1.4.13-14 yoshli oʼsmirlarning harakat qobiliyatlarini testlash uslubiyati Ҳозирги Hozirgi paytda harakat qobiliyatlarining meʼyorlarini ishlab chiqishda kamida ikkita yondashuv qoʼllaniladi. Ular mualliflarning fikricha kamchiliklardan holi.Obrazlarni tanish statistik algoritmi va “etalon” nomini olgan hisob-kitoblar usulidan foydalanish nazarda tutilmokda.
Ikkinchi yondashuv ancha ommabop. Ushbu meʼyoriy koʼrsatkichlarni aniqlash usuli yoki sportchilar tayyorgarligini boshqarish boʼyicha qatʼiy zamonaviy koʼrsatmalarga mos keladi.
Etalon hisob-kitoblar metodi bir qator sport turlarida yosh sportchilarning jismoniy tayyorgarliklarini bosqichli nazorat qilish uslubini yaratishda sinovdan muvaffaqiyatli oʼtgan. Аmalga oshirilgan tajriba dasturi shuni koʼrsatadiki, uning asosida olingan meʼyorlar metrologik jihatdan yaroqli [144;52-b].
Hozirgi vaqtda aksariyat sport turlarida(mavsumiylardan tashqari) qoʼshaloq yillik makrotsiklga oʼtish amalga oshirilmoqda [131;9-b].
Bunday mikrotsikl yoki sportchilarni tayyorlash uchun ham maqbuldir. Shunday dalillar borki, oʼquv-mashgʼulot jarayonining bunday tuzilishi modelь tavsiyalarga xamda bashorat qilinayotgan sport natijalariga chiqishning yuqori foizini taʼminlash imkonini beradi, bu, oʼz navbatida, sportchilarni tayyorlashda optimallashtirishning asosiy meʼzonlardan biri hisoblanadi.
Testlarni oʼtkazish vaqti masalasi bilan bogʼliq boʼlgan yana bir metodik axamiyatga ega muammoni ajratib koʼrsatish zarur.Bu yerda gap testlashni sport tayyorgarligi va sport takomillashuvi bosqichi bilan birga oʼtqazish xaqida gap ketmoqda.
Bir holatdan ikkinchi holatga oʼtish uchun zarur vaqt oraligʼining davomiyligiga qarab, sportchi holatining uchta turi ajratiladi:
1. Bosqichdagi (permanent) holati, u nisbatan uzoq vaqt saqlanib turadi- xafta yoki oylar davomida .
2. Joriy holat, u bir yoki bir nechta mashgʼulotlar taʼsirida oʼzgaradi va yaqindagi mashgʼulotlar xususiyati xamda bu mashgʼulotlardagi yuklamalar kattaligini aniqlab beradi.
3. Tezkor holat, u juda tez oʼtib ketuvchi, jismoniy mashqni bir marta bajarish taʼsirida oʼzgaruvchandir.
Uch xil turdagi holatlarni ajratib koʼrsatish zaruriyati shunga bogʼliqki, ulaning har biri uchun qoʼllaniladigan nazorat vositalari bir-biridan jiddiy farq qiladi. Shunga muvofiq sportchi holatini nazorat qilishning uchta turini ajratish maqsadga muvofiq:
• bosqichli nazorat-sportchining bosqichdagi holatini (tayyorgarligini) baholash;.
• joriy nazorat-sportchi holatidagi kundalik joriy oʼzgarishlarni aniqlash;
• tezkor nazorat –sportchining ayni daqiqadagi holatini ekspress baholash.[45;41-43 b].
• bosqichli nazoratning asosiy vazifasi- sportchining tayyorgarlik darajasini aniqlashdir. Shunga asoslanib istiqbolli (bosqichli) tayyorgarlik rejalari tuziladi. Bosqichli nazorat testlar yordamida amalga oshiriladi. Ularning natijalari sportchi holatidagi kundalik oʼzgarishlarga ham bogʼliq boʼladi.
Bosqichli nazorat mashgʼulot jarayoniningmaʼlum bir bosqichi boshida va oxirida musobaqa mashqlari,testlar natijalarni qabul qilishni nazarda tutadi. Bosqich davomiyligi 2 -5 mikrotsikllardan (20-40 kun) to bir yilgacha.
Аdabiyotlardagi maʼlumotlarni tahlil qilish va umumlashtirish shuni koʼrsatadiki yosh sportchilar tayyorgarligining permanent holatini nazorat qilish uslubiyatlari ishlab chiqishda deyarli har qanday sport turida ishlab chiqaruvchilar eʼtibori odatda toʼrtta asosiy masalalarga qaratiladi.