2
Mirzo Xayrullo o’zi ochgan maktabda faat o’g’il bolalarga bilim berish bilan
cheklanib qolmaydi. U sharoitning og’irligiga qaramasdan, avvaliga singlisi
Saraposhshani savodli qilib, so’ng unga o’zbek qizlarini o’qitish uchun maktab ochib
beradi.bu haqda Mirzo Xayrulloning turmush o’rtog’i Karomat aya shunday hikoya
qiladi: “Men kelin bo’lib tushgan (1913-1914 yy.) yillar edi. Saraposhsha uyda maktab
ochib otinbuvilik qilar edi. Kechalari domilladan (Mirzodan) ko’mak olar edi. Uning
yangi usuldagi qizlar maktabi borlig’idan akasi turli kitoblar, maslahatlar berar, yo’l -
yo’riqlar ko’rsatar edi”.
3
Hamza bilan hamkorlikda ish olib borgan Mirzo Xayrullo ham o’zbek bolalari uchun
darsliklar yozgan va turli tillardan asarlarni o’zbek tiliga tarjima qilgan. Uning darslik va
tarjima asarlari jumlasiga “Tuhfatul atfol”, “Rahbarul tadiris” (1913 y.) “Rahbari alifbo”
(1914 y.), “Turki avvali ilm”, “Imon risolasi”, “Ixtiyorat qamar”, “Mahdai fani nujum”
(1916 y.) kabi kitoblarini kiritish mumkin. Mirzoning bu asarlari boshlang’ich sinflarga
mo’ljallangan bo’lib, dars jarayonida axloqiy tarbiyani pand - nasihat yoki savol - javob
yo’li bilan amalga oshirishga xizmat etardi. Shu bilan birga, Mirzo Xayrullo yaratgan
darsliklarda o’qituvchiga uslubiy ko’rsatmalar ham berilib borilgan.
XIX asrning oxirida H.H.Niyoziyning maktablariga o’xshagan maktablar Turkiston
o’lkasining boshqa joylarida ham ochila boshladi. Bunday maktablar jumlasiga
samarqandlik Abduqodir Shakuriy va Saidahmad Siddiqiylar ochgan
142
“Tarjimon” gazetasi, A.Shakuriy tomonidan Samarqanddagi rus gimnaziyasida
ta’lim - tarbiya jarayonining o’rganilishi hamda Qo’qon shahridagi bir tatar
o’qituvchisining yangi usuldagi maktab ochishi o’z navbatida Shakuriyni ham o’zbek va
tojik bolalari uchun maktab ochishga da’vat etadi. Shundan so’ng A.Shakuriy 1901
yilning kuzida o’z qishlog’i Rajabaminda yangi usuldagi maktab tashkil qiladi. Dastlabki
paytlar u tatar tilida yozilgan darsliklardan foydalaniladi.
Shakuriy ochgan maktabda Qur’oni karim suralaridan tashkil topgan “Huftiyak”
asosiy o’qish kitoblaridan biri edi. Shu bilan birga, uning makabida arab tili qoidalari va
alifbosiga ham katta e’tibor berilardi.
Shakuriy maktabida o’quvchilar so’z bo’g’inlari bilan tanishtirilib borilishi bilan bir
qatorda bu bo’g’inlarni o’z daftariga yozishar, keyin bo’g’inlarga harflarga ajratishar va
harflardan yangi bo’g’inlar tuzishar edilar. Shu asosda bola 5-6 oy mobaynida o’qish va
yozishni mukammal o’rganib olardi.
Abdulqodir Shakuriy o’z o’quvchilarini yiliga bir marta imtihon qilar edi. Shakuriy
oladigan imtihonlarning afzalligi shunda ediki, bu imtihonlarga o’quvchilarning ota -
oanlari ham ishtirok etishar va bolalarning o’z ota - onalari oldida olgan bilimlarini
namoyish etishardi. Bu haqda pedagogning o’zi shunday deb yozadi: “Bir kuni
shaharning ko’zga ko’ringan ulamo, agniyo va a’yonlarini hamda o’quvchilarning
otalarini bolalarning olti oylik o’qishi bo’yicha o’tkazilgan imtihonga da’vat etdim.
Bular oldida o’qvchilar maktabda olgan olti oylik bilimlarini imtihon berdilar. Odamlar
bu o’qitish usulining afzalliklarini ko’rib, mendan mamnun bo’ldilar. Imtihondan so’ng
odamlarning qalbida maktabga nisbatan muhabbat paydo bo’lib, chehralari ochildi”.
Shakuriy bolalarning yoshlik xususiyatlariga muvofiq keluvchi axloq, odob va
turmush qoidalarini o’z ichiga olgan darsliklar yaratadi. Uning bunday darsliklari
qatoriga “Rahnamoi savod” va “Alifbe ta’limi” darsliklarini kiritish mumkin. Bu
darsliklarida Shakuriy o’quvchilarni arab yozuvining qoidalari bilan tanishtirib boradi
hamda har bir dars uchun kichik tekstlar berib, ular orqali bolalarga o’qish jarayonida
hayotiy zarur bilimlardan saboq berib boradi. Yuqorida aytib o’tilgan darsliklarda alifbe
qismi bilan birga xrestomatiya qismi ham mavjud edi. Xrestomatiya sodda, she’rlardan
iborat edi.
Shakuriy tomonidan yozilgan “Jameul-hikoyat” va “Zubdatul atvor” kitoblari tojik
bolalari uchun mo’ljallangan bo’lib, bu asarlardagi asosiy g’oya o’quvchilarning olgan
bilimlarini takomillashtirish va mustahkamlash, ularda sharq poeziyasini o’rganishga
havas uyg’otish va ularni klassik adabiyot namunalari bilan tanishtirishga qaratilgan edi.
Shu bilan birga, Shakuriy o’z maktabida mehnat darsini kiritib, o’z o’quvchilarini
dehqonchilik va bog’dorchilikning ilg’or usullari bilan ham tanishtirib boradi.
Hunarmand oilasida tug’ilgan Saidahmad Siddiqiy 1903 yilga kelib o’z tug’ilib
o’sgan qishlog’i Halvoyida dehqon va hunarmand bolalari uchun maktab ochadi. Bundan
tashqari u katta yoshlilarni savodini chiqarish uchun 30 kishilikkechki kurs ham
ochadi. Saidahmad Siddiqiy o’z maktabida darslarni qat’iy jadval asosida o’tkazar, ya’ni
bir kuni rus tili, arifmetika, jug’rofiya, tarix, tabiat fanlaridan dars o’tkazsa, ikkinchi bu
darslarning o’tish o’rnini navbat bilan almashtirar edi. Siddiqiy tashkil etgan maktabda
o’zbek tili ham o’rganilardi. Bundan tashqri Siddiqiy tabiyat darslarini asosan
ekskursiyalar orqali o’tardi. Siddiqiy tashkil etgan maktabda o’quvchilarning nutqini
o’stirishga alohida e’tibor berilardi, o’quvchilarga uy vazifalari berilmay, bolalar darsdan
keyin mashg’ulot o’tkazishardi.
143
Shunday bo’lishishag qaramay, S. Siddiqiy ham H.H.Niyoziy , A.Shakuriy singari
pedagoglar safiga kirar edi va rus adabiyoti hamda Rossiya madaniyatiga oid bilimlar
berib, ularni kommunistik ruhida tarbiyalashga qaratilgan edi.
Albatta XIX asrning oxirida va XX asrning boshlarida faoliyat ko’rsatgan
pedagoglarimiz orasida o’zligimizni anglash uchun kurash olib borgan, xqiqiy
vatanparvar ziyolilar ham mavjud edi. Bunday ziyolilar jadidchilik oqimi ostida birlashib,
mahalliy millat bolalariga tamoman mos keladigan “Usuli savtiya” maktablarini yuzaga
keltirishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |