Buxoro davlat universiteti oripova nazzora maxmudovna



Download 0,74 Mb.
bet8/29
Sana20.03.2022
Hajmi0,74 Mb.
#503811
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29
Bog'liq
DISSERTASIYA N.M.ORIPOVA

1.2. § Jismoniy tarbiya darslarida oʼsmirlarning jismoniytayyorgarligini baholash muammosiga zamonaviy qarashlar
Oʼquvchilarning jismoniy tayyorgarligini nazorat qilish maktabdagi jismoniy tarbiya jarayonini oshirishning istiqbolli yoʼnalishlaridan biridir. Koʼpgina mutaxassislar oʼquv choraklari, oʼquv yili, taʼlim muassasasidagi butun oʼqish davri davomida joriy pedagogik nazorat zarur ekanligini eʼtirof etadilar. Bunday nazoratning mohiyati oʼquvchining oʼquv faoliyatning turli bosqichlarida harakat imkoniyatlari toʼgʼrisida axborot olish boʼlib, bu pedagogik taʼsir koʼrsatish vositalari va uslublarini aniqlashtirish boʼyicha oʼz vaqtida qaror qabul qilish imkonini beradi.
Nazorat meʼyorlari tizimini yaratishga bir qator ishlar yoʼnaltirilgan boʼlib,ularda mualliflar shuni eʼtirof etadilarki, jismoniy tarbiya boʼyicha dastur hujjatlariga kiritilgan meʼyorlar koʼp jihatdan jismoniy tarbiya jarayonini tartibga soladi hamda jismoniy tarbiyaning oraliq va yakuniy bosqichlari maqsadini aniqlab beradi.
Аdabiyotlarda yoritilgan yoshlarning jismoniy tayyorgarligini boshqarish tizimidagi meʼyoriy talablar orasida eng katta ahamiyatga ega meʼyorlar –bu oʼqitishva mashgʼulotlar jarayonida oʼquvchi oldiga qoʼyiladigan oʼquv vazifalarini muvaffaqiyatli bajarish uchun u nima qilishni bilishi kerakligi toʼgʼrisida maʼlumotlarning tahliliga asoslangan zaruriy meʼyorlardir.
Zaruriy meʼyorlarning ustunligi shunda namayon boʼladiki, ular oʼz miqdorigakoʼra jismoniy tayyorgalikning berilgan darajasiga mos kelishi hamda va oʼrganilayotgan harakat amalini bajarish uchun zarur boʼlgan jismoniy sifatlarning rivojlanishini aniq belgilab berishi kerak [7;232-b, 20;30-31-b, 26;294-b, 41;104-b, 68; 220-b, 71;336-b].
Olimlar va amaliyotchilarning katta eʼtibori yoshlarning harakat sifatlarini baholashning optimal uslublarini ishlab chiqish hamda ulardan foydalanishga qaratilmoqda. Yoshlarning jismoniy tarbiya va sport faoliyatini amalga oshirishga boʼlgan tayyorgarligini oʼrganish boʼyicha tadbirlar tashkil qilishning turli xil mexanizmlari qoʼllaniladi. [17; 275-b,32;125; 1837-1845-b].
Yoshlarning harakat tayyorgarligini testlash ish amaliyotida yetarlicha keng tarqalgan boʼlib, bunda quyidagi vazifalar kompleksi hal etiladi:
- oʼquvchi harakat tayyorgarligining individual darajasini baholash;
- oʼquv jarayoni davomida jismoniy qobiliyatlarning rivojlanishidagi oʼzgarishlarni tahlil qilish;
-oʼquvchilar jismoniy tayyorgarligini aniq talablarga mosligini aniqlash;
- oʼquvchilarning harakatlanish imkoniyatlari darajasini tahlil qilish maqsadida ularni ommaviy tekshirishni oʼtkazish;
- jismoniy tarbiya boʼyicha amaldagi dasturlarning qoʼllanilish samaradorligini aniqlash;
- jismoniy tarbiya oʼqituvchilari faoliyati natijalarini oʼrganish;
- umumtaʼlim maktablari oʼquvchilari orasidan sportga saralab olishni amalga oshirish.
Oʼquvchining jismoniy madaniyati shakllanganligini muhim tarkiblaridagi biri boʼlgan jismoniy tayyorgarlikning amaldagi darajasini baholash uchun, odatda, jismoniy qobiliyatlarning rivojlanganligini ifodalovchi koʼrsatkichlardan foydalaniladi. Maʼlumki, asosiy jismoniy (tezlik, kuch, chidamlik, epchillik,koordinatsion) qobiliyatlar oʼlchamlarini standartlashtirishning asosiy talablariga mos boʼlgan aniq nazorat meʼyorlari toʼplami bilan baholanishi mumkin (152;71-80-b).
Umumtaʼlim maktablarining barcha sinf oʼquvchilari uchun moʼljallangan jismoniy tarbiya kompleks dasturida va davlat taʼlim standartida quyidagi nazorat meʼyorlari hamda testlar tavsiya qilinadi: tezlik qobiliyatlari (30,60,100 metrga yugurish); koordinatsion (3x10 metrga mokisimon yugurish);tezlik-kuch(joydan uzunlikga sakrash); chidamlilik (1500, 2000, 3000 metrga yoki 6 daqiqali yugurish); egiluvchanlik (tanani oʼtirgan joydan oldinga egish); kuch (baland turnikda tortilish).
«Jismoniy tarbiya» boʼyicha taʼlim dasturidan yoshlar uchun jismoniy tarbiya kompleks dasturiga oʼxshash nazorat mashqlarini bajarishda jismoniy tayyorgarlik meʼyorlari, shuningdek, asosiy harakat koʼnikmalari va malakalarining rivojlanish darajasini ifodalovchi qoʼshimcha sinov turlari oʼrin olgan. Yoshlarning jismoniy qobiliyatlarini har tomonlama rivojlanish maqsadida bazaviy va variantli tarkibiy qismlarni amalga oshirish uchun ishlab chiqarilgan maktab oʼquvchilarining zomonaviy jismoniy tarbiya dasturlari ham nazorat mashqlari toʼplamini oʼz ichiga oladi, ular yordamida oʼquvchilarning turli yosh guruhlarida umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik baholanadi.
Soʼngi paytlarda maktab oʼquvchilarining harakat tayyorgarligini baholash uslubiyatlari koʼplab paydo boʼldi. Ular hammaga maʼlum nazorat mashqlarining turli xil variantlarda uygʼunlashgan shakllarini oʼz ichiga oladi.
Yoshlar jismoniy tarbiyasida jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash eng muhim muammo hisoblanadi, bu oʼquvchilar va oʼqituvchilar orasida eng koʼp bahs-munozaralarni keltirib chiqaradi.
V.M.Zatsiorskiy [46;49-b.] fikricha, baho (yoki pedagogik baho deb)-bu qandaydir vazifadagi,xususan testdagi muvaffaqiyatni unifikatsiyalashgan oʼlchovidir. Baho har xil koʼrinishda ifodalanishi mumkin, masalan sifat tavsifi koʼrinishda («yaxshi – qoniqarli - qoniqarsiz» yoki «sinovdan oʼtdi-oʼtmadi»), maktabda hamda oliy oʼquv yurtlaridagi kabi qoʼyiladigan baho koʼrinishida («bir»dan «besh»gacha) ifodalanishi mumkin.
Oʼqituvchi oʼquv jarayoni davomida oʼquvchilarga qoʼyadigan oʼquv baholari va boshqa har xil turdagi malakaviy baholar(jumladan testlash) farqlanadi.
Baho, jumladan test natijalari boʼyicha baho sifat tavsifiga ega boʼlishi mumkin, masalan, maktabdagi kabi «ikki»dan «besh»gacha, yoki soʼz bilan ifodalanishi ham mumkin: «aʼlo» dan “yomon”gacha. Lekin testlash natijalari bahosining son tavsiflari ancha ahamiyatli hisoblanadi. Ularning asosida baholash vazifalariquyidagilardan iborat:
- turli testning oʼzini turli xil natijalarinitaqqoslash (masalan, bir xil yoki har xil yoshdagi va jinsga mansub oʼquvchilar, oʼquvchining turli xil hayot davrlaridagi koʼrsatkichlari);
- turli xil testlardagi natijalarni taqqoslash (masalan, ushbu testlardagi bir xil qiyinchilikdagi natijalarni baholash darajasi );
-meʼyorlarni aniqlash(bir xil yoshdagi va jinsdagilar uchun; aniq bir vaznga va tana uzunligiga ega oʼquvchilar uchun).
Sportda oʼlchashlar nazariyasida test natijasining chegaraviy kattaligi meʼyor hisoblanadi. U insonni (oʼquvchini) malakaviy guruhlardan biriga biriktirish uchun asos boʼlib xizmat qiladi. Yoshlar jismoniy tayyorgarlik meʼyorlariga mos ravishda shunday guruhlarga ajratiladi.[18;42-50 b, 49;24-b].
Аgar matorika uchun testlar haqida gapirilsa, jismoniy tarbiya uchun uch xil turdagi meʼyorlar:taqqoslovchi, individual va zaruriy meʼyorlar toʼgʼrisidagi tasavvurlar katta amaliy ahamiyatga ega.
Qiyoslanuvchi meʼyorlarning maʼnosi shuki, umumiy belgilarga ega bir xil yoshdagi va jinsga mansub oʼquvchilarbir-biri bilan taqqoslanadi.
Yoshga xos meʼyorlar biologik yoshni (harakatni )inobatga olgan holda aniqlanadi (ishlab chiqariladi). Oʼquvchilarning biologik yoshi ushbu natijani koʼrsatuvchi oʼrta kalendar yoshiga mos keladi. Harakatlanish yoshikalendar yoshdan ilgarilab ketishi yoki undan ortda qolishi mumkin. Harakatlanish yoshi kalendar yoshdan oʼzib ketgan boʼlsa, xarakat akseleratatlari, aksincha boʼlsa, harakat retardantlari deb ataladi. Аmalyotda shunday vaziyatlar koʼp uchraydiki,oʼquvchilar bir xil testlar boʼyicha akseleratlarga,boshqa testlar boʼyicha retardantlarga mansub boʼladi. Oʼqituvchi uchun mazkur axborot bunday holatning sabablarini aniqlash uchun muhim hisoblanadi.[58;44-45 b,65; 5-10-b, 80; 12-13-b].
Jismoniy qobiliyatlarni ifodalovchi va tana tuzulishi xususiyatlari ularga taʼsir qilmaydigan testlar ham bor. Biroq antropometrik xususiyatlar (tana uzunligi,ogʼirligi) oʼquvchilarning ayrim harakat imkoniyatlariga taʼsir koʼrsatadi. Ushbuholda meʼyorlar nafaqat yoshni, balki tana uzunligi va ogʼirligini ham inobatga olingan holda ishlab chiqiladi. Shunday vaziyat uchun maxsus nomogrammalar yoki malakaviy indekslari xizmat qiladi.
Individual meʼyorlar bitta oʼquvchining oʼzining turli xil holatlardagi koʼrsatkichlarini taqqoslashga asoslangan. Maktab yoshdagi oʼquvchilarni jismoniy tarbiyalashda tabaqalashtirilgan koʼrsatkichlarning qoʼllanilishi oʼquvchilarning funktsional va harakatlanish imkoniyatlarini ifodalovchi axborotlilik koeffitsientlararining nobarqarorligi bilan qiyinlashgan. Har bir oʼquvchi har qanday yoshda uning optimal jismoniy tayyorgarligiga mos keluvchi individual yaxshi vaznga ega boʼladi, shu sababli bunday qonuniyatlarni izlab topish va muayyan oʼquvchi uchun individual meʼyorlarni aniqlash katta amaliy ahamiyatga ega.
Zaruriy meʼyorlar ham xuddishu tarzda ishlab chiqiladi va aniqlanadi. Ular aksariyat hollarda jismoniy tayyorgarlikning amaldagi koʼrsatkichlariga mos kelmaydi Ular quyidagi tamoyilar boʼyicha ishlab chiqiladi:maʼlum bir jismoniy sifatning darajasi qanday boʼlishi kerak yoki qanday yugurish,sakrash va uloqtirish zarur.
Аdabiy manbalar maʼlumotlariga koʼra, hozirgi paytda jismoniy tayyorgarlikning zaruriy meʼyorlarini hisoblab chiqarish uchun ikkita uslubiyatdan foydalaniladi. Ulardan biri Nabatnikova.M.Ya.[76;278 b].
tomonidan taklif qilingan boʼlib,jismoniy qobiliyatlarning zarur darajasini aniqlash uchun turli xil sport turlarida qoʼllaniladi.
Davlat taʼlim standartida asoslangan jismoniy tarbiya dasturlarida,ayniqsa jismoniy tayyorgarlik boʼyicha boʼlimida,jismoniy tayyorgarlikka minimal talablar qoʼyiladi. Oʼquvchi boshlangʼich va oʼrta (toʼliq) maktabni tugatgandan soʼng uning asosiy jismoniy qobiliyatlarining rivojlanish darajasi «qoniqarli», «yaxshi», «aʼlo» baholarga mos kelishi kerak.
Mutaxassislar [10; 50-55-b, 69; 60-62-b,72; 149-b]fikricha jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlashda inobatga ikkita koʼrsatgichni eʼtiborga olish zarur.
Birinchidan, jismoniy tarbiya boʼyicha kompleks dasturga muvofiq tayyorgarlik koʼrsatkichlarining oʼsishini ifodalash.
Jismoniy qobiliyatlar koʼrsatkichlariningoʼzgarishini baholay turib, oʼqituvchi ularning har xil kontingentda rivojlanish xususiyatlarini inobatga olish, maʼlum bir yoshdagi oʼquvchilarda koʼrsatkichlarning dastlabki darajaga nisbatan dinamikasi xususiyatlarini hisobga olish kerak.
Rivojlanishda eng konservativ hisoblangan tezlik qobiliyatlarining oʼsishini bashorat qilishda katta oʼsish suʼratlarini rejalashtirish kerak emas. Аksincha,sust shiddatdagi yugurishda chidamlilik koʼrsatkichlarini bashorat qilishda oʼsish surʼatlariancha yuqori boʼlishi mumkin.
Oʼsish surʼatlarini baholash oʼqituvchi yuqorida keltirilgan dalillardan kelib chiqishi kerak, chunki harbir muayyan vaziyatda bu surʼatlarni oldindan bashorat qilish imkoni yoʼq.Oʼqituvchining jismoniy tayyorgarlik koʼrsatkichlarini yaxshilash boʼyicha vazifalari maʼlum bir qiyinchilik tugʼdirishi,lekin real bajarish mumkin boʼlishi kerak. Muntazam mashgʼulotlar sharti bilan bunday oʼzgarishlarga erishish oʼquvchiga yuqori baho qoʼyishuchun oʼqituvchiga asos beradi .
Oʼquvchilarni testlardan oʼtkazishda yangi shakl va usullarni izlashga muhim eʼtibor qaratadi. Oʼquvchilarni testlashga innovatsion yondashuvlarda individual natijalarni oʼsish koʼrsatkichlariga eʼtibor qaratiladi.
Oʼquvchilarni testlashning yangi shakllari uslublarini izlab topishga katta eʼtibor qaratish lozim.Oʼquvchilarni testlashga innovatsion yondashuvlarda individual natijalarning oʼsish koʼrsatkichlariga diqqat-eʼtibor kuchayadi.Testlash oʼquvchilarni yanada yuqori darajadagi jismoniy tayyorgarlikka erishishga undashi,jismoniy tarbiya mashgʼulotlariga salbiy munosabatni yuzaga keltirmasligi,oʼquvchilarda ijobiy psixologik tayyorgarlikni yaratish zarur.Testlaraxborot beruvchi xususiyatga ega boʼlishi, oʼquvchilarda ularning jismoniy tayyorgarligi darajasi toʼgʼrisida tasavvur hosil qilishi hamda ularni oshirish boʼyicha tavsiyalar berishi lozim.Har xil oʼquvchilarning oʼzaro yoki belgilangan meʼyorlar bilan taqqoslash kerak emas.Har bir oʼquvchi jismoniy tayyorgarlikda,sogʼligni mustahkamlashda oʼzining shaxsiy maqsadiga erishishiga intilishini toʼgʼri koʼrsatma sifatida hisoblash mumkin.
Boshqa dasturlarda baholash boʼyicha aniq,ochiq-oydin talablar qoʼyiladi, baholarni qoʼyishda jismoniy tayyorgarlik darajasiga qoʼyiladigan aniq talablar mavjud. Bu dasturdagi bazaviy daraja davlat standarti mezonlari boʼyicha 100 metr masofaga yugurishda, turgan joydan uzunlikga sakrashda, 2000 metr masofaga yugurishda qoniqarli bahoga mos keladi,baland turnikda tortilishda esa hatto bu darajadan oshadi.
Jismoniy tarbiya oʼqituvchilari oʼquvchilarni jismoniy tayyorgarligi darajasini baholash tizimining turli xil variantlarini taklif qiladilar, ballik tizim usullarini taqdim etadilar. Novator oʼqituvchilar oʼzlarining ballik tizimini taklif qiladilar: ayrim oʼqituvchilar bazaviy darajasini hisobga olishni muhim deb hisoblashadi,maqsad-uning ortishi ochkolarning qoʼshilishiga yordam berishi kerak; boshqa oʼqituvchilar bolalarni guruhlarga boʼlishni va har bir guruhda jismoniy tayyorgarlik darajasiga qarab meʼyor talablarini bajarganlik uchun ochkolar qoʼshib borishni tavsiya qiladilar. Qator mutaxassislar ballik tizimlarini taklif qiladilar, bunda oʼquvchi yil davomida maʼlum bir ballar yigʼindisini toʼplaydi vaumumiy yigʼindi u yoki bu bahoni qoʼyish uchun mezon boʼlib hisoblanadi,mukofat ballari tizimi ham mavjud.[42; 6-7-b;123; 71-80-b].
Xorijiy mualliflar bazaviy meʼyorlar tizimni kiritish tarafdori [122;132-145 b]; jismoniy meʼyorlarning modernizatsiyalangan majmuasini qaytarishni taklif etadilar.
Mutaxassislar [67;1-8.] baholarni qoʼyilishida qattiq talablar qoʼyadilar, meʼyoriy bazani harbiy xizmatchilar,ayniqsa bitiruv sinflari oʼgʼil bolalari uchun qoʼyiladigan talablarga yaqinlashtirishni taklif etadilar.
Jismoniy tarbiya oʼqituvchilari[63;75 b] fikricha, individual xususiyatlardan qatʼiy nazar, «aʼlo» bahosiga qoʼyiladigan talablarni ochiq aniqlabolish kerak, «yaxshi» va «qoniqarli» baholari esa qoʼllanilishi uchun kengroq fikrga ega boʼlishlari kerak.
Boshqa mualliflar [32;204-b.] jismoniy tayyorgarlik darajasini statistik tahlil nuqtaʼi nazaridan, baholash; bazaviy darajasini sport bazasi sharoitlari, jihozlar sifatiga qarab chiqarish maqsadga muvofiq deb hisoblasalar, baholar chegarasi kamida 90%oʼquvchilarni qamrab olishi, baholar miqiyosi oʼquvchilar imkoniyatlariga munosib boʼlishi kerak.
Oʼsmirlarning jismoniy tayyorgarligini baholash muammolariga doir ilmiy-uslubiy adabiyotlarning tahlili quyidagi xulosaga kelish imkonini beradi. Аksariyat tadqiqotchilar morfologik koʼrsatkichlarning turli xil nazorat sinovlaridagi koʼrsatkichlar natijadorligiga jiddiy taʼsir koʼrsatishini eʼtirof etadilar.
Ilmiy- uslubiy adabiyotlarni oʼrganish shuni taʼkidlashga imkon beradiki, pedagoglar tomonidan oʼsmirlarning jismoniy tayyorgarligini baholashda qoʼllaniladigan mashqlarning bir qismi standartlashtirishmezonlari talablariga muqofiqligiboʼyicha tekshiruvdan oʼtmagan.
Jismoniy tarbiya dasturlarining tahlili yoshlarning jismoniy tayyorgarligini baholashga boʼlgan har xil yondashuvni koʼrsatadi, ayniqsa, turli xil sport turlari boʼyicha koʼrsatkichlarni nazorat qilish toʼgʼrisida gap ketganda koʼzga tashlanadi. Turli xil dasturlarda yugurish, sakrashlar va uloqtirishda harakatimkoniyatlarini amalga oshirishga xar xil Koʼpgina mualliflar yagona meʼyorlari bazaning yoʼqligini eʼtirof etadishadi [34;24-b,40;32-33b].
Soʼngi paytlarda «Jismoniy tarbiya» fani boʼyicha oʼsmirlar uchun yagona meʼyoriy bazakiritishga koʼp urinishlarni amalga oshirildi.
Shu bilan birga, oʼquvchilarning jismoniy tayyorgarligini baholash bilan bogʼlik boʼlgan koʼpgina jihatlar yetarlichaishlab chiqilmagan. Xususan, ularga quyidagilarkiradi:
-turli xil harakat vazifalarida tana uzunligi va ogʼirligikoʼrsatkichlarini ahamiyatini aniq tushunmaslik;
- somatik koʼrsatkichlarning yoshga xos xususiyatlariningtestlar natijadorligiga taʼsiri yetarlicha oʼrganilmagan;
- oʼquvchilarning jismoniy tayyorgarligini baholash boʼyicha koʼpgina tavsiyalar tajribada yetarlicha asoslanmagan;
- morfologik belgilarning sport natijalari darajasiga taʼsiri yetarlichaoʼrganilmagan;
Аdabiyotni tahlil qilish shuni eʼtirof etishga imkonini beradiki, ushbu muammo chuqur nazariy ishlanmalarni hamda tajribada tasdiqlab berishni taqozr etadi.
Bizning qiziqtirayotgan masalalarga javob topishga imkon beruvchi yangi materiallarzarur.
Yuqorida bildirilgan fikrlar shuni tasdiqlaydiki, jismoniy tarbiya, ayniqsa jismoniy tayyorgarlik boʼyicha baho bahs-munozarali hisoblanadi va tajriba tadqiqotlari orqali yanada chuqurroq ishlab chiqarish zarur boʼladi.


Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish