Yordamchi ishlab chiqarish buyumlarining chizmalari (asosiy ishlab chiqarish buyumlarini tayyor kilish uchun belgilangan maxsus instrumentlarning, asboblarning chizmalari).
Texnologiya chizmalari, bu chizmalar buyum detallarini tayyor kilishda va ularni yigishda ayrim texnologiya operatsiyalarini kontrol qilish uchun belgilanadi (operatsiya chizmalari).
Ekspluatatsiya chizmalari, bu chizmalar buyumlarni va ularning qismlarini ekspluatatsiya qilish, tugrilash, sozlash, xizmat qilish buyicha tuzilgan qo'llanma va instruktsiyani izoqlab beradi.
Asosiy ishlab chiqarish yoki yordamchi ishlab chiqarish chizmalari o'zlarining mazmuniga qarab quyidagi turlarga bo'linadi:
, detal’ chizmalari, b) yig'ish chizmalari, v) umumiy (tashqi) ko'rinish chizmalari, g) gabarit chizmalar va d) montaj chizmalari.
Ayrim detallarni tasvirlash va ularni tayyor qilish hamda kontrol qilish uchun zarur bo'lgan narsalarni o'z ichiga oladigan chizmalar detal chizmalari deyiladi.
Buyumlarni, gruppalarni yoki uzellarni tasvirlash va ularni tayyor qilish (yig'ish) hamda kontrol qilish uchun zarur bo'lgan narsalarni o'z ichiga oladigan chizmalar yig'ish chizmalari deyiladi.
Buyumlarni, gruppalarni yoki uzellarni tasvirlash va ularning asosiy xaraktyeristikalarini o'z ichiga oladigan chizmalar umumiy ko'rinish chizmalari deyiladi.
Buyumlar konturini yoki oddiylashtirilgan tasvirini yoki gabarit o'lchamlari ko'rsatilgan tarkibiy qismlarining tasvirini o'z ichiga oladigan chizmalar gabarit chizmalari deyiladi.
Buyumlarning kontur yoki soddalashtirilgan tasvirini yoki ularning tarkibiy qismlarining tasvirini, shuningdek, ularni montaj qilinadigan joyda o'rnatish uchun zarur bo'lgan narsalarni o'z ichiga oladigan chizmalar montaj chizmalari deyiladi. Agar chizma buyumlar yoki ularning tarkibiy qismlari shartli ravishda tasvirlab yoki belgilab ko'rsatilgan bo'lsa, bunday chizma sxema deyiladi. Sxemalarning ayrim turlari (masalan, printsipial elektr sxemalar) chizmalarni tuldiruvchi mustakil texnik qujjatlar bulib xisoblanishi mumkin.
Bir xilda bo'lgan qator buyumlarni yoki ularning tarkibiy qismlarini tayyorlash va kontrol qilish uchun zarur bo'lgan narsalarni uz ichiga oladigan terma chizmalar jadval chizmalari deyiladi. Bunday chizmalarda o'zgaruvchan o'lchamlar harflar bilan belgilanadi, ularning son kattaligi jadvallarda ko'rsatiladi.
Chizma zagotovkasi blanka-chizma (yozuvsiz chizma) deyiladi, bu chizma bir xilda bo'lgan buyumlarning yoki ularning tarkibiy qismlarining doimiy dalillarini uz ichiga oladi, keyinchalik ularga tegishli joylarda o'zgaruvchan parametrlar (etishmaydigan o'lchamlar, sirtlarning tozaligini ko'rsatadigan belgilar, metall, ogirlik va boshqalar) ko'yib chiqiladi. Blanka chizma ish chizmalarning ishlab chshqarilishini tezlashtirish uchun xizmat qiladi.
Proektsiyalash stadiyasiga karab buyum chizmalari ikki asosiy kategoriyaga ya'ni loyhaviy chizmalarga va ish chizmalariga bo'linadi. Loyixaviy chizmalar esa o'z navbatida eskiz loyiha (E literali) chizmalariga va texnik loyiha (T literali) chizmalariga bo'linadi; eskiz loyiha chizmalari proektsiyalanuvchi buyumning tuzilishi va ishlash prinsipi to'g'risida umumiy tushunchalar beradi; texnik loyiha chizmalari asosan umumiy ko'rinishlardan va yig'ish chizmalaridan iborat bo'ladi, lekin yig'ish chizmalari shunday taxt qilinishi kerakki, u buyicha ish chizmalarni bajarish mumkin bo'lsin. Buyumni tayyor, qilish yoki remont va kontrol qilish uchun zarur bo'lgan hamma narsalarni texnik shartlar bilan birgalikda uz ichiga oladigan chizmalar ish chizmalari deyiladi. Ish chizmalar: a) syeriyalab yoki ommaviy ishlab chiqarish chizmalariga, b) yakka tartibda (I literali) ishlab chiqarish chizmalariga va v) remont lish (R literali) chizmalarga bo'linadi. Buyumning tuzilishiga yoki texnologiya jihatidan ishlanishiga va ishlab chiqarishning o'zlashtirilishi stadiyasiga qarab, syeriyalab yoki ommaviy ishlab chiqarish chizmalari quyidagi turlarga, ya'ni: tajriba kilib ko'riladigan namunalarning chizmalariga, tajriba qilib ko'riladigan syeriyalarning chizmalariga, ko'rsatma beradigan syeriyaning (L literali) chizmalariga va joriy qilingan syeriyalab yoki ommaviy ishlab chiqarish (B literali) chizmalariga bo'linadi.
Bajarilishiga qarab barcha mashinasozlik chizmalari quyidagi turlarga bo'linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |