Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti


Dasturning axborot – uslubiy ta'minoti



Download 330 Kb.
bet10/14
Sana20.08.2021
Hajmi330 Kb.
#152451
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Maktabda o’quvchilarning milliy ansamblini tashkil etish”

Dasturning axborot – uslubiy ta'minoti

Musiqa muallimlari faoliyati kuzatish tahlil etish natijalari ularni ixtisoslikning mazkur yo‘nalishi sohasida maxsus tayyorgarlikka to’liq ega emasliklaridan dalolat beradi. Bu ayniqsa, mualimlarning sinfdan tashqari musiqa tarbiyasi tizimiga kiradigan tadbirlarning sinfdan tashqari musiqa tarbiyasi tizimiga kiradigan tadbirlarning ommaviy va to‘garak ko’rinishlarini tashkil etish va o‘tkazish jarayonlarida namayon bo‘ladi. Demak sinfdan tashqari tarbiyaning ommaviy hamda to’garak shakllari mavjud. Ommaviy tadbirlar o’z mohiyatiga ko‘ra ko’proq bolalarni jalb kilishga tokazo etadi. Ammo, ulardan qandaydir alohida qobiliyati maxsus musiqiy bilim va malakalarni talab qilinmaydi. Bu tadbirlarga qo‘shiq bayramlari musiqa haftaligi, san’at bayramlari, musiqiy ijodiy uchrashuvlar ko’rik tanlovlar va boshqalar kiradi. Bu tadbirlar musiqiy tarifiy vazifasini bajarib bolalarning badiiy qiziqishlarini rivojlanishiga ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga samarali yordam beradi.



Sinfdan tashqari musiqa tarbiyasining yana bir shakli-musiqiy to‘garaklar bo’lib u an’anaviy xarakterga ega. Uning tarkibiga xor musiqa asboblarida chalishni o’rganishish. Vakal-cholg‘u dastasi cholg‘uchilari (dutorchilar, rubobchilar, doirachilar) dastalari Musiqa tarbiyasining bu shakli ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega. To‘garaklarning asosi musiqa darslaridir. Chunki musiqa to‘garaklariga layoqatli va musiqa darslariga to’la ko’nikmagan bolalar jalb qilinadi. Dars har bir bolaning layoqati va qiziqishi hisobiga olinib uning xohishi bilan u yoki bu musiqa tugaragi jalb qilinadi.

Shuni ham ta’kidlab utish lozimki, mashxur san’atkorlar, iste’dodli san’atkorlar, ajoyib xonandalar ana shunday musiqiy to’garaklar birida tarbiyalanib kamol topganlar.To‘garak faoliyatining faollashtiradigan narsa maktab sahnasidir. Undan to‘garakchilar ijro etib bolalar publikasi (tomashabinlar) esa, ijrolarni tinglab va kuzatib musiqiy rivojlanadilar. Tugurak ishlari ham maxsus dasturlari va kalendar temavik reja asosida olib boriladi.

Chunonchi, iqtidorli bolalar uchun o‘quvchilar uylaridan turli musiqiy to‘garaklar va studiyalar, bolalar musiqa maktablari tarmoqlari kengaytirilishi musiqani mufassal o‘rganadigan kollejlar va leseylar ochilishi xususiy san’at maktablari tarmoqlarini rivojlantirishga imkoniyatlar berilishi alohida ta’kidlab o’tilgan.

Maktabdan tashqari musiqiy tarbiya muassasalaridan qatnashadigan bolalar ham o‘qituvchilar nazoratidan bulib, maktab musiqa xayotiy ularning aktiv qatnashishi-ni ta’minlash lozim. Ommaviy ko’riklardan erishilgan yutuqlar diplom yoki shahodatnomalar maktabning umumiy majlislarida ota-onalar ishtirokida e’lon qilinadi, va yutuqga erishildi. Aktiv qatnashgan to‘garak a’zolari rahbarlantiriladi. Pirovardida hisobot konserti beriladi. SHunday o‘quvchilar haqida devoriy gazetalar beriladi. Umuman to‘garak faoliyati maktab hayoti bilan uzviy bog’liq holda amalga oshirilmoqda. Dars singari xalq maorifligi tomonidan har-bir to‘garak turining o‘quv dasturi chiqariladi. To‘garak rahbari asarini dasturdan tanlab oladi. E’lon qilingan yangi asarlardan qo’shadi va to‘garak a’zolari bilan bemaslahat repertuarlar rejasi va uni o’rganishish belgilanadi. SHunday qilib, sinfdan va maktabdan tashqari musiqiy tarbiya tizimlari o‘quvchi yoshlarni musiqiy madaniyatni shakllantirishda muhim ahamiyatga egadir. Bu tizimlar-muhim pedagog yo‘nalishlar bo‘lib, uni takomillashtirish musiqa ta’limning dolzarb muammolardadir. Ma’lumki, o‘quvchi yoshlar –musiqa darslarida, tarbiya bilan uning qatoriga sinfdan va maktabdan tashqari musiqiy tarbiya tizimlarining o‘rni muhim ekan. Bu tizimlarning ishlarini davr talabi asosida tashkil etib, musiqa tarbiya mazmunini milliy musiqiy an’analar ustivorligida tashkil etish muallimning asosiy vazifalaridan ekanligi ta’kidlanadi

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, o`quvchilarni har tomonlama kamolotga yetkazish jarayonida yoshlarning ma`naviy jihatdan kamol topishlari va estetik tarbiyasida ularga beriladigan musiqa ta`lim katta ahamiyatga ega.

Ansanbl rahbari mashg`ulotlarga tayorlanar ekan, ijro etiladigan har bir musiqa asarining tarbiyaviy ahamiyatini to`g`ri belgilab olmog`i lozim. Mashg`ulot davomida asarning mazmunini tushuntirar ekan, u albatta jamoaning har bir qatnashchisining yaxshi ijro etishligiga va mustaqil fikr yurita olishga imkon yaratmog`i darkor. Sinfdan va maktabdan tashqari mashg`ulotlarning milliy ansanbl ijrosi orqali olib borilgan uchrashuv kechalari, shoir va yozuvchi, bastakor taniqli musiqa ijrochiligining ko`p qirrali ijodidan keltirilgan namunalar o`quvchilar ongiga juda katta ta`sir ko`rsatadi, ularni mehnatsevarlik g`oyalari, milliy iftixor ruhida tarbiyalaydi, yoshlarning mustaqilligi va ijodkorligini, ma`suliyatini oshiradi, bilimini boyitadi, musiqiy qobiliyatlarini o`stiradi.

Demak, har bir ansanbl rahbari sinfdan tashqari ishlarni doimo qiziqarli,mazmunli tashkil etishga alohida masuliyat bilan qaramog`i lozim. Bu ishlarni yuqori malakaga ega musiqa o`qituvchisi olib borishi maqsadga muvofiqdir.

Хalqimizning urf-odatlari, marosimlari va an’analariga berilayotgan e’tibor, ularni tiklash, saqlash va keyingi avlodga yetkazish yo‘lida qilinayotgan sa’yi harakatlar Mustaqillik tufayli erishgan yutuqlarimiz bilan bevosita bog‘liq. Zero, yurtimizning kelajagi bo‘lgan yosh avlodni eng avvalo milliy an’analar, o‘tmishimizga hurmat, tariximiz bilan g‘ururlanish ruhida tarbiyalash masalalariga davlat tomonidan e’tibor berilishi, ana shu sohaning mamlakat va millat uchun naqadar muhimligini belgilaydi. Тa'lim sifatini yaxshilash borasida olib borilayotgan islohotlar musiqiy ta’lim jarayoniga ham jiddiy yondoshmoqlikni, shuningdek, ko‘p asrlar davomida shakllangan badiiy merosimizni, an’analarimizni har tomonlama o‘rganishni taqozo etmoqda.

Qadim-qadimlardan barcha xalqlarda sozandani tarbiyalash yakka holda, ustoz-shogird uslubida amalga oshirilgan. Ayniqsa, Sharq xalqlarida bunga katta e’tibor bilan qaralgan. Ushbu an’ana asrlar sinovidan o‘tib bizgacha yetib kelgan va hozirgi davrda ham eng samarali o‘ziga xos uslub sifatida tan olinadi. Darsni yakka holda o‘tish, ya’ni har bir o‘quvchiga alohida yondashishda ustozdan juda katta mas'uliyat talab qilinadi.

O‘zbek sozandachiligida ko‘p cholg‘ular qatori qashqar rubobi alohida o‘rin tutadi. Bu cholg‘u asbobi o‘zining jarangdor tovushi, o‘rganish hamda ijro etish jihatidan birmuncha qulayligi bilan boshqa cholg‘ulardan ajralib turadi. Qashqar rubobida xalq kuylari bilan bir qatorda boshqa xalqlar musiqalarini, shuningdek, kompozitorlar tomonidan bastalangan har jihatdan murakkab asarlarni ham mohirona ijro etish mumkin. Aksariyat shu soha o‘qituvchi va talabalari boshqa cholg‘ular uchun yozilgan yoki qo‘lyozma shaklidagi nota namunalaridan foydalanib kelishmoqda.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlarining asosiy maqsadlaridan biri bo‘lib, kamol topayotgan yosh avlodni milliy qadriyatlarga hurmat va milliy istiqlol g`oyasi ruhida tarbiyalashdir.

“Ta’lim to‘g`risida”gi Qonun, “Milliy istiqlol g`oyasi”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida shakllanib borayotgan ta’lim tizimining barcha yo‘nalishlari o‘zbek modeliga mos ravishda yangi pedagogik texnologiya asosida tashkil qilinmoqda.

Kamolot sari dadil odimlayotgan millatimiz kelajagi bo‘lmish yosh avlodni umumbashariy qadriyatlarga hurmat, milliy istiqlol va Vatanimizga sadoqat ruhida tarbiyalash, shuningdek musiqiy estetik didini shakllantirish va tafakkur ufqlari qobig`ini kengaytirishdan iborat.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarini mustaqil fikrlash va ijodiy mushohada yuritish malakalarini shakllantirish bugungi musiqa o‘qitish uslubiyoti fanining muhim muammolaridan biridir. Zero, mustaqil respublikamizning xalqaro doiradagi nufuzini oshirishda, mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy va eng muhim ma’naviy taraqqiyotida mustaqil mushohada yurita oladigan, iqtidorli yoshlarimiz katta rol o‘ynashi hammaga ma’lum.

O‘quvchilarni mustaqil va ijodiy fikrlashga o‘rgatish, bu jarayonni bosqichma-bosqich amalga oshirish yo‘llari va usullarini ishlab chiqish musiqa darslari sifatini oshiradi. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “Ta’limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi, erkin shaxsni shakllantirishga olib keladi. O`zining qadr qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadga ega bo‘lgan insonlarni tarbiyalash imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Ana shundan keyin ongli turmush kechirish jamiyat hayotinining bosh mezoniga aylanadi”.

Bu, avvalo, madaniyat va san’at sohasidagi rahbar tayyorlashda qo‘l keladi. Bundan tashqari mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan shaxs talab darajasida musiqa o‘qituvchisi bo‘lish bilan birga, musiqa san’ati ravnaqiga o‘z ulushini qo’sha oladigan ijodkor bo‘lib etishishini nazarda tutish lozim.

Ta’limni isloh qilish amalga oshirilayotgan bugungi kunda musiqa ta’lim yo‘nalishi o‘quvchilarini o‘zbek xalq qo‘shiqchiligini o‘rgatish orqali musiqiy saviyalarini oshirish, ijodiy fikrlash haqidagi tasavvurlarini kengaytirish uchun zarur pedagogik mezonlarni ishlab chiqish va ularni ta’lim amaliyotiga joriy etish kerak. Buning uchun, quyidagilarga e’tiborni qaratish lozim:

– dars jarayonida mumtoz musiqalarni o‘rganish bilan bir vaqtda chet el kompozitorlarining asarlarni o‘rganish va ular o‘rtasida tafovutni nazariy asoslash;

–musiqa fanlarini o‘rgatishda yangi pedagogik texnologiyaga oid sikl mashg`ulotlar tashkil etish;

– o‘quvchilarning mustaqil faoliyat ko‘rsatishiga imkon beruvchi pedagogik shart-sharoitlar yaratish;

– o‘quvchilarni nazariy bilim va ko‘nikmalarini amaliyot bilan chambarchas bo‘glash.

Fikrlash – o‘qish, yozish, so‘zlash va eshitishga o‘xshagan jarayon. U faol muvofiqlashtiruvchi shunday jarayonki, unda o‘zida biror bir haqiqat to‘g`risidagi fikrlarni qamrab oladi. Musiqiy fikrlash uchun musiqiy ritm va taktni his qila olish zarurligini unutmasligimiz lozim.

Musiqa darslarida o‘quvchilarni o‘zbek xalq qo‘shiqchiligi o‘rgatishning eng qulay usullaridan biri musiqa mashg`ulotlarida ijro va qiyoslashdir. Buning uchun musiqa o‘qituvchisi darslarni o‘quvchi tarbiyasiga ta’sirini hisobga olgan holda shartli ravishda guruhlarga ajratib, o‘quvchi va o‘quvchilarning musiqa faniga munosabatini inobatga olishi shart. Mana shu nuqtai nazardan yondashilsa, darsning tarkibiy qismi: mustaqil tinglash, musiqiy savodxonlik, hamda ijro va taqqoslashdan iborat bo‘ladi. O`tilgan asar yuzasidan ijro o‘quvchi tomonidan amalga oshiriladi. o‘quvchi ijrosi namunali ijro bilan taqqoslanib, yutuq va kamchiliklar tahlil qilinadi. Musiqa ta’limiga bunday yondashish bilim oluvchini o‘zbek xalq qo‘shiqchiligini o‘rgatish orqali o‘z ustida mustaqil ishlashga, o‘rganilayotgan asar yuzasidan mustaqil fikrlashga, musiqiy asar ijrosiga ijodiy yondashishga undaydi.




Download 330 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish