Buxoro davlat universiteti jahon tarixi kafedrasi



Download 2,54 Mb.
bet27/72
Sana02.01.2022
Hajmi2,54 Mb.
#309468
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   72
Bog'liq
majma fan va texnika ok good qqq

Kuk telegrafi 1837-yil

 

Bonnda baron Shilling o‘z telegrafini namoyish qilar ekan, tomoshabinlar orasida ingliz fuqarosi bilan Uilyam Kuk ismli shaxs uskunaning ishlash mohiyatini diqqat bilan kuzatib, o‘rganib borar edi. Oradan ikki yil o‘tib, 1837-yilda Kuk ham o‘zining ilk telegraf uskunasini yasab namoyish qildi. U Shilling telegrafidagi kamchiliklarni bartaraf etgan holda, uskunani ancha takomillashtirgan va ixchamlashtirgan edi. Angliyada telegrafning tarqalishi aynan Kuk telegraf uskunalari boshlab bergan. Bunday telegraflarning eng katta kamchiligi shunda ediki, ularda telegrafga qarab turgan shaxs, strelkaning qaysi harfga ishora qilayotganini ko‘zi bilan ko‘rib turib, yozib olishi kerak edi. Ya’ni, telegraf uskuna kelgan xabarni shunchaki harfma-harf ko‘rsatib berardi. Lekin u yozib olish va saqlash imkoniyati bo‘lmagan. Hammasi, telegraf operatorining qanchalik chaqqon va ziyrak ekaniga bog‘liq bo‘lgan... Lekin, shunday bo‘lsada, ilk telegraflar odamlar uchun nihoyatda katta qulayliklar taqdim etganligi bilan hammaga ma’qul tushgan edi. Chunki, boshqa bir shaharga nihoyatda muhim biror xabarni zudlik bilan yetkazish kerak bo‘lsa, bu ishni eng tez bajaradigan aloqa turi bu – telegraf edi.



 

Telegraf aloqasi simlarni butun mamlakat bo‘ylab tortib anchayin serchiqim va mashaqqatli ish bo‘lib, telegrafning ommalashishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan eng katta omillardan biri aynan shu bo‘lgan. Masalaga yechim izlab ko‘rgan ixtirochilardan biri – Shteynel ismli nemis ustasi telegraf stansiyalarini temiryo‘l vokzallari yaqiniga qurish va telegraf uskunalarini bitta sim bilan bog‘lash taklifini ilgari surdi. U qaytish tokini temiryo‘l relslari orqali uzatishni rejalashtirgan edi. Shu maqsadda Shteynel Nyurnberg va Fyurt temiryo‘l vokzallari orasida telegraf aloqasi o‘rnatib, tajribalar o‘tkazib ko‘rdi. Shteynel ushbu tajribalardan shuni aniqladiki, aslida qaytish tokini uzatish uchun ikkinchi sim ham, temiryo‘l relsi ham shart emas ekan. Buning uchun shunchaki, simning narigi uchun yerga ulash kifoya qilar ekan. Shteynelning mazkur tajribasidan keyin telegraf stansiyalarining birida batareykaning musbat qutbidan chiqqan simni, narigisida esa manfiy simni shunchaki yerga ulab qo‘yishga o‘tildi. 1838-yilda Shteynel Myunxen shahrida uzunligi 5 km bo‘lgan shunday «bitta simli» telegraf tarmog‘ini barpo etib, ishga tushirdi.

Biroq, yuqorida ham aytganimizdek, telegraf yanada ommalashib, kengroq qo‘llanila boshlashi uchun, uskunani xabarlarni yozib oladigan qilish kerak edi. Chunki, ba’zan, telegraf operatori qanchalik ziyrak bo‘lmasin, ayrim xabarlarda harflar ketma-ketligida chalg‘ib ketishi, yoki, shunchaki so‘zni ilg‘amay qolishi mumkin edi. Shu sababli ham telegraf uskunalari uchun maxsus avtomat yozuv qurilmasi bilan jihozlash masalasi juda dolzarb bo‘lib qoldi. Ushbu masalani esa 1837-yilda AQSHlik usta rassom  Morze tomonidan hal qilindi. U telegrafga kelgan xabarni yozib oladigan maxsus uskuna yasab, uni telegraf apparatiga ulab ishlatishni yo‘lga qo‘ydi.

Morzening asl kasbi rassom bo‘lgan. 1832-yilda u Yevropadan Amerika qit’asiga okean kemada sayohat chog‘ida elektromagnit uskunasi bilan yaqindan tanishgan edi. Morzeda o‘shandayoq ushbu uskunadan signal uzatish vositasi sifatida foydalanish g‘oyasi paydo bo‘lgan. Sayohat yakuniga kelib u allaqachon maxsus qurilma loyihasini tayyorlab qo‘ygan edi va unda asosiy o‘rinni elektromagnit hamda, alifbo egallardi. Morzening alifbosi oddiy alifbodan tubdan farq qilardi va aynan o‘sha g‘alati alifbo rassom-ustaning nomini tarixga muhrladi. Morze o‘zi ishlab chiqqan maxsus alifbo va elektromagnit telegraf bilan yana uzoq yillar mobaynida turli tajribalar o‘tkazib ko‘rdi va to‘liq mukammal ishlaydigan, eng muhim, kelgan xabarlarni bexato yozib oladigan apparat yasagunicha yana bir necha yil o‘tib ketdi. Morzega bu borada eng katta qiyinchilik tug‘dirgan narsa shu ediki, elektromagnit uskunalar va boshqa zaruriy ehtiyot qismlarni Amerikadan topish qiyin edi va ularni Yevropadan buyurtma qilib olib kelish zarur bo‘lardi. Buyurtma esa kema orqali 1 oyga yaqin muddatda yetib kelgan. Morze o‘z telegrafining deyarli hamma qismini o‘zi yasagan deyish mumkin. Hattoki, o‘tkazgich simlarni ham Morze o‘zi tayyorlagan. U mis simlarning tayyor izolyatsiyalangan turi savdoda sotilishini bilmasdi va o‘z uskunasida ishlatish uchun mis sim tayyorlagani bir necha kun temirchi ustaxonasida vaqt o‘tkazgan va katta mis quymasini bolg‘alab, uzun mis sim o‘tkazgich yasagan. U o‘zi yasagan simni izolyatsiyalash uchun qog‘oz bilan o‘rab chiqqan. Usta qo‘lidagi elektromagnitning yetarlicha magnitlanmayotganligidan ham ko‘p xunob bo‘lgan va buning sababini bila olmay ancha asabiylashgan. Morze elektromagnitining yetarlicha magnitlanmasligiga sabab, undagi temir o‘zakli g‘altakning o‘ramlari soni kamligidan bo‘lgan. Ziyoli shaxs sifatida Morze muammoni yechimini tegishli ilmiy adabiyotlardan qidiradi va professor Genrining elektromagnit hodisalarga bag‘ishlangan kitobini to‘liq o‘qib chiqadi. Shundan so‘nggina u elektromagnitni ko‘ngildagidek ishlashiga erishadi.

Morze telegrafida ham o‘ziga xos kamchiliklar mavjud edi. Ularning eng asosiysi – uzoq masofalarga signal uzatishda, o‘tkazgich simlarning qarshiligi tufayli signal susayib, manzilga chala yetib borar, yoki, umuman yetib bormay ham qolardi. Bu masalani hal qilish uchun esa Morze yana bir muhim texnik ixtironi amalga oshirishga majbur bo‘ldi. U maxsus elektromagnit kalit-rele ixtiro qildi va telegraf tarmoqlari konstruksiyasiga kiritdi.

 

Morze relesi favqulodda sezgir maxsus elektromagnitdan iborat bo‘lib, u eng sust, past toklarni ham payqash imkonini bergan. O‘ziga arzimas kichik tok kelsa ham rele ishga tushib, o‘ziga yaqin joyda o‘rnatilgan batareykani zanjirga ulab bergan va shu tarzda signalni yana uzoqroq masofaga, yoki, to‘g‘ridan-to‘g‘ri telegraf apparatiga yuborilishini ta’minlagan.



Shu tarzda, Morze tarixda eng birinchi mukammal telegrafni yaratdi. U o‘z ishlarini 1837-yilda tamomladi va endilikda o‘z ixtirosini amaliyotga keng joriy qilishni maqsad qildi. Biroq, Morze telegrafi ancha qimmatbaho uskuna bo‘lib, uni ommalashtirish uchun hukumatning moliyaviy ko‘magi zarur edi. Ixtirochi o‘zining ajoyib foydali ishlanmasiga nisbatan AQSH hukumatining qiziqishini uyg‘otish va ishlab chiqarishni moliyalashtirish uchun yana naq 6 yil ter to‘kishga majbur bo‘lgan. Hukumat faqat 1843-yilga kelibgina Morze telegrafi asosida 64 km uzunlikdagi Vashington-Baltimor telegraf tarmog‘i qurilishi uchun 30 ming dollar mablag‘ ajratishga rozi bo‘ldi. Avvaliga Morze mazkur telegraf tarmog‘ini yer ostidan o‘tkazishga urinib ko‘rgan. Biroq, simlarning izolyatsiyasi yerning namligiga bardosh berolmasligi ma’lum bo‘lgach, simlarni boshqatdan, yer ustidan qayta o‘tkazishga to‘g‘ri kelgan. 1844-yilning 24-may sanasida ushbu telegraf tarmog‘ida tantanali marosim o‘tkazilib, ilk telegramma xabari jo‘natilgan. Bu Morze uchun katta muvaffaqiyat keltirdi. Hukumatdagilar mazkur ixtironing amaliy ahamiyatini tez tushunib yetishdi va boshqa shtatlarni ham telegraf bilan o‘zaro bog‘lash loyihasini qo‘llab quvvatlashdi. Keyingi 4 yil ichida AQSHning deyarli barcha shtatlari markazlari o‘zaro telegraf aloqasi tarmog‘iga ega bo‘ldi.

Morze telegraf apparati juda pishiq va qulay konstruksiyalangan bo‘lib, u bilan ishlash ham oson bo‘lgan. Shu sababli, Morze telegrafi tez orada nafaqat Amerikada, balki butun dunyoda keng ommalash boshladi va o‘z egasiga juda katta muvaffaqiyat va daromad keltirdi.



Morze telegrafi

 

Morze telegrafining noqulay joyi shunda ediki, unda oddiy alifbo emas, balki, aynan ushbu telegraf uchun tuzib chiqilgan va qisqa va uzun chiziqlar hamda nuqta asosida kodlangan maxsus alifbo qo‘llangan. Bu alifboni aloqachilar hozirgacha «Morze alifbosi» nomi bilan yaxshi tanishadi. Bunda telegraf bilan uzatilgan xabarni faqat maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan, chiziqlar va nuqta ketma-ketligi kombinatsiyalarini shifrdan yecha oladigan mutaxassisgina o‘qiy olgan. Bu noqulaylik esa boshqa ixtirochilarga, Morze konstruksiyasi asosida, lekin, oddiy harflar bilan xabar uzatish imkonini beruvchi telegraf yasash g‘oyasini bergan. Shunday telegraf yasashga bo‘lgan urinishlardan birini 1855-yilda Yuz ismli ixtirochi amalga oshirib ko‘rgan. Uning telegrafida 28 ta tugma bo‘lib, jami 52 xil belgilarni – harflar, sonlar va tinish belgilarini uzatish mumkin edi.



Biroq, bu orqali Yuz telegrafi ancha beso‘naqay va og‘ir bo‘lgan. Lekin unda xabarlarni nisbatan tez va eng asosiysi oddiy alifboda jo‘natish mumkin edi. Yuz telegrafida malakali operator ingliz tilida bir daqiqada 40 tagacha so‘z yuborishi mumkin bo‘lgan. Biroq, shunga qaramay, Morze telegrafi keyinchalik yanada keng ommalashdi va telefon aloqasi, hamda, radioaloqa ommalashishidan avval, butun dunyoda xat-xabar almashinishi borasida ilk texnik vositaga aylandi.

Shu tarzda, XIX-asrning 40-yillarida dunyoga kelgan telegraf aloqasi, keyingi o‘n yilliklarda shiddat bilan rivojlandi. Telegraf simlari butun boshli materiklar va okeanlarni kesib o‘ta boshladi. 1850-yilga kelib, suvosti kabellari yotqizish orqali Angliya va Fransiya o‘zaro telegraf aloqasi o‘rnatdi. Ushbu xalqaro telegrafning muvaffaqiyati, boshqa mamlakatlarni ham otni qamchilashga turtki berdi. Keyingi bir necha yil ichida Angliya va Irlandiya, Gollandiya, Sardiniya va Italiya davlatlari orasida telegraf tarmoqlari joriy qilindi. Okean orti bilan Yevropani bog‘lovchi telegraf tarmog‘i ham allaqachon loyihalangan bo‘lib, biroq uning amalga oshishi ba’zi sabablar tufayli cho‘zilib ketdi. Bir necha marta Atlantika okeani tubidan t elegraf kabellari yotqizishga bo‘lgan urinishlar omadsizlikka uchradi. Eng nozik paytda kabel uzilib ketardi, yoki boshqa bir ko‘zda tutilmagan muammo chiqib qolardi. Bir necha marta muvaffaqiyatsiz urinishlardan keyin, vanihoyat 1858-yilda ilk marta transatlantik telegraf aloqasini muvaffaqiyatli o‘rnatishga erishildi. Biroq, u ham atiga uch hafta ishlagach, aloqa yan uzilib qoldi. Sim yana okean tagida uzilib ketgan edi. Ko‘hna qit’a va Amerika orasidagi mukammal, puxta telegraf aloqasi faqat 1866-yilga kelibgina joriy qilindi va endi xabarni narigi yarim sharga jo‘natish ikki daqiqalik oddiy yumushga aylanib qoldi. Endilikda, Yevropada sodir bo‘layotgan voqealar o‘sha kunning o‘zidayoq Amerikaliklarga ham ma’lum bo‘lardi va aksincha. Keyingi yillarda butun Yer yuzi bo‘ylab telegraf tarmoqlari qurilishi shiddat bilan avj oldi. Barcha mamlakatlar o‘zlarining katta va kichik shaharlari orasida telegraf aloqasi bo‘lishini istab, katta-katta loyihalarni amalga oshira boshlashdi. Shu tarzda, telegraf – odamzot hayotida muhim o‘rin tuta boshladi va haqli ravishda insoniyat tarixdagi eng buyuk ixtirolari safida qayd etila boshladi.



Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish