Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Mashinasozlik chizmachiligini fanini o' qitilishini sifat va samaradorligini oshirish.
Himoyaga olib chiqilayotgan asosiy holatlar. ajraladigan va ajralmaydigan birikmalar va ularni tasvirlash usullari bo'yicha grafik tafakurini rivojlantirish.
Muammoning o'rganilganlik darajasi - Mashinasozlik chizmachilik fani bo'yicha ajraladigan va ajralmaydigan birikmalar mavzusi bo'yicha o'quv qo'llanmalar yaratilganlardan Erkin Sobitov, A.Umronxo'jayev, Yusuf Qig'izboyev, Ziroat Inog'omova, S.K.Bogolyubov ajaraladigan va jaralmaydigan birikmalar bo'yicha o'z kitoblarida yozilgan. Texnikaviy chizmachiligidagi ajraladigan va ajralmaydigan birikmalarni tasvirlash usuli alohida o'rinni egallabgina qolmay undagi standart detallarni osonlashtirib tasvirlash va uni o'qishga undaydi.
Bajargan ishning asosiy natijalari. Ma'lumki chizmalarning standart belgilarini soddalashtirib o'quvchilarga mashinasozlik chizmachiligida ajraladigan va ajralmaydigan birikmalarni o'rgatish muammosini grafik usullar hamda ularni sxemali jadvalda ajratish orqali samaradorligiga oshirildi.
MBIning tuzulishi va hajmi. Bitiruv malakaviy ishida 2ta bobdan iborat kirish mavzuning dorzarbligi asosiy qismning birinchi bobida 4 ta paragraf ikkinchi bobida 4 ta pragrafdan iborat, umumiy xulosa, foydanilgan adabiyotlar ro'yxati 21 ta. Ishning hajmi 85 betdan iborat.
I BOB. AJRALADIGAN BIRIKMALAR.
MASHINASOZLIK CHIZMALARINING MAQSAD VA VAZIFALARI.
Har qanday ishlab chiqarish agregati detal, uzel va boshqa qismlarning birikmasidan iboratdir.
Asosiy ishlab chiqarish buyumlari ishlab chiqarish predmeti deyiladi. Unga odatda, korxona mahsulotining nomenklaturasida ko'rsatilgan narsalar, masalan, mashina, stanok, asbob-uskunalar kiradi (GOST 5290- 60). Yordamchi ishlab chiqarish buyumlariga asboblar, shtamplar (metall qoliplar), qirqish asboblari va shunga uxshash predmetlar kiradi. Buyumlarning tarkibiy qismlariga detallar, uzellar va gruppalar kiradi. Yig'ish operatsiyasi ishlatilmasdan tayyor qilingan buyum qismi detal deyiladi., Ma'lum vazifaga ega bo'lgan detal qismi masalan, paz, qovurg'a, rezba detaining e,lementi deyiladi. Buyumning ajralar yoki ajralmas tarkibiy qismlarining birikmasi uzel deyiladi. Uzelga detallar, boshqa uzellar va sotib olingan (boshqa korxonalarda tayyor qilingan) buyumlar kirishi mumkin.
Buyumlarning ajraladigan yoki ajralmaydigan tarkibiy birikmasi gruppa deyiladi, bu birikma uchun masalan, stanokning supporti, avtomobilning uzatmalar korobkasi va boshqalar uchun ishni mustaqil qilish foydalidir. Gruppalarga buyum tarkibiy qismlarining yig'indisini, boshqacha qilib aytganda, ma'lum umumiy ishni bajarish uchun belgilangan va o'zaro yoki buyumni yigish prosessida uning boshqa qismlari bilan birikkan tarkibiy birikmalarini, masalan, traktorning elektr asbob-uskunalarini kiritmoq; mumkin. Gruppalar o'zlarining tarkiblariga qarab oddiy va murakkab bo'ladi; keyingilarga boshqa uzellar yoki buyumlar kiradi.
Buyumlar o'zlarining tarkibiy qismlarining birikishiga qarab quyidagicha bo'lishlari mumkin:
tayyorlovchi zavodda yig'ilishi zarur bo'lgan ajralar yoki ajralmas qismlardan tuzilgan buyumlar, masalan, reduktor;
ekspluatatsiya kilishda uzaro mexanik elektr va, boshqa bog'lanish yo'li bilan o'zaro birikadigan buyumlar yoki ularning kismlari yigindisidan iborat bo'lgan ustanovka sistema yoki stantsiya, masalan, generator bilan birgalikda bo'lgan gidravlik turbina, avtomat telefon stantsiyasi va boshqalar;
ekspluatatsiya qilishda bevosita uzaro birikmaydigan, lekin ekspluatatsiya kilish vaqtida umumiy belgiga yoki boshqa alomatlarga ega bo'lgan komplekt, ya'ni buyumlarning qismlari tuplami, masalan, asboblar komplekti.
Buyumlar o'zlarining tarkibiy qismlariga qarab, murakkab va oddiy bo'ladilar, murakkab buyumlarga gruppalar yoki boshka buyumlar kiradi, oddiy buyumlarga esa gruppalar va boshqa buyumlar kirmaydi, ularga faqat sotib olingan buyumlar kiradi, xolos.
Ishlatilish soxasiga (vazifasiga) karab, chizmalar quyidagi turlarga bo'linadi (GOST 5291-60):
Asosiy ishlab chiqarish buyumlarining chizmalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |