O’zbekiston iqlimi.
O’zbekiston hududi serquyoshligi, iqlimining kontinentalligi, qurg`oqchilligi bilan ajralib turadi. Uning shimoliy qismi (Ustyurt) mo’’tadil, qolgan asosiy qismi esa subtropik iqlim xususiyatlari mavjud bo’lgan Turon iqlimi o’lkasida joylashgan. Mo’’tadil mintaqada joylashgan qismi-Ustyurt uchun qurg`oqchilligi, qishining uzoq davom etishi, sovuqligi, yog`in-sochinning fasllar bo’yicha deyarli bir xil taqsimlanganligi, subtropik mintaqada joylashgan qismi esa yozining quruqligi, issiqligi, qishining esa qisqa, nisbatan iliqligi bilan ajralib turadi.
O’zbekistonning yuqorida qayd etilgan iqlimi va uning xususiyatlari quyidagi omillar ta’sirida vujudga kelgan: joyning geografik o’rni va Quyosh radiastiyasi, havo massalarining harakati, joyning relef tuzilishi, er yuzasining holati va insoning xo’jalik faoliyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |