Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti


-chizma. “O`quvchilar nimani xohlashayotgani haqida o`ylang!” qoidasiga ko`ra stimullashtirish modeli



Download 79,62 Kb.
bet2/2
Sana31.10.2019
Hajmi79,62 Kb.
#24708
1   2
Bog'liq
“TARBIYASI QIYIN VA BO`SH O`ZLASHTIRUVCHI O`QUVCHILAR BILAN PEDAGOGIK FAOLIYAT OLIB BORISH METODIKASI”


2.1.-chizma. “O`quvchilar nimani xohlashayotgani haqida o`ylang!” qoidasiga ko`ra stimullashtirish modeli

Qoida: O`yinchoqlar dunyoni boshqaradi.

Napoleon shunday ta’kidlagan edi. SHu tariqa ish yuritib, u o`z soldatlarini turli xil unvonlar bilan taqdirlashda o`ta saxovatli edi. Aytishlaricha, Napoleon armiyasidagi barcha askarlarning ismini yoddan bilar ekan. Ofitserlar haqida gapirmasa ham bo`ladi. Bu o`rinda bir emas, ikkita “o`yinchoq” amaliyotda qo`llangan: biri - unvon bo`lsa, ikkinchisi – ismlarni yoddan bilish. Shunday qaraganda bu arzimas narsalar hech qanday ahamiyatga ega emasdek tuyuladi, ammo qanaqa samara berganini aytmaysizmi? “Kichkina insoniy zaifliklar” to`liq ekspluatatsiya qilinar edi: nazarga tushish, qadrlanish, bu shon-sharafni isbotlab turadigan nishonlarni taqish hammaga ham xush yoqadi. Buning ustiga agar armiya qo`mondoni sening ismingni bilsa va o`z isming bilan senga murojaat qilsa, ikki marotaba yoqimli.

“Odamlar bilan quriladigan munosabatlarda,- deb yozadi D.Karnegi,- shuni unutmangki, siz mantiqiy mushohada yuritadigan mavjudot bilan emas, balki hissiyotga berilgan, o`tmish sarqitlari bilan to`lgan, o`z xatti-xarakatlarida kibr va manmanlikka berilgan mavjudot bilan muloqotda bo`lasiz”. Pedagoglar aynan shunday kamchiliklardan yosh bolalar ham aziyat chekishlarini bilishlari kerak. Katta kishida odatga aylanib qolgan barcha salbi y xususiyatlar eng avval bolada shakllangan. SHuning uchun ham bolani qanday bo`lsa, shundayligicha qabul qiling, sarobning ketidan quvmang, o`zingiz istagan narsaga emas, haqiqiy mavjud narsaga tayaning. O`quvchi xulq-atvorini majburan o`zgartirishga emas, balki uni tushunishga o`rganing. O`z-o`zimizga: Nega u shunday qilyapti? Muayyan holatlarda u qanday yo`l tutadi? Nega u boshqacha yo`l tuta olmaydi? kabi savolarni berib, ularga javob izlab ko`rsak, bu ularni tergab, niqtab turgandan ko`ra qiziqarliroq bo`ladi hamda bizda hamdardlik ko`rsata olish, sabr-toqatli bo`lish, oq ko`ngillik tuyg`ulari paydo bo`ladi.

Ongimizda mavjud bo`lgan “yashirin prujinalar” haqida bilib olsak, ularga ta’sir o`tkazib, kishini faol, kuchga to`lgan va harakat qilishga ishtiyoqi baland bo`lgan holatga keltirish mumkin. Avvalo, insonning tabiatan ko`pqirrali ekanligini hisobga olgan holda har doim ham bitta kuchli stimuldan ko`ra, bir nechta kuchsiz stimullarni qo`llagan afzalroq. Shunday yo`l tutganda ulardan birontasi, albatta ish beradi. Agar bitta kuchli stimulni qo`llab, unga hamma narsani tiksak, u nishonga tegmasligi mumkin. Shunday uncha kuchli bo`lmagan stimullar quyidagilar:



Kishining “o`z-o`zini yaxshi ko`rishi”ga murojaat qiling. Psixologlarning ta’kidlashicha, bir umr omadsiz bo`lib yashashga ko`nikadigan odam yo`q, sog`lom fikrlay oladigan har bir kishi o`z hayotini biroz bo`lsa-da yaxshilashga intiladi. Boladagi bu intilishni rag`batlantirish va faollashtirish orqali uni o`z-o`zini yaxshi ko`rishga undash mumkin. Istalgan o`quvchi ayni paytda etarli darajada tayyorlanmayotganligini, yana-da yaxshiroq o`zlashtirishga harakat qilishi mumkinligini tushunadi. Xo`sh, unga nima etishmaydi? Birgina tushunishining o`zi kifoya qilmaydi, unga turtki kerak bo`ladi. O`quvchining ichida bor bo`lgan intilishga tayanib, shunday turtkini o`qituvchi beradi. Pedagogik adabiyotlarda o`quvchini faoliyatga undaydigan ko`pgina ana shunday usullar bayon qilingan. Qo`llaniladigan stimullarning ko`pchiligi situatsion xususiyatga ega bo`lib, ular o`quvchi shaxsiga tayanadi. Ammo o`quvchidagi o`z-o`zini yaxshi ko`rish xususiyati e’tibordan chetda qoladi. Shuni ham qo`shib, o`quvchini beixtiyor “Men ham boshqalardan kam emasman!” deyishga majbur qiling.

Shunday qilingki, o`quvchi uning uchun g`amxo`rlik qilayotganligingizni sezsin va sizga ishonsin. SHunda suhbat o`zaro ishonch ruhida o`tishiga imkon tug`iladi: “Azizbek, sening o`z oldingdagi, ota-onang va davlat oldidagi eng muqaddas burching – yaxshi o`qishdir. Hamma ham donishmand bo`la olmaydi, lekin astoydil mehnat qilishing mumkin va lozim. Sendan imkoni bo`lmagan narsani hech kim talab qilmaydi. Boshqalarning natijalari senikidan yaxshiroq bo`lganligi uchun uyalishing yoki xafa bo`lishing kerak emas. Faqatgina bor kuching bilan harakat qilishing kerak bo`ladi. Shunda sen, albatta, muvaffaqiyatga erishasan”.



YUtuqlarini ko`rsating. Shubhasiz, tashkil etiladigan o`quv mehnati muvaffaqiyati uchun o`z o`quv-biluv taraqqiyoti to`g`risida (boshqalarga nisbatlangan holda) tasavvurlarining mavjudligi muhim ahamiyatga ega. Buning uchun ochiq reyting yoki V.Shatalov tajribasidan olingan “ochiq istiqbollar tizimi” eng yaxshi vosita bo`lib xizmat qiladi. Bu usulni qo`llaydigan pedagoglar o`quvchilarning o`qish sur’ati ancha oshganlgini kuzatganlar. Bu erda hech qanday yashirin sir yo`q – aksariyat odamlar o`zlari haqida iliq gaplarni eshitishni yoqtiradilar: bir muddat ana shunday yoqimli so`z, “o`zlashtirish ekrani”, xalqchil reyting o`z-o`ziga ishonch va o`zidan qoniqish hissini kuchaytiradi.

Tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, o`qituvchining rag`batlantirishi, maqtovi o`quvchi uchun qancha muhim bo`lsa, undan keladigan teskari aloqa, ijobiy ma’nodagi madad, qo`llab-quvvatlash undan ham muhimroqdir.

O`quv-biluv faoliyatiga jalb etilgan o`quvchilar uchun har bir muayyan holatda ular qaysi bosqichda turganliklari, qanchalik ilgari siljiganliklarini bilish juda zarurdir. Istalgan shakldagi teskari aloqa o`quvchilarga o`z vaqtida etkazilishi kerak. Masalan, chorshanba kuni nazorat ishi yoki konkurs o`tkazilgan bo`lsa, payshanba kuni uning natijalari e’lon qilinishi kerak. Bir oydan so`ng o`quvchilarni natijalardan boxabar qilish mutlaqo foydasizdir.

O`zaro raqobatni ehtiyotkorlik bilan boshqarib boring. Inson – har doim raqobat bilan yashaydigan mavjudot, bu haqiqatdan ko`z yumib bo`lmaydi. Zamon kishidan toblangan bo`lishni, raqiblar bilan kurashga bardosh bera oladigan bo`lishni talab etadi. Maktab o`zaro raqobatni rag`batlantirish kerakmi va qay darajada rag`batlantirish kerak?- degan savolga qat’iy javob topilganicha yo`q. Ammo chet el, ayniqsa, Amerika maktab ta’limi tajribasida o`zaro raqobatni rag`batlantirish kerak deb hisoblashadi va undan faol xatti-harakatga chorlovchi stimul sifatida foydalanishadi. Maktabda o`zaro raqobat metodidan foydalanish bo`lajak hayotiy vaziyatlarni engib o`tishnigina emas, balki mag`lubiyatni ham mag`rur qarshi olish, yutuqlardan shodlana olish sifatlarini shakllantirishga yordam beradi.

Bu stimulni qo`llashga chog`langan pedagog hamma narsani obdon taroziga solib ko`rishi kerak bo`ladi. Mag`lubiyatga uchraganlar samarasiz holatga tushib qolishi va ularning obro`-e’tibori pasayishi mumkin. Ularda ishonchsizlik, yo`l topolmay qolish, o`zining imkoniyatlariga nisbatan shubha lanish hissi, alohida mushkul holatlarda esa, hatto, vayrona hissiy holat – stress holati yuz berishi mumkin.



Shuning uchun ham o`quvchilar orasidagi o`zaro raqobat sport musobaqalaridagi raqobatga o`xshasin – bunda kimdir g`olib bo`lsa, kimdir mag`lub bo`ladi, ammo ishqibozlik so`nmaydi. Mayli, shunday qilingki, musobaqada ishtirok etayotgan guruhlarning g`alabaga erishish imkoniyatlari bir xil bo`lsin. Agar musobaqa jarayonida ishtirokchilardan birortasining me’yoridan ortiqcha hissiy zo`riqishi kuzatilsa, uni ustalik bilan keyingi jarayonlarda ishtirok etishdan ozod qilib, masalan, uni orbitr yoki topshiriqlarni, shart-sharoitlarni hozirlashda mas’ul etib qo`yish mumkin.

O`quvchini maqtang. Bir bir qarashda oddiy stimulga o`xshab ko`rinsa-da, aslida uni qo`llab, muvaffaqiyatga erishish uchun quyidagilarni e’tiborga olish kerak bo`ladi:

  • Maqtov tasodifiy, vaziyatli bo`lishi kerak, uni oldindan rejalashtirib yoki jadval asosida tayinlab bo`lmaydi.

  • Uncha ko`ngildagidek bajarilmagan, ayniqsa, yomon bajarilgan ishni ko`kka ko`tarib maqtamang.

  • Maqtov ochiq va aniq yo`naltirilgan bo`lishi kerak. Minnatdorchilik qabul qilish har doim kishi uchun yoqimli, ammo umumiy, aniq shaxsga yo`naltirilmagan qolip-andaza shakldagi yuzlab minnatdorchilik bildirilganda ham, baribir ataylab, aniq bir kishi uchun qo`lda yozilgan bir og`iz iliq so`zning o`rnini bosa olmaydi. Aynan, qaysi ishi uchun “rahmat” aytayotganligingizni, aynan qaysi xatti-harakati sizga ma’qul bo`lganligini aniq ko`rsating.

  • Shunday maqtangki, maqtovingiz chin dildan va ishonchli bo`lsin. Bu o`rinda mimika va qo`l harakatlari ifodasidan o`rinli va mohirona foydalanish juda muhimdir. Agar o`qituvchi yozilgan insho unga ma’qul bo`lganligini aytsayu, qosh-qovog`i uyulgan, xo`mraygan bo`lsa, o`quvchi uning gapiga ishonmaydi.

Ko`ngliga tegmasdan tanqid qiling. Psixolog Yu.Krasovskiy tanqid ilmiy asoslangan, zamonaviy fan yutuqlari bilan qurollangan holda, savodli bo`lishi kerakligini ta’kidlaydi:

  • tetiklashtiruvchi tanqid (“Hechqisi yo`q. Kelgusi safar yaxshiroq bajarasan. Hozir esa uncha o`xshamadi.);

  • gina-tanqid (“Bu nimasi? Axir men senga ishongan edim”.);

  • analogiya-tanqid5 (“Sendek bo`lganimda men ham xuddi shunday xatoga yo`l qo`ygan edim. O`shanda o`qituvchimdan rosa baloga qolgan edim”.);

  • umidli tanqid (“Umid qilamanki, yanagi safar vazifani yaxshiroq bajarasan”.);

  • shaxsi noma’lum tanqid (“Sinfimizda o`z vazifasini uddalay olmayotganlar ham bor, lekin ularning ismi-sharifini aytmaymiz”.);

  • tashvishli-tanqid (“Men sodir bo`lgan, ayniqsa, ..., ... o`quvchilarimizdagi bu holatdan tashvishdaman”.);

  • hamdardlik ohangidagi tanqid (“Men sening holatingni yaxshi tushunaman, ammo sen ham mening ahvolimni tushunishing kerak. Axir topshiriq bajarilmagan...);

  • kinoyali tanqid (“bajardik, bajardik, axiyri bajarib bo`ldik. Ishmisan – ish. Faqat endi odamlarning ko`ziga qanday qaraymiz?!);

  • shama’-tanqid (“Men xuddi senga o`xshab yo`l tutgan bir kishini bilar edim. Keyin unga juda yomon bo`ldi...);

  • yumshatuvchi tanqid (“Balki shunday bo`lishiga faqat sen aybdor emasdirsan”.);

  • tanqid-nadomat (“Nega buncha betartib bajarding? Nega vaqitida bajarmading?);

  • tanqid-tanbeh (“Aytganday bajarmabsan. YAnagi safar yaxshiroq bajarishga harakat qil”.);

  • tanqid-talab (“Ishni qayta bajarishingga to`g`ri keladi”.);

  • konstruktiv tanqid (“Topshiriq noto`g`ri bajarilgan. Endi nima qilmoqchisan”.);

  • tahlikali tanqid (“Men yanagi safar ham topshiriq shunday bajarilishi mumkinligidan tahlikadaman”.).

O`zaro kelishuvli shartnomaga o`ting. Stimullashtirishning bu ko`rinishi keyingi yillarda g`arb mamlakatlari ta’lim tizimida qo`llanilmoqda. O`quvchining ishbilarmonlik xususiyatiga qarab, o`qituvchi ishchi shartnoma tuzishni taklif etadi. O`quvchi berilgan topshiriqni talab darajasida bajarish majburiyatini, o`qituvchi esa bajarilgan topshiriqni o`z vaqtida va xolis baholash vazifasini o`z zimmasiga oladi. Agar o`quvchi topshiriqni belgilangan talabdan yuqori darajada bajargan bo`lsa ham yoki o`qituvchi nisbatan yuqori baho qo`yganda ham shartnoma buzilgan hisoblanadi.

Noan’anaviy echimlarni izlang. Albatta, sinab ko`rilgan qoidalar asosida ish ko`rish ma’qulroq. Ammo yangi qoidalarni ham kimdir qo`llab, tekshirib ko`rishi kerak-ku. Juda ehtiyotkorlik bilan harakat qilib ko`ring.

O`quvchiga o`z sha’ni va obro`yini saqlab qolish uchun imkon bering. Maxsus psixologik tadqiqotlar mualliflari shuni e’tirof etishadiki, ziddiyatli holatlarning 100 dan 99 tasida qanchalik nohaq bo`lishmasin, odamlar baribir o`zini mutlaqo aybdor deb hisoblashmas ekanlar. Juda soz! Insonning aynan ana shu zaif tomonidan foydalanamiz. Mayli, o`quvchi o`ylasinki, uning yomon baho olishida faqat o`qituvchi aybdor. Mayli, usharoitning noqulayligi, omadsizlikni ro`kach qilib o`zini oqlasin, uning xayollarini buzishga shoshilmaylik. Unga o`z sha’nini saqlab qolish uchun imkon beraylik.

O`quvchilaringizni yaxshi nom chiqarishga o`rgating. Yahudiylarning oilasidagi bola tarbiyasidagi o`ziga xoslik shundan iboratki, ular bolalarining juda kichkina yutug`ini ham e’tiborsiz qoldirishmaydi. Uni albatta, ta’kidlab, e’tirof etishadi. Shuningdek, na ona va na ota o`z bolasini hech qachon dangasa, qobiliyatsiz deb aytishmaydi. Ular hech tortinmay va har doim o`z bolalarini maqtashadi, shu yo`l bilan bolaga o`z idealiga qarab intilish uchun yo`l ochib berishadi. Yahudiylarning maktablarida pedagoglar o`quvchilarini yaxshi nom chiqarishlari uchun imkoniyat yaratib berishadiki, o`quvchilar bu ishonchni oqlashga harakat qiladilar. Yahudiylar ta’lim-tarbiyasining ko`p hollarda muvaffaqiyatga olib boruvchi siri ham balki shunda bo`lsa kerak.

Bizning hozirgi zamon maktablarida qo`llaniladigan rag`batlantirish ko`pincha hissiy ifodaviylikka ega emas, quruq va formal xarakterga ega bo`ladi. O`quvchida shunday taassurot uyg`otingki, siz tuzatilgan holda ko`rishni istagan xatoni tuzatish u qadar qiyin emas: shunday qilish kerakki, siz o`quvchilaringizni bajarishga chorlayotgan vazifalar ular uchun qiyinchilik tug`dirmaydigandek tuyulsin. Ular o`z kuchlariga ishonsinlar, siz taklif etadigan barcha topshiriqlarni xursand bo`lib bajarsinlar.



Ularga turli xil unvonlar, darajalar, mas’ullik vazifalarini topshirishda ziqnalik qilmang. Ularning ba’zilari sizning e’tiboringizni qutib turadi va buning uchun hamma narsaga tayyor bo`lishadi.

O`qituvchilarni stimullashtirish: O`quvchilarni stimullashtirish uchun qanchalik ko`p imkoniyatlaringiz borligini ko`rsatib turuvchi ko`rgazmali sxema tayyorlang. (2.2.-chizma.)

2.2.-chizma. “O`yinchoqlar dunyoni boshqaradi!” qoidasiga ko`ra stimullashtirish modeli.



3. Tarbiyasi qiyin va bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilar o`quv-biluv faoliyati darajalarini tashxislash

Tashxis va tashxislashning o`zaro farqini ajratmoqchi bo`lsak, diagnostika bu umumiy yonlashuv bo`lsa, tashhislash bu pedagogik faoliyatning amaliy jarayoni ekanligini anglashimiz lozim bo`ladi. Demak, diagnostika – bu didaktik jarayonlar kechishining barcha shart-sharoitlarini oydinlashtirish va uning natijalarini xatosiz aniqlash demakdir. Tashxislovchi tahlillarsiz didaktik jarayonlar kechishining yuqori samaradorligiga erishib bo`lmaydi.

Tashxislash ikki yo`nalishda olib boriladi: 1) o`zlashtirganlik, ya’ni oqibatlar va erishilgan natijalarni tashhislash; 2) bilish imkoniyatlarini tashhislash. O`zlashtirganlik, shuningdek, tashhislash jarayonida belgilangan maqsadni amalga oshirish darajasi sifatida ham qaraladi. Didaktik tashxislashning maqsadi o`quv jarayonini, uning samaradorligi bilan bog`liq holda, tahlil qilish, baholash va o`z vaqtida aniqlashdir.

Ko`rib turibmizki, o`quvchilar bilim va ko`nikmalarini an’anaviy baholashdan ko`ra diagnostika qilishning mohiyati kengroq. Bilim-malakalarni tekshirish shunchaki natijalarni ko`rsatadi, xolos, ularning kelib chiqish sabablarini ko`rsatmaydi. Tashxislash natijalarni unga erishish yo`llari va vositalari bilan bog`liq holda ko`rib chiqadi, ta’lim mahsuli shakllanishining kechishi va dinamikasini aniqlaydi. Tashxislash o`zida nazorat, tekshirish, baholash, jarayonning kechishi va dinamikasini aniqlash hamda keyingi voqealar rivojini prognoz qilish kabilarni mujassamlashtiradi. Tashxislashda o`quvchilar bilimini nazorat qilish, baholash ushbu jarayonning muhim tarkibiy qism sifatida amalga oshiriladi. Bu pedagogik texnologiyalarning juda qadimiy komponentlari sanaladi. Nazorat va baholash insoniyat taraqqiyotining dastlabki bosqichida paydo bo`lganligi sababli maktablarning yo`ldoshi sifatida uning butun rivojlanish jarayonida hamrohlik qilib kelmoqda. Shunga qaramay hozirgacha bilimlarni baholashning mohiyati va uning texnologiyasi haqida qizg`in bahslar davom etmoqda. Yuz oldin bo`lgani singari hazir ham olimlar baho nimani ko`rsatishi kerak: ta’lim sifatining indikatori bo`lishi kerakmi yoki, aksincha, muayyan ta’lim tizimi kamchiliklari yoki yutuqlarini belgilab beradigan ko`rsatgich bo`lishi kerakmi, degan savollar ustida tortishuvlar olib boryaptilar. Hatto Ya.A.Komenskiy o`zi yashagan davrda maktab bahosining ziddiyatli xususiyatlarini ta’kidlab, o`z hamkasblariga ularga berilgan baholash huquqidan oqilona va taroziga solib ko`rib foydalanishlarini maslahat beradi. Bilimlarni nazorat qilishdagi xolislikni pedagoglarni o`z o`quvchilariga nisbatan insonparvar munosabati bilan bog`langan holda amalga oshirish talab barcha didaktik tizimlarga singdirilgan.

K.D.Ushinskiy ham o`zi yashagan davridagi nazorat shakllarni qattiq tanqid qiladi. Ularga ta’rif berar ekan, eng avvalo bu nazorat turlarining o`quvchilar aqliy faoliyatiga bosim o`tkazuvchilik va uni tormozlab qo`yish xususiyatini qoralaydi. Odatda, o`qituvchi bir yoki bir nechta o`quvchidan so`raydi, qolganlari esa bu vaqtda bo`sh qolishadi. Ular vaqtlarini behudaga ketkazib, hayajon bilan o`z navbatlarini kutib turish jarayonida kuchlarini yo`qotishadi. Tabiiyki, bunday sharoitda o`quvchi qiziquvchanlik va tashabbuskorlikni namoyon etish imkoniga ega bo`lmaydi.

Yangi demokratik maktabda soxta nazorat bo`lmasligi kerak. Didaktik nazorat o`ziga xos ta’lim metodi sifatida yorqin ifodalangan ta’limiy va rivojlantiruvchi yo`nalishga ega bo`lishi, o`z-o`zini nazorat qilish bilan birlashtirilishi va eng avvvalo o`quvchining o`zi uchun zarur va foydali bo`lishi kerak.

Maktab nazoratiga yangicha yondashuv borasida o`tmishda amalga oshirilgan barcha urinishlar samarasiz bo`lib qoldi. Chunki ular faqat bir masala – maktablarda baho va nazoratni qoldirish yoki nazoratdan voz kechish muammosi yuzasidan olib borilgan edi. 1918 yilning may oyida Xalq Komssariyati tomonidan “Bahoni bekor qilish to`g`risida”gi qaror qabul qilinib, baho bilan birgalikda imtihonlar ham bekor qlingan, o`quvchilar o`zlashtirishini nazorat qilish va hisobga olishning ancha sodda ko`rinishlari joriy etilgan edi. Shu maqsadga hisobga olib borishda alohida daftarlar yuritilib, a’lochi va bilimi past o`quvchilarning ismi-familiyasi “qizil” va “qora” doskalarga yozib qo`yilar edi, shuningdek, “sotsialistik musobaqa” va shu kabilar joriy etilgan edi. Ammo baholarsiz (deyarli nazoratsiz) ta’lim hech qanday natija bermadi va bera olmas ham edi. Ma’lum bo`ldiki, “bilimlarni o`zlashtirishning quvonchlik istiqboli”, shuningdek, “tabiatan insonga berilgan biliga intilish xususiyati” ham o`quvchining o`quv-biluv faoliyatida asosiy stimul vazifasini bajara olmaydi.

Maktab hayotini demokratlashtirish bilim va ko`nikmalarni nazorat qilish va baholashdan emas, balki baho yordamida o`quvchini o`qishga rag`batlantirishning mashaqqatli shaklidan voz kechishni talab qiladi. O`quvchi o`quv-biluv faoliyatini stimullashtirishning yangi usullarini qidirish, ta’lim va tarbiya jarayonida kuchayib borayotgan shaxsiy manfaatdorlik printsipi boshqacha yondashuvlarni talab etadi. Tashhislash tizimida baho o`quv-biluv faoliyatini stimullashtirish vositasi sifatida yangicha mazmun kasb etadi. Eng avvalo, tashhislash natijalari, unda baho tahlili (ballar) mavjudligi sababli shaxsning o`z imkoniyatlarini anglashiga yordam beradi. Bu esa o`zaro raqobatchilik jamiyati sharoitida muhim rag`batlantiruvchi omil bo`lib hisoblanadi. Ta’limning ixtiyoriylik printsipi bilan muvofiqlashtirilgan holda baho, o`tmishda o`quvchilar yoqtirmaydigan, ularni majburlaydigan narsa bo`lgan bo`lsa, endilikda o`quvchi shaxsiy reytingini belgilaydigan, taraqqiy etgan jamiyatda insonning ahamiyati, qadr-qimmatini belgilaydigan vositaga aylanadi.

O`quvchilar o`zlashtirishini tashxislash va nazorat qilishning muhim printsiplari - ob’ektivlik, tizimlilik va ochiqlik bo`lib hisoblanadi.

Ob’ektivlik printsipi tashxislash testlari (savollari, topshiriqlari), tashxislash protseduralarining ilmiy asoslanganligi, o`qituvchining barcha o`quvchilarga nisbatan do`stona munosabatda bo`lishi, bilim va ko`nikmalarni baholashning aniq va mos mezonlarini ishlab chiqishini nazarda tutadi.

Tizimlilik printsipi didaktik jarayonning barcha bosqichlarida – bilmlarni dastlabki idrok etishdan tortib, to ularni amalda qo`llashgacha diagnostik nazorat o`tkazish zarurligini talab etadi. Tizimlilik printsipi yana shuni nazarda tutadiki, muntazam tashxislashda ta’lim muassasasida bo`lgan dastlabki kunidan to oxirgi kunigacha barcha ta’lim oluvchilar to`la jalb etiladi. Maktab nazoratini shunday oraliqda tashkil etish kerakki, o`quvchilar bilishi va bajara olishi kerak bo`lgan barcha bilim va ko`nikmalarni tekshirish ishonchliligi yuqori bo`lsin. Shuningdek, tizimlilik printsipi tashhislash jarayonini kompleks tashkil etishni talab etadi. Bunda nazorat, tekshirish va baholashning barcha shakl, vosita va metodlari o`zaro aloqadorlikda hamda birgalikda , yagona maqsadga bo`ynsundirilgan holda olib boriladi. Bunday yondashuv tashxislashning alohida metod va vositalari universalligini rad etadi.

Ochiqlik printsipi avvalo barcha ta’lim oluvchilarning hammasi uchun bir xil mezonlar bo`yicha ochiq sinovlar o`tkazishni nazarda tutadi. Har bir o`quvchining tashhislash jarayonida aniqlangan reytingi ochiq ko`rganzmali va taqqoslovchanlik xarakterida bo`ladi. Ochiqlik printsipi baholarni e’lon qilish va motivlashtirishni ham talab etadi. Baho – bu o`quvchilar uchun shunday yo`nalishki, unga qarab o`quvchilar bahoga qo`yiladigan talablar etaloni haqida ma’lumotga ega bo`ladilar. Bu printsipning yana bir asosiy sharti tashhislash jarayonidagi uzilishlar va ularning natijalarini e’lon qilish, tegishli kishilar bilan birgalikda ularni muhokama va tahlil qilish, bunday uzilishlarni bartaraf etishning istiqbolli rejalarini tuzishdir.

Bilim va ko`nikmalarni tashhislash, nazorat qilish, tekshirish va baholash shunday mantiqiy izchillikda olib borilishi kerakki, ularni o`rganish ham shunday izchil tashkil etilishi kerak.

Tekshirish tizimining birinchi zvenosi bu o`quvchilar bilim darajasini dastlabki nazorat bo`lib hisoblanadi. Qoidaga ko`ra dastlabki tashhislash o`quv yili boshida o`quvchilarning kurs bo`yicha o`tgan o`quv yilida o`zlashtirgan bilimlarining muhim bog`lanishlarini aniqlash maqsadida o`tkaziladi. Dastlabki nazorat bilim va ko`nikmalardagi kemtikliklarni kompensatsiyalovchi (qayta tiklovchi) ta’lim bilan moslashtirilgan holda olib boriladi. Shunday tekshirishni faqat o`quv yili boshida emas, balki o`quv yili o`rtasida, kursning yangi bo`limini boshlashdan oldin ham o`tkazish mukin va o`rinli.

Tekshirishning ikkinchi zvenosi har bir o`rganiladigan mavzuni o`zlashtirish jarayonida bilimlarni joriy tekshirish bo`lib hisoblanadi. Garchand bu nazorat darsdan-darsga amalga oshirilsa ham, o`quv dasturining ayrim elementlarini o`zlashtirishni tashhislash imkonini beradi. Joriy nazoratning bosh vazifasi – o`rgatuvchilik vazifasi bo`lib hisoblanadi. Bu nazoratning shakl va metodlari turlicha bo`lishi mumkin. Ular o`quv materiali mazmuni, uning murakkabligi, ta’lim oluvchilarning yoshi va tayyorgarlik darajasi, ta’lim maqsadi va darajasi, mavjud shart-sharoitlar singari omillarga bog`liq.

Bilim va ko`nikmalarni tekshirishning uchinchi zvenosi takroriy nazorat bo`lib, u ham joriy nazorat singari mavzulashtirilgan bo`lishi kerak. Yangi o`quv materialini o`zlashtirish jarayoni bilan yonma-yon ravishda o`quvchilar oldin o`tilganini ham takrorlab boradilar. Takroriy nazorat bilimlarni mustahkamlashga qaratilgan bo`lib, o`quv mehnati dinamikasini xarakterlash va o`zlashtirilgan bilimlarning ishonchlilik darajasini aniqlash imkonini bermaydi. Bu nazorat turi tashhislashning boshqa turi va metodlari bilan birgalikda olib borilganda qo`shimcha samaradolrligi oshishi mumkin.

Tizimning to`rtinchi zvenosi – bu o`quvchilarni to`liq bir bo`lim yoki kursning bir nechta mavzulari bo`yicha egallagan bilim va ko`nikmalarini aniqlashga qaratilgan oraliq nazoratdir. Bu nazoratning maqsadi - kursning turli qismlari orasidagi bog`liqliklarni o`quvchilar tomonidan o`zlashtirish sifatini tashhislash bo`lib hisoblanadi. Oraliq nazoratning bosh vazifasi – tizimlashtirish va umumlashtirish bo`lib hisoblanadi.

Nazoratni tashkil etishdagi beshinchi zveno – bu yakuniy nazorat, ya’ni butun didaktik jarayon bosqichlari davomida o`quvchilar tomonidan egallangan bilim, ko`nikmalarni hisobga olishga mo`ljallangan nazoratdir. O`zlashtirishni aniqlashning yakuniy nazorati har chorak yakunida va o`quv yili yakunida o`tkaziladi.

O`qituvchi bahoni e’lon qilayotgan vaqtda har doim uni mavjud mezonlar va mantiqqa tayangan holda asoslab berishi lozim. Tajribali o`qituvchilar buni yaxshi bilishadi va e’lon qilinayotgan baholarni izohlab, o`quvchilarbilin yuz berishi mumkin bo`lgan ziddiyatlarning oldini olishga harakat qiladilar.

O`qituvchilarning baholash jarayonidagi sub’ektivliklari turli xil bo`lishi mumkin. Tajribalarning birida o`qituvchilarga baholash uchun o`quvchilarning “shaxsiy hujjat” lari berildi. Shunga ko`ra ular o`quvchining aqliy rivojlanish darajasi, ota-onalarning maktabga munosabati, shuningdek, o`quvchining kelajakdagi rejalarini aniqlash kerak edi. Gap shundaki, barcha ekspertlarga bir xil “shaxsiy hujjat” berilib, faqat turli xil ko`rinishdagi (jozibali, uncha ko`zga yaqin bo`lmagan va sh.k.) rasmlar yopishtirilgan edi. Ayon bo`ldiki, rasmda o`ziga tortadigan, jozibali o`quvchilarga o`qituvchilar aqliy darajasiga ham, sinfdoshlar orasidagi mavqeiga ham yuqori baho berganlar.

Yana shunisi qiziqki, oldinda o`tiradigan bolalarga ham o`qituvchilar beixtiyor diqqatni ko`proq qaratar ekanlar va ularga yuqori baho qo`yishga ko`proq moyil bo`larkanlar. O`qituvchining sub’ektiv moyilliklariga ko`p narsa bog`liq bo`ladi. Ma’lum bo`lishicha, chiroyli yozadigan o`qituvchilar “kalligrafist”, ya’ni husnixati chiroyli bo`lgan o`quvchilarga e’tiborliroq bo`larkanlar. Chiroyli tallaffuzga nisbatan sezgir bo`lgan o`qituvchilar nutqida kamchiligi bo`lgan bolalarni, ko`pincha, nohaq jazolar ekanlar.

Baholashga nisbatan subyektiv munosabatning yana bir sababi baho mezonlarining atroflicha ishlab chiqilmagani bilan izohlanadi.

Aynan ana shu pedagogik subyektivizmning mavjudligi tufayli bugungi kunda bolalar nazoratning o`qituvchi ishtiroki minimal darajaga tushirilgan kompyuter yoki test turlarini ma’qul ko`rmoqdalar.

O`qituvchi ongli ravishda o`quvchi tomonidan bajarilgan topshiriqning aniq va xolis baholashga harakat qilishi kerak. Bundan taqari har safar o`quvchilarga qanaqa va nima uchun baho qo`yayotganligini o`qituvchi tushuntirishi kerak bo`ladi.

Demak, aytish mumkinki, o`quvchilar bilim va ko`nikmalarni to`g`ri va obyektiv tashxislash to`liq o`zlashtirish tizimini amalga oshirishning asosiy shartlaridan biri bo`lib hisoblanadi.



Xulosa

Vatanimiz kelajagi, xalqimizning ertangi



kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi

obro`-e’tibori avvaloambor farzandlarimizning

unib-o`sib, ulg`ayib, qanday inson bo`lib hayotga kirib

borishiga bog`liqdir.Biz bunday o`tkir haqiqatni hech

qachon unutmasligimiz kerak”.

I.A.Karimov.

Mamlakatimiz Prezideniti tomonidan aytilgan bu purhikmat so`zlar yosh avlod tarbiyasiga, ularning kelajakda bilimli, ma’rifatli va asosiysi, jamiyat taraqqiyotiga o`z hissasini qo`sha oladigan kadr qilib shakllantirishga jiddiy e’tibor bilan qarashni talab etadi.

1. O`quvchilarning o`quv materialini o`zlashtirish jarayoni murakkab psixik jarayonlar bilan bog`liq bo`lib, u o`quv-biluv faoliyati orqali amalga oshiriladi.

2. O`quv faoliyati yoki o`quv mehnati boshlang`ich sinf o`quvchisi uchun yangi, shu bilan birga o`ta murakkab faoliyat turi bo`lib, u agar alohida g`amxo`rlik ko`rsatib, e’tibor berilmasa, sinfda tarbiyasi qiyin va bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilarning paydo bo`lishiga sabab bo`ladi.

3. Maktabga kelgan bola uchun o`quv materiali uning yangi faoliyati (o`quv-biluv faoliyati) ob’ekti hamda o`zlashtirish predmeti sanaladi.

4. O`quv materiali o`quvchi o`quv-biluv faoliyati ob’ekti, shuningdek, o`zlashtirish predmeti sifatida o`ziga xos tarkibiy qismlarga ega. O`quv materiali mazmunida o`zaro aloqador to`rt element amal qiladi: a) bilimlar; b) ko`nikma-malakalar; v) ijodiy faoliyat tajribasi; g) borliq hodisalariga munosabat.

5. Bilimlarni o`zlashtirish jarayoni murakkab psixik operatsiyalar bilan bog`liq. Ayniqsa, kichik maktab yoshi o`quvchilarining bilimlarni o`zlashtirish jarayonlari o`ziga xos nozik jihatlari bilan boshqa yosh davrlaridan farq qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI


  1. Каримов И.А. Юксак маънавият–енгилмас куч. –Т.: Маънавият, 2008.174 б

  2. Каримов И.А. Ўзбекистон XI асрга интилмоқда. –Т.:Ўзбекистон, 1999. 48б

  3. Ўзбекистон Республикасининг “Таълим тўғрисида”ги Қонуни.// Баркамол авлод – Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори. –Т.: 1997. – 20-29 бетлар.

  4. Ўзбекистон Республикасининг “Кадрлар тайёрлаш миллий дастури”.// –Т.: 1997. – 31-60 бетлар.

  5. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2004 йил 21майдаги “2004-2009 йилларда мактаб таълимини ривожлантириш Давлат умуммиллий дастури тўғрисида”ги Фармони// Маърифат. 2004 йил 22 май.

  6. Абдуллаева Қ., Сафарова Р., Бикбоева Н. Бошланғич таълим концепцияси// Бошланғич таълим, 6-сон. 1998. -2-9 бетлар.

  7. Адизов Б.Р. Бошланғич таълимни ижодий ташкил этишнинг назарий асослари. Докт. дисс. Тошкент, 2003. -320 б.

  8. Р.А.Мавлонова, Б.Нормуродова. “Тарбиявий ишлар методикаси”. –Т., 2007 йил.

  9. «Одоб – аҳлоқга оид ҳадис намуналари». Т., «Фан» 1970 йил.

  10. Н.И.Болдирев. «Синф раҳбари. Т., «Ўқитувчи» 1975 йил.

  11. Кайковус «Қобуснома» Т., «Ўқитувчи». 1986 йил.

  12. А.Ж.Жўраев. «Тарбиявий дарсларни ўтиш». Т., «Ўқитувчи» 1994 йил.

  13. З.Қўзиев. «Синф раҳбари ишини ташкил этиш ва режалаштириш». Т., 1997 йил.

1 Каримов И.А. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаёт – пировард мақсадимиз. –Т.: 2000, 34-бет.

2 Кармиов И.А. Баркамол авлод – Ўзбекистон келажагининг пойдевори. –Т.: Шарқ, 1997, 8-бет.

3 Дреер А. Преподавание в средней школе США. –М., 1986. –С. 54.

4 Шацкий С.Т. Изб. пед. соч. –М., 1962. –Т. 2. –С. 76.



5 Аналогия – ўхшаш, нусха деган маъноларни билдиради.

35
Download 79,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish