Buxoro davlat universiteti jahon tarixi kafedrasi


- MAVZU: XIX VA XX ASR BOSHLARIDA ILMIY BILIMLAR VA TEXNIKANING RIVOJLANISHI



Download 2,54 Mb.
bet23/72
Sana02.01.2022
Hajmi2,54 Mb.
#309468
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   72
Bog'liq
majma fan va texnika ok good qqq

10 - MAVZU: XIX VA XX ASR BOSHLARIDA ILMIY BILIMLAR VA TEXNIKANING RIVOJLANISHI
Reja:

  1. Tibbiy bilimlar va tibbiyot tarixi.

  2. Teletarqatish tarmog'ining (televideniye) rivojlanishi tarixiga nazar.

  3. XIX-asrda aloqa sistemasi va mexanizmlari kashf etilishi

  4. Telefon va telegraf sohasidagi ilmiy kashfiyotlar

Tibbiyot tarixi fani 2 qismga umumiy va xususiy tibbiyot tarixiga bo'lib o'rganilishi. Mazkur fanni rivojlanishida biologiya, fizika, mikrobiologiya kabi fanlarni o'rni katta ekanligi, tibbiyot tarixi fan sifatida shakllanishida insoniyat ongining, aql- idrokining oshirilishi maqsad va usullarini qo'llanilishi muhim rol o'ynagan. Arxeologik topilmalar shuni ko'rsatadiki, qadimgi odamlar toshga ishlov berish natijasida teshuvchi, kesuvchi pichoqlar yaratib yiringli joylari yorib yiringini chiqarish, chaqaloq kidnigini kesishda ishlatishgan. Diniy mistik nazariya bu tibbiyotni din bilan bog'lab o'rgangan (Anemizm, fteshizm, titemizm) mazkur tushunchalar o'sha davr odamlari uchun katta rol o'ynagan.

Ilmiy materialistik nazariya esa tibbiyotni ilmiy jihatdan asoslab berish masalan: difteriya, dizenteriya, sil, gepatit va boshqa kasalliklarni mikrob va viruslar chaqirishini ilmiy jihatdan isbotlanishi tushuniladi. Insoniyat birinchi tibbiy muolajalarni hayvonlarni hayotini kuzatish yo'li bilan o'rgangan masalan klizmani qushlardan, mumiyoni topish va davolashni kiyikdan va h.k. Tibbiyotni kasb sifatida shakllanishida ibtidoiy jamoa tuzimi oxiri quldorlik davri boshlarida alohida tibbiyot bilan shug'ullanuvchi odamlar paydo bo'la boshlangan ular singan va chiqqan suyaklarni davolash, turli dorivor o'simliklar bilan davolash bilan shug'ullanishgan.

Tibbiy bilimlar qatorida tibbiyot tarixi fani alohida o'rin egallaydi. U tibbiyotning tarixiy rivojlanish yo'llari va uning hozirgi kungacha etgan darajasi haqida umumlashtiruvchi tushuncha beradi, tibbiyotning taraqqiyot qonunlarini ochadi va shunga asosan uning kelgusidagi yo'nalish yo'llarini ko'rsatib beradi. Tibbiyot tarixi umuminsoniyat tarixining muhim qismidir.

Bo'lajak shifokor uchun tibbiyot tarixini o'rganish muhim ahamiyatga ega. Tibbiyot tarixi fani tibbiyotning rivojlanish yo'llarini chuqur o'rganishda, uning erishgan yutuqlarini to'g'ri anglashda talabalarga dastur bo'lib xizmat qiladi, ularning bilim darajasi va saviyasini oshiradi. Umuman, tibbiyot tarixi fani talabalarning kasbiy- estetik, ma'naviy-g'oyaviy va madaniy jihatdan yuksak darajadagi mutaxassislar bo'lib etishishlarida katta rol o'ynaydi.

Tibbiyot tarixi tibbiyotning kelib chiqishi va rivojlanishini ijtimoiy-iqtisodiy hayot bilan bog'liq holda o'rganuvchi fan hisoblanadi. Ijtimoiy-iqtisodiy hayot tibbiyotning rivojlanish darajasini belgilaydi. Masalan, ibtidoiy jamoa davrida yashagan kishilarning hayoti juda past darajada rivojlangan edi. Ular yashash uchun hech narsa ishlab chiqarmay, faqat tabiatdagi mavjud mahsulotlar (o'simliklar, ularning mevalari, ildizlari va h. k.) ni eb yashaganlar. Shuningdek, ular tibbiyot sohasida ham hech narsa kashf etmay, tabiatda mavjud bo'lgan shifobaxsh o'simliklarni shundayligicha eb davolanganlar. Binobarin, bu davrda tibbiyot ham juda past darajada bulgan. Undan keyingi ijtimoiy hayotni o'zgarishi bilan tibbiyot ham rivojlana borgan. Bu o'zining ilg'or nazariy asoslari va yuksak prnntsiplari bilan undan oldin o'tgan barcha ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlardan tubdan farq qiladi.

Tibbiyotning rivojlanishi boshqa ijtimoiy va madaniy omillar bilan ham bog'liq. Masalan, tibbiyotning rivojlanishida falsafa fani ham muhim o'rin egallaydi. Tibbiyot faqat ilg'or materialistik falsafa asosidagina rivojlanishi va yutuqlarga erishishi mumkin. Masalan, o'rta asrlarda Ovrupoda idealistik falsafa va sxolastika hukmron bo'lgan. Shunga ko'ra, o'sha vaqtdagi tibbiyot ham sxolastik xarakterga

ega bo'lgan. hozirgi zamonamizda fanda materialistik tushuncha hukmron. Shuning uchun hozirgi zamon tibbiyoti yuksak materialistik fan asosida yuqori darajada rivojlangan.

Tibbiyotning rivojlanishida tabiiy fanlar ham muxim rol o'ynaydi. Tabiiy fanlarning har biri tibbiyotni boyitib, rivojlantirib boradi. Masalan, kimyo, botanika fanlarining rivojlanishi dori-darmonlarning ko'payishiga hissa qo'shdi. Biologiya, parazitologiya, mikrobiologiya fanlarining rivojlanishi tufayli ko'pgina kasalliklarning sababchilari (mikroblar, parazitlar) aniqlandn. Fizika fanining rivojlanishi natijasida yangi-yangi tashxis (diagnostika) va davolash usullari (mikroskop usuli bilan tekshirish, rentgen-radiy nurlaridan foydalanish, elektrokardiografiya va h. k.) ishlab chiqildi. Shu misollardan ko'rinib turibdiki, tibbiyotning rivojlanishi xaqiqatan ham ijtimoiy va madaniy hayotning deyarli barcha sohalari rivojlanishi bilan bog'liq. Binobarin, biz tibbiyot tarixini ijtimoiy hayotning hamma sohalari rivojlanishi bilan bog'liq; holda o'rganamiz. Bunda tibbiyotning kelib chiqishidan boshlab, uning bosib o'tgan barcha bosqichlari bilan tanishamiz.

Tibbiyot tarixi umumiy va xususiy qismlarga bo'linadi.

Umumiy tibbiyot tarixi tibbiyotning paydo bo'lishidan hozirgi kungacha rivojlanishini umumiy o'rganadi, uning taraqqiyot qonuniyatlarini kashf etadi, tibbiyotning kishilik jamiyati rivojlanishining har bir davridagi o'ziga xos xususiyatlarini aniqlaydi.

Xususiy tibbiyot tarixi tibbiyotning ayrim sohalarining kelib chiqishi va rivojlanishini o'rganadi, ayrim yirik tibbiyot olimlarining hayoti va faoliyati bilan tanishadi. Masalan: terapiya, xirurgiya, pediatriya, endokrinologiya va boshqa klinik fanlarni tarixini chuqur o'rganadi va tahlil qiladi.

Umumiy tibbiyot tarixi bilan xususiy tibbiyot tarixi o'rtasida ma'lum farq mavjud, shu bilan birga ular bir-biri bilan bog'liqdir. Umumiy va xususiy tibbiyot tarixi o'zaro birlashib, tibbiy-tarixiy fanni tashkil etadi.

Tibbiyot tarixi XIX asrda alohida fan shaklini oldi. Lekin tibbiyot tarixiga oid dastlabki asarlar ancha ilgari yozila boshlagan. Masalan, "Gippokrat to'plami" nomli mashhur kitobga kiritilgan "qadimgi tibbiyot haqida" nomli maqola tibbiyot tarixiga oid birinchi asar hisoblanishi mumkin. Bu maqolani Gippokratning o'zi yozgan, deb hisoblaydilar. Maqolada Gippokrat tibbiyot masalalarida o'tmishdagi har xil fikrlarga sharh beradi. Ammo birorta ham hakimning ismini keltirmaydi.

Shuning uchun bu maqolani shartli ravishda tibbiyot tarixiga oid birinchi asar deyish mumkin.

Tibbiyot tarixiga oid birinchi asarlar sharq mamlakatlarida o'rta asrlarda paydo bo'ldi. Bu sohada bir qancha olimlar ijod qildilar. Tibbiyot tarixi sohasida barakali ijod etgan olimlardan Abul hasan al-Bayxaqiy, Ibn al-Kiftiy, Ibn Abi Usaybia, Abu Bakr ibn al-Xallikon kabi mualliflarni ko'rsatish mumkin.

XIX asrda tibbiy bilimlarning rivoji va rivojlanish davrlari
XIX asrning oxirlarida mustaqil tibbiyot tarixi kafedralariga asos solindi. 1894 yilda Moskva dorilfununiiing tibbiyot qulliyotida tibbiyot tarixi kafedrasi ochildi. So'ng boshqa dorilfununlarda ham shunday kafedralar ochila boshladi. Shunday qilib, tibbiyot tarixi mustaqil fan sifatida shakllandi.

o'rta Osiyo jumhuriyatlarida dastlab tibbiyot tarixidan lektsiyalarni boshqa soha mutaxassislari o'qiganlar. Masalan, 1930 yillarda Samarqand tibbiyot oliy bilimgohida tibbiyot tarixidan gistologiya va embriologiya kafedrasining mudiri G. M. Semenov lektsiya o'qigan. 1940 yillarda bunday lektsiyani biologiya kafedrasining mudiri P. M. Faktorovich o'qigan. 1945—1950 yillarda esa tibbiyot tarixidan V. I. Rudnev dars bergan.

Mustaqil tibbiyot tarixi kafedrasi birinchi marta 1948 yilda Toshkent tibbiyot oliy bilimgohida, 1981 yilda esa Samarqand tibbiyot institutida tashkil etildi. Shunday kafedralar boshqa o'rta Osiyo tibbiyot institutlarida ham ochildi. 1957 yilda o'zbekistonda tibbiyot tarixchilari jamiyati tashkil topdi. 40—60 yillarga kelib, o'rta Osiyoda ham tibbiyot tarixi fani mustaqil fan sifatida rivojlandi.

Sobiq ittifoq davrida tibbiyot tarixini o'rganish ishlari 1950—70 yillarda keng miqyosda olib borildi. Bu sohada yirik tibbiyot tarixchilari etishib chiqdi. F. R. Borodulin, I. D. Strashun, M. K. Kuzmin, B.M. Potulov, M, P. Multanovskiy, P. E. Zabludovskiy kabi olimlar tibbiyot tarixida katta hissa qo'shdilar. o'zbekistonda esa A. A. Abdullaev, A.A. qodirov, M.A. Goipov, M. Mahmudov, N.M. Mahmudova, A.K. Xusanbaeva, O.I.Ismailov va boshqalar tibbiyot tarixini o'rganishdi va rivojlantirdi.

Tibbiyot tarixi darsini o'qitishdan maqsad, tibbiyotnnng dastlabki paydo bo'lishidan boshlab to bizning kunimizgacha bosib o'tgan yo'lini to'g'ri tahlil qila bilishni va bu sohada aniq fikr yuritishni talabalarga o'rgatishdir. Tibbiyot tarixi fani o'lkamizning boy tibbiyot tarixiga ega ekanligini ko'rsatib, talabalarda bu tarixga nisbatan fahrlanish va qiziqish tuyg'usini uyg'otadi. Tarixiy ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, o'rta Osiyo xalqlari uzoq, o'tmishda yuksak madaniyatga erishganlar, shu jumladan, tibbiyot ham yuqori darajaga ko'tarilgan. Tibbiyot tarixi fani shularni aniK dalillar bilan isbotlab berdi.

Tibbiyot tarixi fanining asosiy vazifalaridan yana biri, talabalarga bizning mamlakatimizda va jahon miqyosida tibbiyotning qanday kelib chiqqani va rivojlanganligini xronologik ravishda tanishtirishdan iborat. Shuningdek tibbiyot tarixi haqida mavjud bo'lgan turli xil fikrlar va nazariyalar tahlil qilinadi, ularga baho beriladi.

Tibbiyot tarixi fanining yana bir vazifasi jahonda tibbiy fanlarning rivojlanishida mamlakatimiz, olimlarining qo'shgan hissasini ko'rsatib berishdir.

Tibbiy bilimlar qatorida tibbiyot tarixi fani alohida o'rin egallaydi. Bu fan tibbiyotning tarixiy rivojlanish yo'lini har taraflama chuqur va keng o'rganadi. Tibbiyot tarixi fani tibbiyot sohasida umumlashtiruvchi tushuncha beradi, Ayrim tibbiy bilimlar esa o'z sohasi bo'yicha tor ma'nodagi tushunchani beradi. Bunday bilimlarni o'rganish natijasida tibbiyotning umumiy mohiyatini va uning rivojlanish qonuniyatlarini ochib bo'lmaydi. Tibbiyot tarixi fani esa uni ochib beradi.

Tibbiyot — kishilar sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlash, umrni uzaytirish, kasalliklarning oldini olish, davolash haqidagi bilimlar va shu sohadagi amaliy tadbirlar majmuyi. Tibbiyot insoniyatning nazariy va amaliy faoliyatida muhim ahamiyatga ega. Har bir kishi o‘z sog‘lig‘ini saqlash va uni mustahkamlash, shuningdek, betob bo‘lib qolganida tezda tuzalishni istaydi. Kasallikni aniqlash, uning oldini olish va davolashda zamonaviy usullarni qo‘llash inson hayotini saqlab qolish, shuningdek, ilgari davolab bo‘lmaydigan kasalliklarni davolash imkonini berdi.

Lekin tibbiyot o‘z oldiga qo‘ygan hamma maqsadlariga erishdi, deb bo‘lmaydi. Hali ham kishilar orasida uzoq umr ko‘rmay, og‘ir xastaliklar va uning yomon oqibatlaridan bevaqt nobud bo‘lish, barvaqt qarish hollari uchrab turibdi. Ma’lumki, kishining sog‘lig‘i ko‘p jihatdan uning o‘ziga bog‘liq, chunki kasallikka ko‘pincha kishi hayot tarzining noto‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi, o‘z salomatligini himoya qila bilmaslik, salomatlikka zararli omillarga bilar-bilmay ruju etish va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik, noto‘g‘ri ovqatlanish kabi omillar sabab bo‘ladi.

Tibbiyotning qanday ahvolda bo‘lishi va rivojlanish darajasi, mazmuni va usullari, avvalo, ijtimoiy tuzum va moddiy sharoitlar bilan belgilanadi. Tibbiyot fanlari umumiy biologiya, genetika, anatomiya, fiziologiya kabi tabiiy fanlar va shuningdek, fizika, kimyo fanlari bilan chambarchas bog‘langan. Tibbiyot o‘zining ko‘p asrlik tarixida juda murakkab yo‘lni bosib o‘tdi. Bu asosan, kasallikni aniqlash, oldini olish, davolash, uning kelib chiqish sabablari va rivojlanish mexanizmlarini o‘rganish, shuningdek, har bir shaxs yoki butun jamoa sog‘lig‘ini saqlash va mustah- kamlashga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish va ularni takomillash- tirishga oid talaygina bilim va tajribalardan iboratdir.

Zamonaviy tibbiyotning kelib chiqishi uzoq tarixiy davrlarni va turli qarashlarni o‘z ichiga olib, turli kasalliklar, ularni davolash va oldini olish haqidagi bilimlar asosi qadimdan xalq ommasining tajriba va kuzatishlariga bog‘liq bo‘ladi. Tabobat kurtaklari odam paydo bo‘lgan davrdan boshlab vujudga kelgan. «Tibbiy faoliyat — dastlabki odam bilan tengdosh», deb yozgan edi I.P. Pavlov.

19-a.ning 2yarmida mikrobiologiya sohasida bir qancha yangiliklar yaratildi. Epidemik kasalliklardan vabo, oʻlatnit qoʻzgʻatuvchilari va kasallik epidemiologiyasi oʻrganildi, chechak mikrobi aniklandi va unga karshi vaksina tayyorlandi (E. Jenner). Mahoratli vrachlar yordamida butun dunyoda chechakka qarshi emlash rasm boʻldi. Yuqumli kasalliklar sababi turli mikroblar ekanligini L. Paster asoslab berdi va bu kashfiyot asosida kishilarni kuydirgi, quturish kabi yuqumli kasalliklarga karshi emlab, ularning oldini olish usullarini ishlab chiqish imkoniyati tugʻildi. Shu davrda Yevropada bezgak, toshmali terlama (toshmali tif), qaytalama terlama va boshqa yuqumli kasalliklarni qoʻzgʻatuvchi mikroblar topildi. I.I. Mechnikov immunitet haqidagi taʼlimotni yaratdi. Mikrobiologik kashfiyotlar asosida gigiyena fani shakllandi va yuksala bordi. Oʻsha davrda Rossiya va boshqa davlatlarda tashqi muhitning — havo, suv va tuproqning inson organizmiga, shuningdek, ijtimoiy omillar — mexnat, turmush tarzi va ovqatlanish sharoitlarining ishchilar sogʻligʻiga taʼsirini oʻrganish tufayli ijtimoiy gigiyena muammosi ilmiy asoslab berildi.

19-a.ning soʻnggi choragida shakllangan biokimyo fani sogʻlom organizmda va patologik holatlarda moddalar almashinuvini oʻrganish, uning oʻzgarishini tekshirish natijasida kasalliklarni aniklash bilan fiziologiya va patofiziologiyani boyitdi va T.ga yangi, yuqori informativ va bajarilishi osonroq lab. usullarini kiritdi. Orqa miya nervlaridagi sezuvchi va harakatlantiruvchi tolalar oʻrganildi, bu esa organizmda nerv sistemasi faoliyatining ahamiyatini aniqlashga imkon berdi, qon va limfa tarkibi, bezlarning tuzilishi va funksiyalari oʻrganildi. Rus olimlari S. P. Botkin, I.M. Sechenov, I.P. Pavlov tadqiqotlari tufayli markaziy nerv sistemasi va butun organizmning faoliyat krnunlari materialistik nuktai nazardan taʼriflab berildi.



Umuman bu davrda eksperimental T. tobora rivojlanib bordi, fransuz olimi K. Bernar va rus patofiziologi V.V. Pashutinning bu borada olib borgan ilmiy ishlari umumiy patologiya (keyinchalik A. A. Bogomolets va S.S. Xalatov asoslagan patologik fiziologiya)ning fan sifatida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Anatomiya va topografik anatomiyalarni chuqur oʻrganish xirurgiyada operatsiyalarning muvaffakiyatini taʼminladi.

20-a.da T. da misli koʻrilmagan yutuqlarga erishildi. Nemis olimi V.K. Rentgen iksnurlarni kashf etdi va T.da rentgenologiyaga asos soldi. Tabiiy radioaktivlikning kashf etilishi, yadro fizikasi sogʻasidagi tadqiqotlar ionlovchi nurlarning tirik organizmga taʼsirini oʻrganuvchi radiobiologiya fanini yuzaga keltirdi. Bu sohadagi keyingi izlanishlar davolash va diagnostika maqsadida radioaktiv izotoplardan, nishonlangan atomlardan foydalanish imkonini berdi. T. texnikasi ham tez rivojlandi. T.ga elektronika yutuklarining tatbiq etilishi natijasida organizmdagi turli organ va sistemalar faoliyatini aniq belgilab beradigan usullar, sunʼiy yurak, sunʼiy buyrak va h.k. ixtiro qilindi. Elektron mikroskop endilikda hujayradagi eng murakkab va nozik oʻzgarishlarni, mayda mikroblarni aniqlashda zarur qurol boʻlib qoldi. T. kibernetikasi yordamida zamonaviy, ixcham va qulay protezlar yaratildi, shuningdek, operatsiya vaqtida bemorning nafas olishi va arterial bosimini meʼyorida saklab turadigan turli avtomatik sistemalar ishlab chiqildi, texnika taraqqiyoti, oʻz navbatida, T.ga yangi sohalar (aviatsiya tibbiyoti, kosmik tibbiyot)ni kiritdi. Irsiyat va organizmning oʻzgaruvchanlik qonuniyatini oʻrganadigan genetika fani T.ning rivojiga katta taʼsir koʻrsatdi. Irsiy kasalliklarni oʻrganish tibbiyot genetikasining paydo boʻlishiga olib keldi. Immunologiyaning rivojlanishi immunologik oʻzgarishlar oqibatida kelib chiqadigan kasalliklarni oʻrganadigan immunopatologiyaga asos boʻldi. K. Landshteynerning izogemagglyutinatsiya qonuni (1900— 01), Ya. Yanskiy tomonidan odam qoni tarkibi jihatidan 4 guruhga boʻlinishi kashf etilishi (1907) T. amaliyotida qon quyishdan keng foydalanishga imkon berdi. Bu davrda T.ga Pirkening sil kasalligini anikdaydigan allergik reaksiyasi (q. Pirke reaksiyasi) va allergiya termini kiritildi. 1939—40 yillarda mikroorganizmlarga qarshi kurashning kuchli vositalaridan boʻlgan antibiotiklar ixtiro qilindi va amalda qoʻllanila boshladi. Vitaminlar haqidagi taʼlimot ham rivoj topdi. Ichki sekretsiya bezlarining tuzilishi va funksiyasini oʻrganish tufayli endokrinologiya mustaqil fanga aylandi, u rivojlanib, gormonoterapiya va gormonal regulyatsiya masalalarini xam oʻrganishga kirishildi. Kimyoterapiya, gormonoterapiya va markaziy nerv sistemasiga taʼsir etadigan preparatlarning qoʻllanilishi va turli sintetik preparatlarni olish usullarining kengayishi klinik T.ni tubdan oʻzgartirdi. Bu davrda yangi tibbiy jihozlar, jumladan, elektron apparatlar yordamida yurak faoliyatini klinik va eksperimental tekshirishlar amaliyotda keng qoʻllanishi natijasida kardiologiya sohasi ichki kasalliklar klinikasidan mustaqil fan sifatida ajralib chikdi. Miokard infarkti, qon ivishi, ateroskleroz va boshqa klinikasi taʼriflab berildi. Endilikda kardiologiya muammolarini terapevtlargina emas, balki xirurglar, fiziologlar, biokimyogarlar va boshqa xam oʻrganmoqdalar. Qon sistemasini oʻrganadigan fan — gematologiya xam rivojlandi. Urush xarakatlari chogʻida harbiy dala xirurgiyasi yuzaga keldi. Travmatizmning oʻsishi tufayli travmatologiya va ortopediya shakllandi. V.P. Fshshtovnnng plastik xirurgiya sohasidagi ishlari jahon T.ida yuksak baholandi, Amerikalik olim X.U. Kushing , rus olimlari A.L. Polenov, N.N. Burdenko va boshqa ning ishlari neyroxirurgiyaning shakllanishiga imkon berdi. Siydiktanosil aʼzolari kasalliklarini xirurgik usulda davolash yoʻlga qoʻyilishi tufayli urologiya sohasi qaror topdi. Narkoz berish usuli takomillashtiriddi. Rus xirurgi A. V. Vishnevskiy novokain eritmasi bilan mahalliy ogʻriqsizlantirish usulini ishlab chikdi (1923—30). Zamonaviy narkoz berish usuli va antibakterial terapiya yurak va oʻpka xirurgiyasining rivojlanishiga yoʻl ochdi, sunʼiy qon aylanish apparati va h.k. kashf etildi. Kardioxirurgiya xam yangi odimlar tashladi: tugʻma va revmatik yurak poroklari xirurgik yoʻl bilan davolana boshlandi. Yurak transplantologiyasiga asos solindi (Jan. Afrika xirurgi K. Barnard, 1967).

Pavlov Ivan Petrovich [1849.14(26).9, Ryazan - 1936.27.2, Leningrad] — rus fiziologi; odam va hayvonlar oliy nerv faoliyati taʼlimoti asoschilaridan. Rossiya FA akad. (1907); Tibbiyot-xirurgiya (Harbiy tibbiyot) akademiyasini tugatgach (1879), SP. Botkin laboratoriyasida ishladi. 1890 yildan Harbiy tibbiyot akademiyasining professori, avval farmakologiya, keyinchalik fiziologiya kafedrasi mudiri (1896— 1924), ayni vaqtda Eksperimental tibbiyot institutida fiziologiya boʻlimi boshligʻi. 1925 yildan SSSR FA fiziologiya instituti direktori. Pavlovga ilmiy tatqiqot ishlari olib borish uchun 1921-yil Leningrad yaqinidagi Koltushi (hoz. Pavlove) qishlogʻida ilmiy tajriba stansiyayasi qurib berilgan. Ilmiy izlanishlari qon aylanishi, ovqat hazm qilish va oliy nerv sistemasi fiziologiyasiga oid. Sogʻlom organizm faoliyatini oʻrganishga imkon beruvchi surunkali eksperimentni amaliyotga tatbiq etgan. Ruhiy faoliyat asosini bosh miya poʻstida roʻy beradigan moddiy fiziologik jarayonlar tashkil etishini shartli reflekslar usuli yordamida isbotlagan. Pavlovning oliy nerv faoliyati fiziologiyasi (signal sistemasi, nerv sistemasi tiplari, funksiyalar lokalizatsiyasi, katta yarim sharlar ishi sistemali boʻlishi va boshqalar)ga oid tadqiqotlari fiziologiya, tibbiyot, psixologiya va pedagogikaning rivojlanishida katta rol oʻynadi. Pavlov shartli refleksni kashf qildi va oʻrgandi. Uning odam uchun xos boʻlgan oliy nerv faoliyati, ikkinchi signal sistemasi toʻgʻrisidagi tadqiqotlari amaliy ahamiyatga ega. Nobel mukofoti laureati (1904).

Hayvonlar o‘z xatti-harakatlarida I. P. Pavlov birinchi signal tizimining signallari («birinchi signallar») deb atagan signallarga amal qiladi. Hayvonlarning butun psixik faoliyati birinchi signallar tizimi darajasida yuz beradi. Odamda ham birinchi signal tizimining signallari (aniq timsollar, tasavvurlar) uning xulq-atvorini boshqarish va yo‘naltirishda juda muhim o‘rin tutadi.  Masalan, svetoforning qizil chirog‘i haydovchi uchun signal qo‘z-g‘atuvchi bo‘lib, qator harakatlantiruvchi jarayonlarni hosil qiladi.

Natijada haydovchi tormozni bosib, mashinani to‘xtatadi. Yuqorida ta’kidlanganlarning hammasi psixikani obyektiv olamning subyektiv tarzi, voqelikning miyadagi aksi, deb hisoblash imkonini beradi.  Psixologiya psixikani o‘rganishning muayyan ilmiy vazifalariga, o‘zining aniq tadqiqot mavzuiga egadir. Psixologiya ta’sir ko‘rsatuv-chi obyektlari bo‘lgan subyektning ichki, psixik holatiga tashqi ta’sirlar natijasida ro‘y beradigan o‘zgarishlar jarayoni qanday kechishini o‘rganadi.

Psixika faolligi bilan ajralib turadi. Uning zarur jihati mayllar, eng maqbul yechimni faol izlash, ehtimoli tutilgan xatti-harakatlar variant-larini xayoldan o‘tkazishdan iboratdir. Psixik in’ikos aynan o‘zini aks ettiradigan, sust narsa emas, balki u harakatlarning turli variantlarini izlash, tanlash, solishtirish bilan bog‘liq bo‘lgan shaxs faoliyatining zarur jihati hisoblanadi. Psixikaning mavjudligi izchil harakat dasturini tuzish, oldiniga ichki rejada ish bajarish (masalan, xulq-atvorning ehtimoliy variantlarini tanlash) va shundan keyingina harakat qilish imkonini beradi. Biologik evolutsiya jarayonida kishi psixikasi xulq-atvorni boshqarishning alohida apparati sifatida paydo bo‘lib, sifat jihatdan o‘zgarib ketadi. Odamlar ijtimoiy hayot qonunlarining ta’siri ostida shaxslar bo‘lib yetishadi, ularning har birida ularni voyaga yetkazgan tarixiy sharoitning izlari saqlanib qolgan bo‘ladi. Aslini olganda, kishining xulq-atvori, xatti-harakatlari ham shaxsiy xususiyat kasb etadi. Ta’kidlanganlarning hammasi endilikda psixologiya faniga yuqorida berilgan ta’rifni bir qadar aniqlashtirish imkonini beradi: psixo-
logiya voqelikning miyadagi obrazi sifatida sodir bo‘luvchi psixik faktlar, qonuniyatlar va faoliyat mexanizmlari to‘g‘risidagi fandir. Psixikaning odamga xos bo‘lgan oliy darajasi ongni tashkil etadi. 

Ong psixikaning oliy darajasi, uni yaxlit bir holga keltiruvchi shakli bo‘lib, kishining mehnat faoliyatida, boshqalar bilan (til yordamida) doimiy muloqot qilish jarayonida shakllanishining ijtimoiy-tarixiy  shart-sharoitlari natijasi hisoblanadi.

I.P.  Pavlov  ta’limoti  bo'yicha  organizm  ayrim  a’zolar  yoki  tizimlar yig'indisi  bo'lm ay,  tashqi  m uhit  bilan  uzluksiz  aloqada  bo'lgan  tirik umumlashgan tizimdir.  Har tirik mavjudot  tashqi m uhitdan m a’lum ta’sir oladi va unga mos javob qaytaradi. Bundan tashqari, oiganizmda bo'layotgan  modda almashinish jarayonlari ham , o ‘z navbatida, unga m a’lum  bir ta ’sir  qiladi va organizm bunga javob qaytaradi. Ta’sir tushayotgan soha bilan a ’zo o'rtasidagi aloqa organizmda nerv tizimi vositasida bog'lanadi.  Nerv tizimi tana  qismlari  va  a ’zolaming  faoliyatini  bir-biri bilan bog'lab,  bir butun tizimni hosil  qiladi.

 Ikkinchi tom ondan  nerv  tizimi  organizm  faoliyatini tashqi muhit bilan munosabatini boshqaradi.

Nerv  tizimining  vazifaviy-tarkibiy  birligi  -   nerv  hujayrasi  bo'lib,  u o'zidan chiqayotgan o'simtalari bilan birga neyron deb ataladi.

Sechenov Ivan Mixaylovich Kruzenshteyn ekspeditsiyalari



Sechenov Ivan Mixaylovich [1829.1(13).8, Rossiya, hozirgi NijniyNovgorod viloyati, Tepliy Stan (Sechenovo) qishlogʻi —1905.2(15).I, Moskva] — rus tabiiyotshunosi, Rossiyada fiziologiya maktabi va psixologiyada tabiiyilmiy yoʻnalish va bosh miya reflekslari toʻgʻrisidagi taʼlimotning asoschisi. Peterburg FA faxriy akad. (1904), muxbir aʼzosi (1869). Moskva universitetining tibbiyot ftini tugatgan (1856). Peterburg xirurgiya akademiyasining fiziologiya kafedrasini boshqargan (1860 yildan), fiziologiya lab. sini tashkil qilgan. Moskva unti fiziologiya kafedrasi privatdotsenti (1889), prof. (1891 yildan). S. gomeostaz orqali oʻz-oʻzini boshqarish haqidagi fikrni ilgari surdi (1861). Bosh miya markazlarining harakat aktivligiga taʼsiri toʻgʻrisida tajriba oʻtkazib, baqa uzunchoq miyasi va koʻrish doʻmboqchalariga osh tuzi bilan taʼsir etilganda oyokdarning reflektor yoʻl bilan harakatlanish reaksiyasi toʻxtab qolishi sabablarini tadqiq etadi va psixik jarayenlarning fiziologik asoslarini ochib beradi (1862). S. darvshshjtl targʻib qilib, uni fiziologiya va psixologiya masalalariga ham tatbiq etdi. 1890 yilda u psixofiziologiya va bilish nazariyasi masalalariga oid muammolarni oʻrgandi.

I. M. Sechenov «Bosh miya reflekslari» (1863) asarida ongli va


ongsiz hayotning barcha harakatlari ro‘y berish usuliga ko‘ra reflekslardan iboratdir, degan xulosaga kelgan edi. Psixik hodisa yaxlit reflektor harakatda yuz bergan va uning mahsuli bo‘lgan holda, ayni paytda, hali yuzaga kelmagan natija (ta’sir o‘tkazish, harakat qilish)dan darak beruvchi omil vazifasini bajaradi. Psixik jarayonlarning ahamiyati nimalardan iborat? Bu organizmning signal yoki boshqaruv funksiyasi bo‘lib, u harakatni o‘zgaruvchan shart-sharoitlarga moslashtiradi va shu bilan foydali, moslashuv-chan samaraga erishishini ta’minlaydi. Psixik jarayon miyaning mohiyati, uning tegishli bo‘linmalari funksiyasi sifatida tashqi olam haqidagi axborotning qayoqqa ketishi, qayerda saqlanishi va qayta ishlanishini ko‘rsatuvchi javob faoliyatining boshqaruvchisidir.

Shunday qilib, kishining bilimlari, tevarak atrof haqidagi tasavvurlari, ya’ni individual tajribaning butun boyliklari reflektor harakatga kiradi. Psixik hodisalar tashqi (tevarak atrofdagi muhit) va ichki (fiziologik tizim sifatidagi organizmning holati) ta’sirlarga berilgan javobdir.  

Psixik hodisalar faoliyatning hozir ta’sir etayotgan (sezgilar, idrok) yoki qachonlardir, ya’ni o‘tmish tajribada (xotira yuz bergan qo‘zg‘atuvchiga javob tarzida ro‘y beradigan, ana shu ta’sirni umumlashtiradigan, ularning natijalarini (tafakkur, xayol) oldindan ko‘ra bilishga yordam beradigan, bir xil taassurotlar natijasida faoliyat (histuyg‘u, iroda)ni kuchaytiradigan yoki susaytiradigan, umuman faollashtirib yuboradigan va boshqa xildagi taassurotlar oqibatida uni tormozlashtiradigan, odamlar xulq-atvori (temperament, xarakter va boshqalar)dagi tafovutlarni aniqlaydigan doimiy boshqaruvchilardir.
I. M. Sechenov psixikaning reflektorligi va faoliyatning psixik jihatdan boshqarilishi g‘oyasini ilgari surdi. Bu muhim nazariya va qoidalarni I. P. Pavlov (1849-1936) tajriba yo‘li bilan aniqlashtirdi va  tasdiqladi. U hayvonlarning, shuningdek odamlarning tashqi muhit bilan o‘zaro harakati miya tomonidan boshqarilishi qonuniyatlarini kashf etgan edi. I. P. Pavlovning ushbu qonuniyatlarga nisbatan jami qarashlari odatda ikki xil signal tizimi haqidagi ta’limot deyiladi. Narsaning timsoli (ko‘rinishi, eshitilishi, hid tarqatishi va shu kabilar hayvonlar uchun biron-bir shartsiz qo‘zg‘atuvchi signal bo‘lib xizmat qiladi. Bu ular xatti-harakatining shartli refleks tarzida o‘zgarishiga olib keladi.

Kapitalistik davrdagi tibbiyot. XVI—XIX asrlarda tibbiyot G‘arbiy Yevropada yangidan rivoj topdi. Anatomiyaning asoschisi A. Vezaliy murdani yorib tekshirish bilan odam organiz- mining tuzilishi, organlar funksiyasini ilmiy jihatdan aniq asoslab berdi. Ingliz shifokori U. Garvey odamning qon aylanish sistemasi haqidagi ta’limotni yaratib (1628-yil) fiziologiyaga poydevor qo‘ydi. Fizikaning taraqqiyoti natijasida mikroskop kashf etildi va hujayra, to‘qima, a’zo va sistemalarining nafis tuzilishini o‘rganish imkoniyati tug‘ildi.

XVIII asrning ikkinchi yarmi va XIX asr boshlarida obyektiv tekshirish usullari palpatsiya, perkussiya, laboratoriya diagnostikasi ishlab chiqilishi tufayli amaliy tibbiyot taraqqiy etdi. XVIII asrda qo‘llanilgan klinik tekshiruv natijalarini murdani yorib tekshi- rishdan olingan ma’lumotlar bilan taqqoslash uslubi kasallik belgilari organ va to‘qimalarining tuzilishdagi o‘zgarishlarga bog‘liq ekanligini isbotlashga imkon berdi. Bu tadqiqotlar zaminida keyinchalik patologik anatomiya va gistologiya vujudga keldi.

XVIII asrning ikkinchi yarmi va XIX asr boshlarida yashagan xorazmlik tabib al-Karukiy Hazoraspiy o‘z asarida kishi a’zolarining har xil kasalliklari va ularni dorilar bilan davolash usullarini bayon etgan; mashhur tabib Mahmud Hakim Yaypaniy Ho‘qandiy esa o‘z davrigacha sharq tabobati qo‘lga kiritgan yutuqlarga shaxsiy tibbiy tajribalarini qo‘shgan holda o‘pka, yurak, sut bezi, me’da, jigar, ichak, buyrak, qovuq kabi a’zolari kasallangan, shishgan, toshmalar toshgan, mo‘y-tirnoqlari kasallangan bemorlar, jarohatlangan va yara chiqqan, biror suyagi singan, zaharlangan, zaharli hayvonlar chaqqan kishilarni davolash ustida ish olib borgan.

Ayniqsa, XIX asr oxiri va XX asr boshlarida bu yo‘nalishda tibbiyot gurkirab rivojlandi. I. M. Sechenovning «Bosh miya refleks- lari» (1863-yil) asari shifokor va fiziologlarda dunyoqarashning shakllanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Rus olimlari S. P. Botkin, I. M. Sechenov, I. P. Pavlov, G.A. Zaxarin (kasallikni aniqlashda bemordan so‘rab ma’lumot yig‘ish uslubini ishlab chiqqan), A.A. Ostroumov tadqiqotlari tufayli markaziy asab tizimi va butun organizmning faoliyati qonunlari nazariy ta’riflab berildi. I.P. Pav- lovning ovqat hazm qilish sistemasi fiziologiyasiga oid ishlari Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. Uning oliy nerv faoliyati haqidagi ta’limoti barcha klinik fanlarning rivojiga katta ta’sir ko‘rsatdi.

Matvey Yakovlevich Mudrov (1776—1831) — rus terapevtlar maktabining asoschilaridan biri. U bemorlarni so‘rab-surishtirish va kasallik tarixini tuzishni Rossiyada birinchi bo‘lib rusum qildi, bemorni klinik jihatdan tekshirish sxemasini ishlab chiqdi. M.Y. Mudrov kasallikni emas, balki kasalni davolash kerak, deb ta’kidlar va har kimga individual, ya’ni alohida-alohida davo qilishni yoqlab chiqar edi. U shifokorning asosiy vazifasi — kasallikni aniqlash va sabablarini bilib olish, har tomonlama davolash profilaktika chora-tadbirlarini o‘tkazishdir deb hisoblar edi. U Saratov va Peterburgda vaboga qarshi kurashda faol ishtirok qildi. Peterburgda vabodan vafot etdi.

Grigoriy Antonovich Zaxarin (1829—1897) — Moskva terapevtlar maktabining asoschisi. O‘zining asarlari va klinik faoliyatida odamning tevarak-atrofdagi muhit bilan o‘zaro munosabatlariga hal qiluvchi ahamiyat berdi. U bemorni surishtirishning o‘ziga xos uslubini ishlab chiqdi. Surishtirish uslubini tekshirishning boshqa uslublari (metodlari) bilan qo‘shish, unga bemor organizmidagi anatomik o‘zgarishlarni juda aniq bilib olish uchun imkon berdi. U laboratoriya va asboblar bilan bajariladigan uslublardan foydalandi va bularni qo‘shimcha uslublar deb qaradi.

Davolashni u kompleks chora-tadbirlardan: gigiyena talablariga mos hayot kechirish iqlim bilan davolash (klimatoterapiya) va dori-darmonlar bilan yordam berishdan iborat deb bildi. Sil to‘g‘ri- sidagi ta’limotga uning tomonidan ko‘pgina yangiliklar kiritildi. Qimiz bilan davolashni amalda joriy qildi, fizioterapiya uslublarini shifobaxsh ta’sirini ilmiy jihatdan asoslab berdi.

Sergey Petrovich Botkin (1832—1889) — klinik tibbiyotdagi fiziologik yo‘nalishning asoschisi. S.P. Botkin kasalliklarning patoge- nezini tekshirishda, asosan, organizmning fiziologik aloqalarini o‘rganish kerakligini birinchi bo‘lib isbot qilib berdi. U sariq kasalligining yuqumli xastaliklar jumlasiga kirishini birinchi bo‘lib aniqladi. Hozirgi vaqtda bu kasallik Botkin kasalligi deb ataladi. S.P. Botkin ko‘pgina patologik jarayonlar organizmda nerv yo‘llari bo‘ylab reflektor tarzda o‘tadi, degan qoidani oldinga surdi. U ter chiqarish markazini, taloqqa reflektor ta’sir ko‘rsatish markazini tajriba yo‘li bilan kashf etdi va limfa aylanishi hamda qon yaratish markazlari bor, degan taxminni bildirib, turli organlardagi oqsil spetsifik tarzda tuzilgan degan fikrni birinchi bo‘lib bayon qildi.

Aleksey Aleksandrovich Ostroumov (1844—1908) — mashhur rus terapevt-klinisisti. U yurakning I toni kelib chiqishi jihatidan klapanlarga bog‘liq ekanligini birinchi bo‘lib isbot qildi. Boshqa tadqiqotlari bilan tomirlarning devorlarida ham tomir toraytiruvchi, ham tomir kengaytiruvchi nervlar borligini ko‘rsatib berdi: ba’zi shishlar va ter ajralishining nevrogen xarakterda bo‘lishini aniqladi.

Vasiliy Parfenovich Obrazsov (1851—1920) — yirik rus terapevt- klinisisti. Qorin bo‘shlig‘idagi organlarni fizik usul (palpatsiya usuli) bilan tekshirish uslubining yaratuvchisi. V.P. Obrazsov ko‘krak qafasini bitta barmoq bilan bevosita tukillatib ko‘rish uslubi (metodi)ni ishlab chiqdiki, bu uslub tibbiyot amaliyotida keng ishlatiladigan bo‘lib qoldi.

Stetoskop yordami bilan eshitib ko‘rilganda, yurakdagi payqab bo‘lmaydigan tovush o‘zgarishlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri quloq tutib eshitib aniqlash mumkinligini (galop ritmi normal III ton va boshqalarni) isbot qilib berdi. 1909-yili V.P. Obrazsov N.D. Stra- jesko bilan birgalikda yurak arteriyalari tiqilib qolgan degan tashxisni tirik kishiga qo‘ydi va miokard infarktining klinik manzarasini bayon qilib berdi.

Maksim Petrovich Konchalovskiy (1875—1942). Asosiy asarlari hazm organlari patologiyasi, revmatizm va gematologiyaga bag‘ishlangan. Kasallikni organizmning muhit sharoitlariga mosla- shuvchanligining buzilishidir, deb bilar edi. Trombopeniyalarda ko‘riladigan jgut simptomini birinchi bo‘lib bayon qildi (1910- yilda).

Nikolay Dmitriyevich Strajesko (1876—1952). Qon aylanish patologiyasi masalalariga bag‘ishlangan tadqiqotlari, stenokardiya va miokard infarkti, revmatizm, sepsis, me’da-ichak yo‘li kasallik­lari to‘g‘risidagi ta’limoti, ayniqsa, mashhurdir. U qorin bo‘shlig‘i organlari kasalliklarining fizik diagnostikasi prinsiplarini ishlab chiqdi, kolitlar, yara kasalligi, buyrak va o‘t pufagi kasalliklarining diagnostikasi bilan terapiyasini mukammallashtirdi. Qon aylanishi yetishmovchiligining yangi klassifikatsiyasini V.X. Vasilenko bilan birgalikda ishlab chiqdi.

Mixail Vasilyevich Chernorutskiy (1884—1957) — ichki organlar kasalliklarining patogenezi va klinikasida odam konstitu- tsional xususiyatlarining rolini o‘rganishga ko‘p vaqtini bag‘ish- lagan. U revmatizm muammosiga, kasallikning avj olishi hamda taxminida nerv sistemasi, irsiy omillar rolini o‘rganishga katta ahamiyat berdi: allergiya muammosini muvaffaqiyat bilan ishlab chiqdi, revmatizm, o‘tkir nefritlar, seroz plevritlar patogenizida allergiyaning ahamiyatini o‘rgandi.

Georgiy Fedorovich Lang (1875—1948). Uning asosiy ishlari yurak-qon tomirlar patologiyasi masalalariga bag‘ishlanadi. Ichki kasalliklar to‘g‘risidagi ta’limotni rivojlantirishda G. F. Lang nerv sistemasining funksional o‘zgarishlariga katta ahamiyat berdi va kasalliklarning kelib chiqishini I.P. Pavlovning fiziologik ta’limoti nuqtayi nazaridan talqin qildi. U gipertoniya kasalligini kelib chiqi- shida bosh miya po‘stlog‘idagi funksional o‘zgarishlar (xususan, uning uzoq vaqt haddan tashqari zo‘riqishi) yetakchi ahamiyatga ega deb ko‘rsatib berdi. G.F. Lang yurak-qon tomirlar kasallik- larining zamonaviy klassifikatsiyasini ishlab chiqdi. U gematologiyada funksional yo‘nalishni yaratdi, shu yo‘nalish nuqtayi nazaridan olganda, bir qancha qon kasalliklari, qonning parchalanishi va hosil bo‘lish jarayonlari nerv regulatsiyasining buzilishiga bog‘liqdir.

Aleksandr Leonidovich Myasnikov (1899—1965)—ichki tibbiyotning eng muhim muammolariga: jigar patologiyasi, giper- toniya kasalligiga ko‘p e’tibor bergan olimdir. A.L. Myasnikovning gipertoniya kasalligi mohiyat e’tibori bilan po‘stloq dinamikasi va visseral o‘zaro munosabatlarining murakkab tarzda buzilishining ifodasidir, degan konsepsiyasi hozirgi zamonning tegishli davolash profilaktika chora-tadbirlari kompleksi asosida yotadi. A.L. Myas­nikov ateroskleroz muammosini o‘rganishga katta hissa qo‘shdi, shu kasallikda xolesterin almashinuvining buzilishi to‘g‘risidagi masalani o‘z hamkorlari bilan birgalikda ishlab chiqdi. U atero- sklerozning koronar yetishmovchilik va miokard infarkti singari asoratlariga alohida e’tibor berdi.

Vladimir Nikitich Vinogradov (1882—1964). U tekshirish uslublarini mukammallashtirish, profilaktika prinsiplari va faol terapiyani tinmay hayotga tatbiq etib keldi. Ilk bor mashhur kasallik tarixi sxemasini yaratdi. V.N. Vinogradov beqiyos tashxischi edi. U dastlab o‘z klinikasida qonning minutlik hajmini aniqlash, bronxoskopiya, gastroskopiya, yurakni kateterlash, radioaktiv izatoplar usuli va boshqa diagnostik uslublarni birinchi bo‘lib qo‘lladi. V.N. Vinogradov dori-darmonlar bilan faol davo qilish usullarining haqiqiy tashabbuskori edi. U rahbarlik qilayotgan shifoxonada penitsillin surunkasiga davom etadigan septik endokardit va krupoz (zotiljam) pnevmoniyada, kampalon va B12 vitamini xavfli anemiya (Addison-Birmer kasalligi)da, dikumarin — miokard infarktida, AKTG — bronxial astmada, streptomitsin, ftivazid va PASK sil plevritlarida birinchi bor ishlatildi.

V.N. Vinogradov so‘nggi yillarda yurak-qon tomirlar sistemasi patologiyasiga, muammosiga — gipertoniya kasalligi, miokard infarkti, ateroskleroz, revmatizm tizimiga katta e’tibor berdi. Shu munosabat bilan V.N Vinogradov o‘zi boshqarayotgan klinikada fiziologik laboratoriya tashkil etdi.

Vdavr. Sotsialistik tuzumdagi tibbiyot. Bu davrdagi ichki kasallik- larning rivojlanishi sohaning yetuk bilimdonlari — V.P. Obrazsov va N.D. Strajesko (Kiyev), M.P.Konchalovskiy va D.D. Pletnev (Moskva), G.F. Lang (Leningrad) nomlari bilan bog‘liq. Taniqli olimlar tibbiyotning ichki kasalliklar sohasida ish olib borishdi: stenokardiya va miokard infarkti, yurakning revmatik yallig‘lanishi va qon aylanishidagi yetishmovchilik, yara kasalligi va qandli diabet hamda qon kasalliklari shular jumlasidandir. Yurak-tomir kasalliklari: nafas organlari, ovqat hazm qilish, buyrak, qon sistemasi kasalliklarini o‘rganishda V.X. Vasilenko, V.N. Vinogradov,I A. Kassirskiy, A.L. Myasnikov, Y.M. Tareyevning xizmatlari juda katta. Kardiologiyaga oid muammolarni o‘rganish, ayniqsa, muhim. TFAga qarashli Butunittifoq kardiologiya markazi bu sohadagi yagona ilmiy markaz hisoblanadi. Kardioxirurgiyaning rivoj topishi A.N. Bakulev, A.P. Kupriyanov, B.V. Petrovskiy, A.A. Vishnevskiy, E.N. Meshalkin va boshqalarning nomlari bilan bog‘liq. N.N. Petrov va P.A. Gersen onkologiyani rivojlantirishga katta hissa qo‘shishgan.

VI davr. Mustaqil O‘zbekistonda «Ichki kasalliklar» fanining rivojlanishi va taraqqiyoti. Odamlarda uchraydigan kasalliklar, ularni davolash va oldini olishni o‘rganadigan klinik fanlar asosiy davolash uslubiga ko‘ra, terapiya va jarrohlikka bo‘linadi. Tibbiyotning bu qismlari ham o‘z navbatida, ayrim a’zo, sistemalar kasalliklarini o‘rganish, davolashi, ba’zi kasalliklarning ko‘p uchrashi, o‘ziga xosligi hamda qo‘llaniladigan asosiy tekshirish va davolash uslubiga ko‘ra, yana bir necha sohalarni o‘z ichiga oladi. Chunonchi, terapiya, kardiologiya, revmatologiya, nevrologiya, gastroenterologiya, gema- tologiya, endokrinologiya, geriatriya, ftiziatriya, nevropatologiya, psixiatriya, kurortologiya, fizioterapiya, davo fizkulturasi, tibbiyot radiologiyasi va rentgenologiya qismlariga bo‘linib rivojlandi.

O‘zbekistonda ichki kasalliklarni o‘rganishda tibbiyotga oid tadqi- qotlar ko‘lami kengaydi. Ateroskleroz, gipertoniya, miokard in­farkti, stenokardiya, revmatizm, yurakning ishemik kasalligi, yurak porogi kabi yurak-tomir kasalliklari, ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari (gastrit, kolit, enterit, enterokolit va boshq.), gepatit, chillashir, pellagra va boshqa kasalliklarning kelib chiqish sabablari, tarqalishi, davosi va oldini olish masalalari chuqur o‘rganildi. Punksion biopsiya, laparoskopiya, radiogematografiya, ichki a’zolar kasalliklarini maxsus apparat yordamida aniqlash tufayli ichki kasalliklarning yangi klassifikatsiyasi tuzildi. To‘qimalarda parazitlik qiladigan lyambliyalarni topish va u keltirib chiqaradigan kasallik — lyambliozni kompleks davolash usuli ishlab chiqildi.

O‘tkir va surunkali pnevmoniya, bronxial astma kabi kasalliklar alohida e’tibor bilan o‘rganilmoqda. Anemiya, leykoz kabi kasalliklarni o‘rganish va ularni davolashda talaygina yutuqlarga erishildi. Olimlardan M.I. Slonim, I.A. Kassirskiy, N.V.Danilov, A.N. Kryukov, M.F. Mirochnik va boshqalar bergan tadqiqotlarni keyinchalik Z. I. Umidova, A.X. Xo‘jayev, E.I. Otaxonov, N.I. Ismoi- lov, A.A. Asqarov, A.S. Mnushkin, M.H. Hamidova, R.A. Abdul- layev, R.A. Katsenovich, O.B. Bahodirov, K.B. Bahodirov, G.S. Su- laymonova, K.Y. Yo‘ldoshev, T.M. Qoriyev, R.A. Qoraboyeva, X.I. Yanboyeva, A.M. Ubaydullayev, U.A. Asqarov va boshqalar davom ettirib kelishmoqda.

Endokrinologiya bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar (Y.H. To‘ra- qulov, S.A Ma’sumov, P.I. Fyodorova, R.K. Islombekov, E.G. Qayu- mov, Sh.Sh. Ilyosov) natijasida respublikamizning ayrim tuman- larida tarqalgan qalqonsimon bez kasalliklari (xususan, buqoq) keskin kamaydi. Ichki sekretsiya bezlari, diabetoldi holatidagi kishilarda lipidlar almashinuvi va gemodinamikasi o‘rganildi. Fizio- terapiya va kurortologiyaga oid olib borilgan tadqiqot va izlanishlar natijasida respublikada ko‘pgina mahalliy ma’danli suv va shifo- baxsh iqlimli joylar — «Chimyon», «Chortoq», «Toshkent» mine­ral suvi, Sitorayi Mohi Xosa ishlab turibdi. Bu sohada Y.K. Mo‘minov, Z.A. Dolimov, R.A. Katsenovichlarning xizmatlari katta.


Ivan Kruzenshtern Fyodorovich 1770 yil 8 noyabrda Tallin shaxrida tug'ilgan. Rus dengizchisi, admiral (1842), Peterburg Fanlar Akademiyasining faxriy a'zosi (1806). 1802 yil dunyo aylana birinchi rus ekspedisiyasiga (1803-06) boshliq qilib tayinlangan. Ekspedisiya tarkibidagi “Nadejda” (komandiri Yu. Lisyanskiy) kemalari 1803 yil 7 avgustda Kronshtatdan chiqib, 1804 yil martda Gorn burnini aylanib o'tgach. Gavayi orollarigacha birgalikda suzdilar. Bu yerdan “Neva” Novoarxangelsk tomon, “Nadejda” esa Kamchatkaga, so'ng Yaponiyaga ketdi. 1806 yil ekspedisiya Hind va Atlantika okeanlari orqali Kronshtadtga qaytib keldi. Sayohat davrida birinchi marta keng miqyosda okeanografiya va meteorologiyaga oid tadqiqot ishlari o'tkazildi K. Kuril orollarining bir qismi, Saxalin va Kamchatka sohillari, Yaponiyaning ayrim orollari tabiatini o'rgandi. Kruzenshtern sayohat tafsilotlarini, okeanologiya va etnografiya sohasidagi tadqiqot natijalarini 3 jildli “Nadejda” va “Neva” kemalarida 1803, 1804, 1805 va 1806 yillardagi dunyo bo'ylab sayohat (1909-12, 2-nashri, 1950) asarida bayon qilgan. Kruzenshtern 1823-26 yillarda 2 jildli “Janubiy dengiz atlasi” asarini nashrdan chiqardi. Kruzenshtern nomiga Tinch okeandagi bir necha geografik obektlar (bo'g'oz, orol, tog'lar ) qo'yilgan. Kruzenshtern 1846 yil Tallin shaxrida 12 avgustaga vafot etdi.

1803-1806-yillarda rus sayyohi Ivan Kru­zenshtern boshchiligida Yer shari bo`ylab aylanma dengiz sayohatida ishtirok etgan. 1810-1819- yillarda Rossiyaning Boltiq va Qora den­giz flotlaridagi turli kemalar qo`mondoni sifatida xizmat qildi.

  F.Bellinsgauzen I.Kruzenshtern tavsiyasiga binoan 1819-1821-yillarda yana bir mashhur rus sayyohi Mixail Lazarev bilan dunyo bo`ylab suzishni amalga oshirgan birinchi rus Antarktika eks- peditsiyasiga rahbarlik qilgan. «Vostok» va «Mirniy» deb nomlangan ikkita kemada yo`lga chiqqan ekspeditsiyaning asosiy vazifasi Janubiy qutb dengizlarini tekshirish va u yerda materik bor yoki yo`qligini aniqlashdan iborat edi.

Birinchi rus Antarktika ekspeditsiyasi 1819-yilning 4-iyunyda Kronshtadtdan yo`lga chiqib, 2-noyabrda Braziliyaning Rio-de-Ja­neyro shahriga yetib keldi. Sayyoh, bu yerdan dastlab Kuk tomonidan ochilgan Yangi Georgiya orolini aylanib o`tib, to`g`ri janubga suzgan. 56° janubiy kenglikda uchta Markiz de Trevers orollarini kashf kilgach, F.Bellinsgauzen Janubiy Sandvich orollarini tekshirgan. So`ng 59° janubiy kenglik bo`ylab Sharqqa va muzlarning holatiga qarab ikki marta janubga imkon qadar suzib, 69° janubiy kenglikkacha borgan.

  1820-yil 16-yanvarda F.Bellinsgauzen ekspeditsiyasi Antarktidani kashf qilgan. Sayyoh ushbu materikka ilk bor 69°21 '28" janu­biy kenglik va 2°14'50" g`arbiy uzoqlikka qadar (hozirgi shelf muzligi yaqinida) yaqin kelgan. Besh kun o`tgach, 21-yanvarda ekspe­ditsiya ishtirokchilari  ikkinchi marta materikni ko`rishgan va 5-6-fevral kunlari Antarktida qirg`oqlariga yetib borishgan.

  Antarktidada qish kirishi munosabati bilan 1820-yilning martida F.Bellinsgauzen va M.Lazarev qo`mondonlik qilgan kemalar bir-biridan ajralib, hali hech kim bormagan Hind va Janu­biy okeanlarni 55° janubiy kenglik va 9° g`arbiy uzoqlik orqali kesib o`tib, Avstraliyaning Jekson (hozirgi Sidney) bandargohiga yetib kelishgan. Avstraliyadan ekspeditsiya Tinch okeaniga yo`l olib, qator atoll va orollarni (Bellinsgauzen, Vostok, Simonov, Mi­xaylov, Suvorov va Rossiyaliklar) kashf qilgan va Sidneyga qaytib kelgan.



Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish