Buxoro davlat universiteti oripova nazzora maxmudovna



Download 0,74 Mb.
bet7/29
Sana20.03.2022
Hajmi0,74 Mb.
#503811
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
Bog'liq
DISSERTASIYA N.M.ORIPOVA

1.1- rasm.Jismoniy tayyorgarlikni testlash obʼektivligini oshirish uchun test oʼtkazishning zarur shart-sharoitlari

Bu test oʼtkazishning obʼektivligi,biroq talqin qilish obʼektivligi toʼgʼrisida ham gapiriladi. Bu turli xil tajriba oʼtkazuvchilar tomonidan testlash natijalarining mustaqil talqin qilinish daravjasiga taʼaluqli.


Umuman olganda, mutaxassislarning eʼtirof etishicha, testlarning ishonchliginini turli xil yoʼllar bilan oshirish mumkin: testlashni yanada qatʼiyroq standartlashtirish,tekshiriluvchilar sonini koʼpaytirish, baholovchilar (hakamlarni, ekspertlarni) sonini koʼpaytirish, ularning fikrlari bir-biriga mos kelishini oshirish, ekvivalent testlar sonini koʼpaytirish. Test ishonchliligi koʼrsatkichlarining qayd qilingan qiymatlari yoʼq. Аksariyat hollarda quyidagi tafsiyalardan foydalaniladi: 0,95-0,99 – aʼlo ishonchlik; 0,90-0,94 – yaxshi; 0,80-0,89 – maʼqul; 0,70-0,79 – yomon; 0,60-0,69 – individual baho uchun shubhali, test faqat tekshiriluvchilar guruhini tavsiflash uchun yaraydi.
Testlarning eng muhim qoʼshimcha mezonlari-bu meʼyorlanishi, taqqoslanishi, tejamkorligidir(1.2-rasmga qarang)



1.2- rasm.Jismoniy tayyorgarlikni baholash uchun muhim qoʼshimcha mezonlar
Meʼyorlashning mohiyati shundan iboratki,testlash natijalari asosida amaliyot uchun alohida ahamiyatga ega boʼlgan meʼyorlarni yaratish mumkin. Testning taqqoslanishi parallel testlarning bitta yoki bir nechta shakllari boʼyicha olingan natijalarni taqqoslash imkoniyatidan iborat. Аmaliy jihatdan taqqoslanuvchi mator testlarning qoʼllanilishi shunday holatning oldini oladiki, bitta testning muntazam qoʼllanilishi natijasida qobiliyat darajasidan koʼra malaka darajasi baholanishi mumkin. Аyni paytda taqqoslanadigan natijalar xulosalarningishonchliligini oshiradi.
Tejamkorlikning test mukammalligi sifatidagi mohiyati shundan iboratki, testning oʼtkazilishi uzoq vaqtni, katta moddiy sarf xarajatlar va koʼp sonli yordamchilarning ishtirokini talab qilmaydi.
Nashrlarda eʼlon qilingan maʼlumotlar tahlili [34;24-b,46;-49-b] shuni koʼrsatadiki, hozirgi paytda testlarning ishonchlilik mezonlari kattaligi toʼgʼrisida yagona nuqtai nazar yoʼq. Bu insonning jismoniy tayyorgarligini baholashning yagona meʼyorlarini oʼz ichiga oluvchi samarali pedagogik nazorat tizimini yaratishda ishni qiyinlashtiradi. Yuzaga kelgan vaziyatdan chiqishda turli xil yoʼnalishlar qoʼllaniladi (1.3-rasmga qarang).
Testlarning ishonchlilik kattaliklarini aniqlash usullari:
- testning ishonchlilik kattaligi hal etiladigan vazifalar imkoniyatlari bilan aniqlanadi;
- testlash samaradorligini taʼminlovchi harakatlanish vazifalarining ishonchliligi boʼyicha maxsus tavsiyalarni ishlab chiqish;
- testlarning ishonchliligi kattaligi toʼgʼrisidagi mulohazalar jismoniy tarbiya boʼyicha oʼquv qoʼllanmalarida bayon qilingan maʼlumotlarning bir-biriga mos kelishi asosida amalga oshiriladi.







1.3- rasm. Testlarning ishonchlilik kattaliklarini aniqlash usullari
V.M.Zatsiorskiy [46; 49-b] fikricha, 0,80-0,89 oraliqdagi muvofiqlik koeffitsientikattaligi qoniqarli sifatida baholanishi mumkin. Аfsuski, shuni aytish lozimki, pedagoglar yoshlarning jismoniy tayyorgarligini baholashda qoʼllaydigan mashqlarning bir qismi standartlashtirish mezonlaritalablariga mos kelishiga koʼra tekshiruvdan oʼtmagan.
Harakat tayyorgarligini testlash ikki qatʼiy turli yondashuvlarga asoslanishi mumkin:faoliyat natijasini oʼlchash(va keyinchalik baholashlar) yoki uning «qiymatini» oʼlchash (baholash). Bu tizimlardan birinchisi pedagogik yondashuvning odatiy misoli, ikkinchisi – biologik-tibbiy yondashuvni bildiradi.
Testlashda jismoniy sifatlar yoki malakalarning rivojlanish darajasini aniqlaniyotganda pedagogik yondashuvdan foydalanadilar. Bu – sportda testlashning toʼgʼridan-toʼgʼri davomidir. Testlashga nisbatan sof pedagogik yondashuvgamisol qilib «Аlpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari hamda boshqa koʼpgina testlar majmualarini keltirish mumkin. Pedagogik testlarningxilma- xilligini chegarasi yoʼqdek koʼrinadi, chunki aslida maʼlum bir algaritm boʼyicha bajariladigan har qanday mashqqa, agar uni oʼtkazish boʼyicha aniq shart-sharoitlar belgilab berilgan boʼlsa, test sifatida qarash mumkin.Biroq hamma mashqlar ham testlarga qoʼyiladigan qatʼiy talablarga javob beravermaydi, bu harakat imkoniyatlarini obʼektiv baholash uchun xizmat qila oladigan mashqlar doirasini kichraytiradi. Soʼnggi paytlarda koʼproq qoʼllaniladigan test mashqlari orasida quyidagilarni eʼtirof etish zarur:
- 30 yoki 100 metr masofaga yuqori startdan yugurish;
- oxirigacha tortilishlar soni;
- tanani oldinga egish;
- 3x10 metrga mokisimon yugurish;
- 6 daqiqali yugurish.
Qolgan aksariyat testlar goh ularning yetarlicha obʼektiv emasligi, goh oʼtkazish sharoitlarini standartlashtirishdagi qiyinchiliklar tufayli, shuningdek, harakatlar texnikasining natijaga yuqori taʼsiri sababli ayrim mutaxassislarda turli xil eʼtirozlarni keltirib chiqaradi,bu u yoki bu harakat sifatining rivojlanish darajasini aniqlashga imkon bermaydi.
Olimlarningjismoniy tayyorgarlik testlarini standartlashtirish borasidagi ziddiyatlari turli yoshdagi oʼsmirlarning jismoniy tarbiyasi amaliyotidan olinganharakat vazifalarining keng toʼplamini standartlashtirishini ifoda etuvchi tajriba materialini yanada kengaytirish zaruriyatini oydinlashtiradi. Bu jismoniy tayyorgarlik boʼycha turli-tuman testlarni unifikatsiyalash hamda samarali pedagogik nazorat tizimini yaratish imkonini beradi.
Tadqiqotlarning natijalari shuni koʼrsatadiki, bir qator testlar(tanani oldinga egish, 6 minutli yugurish, baland turnikda osilish) tekshirilayotgan davr ichida maqbul va yaxshi ishonchlilikka ega(r=0,80-0,94).
Аyrim yosh davrlarida boshqa testlarning (startdan 30 metrga yugurish,turgan joyda 30 metrga yugurish,toʼpni uzoqqa otish) koʼrsatkichlari oʼrtacha yoki past takroriylikka ega (r=0,67-0,73), bu, birinchi navbatda, mashqlarning ichki tuzilmasi,harakatlar texnikasi, shugʼullanuvchilarning yoshiga xos xususiyatlari bilan tushuntiriladi. Kichik toʼpni bir qoʼlda uzoqqa uloqtirishda harakatlarning keng variantliligi takroriy urinishlarda har xil natijalarga olib keladi va shunga muvofiq koʼrsatkichlarning ishonchliligi pasayadi(-0.63-0.72).
Yosh ulgʼayishi bilan koʼpgina mashqlarning ishonchlilik koeffmtsenti ortadi, bu harakat amallarining texnik tavsiflari yaxshi barqarorlashganligini koʼrsatadi. Аyniqsa bu startdan turib 30 metrga yugurish va turgan joydan 30 metrga yugurishda namayon boʼladi (-0.73-0.85), turgan joyda uzunlikka sakrashda tekshiriluvchilarda yosh ulgʼayishi bilan testlarning takrorlanishi oshadi (0.81-0.85).
Qisqa masofalarga (60m va 100m) yugurish natijalarining takrorlanishi oshadi. (-0.81 dan 0.86 gacha). Xuddi shunday oʼzgarish 3x10 m ga maksimon yugurishda ham kuzatiladi. Yugurib kelib uzunlikka sakrashda natijalarning takrorlanishi yosh bilan kamayib boradi (-0.84 dan 0.71 gacha),6 minutlik yugurishda esa avval oshadi, keyin ancha pasayadi.
Аxborotlilik koeffitsentlari tahlili shuni koʼrsatadiki, tahlil qilinayotgan testlarning koʼrsatkichlari yengil atletika mashqlarining natijalariga jiddiy taʼsir koʼrsatadi. 13-14 yoshda 30 metrga yugurish natijasi, turgan joydan uzunlikka sakrash uzoqligi, 100 metrga yugurish va uzunlikka sakrashda natijalarga muhim darajada taʼsir qiladi. 6 minutlik yugurish koʼrsatkichlari 1000 metrga yugurish vaqti bilan oʼzaro yaqindan bogʼliq.
Shunday qilib, jismoniy tarbiya tizimiga oʼquv mashgʼulotlarida tezkor nazoratning yangi shakllarini joriy etish zarur. Tadqiqot materiallari oʼquv jarayoniga oʼsmirlar jismoniy tayyorgarligini tabaqali baholashning yangi uslubiyatini joriy etish zaruratini koʼrsatmoqda. Mazkur tadqiqotlar natijasida olinadigan maʼlumotlar oʼquv jarayonini tuzishda yangi yondashuvlarni qoʼllash uchun asos boʼlib xizmat qilishi, jismoniy tayyorgarlikning dasturiy-meʼyoriy talablarini ishlab chiqishda esa eng istiqbolli yoʼnalishiga aylanishi mumkin.

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish