Buxoro davlat universiteti «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» fani bo’yicha ma’ruza matni



Download 1,51 Mb.
bet57/144
Sana12.01.2022
Hajmi1,51 Mb.
#336771
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   144
Bog'liq
Buxoro davlat universiteti «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» fan (1)

O’zbekiston tuproqlari.
Respublikamizda shimoldan janubga va tekislik qismidan tog` oldi qiya tekisliklari, tog`larga tomon tabiat o’zgarib, kenglik zonalari va balandlik mintaqalarini hosil qiladi. Har bir zona va mintaqada ro’y beradigan tabiiy geografik jarayonlar bir-biridan albatta farq qiladi. Binobarin, o’ziga xos tuproqlar qoplami shakllanadi.

O’zbekiston tabiatining murakkabligi-relyefi, tog` jinslari, iqlim, gidrologik va gidrogeologik sharoitlarining xilma-xilligi respublikamizda turli xil tuproqlarning vujudga kelishiga sabab bo’lgan.

O’zbekiston hududining kenglik zonasi tuproqlarini asosan cho’lning qo’ng`ir tusli sur tuproqlari, taqirli va qumli cho’l tuproqlari tashkil etsa, balandlik mintaqalarining tuproqlari, adirlarning bo’z tuproqlari, tog`larning qo’ng`ir va jigar rang tuproqlari, tog` yaylovlarining och qo’ng`ir va o’tloq tuproqlaridan iboratdir. Bulardan tashqari katta maydonlarda vohalarning madaniy tuproqlari hamda intrazonal tuproqlar tarqalgan.

O’zbekiston tekislik qismining juda issiq va qurg`oqchil iqlimi sharoitida cho’l kenglik zonasi vujudga kelgan. Bu zonaning turli joylarida iqlimga, shuningdek gidrologik va biologik sharoitlar majmuiga bog`liq ravishda cho’l zonasining turli tuproqlari joylashgan. Cho’l zo’nasidagi sur-qo’ng`ir, tarqirli, qumli, o’tloq va botqoq tuproqlar hamda sho’rxoklar tekisliklarda ekstraarid, juda kontinental iqlim sharoitida paydo bo’lgan.

O’zbekistonning kenglik zonalari tuproqlarida organik moddalar oz bo’ladi, aksincha bu erda tuproqning sho’rlanishi uchun sharoit qulay. Bu zonalarda fizikaviy nurash kuchli bo’lgani uchun tuproq ona jinsi aksari holatlarida uvalangan dag`al tog` jinslaridan tarkib topgan.

Umuman tuproqlarning hosil bo’lishida iqlim bilan bir qatorda xilma-xil ona jinslarning va ular xossalarining, shuningdek relef, grunt suvlari, ularning sayoz yoki chuqurligi ham katta ta’sir etadi. Shuning uchun bir zonaning o’zida bir-biriga o’xshamagan turli-tuman tuproqlarning tarkib topishi mumkin. Relef va gidrogeologik sharoitlarning o’zgarishi ta’sirida zonal tuproqlar orasida azonal tuproqlar-o’tloq, o’tloq-botqoq, botqoq, sho’rxok hamda turli darajada sho’rlangan tuproqlar vujudga keladi.

O’zbekistonning asosiy tuproq turlari quyidagi 5 ta guruhga birlashtirilgan:

I.Avtomorf tuproqlar guruhi (grunt suvining sathi 5 metrdan pastda yotadi):



  1. Taqirli (taqir tuproq va taqirlar).

  2. Qo’ng`ir tusli sur tuproqlar.

  3. Qumli cho’l tuproqlar.

  4. Bo’z tuproqlar.

  5. Och qo’ng`ir tusli tuproqlar.

  6. Jigar rang va to’q qo’ng`ir tusli tuproqlar.

II. Yarim gidromorf tuproqlar guruhi (grunt suvining sathi 2-5 m chuqurda):

  1. O’tloq-bo’z va o’tloq-qumli, o’tloq-taqir tuproqlar.

  2. Bo’z-o’tloq, qumli-o’tloq va taqir-o’tloq tuproqlar.

III. Gidromorf tuproqlar guruhi. (grunt suvining sathi 2 metrdan yuqorida yotadi):

  1. O’tloq tuproqlar.

  2. Botqoq-o’tloq tuproqlar.

  3. O’tloq-botqoq va botqoq tuproqlar

IV. Sho’rxoklar:

12. Qoldiq sho’rxoklar, shu jumladan taqirli sho’rxoklar.

13. Tipik sho’rxoklar.

14. Sho’rxok-o’tloq tuproqlar.

15. Sho’rxok-botqoq- o’tloq tuproqlar.

16. Sho’rxok o’tloq-botqoq va botqoq tuproqlar.

V. Sug`oriladigan tuproqlar:

17. Yangi o’zlashtirilgan tuproqlar.

18. Sug`oriladigan tuproqlar.

19. Qadimdan sug`oriladigan tuproqlar.

Ayrim tuproqshunoslar O’zbekistondagi cho’l zonasi bilan adir balandlik mintaqasi tuproqlari orasida eni 5-10 km keladigan oraliq (o’tkinchi) tuproqlar zonasini ajratadilar. Masalan. taqirli-bo’z, sur-qo’ng`ir bo’z, qumli-bo’z tuproqlar zonasi.

O’zbekistondagi tuproqlar sho’rlanganlik darajasiga qarab sho’rlanmagan (2 m chuqurlikda tuz miqdori 0,3 % dan oshmasa), chuqur sho’rlangan (tuz miqdori 0,3 % dan ko’p bo’lgan qatlam 100 sm dan past yotsa), sho’rtob (eng ko’p tuz tuproq kesimining pastki 30-100 sm qismida to’plangan bo’lsa), sho’rlangan (eng ko’p tuz tuproq kesimining yuqori qismida to’plangan bo’lsa) kabi guruhlarga ajratiladi.

O’zbekiston tuproqlari ulardagi tuzning tarkibiga qarab sho’rlanish turlariga ajratiladi. Sug`orib ekin ekiladigan hududlarda tuproqlarning sho’rlanganlik darajasini bilish ham muhim ahamiyatga ega. Agar tuproqlar yuzasiga to’plangan zararli tuzlar miqdori 3 % dan oshsa, bunday tuproqlar sho’rxoklar deb ataladi.


Download 1,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish