Buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti «iqtisodiyot nazariyasi»



Download 127,55 Kb.
bet5/7
Sana31.12.2021
Hajmi127,55 Kb.
#237138
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
KURS Ishi iqtisodiyot nazariyasi fozilov

Ish bilan bandlar soni


Hisobot davrida ish bilan bandlar soni quyidagi formula bo‘yicha hisoblab chiqariladi:

IB = Ir + Idx + Inr (5) ;

bunda: Ir — iqtisodiyotning rasmiy sektorida (korxonalar, tashkilotlar, muassasalarda) ish bilan band bo‘lganlar.

Idx — dexkon xo‘jaliklarida ish bilan band bo‘lganlar.



Inr — iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan band bo‘lganlar.

Axborot olish manbai:

Ir yuzasidan — korxonalar va tashkilotlarning mehnat bo‘yicha statistika hisobotlari, solik organlarining ma’lumotlari;

Idx yuzasidan — statistika organlarining hisob-kitoblari va ishchi kuchini tekshirib chikish ma’lumotlari;

Inr yuzasidan — ishchi kuchini tekshirib chikish ma’lumotlari.

Iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan band bo‘lganlarni aniqlash. Iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan band bo‘lganlar jumlasiga rasmiy statistikada hisobga olinmagan, doimiy, vaktinchalik, bir martalik va mavsumiy ishlarni yollanib bajaradigan, shu jumladan, mazkur ishlarni amalga oshirish uchun respublikadan tashkariga chikib ketadigan shaxslar, o‘z biznesini yuritadigan, sheriklar bilan yollanmasdan ishlayotgan shaxslar, takiklanmagan, lekin ro‘yxatga olinmagan faoliyatdan ish xaki yoki daromad topadigan shaxslar (masalan, chorva mol bokish va etishtirish bilan band bo‘lganlar, dexkon bozorlari va chakana bozorda xaridorlarga va savdo kiluvchilarga xizmat ko‘rsatadigan, stasionar bo‘lmagan savdo joylarida savdo bilan band bo‘lgan, xususiy tarzda odam tashish bilan va faoliyatning boshka turlari bilan band bo‘lgan shaxslar) kiradi.

Iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan band bo‘lgan shaxslar soni O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muxofaza qilish vazirligi tomonidan maxsus ishlab chikilgan dastur bo‘yicha yilning xar choragida ishchi kuchini tekshirib chikish asosida aniqlanadi.

Iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan band bo‘lgan aholi sonini ishchi kuchini tanlab tekshirish ma’lumotlari asosida aniqlash uchun:

A). Iqtisodiyotning norasmiy sektorida tegishli faoliyat turlari bilan shug‘ullanayotgan shaxslar sonining so‘rab chikilgan mehnat yoshidagilar sonidagi salmog‘i quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

SSi = SMi : SM · 100 (6);

bunda: SSi — iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyatning konkret (i) turi bilan shug‘ullanuvchi so‘rab chikilganlarning salmog‘i;

SMi — iqtisodiyotning norasmiy sektorida konkret (i) faoliyat turi bilan shug‘ullanuvchi so‘rab chikilganlar mikdori;

SM— mehnat yoshidagi so‘rab chikilganlar mikdori, jami.

B). Olingan salmoklar bo‘yicha iqtisodiyotning norasmiy sektorida konkret faoliyat turi bilan band bo‘lgan aholi soni quyidagi formula asosida hisoblab chiqariladi:

NRBi = MYOT · SSi : 100 (7) ;

bunda: NRBi — iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyatning konkret (i) turi bilan band bo‘lganlar soni;

MYOT — mehnat yoshidagi aholi soni;



MYOT haqida axborot olish manbai— aholining jins va yosh strukturasi to‘g‘risidagi statistika hisoboti ma’lumotlari.

V). Iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan band bo‘lganlar umumiy sonini aniqlash uchun faoliyatning xar bir konkret turi bo‘yicha NRB haqidagi ma’lumotlar ko‘shiladi:

NRB = NRBi (8) ;

bunda: NRBnorasmiy sektorda ish bilan band bo‘lganlar soni.

Mehnat resurslari balansida ish bilan band aholi soni amaldagi milliy tasniflagichlarga muvofik iqtisodiyot tarmoklari (iktisodiy faoliyat turlari) bo‘yicha taksimlanadi va bunda quyidagilar ajratib ko‘rsatiladi:

• Sanoat.

• Kishlok xo‘jaligi.

• Kurilish.

• Transport va aloka.

• Savdo va umumiy ovkatlanish.

• Moddiy-texnikaviy taminot, sotish va tayyorlash.

• Moddiy ishlab chiqarishning boshka tarmoklari.

• Uy-joy-kommunal xo‘jaligi va maishiy xizmat ko‘rsatish.

• Talim, fan, madaniyat, sanat.

• Noishlab chiqarish sohasining boshka tarmoklari.

Bunday qilish aholining iktisodiy faollik darajalarini, mehnat resurslarining faoliyat turlari bo‘yicha taksimlanishini taxlil qilish va baholash imkonini beradi. Bu esa ish bilan bandlikni davlat tomonidan tartibga solish choralarini ko‘rish uchun zarurdir.

Axborot olish manbai: statistika hisoboti, ishchi kuchini tekshirib chikish ma’lumotlari.

Ish bilan band bo‘lmagan, ishga joylashishga muhtoj shaxslar sonini aniqlash.

Ish bilan band bo‘lmagan, ishga joylashishga muhtoj bo‘lgan shaxslar soni mehnat yoshida ish bilan band bo‘lmagan, mehnat organlari tomonidan ishsiz (OI) makomi berilgan shaxslarni; mehnat organlarida ish kidirayotganlar (IK) sifatida ro‘yxatga olinganlar; mehnat organlariga murojaat kilmasdan mustakil ravishda ish kidirayotganlar (IKm)ni o‘z ichiga oladi.

Axborot olish manbai: OI va IK bo‘yicha —mehnat organlarining hisobot ma’lumotlari;

IKm bo‘yicha — ishchi kuchini tekshirib chikish ma’lumotlari;

IK sonini aniqlash uchun balans tuzilgan paytda mehnat organlarida hisobda turgan shaxslar sonidan shu paytda rasman ishsizlar makomi berilgan shaxslar, shu jumladan, ishsizlik bo‘yicha nafaka olayotgan, jamoat ishlarida band bo‘lgan hamda mehnat organlari yollanmasi bo‘yicha kasb-xunar tayyorgarligidan o‘tayotgan, kayta talim olayotgan va malakasini oshirayotgan shaxslar chegirib tashlanadi.

Mustakil ish kidirayotgan shaxslar (IKm) sonini hisoblab chiqarish uchun:

1) ishchi kuchini tekshirib chikish natijalariga ko‘ra ish bilan band bo‘lmagan, ishga joylashishga muhtoj aholining salmog‘i aniqlanadi:

IBJS = (IBt—INAt) : SS · 100,

bunda: IBJS — ish bilan band bo‘lmagan, ishga joylashishga muhtojlar salmog‘i;

IBt — ishchi kuchini tekshirib chikish natijasida aniqlangan ish bilan band bo‘lmaganlar soni, jami;

INAt — ishchi kuchini tekshirib chikish natijasida aniqlangan iktisodiy nofaol aholi, jami;

SS —mehnat yoshidagi so‘rab chikilganlar soni.

2) ish bilan band bo‘lmagan, ishga joylashishga muhtoj shaxslarning umumiy soni quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

IBJ = MAT · IBJS : 100,

bunda: IBJ— ish bilan band bo‘lmagan, ishga joylashishga muhtoj shaxslar soni;

MATmehnat yoshidagi aholi soni;

IBJS tekshirish natijasida aniqlangan ish bilan band bo‘lmagan, ishga joylashishga muhtoj shaxslar salmog‘i.

3) mustakil ravishda (mehnat organlariga murojaat kilmasdan) ish izlayotgan shaxslar soni ish bilan band bo‘lmagan, ishga joylashishga muhtoj shaxslar soni bilan mehnat organlarida ish izlayotganlar sifatida ro‘yxatdan o‘tgan va rasman ishsiz makomini olgan shaxslar o‘rtasidagi fark sifatida aniqlanadi:

IKm = IJM—IK—RI,

bunda: IKm — mustakil ish kidirayotganlar;

IJM— ishga joylashishga muhtojlar;



IK — mehnat organlarida ish kidirayotganlar sifatida ro‘yxatga olinganlar;

RI—rasman ishsizlar.

Iktisodiy nofaol aholi. Mehnat resurslarining balansini tuzish vaktida ularning taksimlanishi sxemasiga asoslanib, iktisodiy nofaol aholining soni xamma vakt mehnat resurslari soni bilan iktisodiy faol aholining soni o‘rtasidagi farkdan iborat bo‘ladi:

INA = MR – IF (9);

bunda: INA— iktisodiy nofaol aholi;

MR — mehnat resurslari soni;

IF — mehnat resurslarining iktisodiy faol kismi.

6. Ishga joylashishga muhtoj shaxslarni aniqlash

Mehnat resurslarining prognoz balansi hisobot balansi ko‘rsatkichlarini, mehnat resurslarining o‘sishi, iktisodiy faoliyat tarmoklari va turlari bo‘yicha taksimlanishi istikbollarini, ishga joylashtirilishi kerak bo‘lgan aholi sonini, shuningdek, mamlakat va mintakalarni ijtimoiy-iktisodiy rivojlantirish, fan-texnika tarakkiyoti yutuklarini joriy etish prognozini hisobga olgan xolda tuziladi.

Ishga joylashtirilishi kerak bo‘ladigan mehnat yoshidagi aholining ko‘payishini aniqlash vaktida ishchi kuchini tekshirib chikish natijalari bo‘yicha olingan ma’lumotlardan foydalaniladi. Buning uchun mehnat yoshidagi aholining taxmin kilinayotgan ko‘payishiga ishlashni istamaydigan yoki ishga kirishish imkoniga ega bo‘lmagan shaxslar soni, shuningdek, norasmiy sektorda band bo‘lgan shaxslar soni mikdorida tuzatish kiritiladi (kamaytiriladi).

Mehnat resurslari balansining prognozi prognoz hisob-kitob ma’lumotlari asosida mehnat resurslari hisobot balansini tuzish uchun nazarda tutilgan tadbirlarga muvofik ishlab chikiladi.

Mehnat resurslari hamda ishga joylashishga muhtoj shaxslar soni balansining ma’lumotlaridan foydalanish. Mehnat resurslari va ishga joylashishga muhtoj shaxslar sonining hisobot va prognoz balanslari asosida mehnat resurslarining ish bilan bandlik darajasi hamda ishsizlik darajasi aniqlanadi, ish bilan bandlikni davlat tomonidan tartibga solish va aholi daromadlarini oshirish chora-tadbirlari ishlab chikiladi.

Mehnat resurslarining ish bilan bandlik darajasi quyidagi formula bo‘yicha foizlarda hisoblab chiqariladi:

Bd = (B:IF) · 100 (10);

bunda: Bd mehnat resurslarining ish bilan bandlik darajasi;

B — ish bilan bandlar soni;

IF — iktisodiy faol aholi soni.

Ishga joylashishga muhtoj shaxslar salmog‘i (yoki umumiy ishsizlik darajasi) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

Ijms = (IM:IF) · 100 (10);

bunda: Ijms — ishga joylashishga muhtoj shaxslar salmog‘i, %;

IM—ishga joylashishga muhtoj shaxslar soni;

IF — iktisodiy faol aholi soni.

Olingan ma’lumotlar, shuningdek, mehnat resurslari va ishga joylashishga muhtoj shaxslar soni balansini hisoblab chiqarishga doir axborot, ularni turli vakt davrlardagi dinamikasiga karab taxlil qilish mehnat resurslari mikdori va strukturasini, mehnat bozoridagi va ish bilan bandlik sohasidagi kundalik tamoyillarni hamda prognoz kilinayotgan o‘zgarishlarni baholash uchun asos bo‘ladi.

Ushbu ma’lumotlar, xususan, iqtisodiyotni rivojlantirishning boshka masalalari bilan birga ko‘rib chikilayotgan ish bilan bandlik va ishsizlik haqidagi ma’lumotlar makroiktisodiy siyosatni hamda mehnat bozoridagi siyosatni shakllantirish chog‘ida muxim rol o‘ynaydi.

Iqtisodiy faol va nofaol aholi, ish bilan bandlar va band bo‘lmagan, ishga joylashishga muhtojlar soni haqidagi axborot ish bilan bandlikni rag‘batlantirish va kengaytirishga karatilgan siyosatni ishlab chikish chog‘ida muxim rol o‘ynaydi. Ayrim aholi guruxlari, xududlar, tarmoklar bo‘yicha tegishli ma’lumotlar, shu jumladan, ishchi kuchini tekshirib chikish jarayonida olingan ma’lumotlar ish bilan bandlik siyosati hamda mehnat bozorini tartibga solishning ijtimoiy okibatlarini baholash uchun qimmatli ma’lumotlar beradi.

Ish bilan bandlik odamlarning ko‘pchiligi uchun asosiy daromad manbai bo‘lganligidan, mehnat resurslari, shu jumladan, ishga joylashishga muhtoj shaxslar balansining materiallari aholi daromadlarini qo’llab-quvvatlash, kambag‘allik darajasini pasaytirishga karatilgan chora-tadbirlarni ko‘rishda muxim unsur bo‘ladi.

Mehnat resurslari hamda ishga joylashishga muhtoj shaxslar soni balansining ma’lumotlari turli taxliliy maksadlar uchun, masalan, mehnat resurslarining shakllanish omillarini, ularning ish bilan bandligini va ishsizlikni aniqlash, shuningdek, mehnat bozorining axvoli va ish bilan bandlik sohasidagi vaziyat, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi va joylashishi haqida jamoatchilikka axborot berish uchun xizmat qilishi mumkin.

Mehnat resurslaridan foydalanishni qo’yidagi ko’rsatkichlar o’zida aks ettiradi:


  1. Mehnat resurslarining bandlik koeffistienti

  2. Iqtisodiy faol aholining yuklama koeffistienti

  3. Aholi yosh tarkibining samaradorlik koeffistienti

5-jadval.

Mehnat resurslaridan foydalanish ko’rsatkichlari

1.

Mehnat resurslarining bandlik koeffistienti, Kb



BB-ish bilan bandlar, MR-mehnat resurslari

2.

Iqtisodiy faol aholining yuklama koeffistienti Kyuk



Ainf-iqtisodiy nofaol aholi, Aif-iqtisodiy faol aholi.

3.

Aholi yosh tarkibining samaradorlik koeffistienti, Kyots



A16yoshgacha-16 yoshgacha bo’lgan aholi, Amyo-mehnat qilish yoshidagi aholi

Manba: Соатов Н.М. Статистика. -Т.: Тиббиёт нашриёти, 2014 йил

Mehnat resurslaridan foydalanish ko’rsatkichlari hududlar bo’yicha tahlil qilinadi. Bundan asosiy maqsad mavjud foydalanilmayotgan mehnat resurslarining joylardagi zahiralarini, hududlardagi mehnat bozorining qay darajada shakllanib borayotganini, aholining iqtisodiy faollik darajasini aniqlash bo’lib hisoblanadi.


Download 127,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish