Buxoro davlat universiteti jahon tarixi kafedrasi


O‘zbekistonda mustaqillik yillarida qurilgan 10 ta ko‘rkam bino va inshootlar (foto)



Download 2,54 Mb.
bet35/72
Sana02.01.2022
Hajmi2,54 Mb.
#309468
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   72
Bog'liq
majma fan va texnika ok good qqq

2.O‘zbekistonda mustaqillik yillarida qurilgan 10 ta ko‘rkam bino va inshootlar (foto)

"UZ24” nashri so‘nggi 23 yil davomida respublikamizda qurilgan ko‘rkam 10 ta bino va inshootlar ro‘yxatini tuzib chiqdi.

1. "Minor” jome’ masjidi



Toshkent shahri markazida joylashgan "Minor” jome’ masjidi 2013-yilda qabul qilingan "Toshkent shahrining Minor mahallasi hududida masjid barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga binoan barpo etilgan. Masjid bir paytning o‘zida 3 mingdan ziyod namozxonni bag‘riga sig‘dira oladi.

Masjidning bosh binosi – ikki qavatli xonaqoh, ikkita peshtoq, balandligi 38 metr bo‘lgan ikkita minora va bir gumbazdan iborat. Masjid hovlisining ikki tomonida milliy yog‘och o‘ymakorligi uslublarida bezatilgan ustunlar o‘rnatilgan. Bo‘zsuv yoqasigacha ko‘rkam maysazorlar va xiyobon yaratilgan.

Masjid 2014-yil 1-oktabrda rasman ochildi.

2. Hazrati Imom majmuasi

2007-yil boshida Prezidentimiz Farmoni bilan Hazrati Imom (Hastimom) jamoatchilik jamg‘armasi tashkil etilib, Hazrati Imom majmuasining asl tarixiy qiyofasini tiklash maqsadida bu yerda keng ko‘lamli qurilish-ta’mirlash va obodonchilik ishlari olib borildi.

Xazrati Imomning yangi ko‘rinishi qadimiy an’analar asosida yaratilgan bo‘lib, u ikki gumbaz va ikki minoradan iborat. O‘ng minora xorazmlik ustalar, chap minora samarqandlik hunarmandlar tomonidan bunyod etilgan. Minoralarning uzunligi 53 metrni tashkil etadi. Masjidga kiraverishda sandal daraxtidan ishlangan 20 ta ganch tushirilgan ustunli ayvon joylashgan. Gumbazlar darchalarining alohida loyihalashtirilishi, quyosh nurlarining tongdan ufqqa qadar masjidni yoritib turishiga imkon yaratgan. Ikki gumbazning ichki qismi tilla suvi bilan yurgizilgan.

3. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi



Kutubxona O‘zbekiston Prezidentining 2002-yil 20-fevraldagi "Ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni hamda 2002-yil 12-apreldagi Vazirlar Mahkamasining "Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasini tashkil etish haqida”gi Qaroriga muvofiq "Milliy” maqomini oldi.

2011-yil yangidan qurilgan kutubxona binosi yetti qavatli bo‘lib, yer ostidagi ikki qavati fonddan iborat. Kitoblarni sifatli saqlash uchun zamonaviy mobil stellaj olib kelindi. Ilgari so‘ralgan kitob yo gazeta-jurnalni o‘quv zaliga keltirish uchun kutubxonachi opalar kamida yarim soat yo‘l bosishiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, bugun bu jarayon 345 metrli telelift va 100 kilogramm yukni ko‘tarishga mo‘ljallangan lift vositasida bajarilmoqda.

Shuningdek, bu yerda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamda Simpoziumlar saroyini birlashtirgan "Ma’rifat markazi” ham qad rostlagan.

Milliy va zamonaviy arxitektura uslublarini o‘zida mujassam etgan bu muhtasham koshona Mustaqillik maydoniga tutash hududda Yoshlar ijod saroyi, Tasviriy san’at galereyasi, "Poytaxt” biznes markazi kabi mahobatli inshootlar bilan yaxlit kompozitsiya hosil qilgan.

Bino yo‘laklariga oq marmarlar yotqizilgan. Majmua derazalariga sakkiz qirrali yulduz shaklidagi uzun panjaralar o‘rnatilgan. Bino tashqarisida betakror landshaft dizayni va musiqiy favvora sayrgohga aylangan.

Saroyning 1 000 o‘rinli katta zalida me’moriy yechimiga ko‘ra dunyo tajribasida kam uchraydigan gumbaz atrofi bo‘ylab joylashtirilgan 36 ta deraza kun davomida tabiiy yorug‘likni ta’minlaydi. Deraza osti va gumbaz ichidagi maxsus moslamalar yordamida zal havosi muntazam yangilanib turadi.

Davlatimiz rahbarining g‘oyasi asosida Simpoziumlar saroyi vestibyulidagi devorlarga yoqut, feruza, zumrad, lojuvard, malaxit (yashiltosh), yashma kabi noyob, tabiiy va qimmatbaho toshlardan yasalgan mahobatli ikki panno shakli, naqshlar tushirilgan.

4. "Bunyodkor” sport majmuasi

2012-yil 28-sentabr kuni Toshkentda "Bunyodkor” sport kompleksining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ham qatnashdi. Shu kuni o‘zbek futbolining 100 yilligi nishonlandi.

"Bunyodkor” sport majmuasi o‘z ichiga 56 gektar maydonni egallagan 7 ta zamonaviy maydon, bolalar-o‘smirlar futbol maktabi, basseyn va boshqa zamonaviy inshootlarni qamrab olgan.

Stadion 2008—2012-yillar davomida qurilgan bo‘lib, 34 ming kishiga mo‘ljallangan.

5. "Poytaxt” biznes markazi

"Poytaxt” biznes markazi 2010-yilda ochilgan bo‘lib, Mustaqillik maydoniga yaqin hududda joylashgan. Biznes markazida ijaraga beriluvchi ofislar, "Mustaqillik” mehmonxonasi, Kizilkum Gold restorani, bar, fitnes-markaz hamda anjumanlar zali joylashgan.

6. Farg‘ona viloyati Teatr-konsert saroyi

Mamlakatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganining 22 yilligi arafasida Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan Farg‘ona viloyat markazida Teatr-konsert saroyi bunyod etildi. U 2014-yilning 6-dekabr kuni tantanali ravishda ochildi.

Mazkur san’at saroyi 1 000 o‘rinli bo‘lib, milliy va zamonaviy me’morchilik an’analarini o‘zida uyg‘unlashtirgan. Eshik va ustunlari sharqona naqshlar bilan bezatilgan.

3. "Buxoro madaniy markazi” majmuasi



Prezident Islom Karimov g‘oyasi, tashabbusi va rahnamoligida barpo etilgan "Ko‘hna va boqiy Buxoro” monumenti, viloyat musiqali drama teatrining muhtasham binosi hamda amfiteatrni o‘z ichiga olgan "Buxoro madaniy markazi” majmuasi 2010-yil 30-avgustda ochilgan.

"Ko‘hna va boqiy Buxoro” monumentining markaziy qismida uch avlod—baxtiyor yosh oila: ota-ona va bola, barhayotlik timsoli—nihol o‘tqazayotgan bobo va nevara hamda uy qurayotgan ota va farzandning barelyefli haykallari ifodalangan.

Madaniy markaz hududidagi barcha yo‘llar salobatli "Ko‘hna va boqiy Buxoro” monumenti yonida tutashadi. Obidaning baland tepasida ulkan Yer shari o‘rnatilgan. Unda mustaqil O‘zbekiston xaritasi tilla rangda naqshlangan.

. Andijondagi "Hamkor” biznes markazi

2011-yil Andijon shahrida "Hamkor” xalqaro biznes markazi ochildi.

5 qavatli markaz "Hamkorbank” aksiyadorlik-tijorat banki tomonidan bunyod etildi. Markazda tadbirkorlar uchun ofislar, konferens-zal, o‘quv markazi, mehmonxona, restoran, bank bo‘limi, kinozal, kafe-bar, qator savdo do‘konlari mavjud.

. Temuriylar tarixi davlat muzeyi



18 oktabr — Temuriylar tarixi davlat muzeyi ochilgan kun. Muzey 1996-yili Sohibqiron tavalludining 660 yilligi munosabati bilan Amir Temur xiyoboniga tutash hududda barpo etilgan. Binoning butun aylanasi bo‘ylab joylashgan ayvonni oq ustunlar ko‘tarib turibdi. Muzeyning balandligi 31, diametri 70 metr. Muzey gumbazini yoritib turgan "Zumrad” deb nomlangan qandilning og‘irligi 2 tonnadan oshadi. Unga 500 ta yoritgich o‘rnatilgan.

Muzey 3 qavatdan iborat. Birinchi qavatida xazinaxona, kutubxona, anjumanlar zali, ma’muriyat joylashgan. Ikkinchi qavatdagi devor markazidan "Buyuk Sohibqiron — buyuk bunyodkor” deb nomlangan panno joy olgan. Uchinchi qavatdan Markaziy Osiyoning ilk Uyg‘onish davridan to Sohibqiron davrigacha va temuriylar hayotidan hikoya qiluvchi eksponatlar, rang-barang osori atiqalar o‘rin olgan.

Bugungi kunda muzeyda temuriylar tarixidan so‘zlovchi 3,5 mingdan ziyod eng noyob yodgorliklar saqlanmoqda.

. "Chorvoq oromgohi” yoki "Piramidalar” sog‘lomlashtirish markazi

Sog‘lomlashtirish markazi Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan. Piramida shaklidagi uchta binoda turli sinfdagi restoran, bar, biznes-markaz, anjumanlar zali, trenajer zallari, tibbiyot punkti singari jami 208 ta nomer bor.





Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish