Y A K U N I Y X U L O S A
Mamlakatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturini bosqichma-bosqich muvaffaqiyatli amalga oshirish ko’p jihatdan o’qituvchi faoliyatiga, uning kasbiy nufuzini oshirishga bog’liqdir. Shunday ekan, sog’lom, har tomonlama barkamol avlodni yetishtirish uzluksiz ta’lim tizimida mehnat qilayotgan pedagogning saviyasiga, tayyorgarligiga va fidoyiligiga, yosh avlodni o’qitish va tarbiyalash ishiga bo’lgan munosabatiga bog’liqdir.
Boboqulova Gavhar Xo’jamqul qizining Maktabda o’quvchilarning milliy ansanblini tashkil etish” mavzudagi bitiruv malakaviy ishi orqali bolajonlarimizni milliy musiqa madaniyatimiz durdonalari bo`lmish musiqa san’atiga, ona-Vatanimizga bo`lgan mehr-muhabbatni oshirish. Musiqa asboblarini mohirona ijro etishga o`rgatish. O`zbek musiqa san`atining o`rni, ta’lim-tarbiyaviyligi, cholg`u asboblarining tarixi sharq xalqlari orasida keng tarqalganligi, xor madaniyati, afg`on rubobi va uning ijrochilik san’ati haqida bilim, ko`nikma va malakalarga ega bo`lish kabilardir.
Boboqulova Gavhar Xo’jamqul qizining Maktabda o’quvchilarning milliy ansanblini tashkil etish”mavzudagi bitiruv malakaviy ishining “Kirish” qismida tanlangan mavzuning muhim dolzarbligi, maqsadi, vazifasi, tadqiqot ob’ekti, metodlari, nazariy, amaliy ahamiyati, va ilmiyligi haqida aytilib bu borada tahlil etilgan ilmiy-tadqiqod ishlar, musiqa san`ati, milliy ansanblni tashkil etish usullari va uning ijrochilik san’ati haqida bilim, ko`nikma va malakalar ega bo`lish ko`zda tutilgan.
Ishning birinchi bobi “Milliy ansanblda o’quvchilarni tanlash va dastlabki ishlarni tashkil etish usullari” deb nomladi. Unda “Milliy ansanblda o’quvchilar bilan ishlash va ularni taskil etish metodlari“, “Musiqiy ta’lim-tarbiyada nazariy bilimlar bilan amaliyotning o’zaro bog’liqligi”, “Zamonaviy musiqa va uning xusuaiyatlari mavzusida ochiq dars ishlanmasi” haqida fikr mulohazalar yuritilgan.
Ishning ikkinchi bobi “Ansanbl mashg’ulotlarini tashkil etish metodlari” deb nomlangan. Bunda “Musiqiy fazilatlar va qobiliyatlarni shakllantirish”, “O’qituvchi burchi ma’suliyati va uning barkamol shaxsni shakllantirishdagi o’rni”, “Tovushlarning psixologik, musiqiy xususiyatlari va cholg`u asboblarida jo`r bo`lish metodlari” kabi mavzular haqida yoritib berilgan.
Xulosa va tavsiyalar qismida pedagogik amaliyot jarayonida to`plagan kerakli ma’lumotlar, mavzuning asosiy mohiyati va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati ko`satib o`tilgan.
Boboqulova Gavhar Xo’jamqul qizining Maktabda o’quvchilarning milliy ansanblini tashkil etish”mavzudagi bitiruv malakaviy ishi yuzasidan kerakli ma’lumotlar to`plab, amaliyot jarayonida ilg`or axborot va pedagogik texnologiyalarni amalga oshirishga harakat qilgan.
Ishda ayrim imlovoy xatolar va qaytarishlar mavjud. Lekin bu ishning ilmiy qiymatiga ta’sir qilmaydi degan umiddaman.
Bitiruvchi kurs talabasi Boboqulova Gavhar Xo’jamqul qizining Maktabda o’quvchilarning milliy ansanblini tashkil etish”mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi yakunlangan. Ishni bajarish jarayonida o`z oldiga qo`yilgan maqsadga erishgan. O`zbekiston Respublikasi OAKning bitiruv malakaviy ishiga qo`yilayotgan talablarga javob beradi. Ushbu ishni himoyaga tavsiya etaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |