
vatanparvarlik, 
mehnatsevarlik  fazilatlarini  tarbiyalashga  munosib  hissa  qo’shgan  murabbiylardan 
biridir.  
 
                                                
105
М. Фаттaeв. Атоқли педагогларимиз. Т.: «Ўқитувчи», 1988, 43-46-бетлар. 


138 
 

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish