Buxoro – 2015
Reja
1-bob. Estafetali yugurishning rivojlanishi
Estafetali yugurish texnikasiga o’rgatish uslubiyati
Estafetali yugurish texnikasi
O’rgatish uslubi
2-bob. Estafetali yuguruvchilarning maxsus mashqlari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1-bob. ESTAFETALI YUGURISHNING RIVOJLANISHI
Estafetali yugurish – bu engil atletikaning jamoaviy turi hisoblanib, emostional jihatlari va tomoshabopligi darajasi bo’yicha engil atletikaning boshqa qolgan turlaridan sezilarli darajada ustunlikka ega hisoblanadi. Estafetali yugurish stadionda va undan tashqarida amalga oshiriladi. Estafetada asosiysi – yugurish vaqtida jamoa ishtirokchilarining navbat bilan, belgilangan qoida bo’yicha musobaqa masofasini bosib o’tishlari va ajratilgan 20 metrlik masofa doirasida bir – biriga estafeta tayoqchasini uzatishlari bilan belgilanadi. Estafetali yugurish engil atletika musobaqasi turi sifatida XIX asrda ommalasha boshlagan. Dastlab estafetali yugurish IV Olimpiya o’yinlari dasturi tarkibiga kiritilgan (London shahri, 1908 yil). Bu musobaqada estafetali yugurish musobaqalari 200 + 200 + 400 + 800 metr masofada amalga oshirilgan. Estafetali yugurish bo’yicha musobaqalarda dastlabki g’oliblar AQSh sportchilari hisoblanib, ular tomonidan 3.29,4 s natija qayd qilingan, ikkinchi o’rinni Germaniya jamoasi, uchinchi o’rinni esa – Vengriya jamoasi egallagan. Navbatdagi Olimpiya o’yinlarida (Stokgolm shahri, 1912 yil) sportchilar ikkita estafeta masofalari bo’yicha bellashishgan – jumladan, 4×100 metr va 4×400 metr. Bu musobaqalarda masofalarga mos holatda Angliya (42,4 s) va AQSh (3.16,6 s) jamoalari g’oliblikni qo’lga kiritishgan. XXVIII Olimpiya o’yinlarida 4 × 100 metr masofada estafeta musobaqalarida oltin medallar Angliyalik sportchilarga nasib qilgan (38,07 s), 4×400 metr masofa bo’yicha esa g’oliblik Amerikalik sportchilar tomonidan qayd qilingan (2.55,91 s).
Hozirgi vaqtda estafetali yugurish yugurish bo’yicha erkaklar o’rtasida dunyo rekordi 4×100 metr masofada Yamaykalik (Nesta Karter, Maykl Freyter, Yoxan Bleyk va Useyn Bolt)larga tegishli bo’lib, 2012 yil, 36,84 s natija qayd etgan bo’lsa, 4x400 metr masofa bo’yicha Amerikalik (Endryu Valmon, Kuinsi Uotts, Bats Reynolds va Maykl Djonson) 1998 yil, 2.54,20 s, natijani qayd etib dunyo rekodini o’z qo’llarida saqlab kelmoqdalar.
Ayollar o’rtasida dastlabki Olimpiya o’yinlari medallari IX Olimpiya o’yinlarida (Amstyerdam shahri, 1928 yil) qo’lga kiritilgan. Bunda ushbu musobaqalar dasturi tarkibiga 4×400 metr masofaga estafetali yugurish bo’yicha bellashuv kiritilgan. Bu sport turi yo’nalishida birinchi o’rinni Kanadalik ayol sportchilar egallashgan (ular tomonidan ko’rsatilgan natija – 48,4 s ga teng hisoblanadi), shuningdek ikkinchi o’rinni AQShlik sportchi ayollar band etishgan (48,8 s). Ayollar o’rtasida 4×400 metr masofaga estafetali yugurish bo’yicha bellashuvlar yirik musobaqalar dasturi tarkibiga faqat 1969 yildan boshlab kiritila boshlangan.
Bu sport turi bo’yicha dastlabki rasmiy rekord natija Angliyalik sportchi ayollar tomonidan qayd qilingan (3.30,8 s). 4×100 metr va 4×400 metr masofaga estafetali yugurish bo’yicha navbatdagi rekord natijalar ko’p marta takroriylikda yaxshilangan bo’lib, bu natijalar ko’pincha holatlarda Sobiq Germaniya Demokratik respublikasi va AQShlik sportchi ayollar tomonidan qayd qilingan. Hozirgi vaqtda 4×100 metr masofada estafetali yugurish musobaqalari rekord vaqti 41,37 s ga teng bo’lib, bu natija Sobiq Germaniya Demokratik respublikasi sportchilariga tegishli hisoblanadi (Kanberra shahri, 1985 yil), 4×400 metr masofada estafetali yugurish musobaqalari rekord vaqti esa – 3.15,17 s teng bo’lib, bu natija Sobiq Ittifoq ayollar terma jamoasi tomonidan ko’rsatilgan (Seul shahri, 1988 yil). XXVIII Olimpiya o’yinlarida (Afina shahri, 2004 yil) 4×100 metr masofada estafetali yugurish musobaqalarida 41,73 s vaqt natijasini ko’rsatgan Yamayka terma jamoasi birinchi o’rinni egallagan, 4×400 metr masofada estafetali yugurish musobaqalarida esa – AQSh terma jamoasi 3.19,01 s natija ko’rsatgan va birinchilikni egallagan.
Hozirgi vaqtda estafetali yugurish yugurish bo’yicha ayollar o’rtasida dunyo rekordi 4×100 metr masofada AQShlik (Karmelita D, Tiana M, Bayanka N, Ellison F)larga tegishli bo’lib, 2012 yil, 40,82 s natija qayd etgan bo’lsa, 4x400 metr masofa bo’yicha SSSRlik (Tatyana L, Olga N, Mariya P, Olga B) 1988 yil, 3:15,17 s natijani qayd etib dunyo rekodini o’z qo’llarida saqlab kelmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |