I bob. Mehnat resurslari va ulardan samarali foydalanishning nazariy asoslari.
Mehnat resurslari va ularning tarkibiy tuzilishi.
Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish ikkita zarur tarkibiy qismdan: bir tomondan, mehnat resurslar (xom ashyo, asbob-uskunalar va hokazo)dan va ikkinchi tomondan, inson resurslaridan, ya’ni kasb malakalari va bilimlariga ega bo‘lgan xodimlardan iborat. Boshqacharoq qilib aytganda, mamlakat aholisining bir qismi bo‘lgan inson resurslari mehnat resurslar bilan bir qatorda iqtisodiy rivojlanish omili sifatida ham namoyon bo‘ladi. Biroq bu omillar o‘z xususiyatlariga qarab bir-birlaridan muhim belgilari bilan farqlanadi.
Inson resurslari – odamlardir. Ular faqat moddiy ne’matlar yaratib qolmay, shu bilan birga ularni iste’mol ham qiladilar. Odamlar o‘zlarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlari jihatidan unchalik bir xil emaslar. Bunga ylarning jinsi, yoshi, sog‘lig‘i, oilaviy ahvoli, ma’lumot darajasi va boshqa ijtimoiy, psixofiziologik sifatlari sabab bo‘ladi. SHuning uchun bir kishi ikkinchisiga o‘xshamaydi.
Iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan islohiy o‘zgarishlar davrida hamma narsalarni inson ehtiyojlari va taqdiri bilan muvofiqlashtirish muhimdir.
Mehnat resurslari mamlakat aholisining o‘z psixofiziologik va aqliy sifatlari bilan moddiy ne’matlar ishlab chiqarishga yoki xizmatlar ko‘rsatishga qodir bo‘lgan qismidan iboratdir.
Mehnat resurslari deb, o‘zining aqliy va jismoniy mehnati bilan ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etadigan mehnatga qobiliyatli kishilar to‘plamiga aytiladi.
Bu ta’rifdan shu narsa kelib chiqadiki, mehnat resurslari o‘ziga iqtisodiyotda mehnat bilan band bo‘lgan kishilarni ham, mehnat bilan band bo‘lmasa ham mehnat qilishlari mumkin bo‘lgan kishilarni ham qamrab oladi. Boshqacha aytganda, mehnat resurslari haqiqiy (real) va potensial xodimlardir.
Ma’naviy rivojlanish darajasi deganda umumta’lim va kasbiy bilimlar hamda ko‘nikmalar, shaxsiy hususiyatlar tushuniladi. Bu xususiyatlar insonning tanlagan faoliyat sohasida muvaffaqiyatli ishlashi uchun zarur shart hisoblanadi.
Insonning har ikkala sifati bo‘lgan jismoniy va ma’naviy rivoji tasvirlarining ahamiyati iqtisodiyotning rivojlanib borishiga qarab doimiy holda o‘zgarib boradi. Bu hol, o‘z navbatda, mehnat sohasidagi mavjud jahon tamoyilini to‘liq aks ettiradi, iqtisodiyotda va umuman, jamiyatda tez va chuqur o‘zgarishlar bo‘lib turgan davrlarda kishilarning jismoniy va ma’naviy fazilatlari roli ayniqsa ortadi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish esa aksincha, insonning tashabbuskor va faol bo‘lishini nazarda tutadi. Uning qanday yashashi o‘zining yangi iqtisodiy tizimga singib, u bilan hamohang bo‘lib ketish mahoratiga bog‘liq. Insonning jismoniy imkoniyatlari va ma’lumotlilik darajasi, ma’naviyati qanchalik yuqori bo‘lsa, bu narsa shunchalik muvaffaqiyatliroq kechadi.
Zarur jismoniy va ma’naviy imkoniyatlar insonning yoshiga bog‘liq. Ular inson hayotining ilk va etuk davrlarida shakllanadi va rivojlanib, qarilik chog‘ida esa, tabiiy ravishda birmuncha kamayib boradi.
Mehnatga layoqatli yoshdagi kishilarning ma’lum qismini sira ishlamagan yoki sog‘lig‘i yomon bo‘lganligi uchun ishlashdan to‘xtagan kishilar tashkil etadi. Bu o‘rinda gap I va II guruh nogironlari haqida bormoqda, davlat ularni pensiya bilan ta’minlab turadi. Bu kishilar mehnat resurslari tarkibiga kiritilmaydi. Biroq 1 va II guruh nogironlarining ayrimlari (agar ishlab chiqarishda qulay sharoitlar yaratilsa) ishlashlari mumkin. SHuning uchun ham mehnatga layoqatli yoshdagi ishlashi mumkin bo‘lgan, davlat tomonidan pensiya yoshi belgilangan yoshgacha bo‘lgan fuqoralar mehnat resurslariga kiradi (l va II guruh nogironlaridan ishlamaydiganlari bundan mustasnodir). Mehnatga layoqatli yoshdagi aholi orasida ishlamaydigan nogironlarning soni nisbatan kamroq va nisbatan barqarordir.
"Mehnatga layoqatli yoshdagi mehnat qilishga qobiliyatli aholi" tushunchasini ta’riflab olgandan keyin mehnat resurslariga kiradigan fuqorolarning boshqa kategoriyalariga – ishlaydigan o‘smirlar va ishlaydigan pensionerlarga o‘tish mumkin.
Fuqorolarning ana shu qismi mamlakat xo‘jaligidagi mehnat bilan bandligining huquqiy asosi hamisha qonun bilan belgilanadi. Xususan, hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi qonunida mehnat huquqini pyyobga chiqarish aholining mehnat bilan bandligi sohasidagi davlat siyosatining eng muhim tamoyillaridan biri sifatida tilga olingan.
Rivojlangan mamlakatlarda allaqachon "iqtisodiy jihatdan faol aholi" tushunchasi qaror topgan. Halqaro standartlarga muvofiq ularga mehnat bilan band aholi va ish qidirayotgan ishsizlar kiradi. SHuningdek, "fuqorolik jihatidan iqtisodiy faol aholi" tushunchasi ham tarqalgan bo‘lib, ynga harbiy xizmatchilar kiritilmaydi.
SHunday qilib, "mehnat resurslari" o‘z mazmuniga ko‘ra, "iqtisodiy faol aholi" tushunchasidan kengroqdir. Iqtisodiy faol aholidan tashqari mehnat resurslari yana mehnatga layoqatli yoshdagi o‘quvchilarni ham, shuningdek, ana shu yoshdagi uy bekalari va mamlakatning qolgan barcha aholisini, ya’ni ishsiz bo‘lmasa ham, qandaydir sabablarga ko‘ra, mamlakat xo‘jaligida ish bilan band bo‘lmagan aholini ham o‘z ichiga oladi.
Mavjud adabiyotlarda "ish kuchi" tushunchasi ko‘p ishlatilsada, uning chegarasi aniq belgilanmagan. Ba’zan ish kuchi deganda ham haqiqiy xodimlar, ham potensial xodimlar, ya’ni amalda o‘sha "mehnat resurslari"ning o‘zi tushuniladi. Ko‘pincha bu tushuncha tor ma’noda xodimlarning umumiy sonini anglatadi.
Bunga sabab shu bo‘lganki, ko‘pgina mualliflar mehnat bozoridagi vaziyatga baho berar ekanlar, "ish kuchiga bo‘lgan talab”, “ish kuchini taklif qilish" degan tushunchalardan ham foydalanadilar.
"Mehnat resurslari tarkibiga ishlamaydigan urush va I, II guruh mehnat nogironlari hamda imtiyozli shartlarda pensiya oladigan nafaqaxo’rlarni istisno qilgan holdagi mehnat qilish yoshidagi kishilarga ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo’lgan mehnat qilish yoshidan katta va kichiklar fuqarolarni qo’shganda, hosil bo’lgan jismoniy shaxslar kiradi".
Bu belgilashga asosan, mamlakat mehnat resurslari miqdorini hisoblashning qo’yidagi formulasini ko’rsatamiz:
MR=Amly-IN-IIP+IO’+IP (1);
Bu erda: MR-mamlakat mehnat resurslari.
A-mehnatga layoqatli yoshdagi aholi.
IN-ishlamaydigan mehnatga layoqatli yoshdagi nogironlar.
IIP-ishlamaydigan mehnatga layoqatli yoshdagi imtiyozli pensionerlar.
IO’-ishlovchi o’smirlar.
IP-ishlovchi pensionerlar.
Ushbu formuladan ko’rinmoqdaki, mehnat resurslarining sonini hisoblashda mezon sifatida kishining yoshi va ish bilan bandligi ishlatiladi. Ayrim olimlar mehnat resurslari fuqarolarning ish bilan band bo’lishlaridan qat’iy nazar, mehnatga qobiliyatli kishilarni o’z ichiga qamrab oladi deb fikr yuritishadi. Biz bu fikrni faqat mehnatga layoqatli yoshdagi imtiyozli pensionerlar va I,II guruh nogironlaridan tashqari mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga qobiliyatli aholiga ishlatsa o’rinli bo’ladi, mehnat resurslarining boshqa tarkibiy qismlari ish bilan band bo’lganlaridagina resursi hisoblanadi.
Kishining yoshi aholi tarkibidan mehnat resurslarini ajratib olish omillaridan biridir. Ma’lumki, mehnat resurslaridagi mehnat qilish uchun mavjud bo’lgan jismoniy va ma’naviy imkoniyatlari inson hayotining ilk va etuklik davrlarida shakllanadi va rivojlanib boradi, qarilik chog’ida esa tabiiy ravishda kamayib boradi.
Mehnatga layoqatli yoshni chegaralash mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy tizimga, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasiga, ijtimoiy munosabatlarga va tarixiy davrga bog’liq bo’ladi. Mehnat qilishga yaroqli yosh chegarasi turli davrlarda har qaysi mamlakatda turlicha bo’lgan. Respublikamizda mavjud mehnat qonunchiligida ishga qabul qilishga yo’l qo’yiladigan yosh to’g’risida qo’yidagi fikrlar bildirilgan: "Ishga qabul qilishga 16 yoshdan yo’l qo’yiladi. 15 yoshga to’lgan shaxslar ota-onasidan birining yokiular o’rnini bosuvchi shaxsning yozma ravishdagi roziligi bilan ishga qabul qilinishi mumkin
Yoshlarni mehnatga tayyorlash maqsadida, umumta’lim maktablari, hunar texnika bilim yurtlari va o’rta maxsus o’quv yurtlarining o’quvchilarini 14 yoshga to’lganlaridan keyin ota-onasidan birining yoki ular o’rnini bosuvchi shaxsning roziligi bilan bolalarning sog’ligiga va kamol topishiga ziyon etkazmaydigan va ta’lim olish jarayonini buzmaydigan engil ishlarni o’qishdan bo’sh vaqtlarida bajarish uchun ishga qabul qilishga yo’l qo’yiladi" (O’zbekiston resp. Mehnat Kodeksi).
Demak, mamlakatimizdagi mehnat qilishga layoqatli yoshning pastki chegarasi 16 yosh deb belgilangan bo’lib, ayrim hollarda 15 yosh, ba’zan 14 yoshdan o’smirlarga mehnat qilishga ruxsat beriladi, 16 yoshdan kichik mehnat jarayonida band bo’lgan xodimlarni iqtisodiy adabiyotlarda "ishlovchi o’smirlar" deb yuritiladi.
Mamlakatimiz mehnat qonunchiligida mehnat qilishga layoqatli yoshning yuqori chegarasi qo’yidagicha belgilangan: "Yoshga doir pensiya sug’o’rta qilingan xodimlarga umumiy asoslarda: erkaklar 60 yoshga to’lgan bo’lib, umumiy mehnat staji yigirma besh yildan kam bo’lmagan taqdirda, ayollar ellik besh yoshga to’lgan to’lgan bo’lib, umumiy mehnat staji yigirma yildan kam bo’lmagan taqdirda tayinlanadi.
Pensiya sug’o’rta qilingan xodimlarning ayrim toifalariga pensiya yoshi kam bo’lganda, tegishli hollarda esa, mehnat staji kam bo’lganda ham tayinlanadi”
Mamlakatimizda mehnatga layoqatli yoshning yuqori chegarasi erkaklar uchun 59 yosh, ayollar uchun 54 yosh bo’lib, ayrim hollarda, kasb turlari va kishilar organizmidagi o’zgarishlar tufayli, pensiyaga chiqish chizig’i 5-10 yil, ba’zan undan ham ko’proq pastga tushadi. Belgilangan pensiya yoshiga bormasdan, ilgariroq nafaqaga chiqadigan kishilarni "imtiyozli pensionerlar" deb atashadi, hayotda bunday shaxslarning ko’pchiligi avvalgi kasblarida yoki boshqa kasblarda mehnat faoliyatlarini davom ettirganlari tufayli, ish bilan band bo’lgan imtiyozli pensionerlar mehnat resurslari tarkibiga kiritiladi.
Ayrim xodimlar yoshga oid pensiyaga chiqqanlaridan so’ng ham organizmlarida saqlanib qolgan ruhiy-fiziologik imkoniyatlar sababli, mehnat faoliyatlarini davom ettirishlari natijasida "ishlovchi pensionerlar" nomi bilan mehnat resurslari tarkibida qoladilar.
Mehnatga layoqatli yoshdagi aholining kichik qismi sog’ligi yomonligi sababli, I va II guruh nogironlari sifatida, ijtimoiy ishlab chiqarishda qatnasha olmaydi, natijada, ular mehnat resurslari tarkibiga kiritilmaydi. Agar bunday shaxslar uchun ishlab chiqarishda mehnat sharoitlari qulay bo’lganda, ular mehnat faoliyatlarini davom ettirishlari va mehnat resurslari tarkibiga kirishlari mumkin.
Endi ishchi kuchi tarkibiga e’tibor beradigan bo’lsak, bu tushuncha mamlakat halq xo’jaligida band bo’lgan xodimlarni va mehnat qonunchiligiga asosan, rasmiy ro’yxatga olingan ishsizlarni qamrab oladi.
Mehnat resurslari va ishchi kuchini tarkibini chizma orqali ko’rish ular orasidagi farqni yanada yaqqolroq bo’lishini ta’minlaydi. (1-chizma).
1-chizma. Mehnat resurslari va ishchi kuchining tarkibiy tuzilishi.
*Muallif tomonidan tayyorlangan.
Chizmada ko’rinmoqdaki, ishchi kuchi mamlakat mehnat qonunchiligiga asosan, ish bilan band bo’lgan va rasmiy ro’yxatga olingan ishsiz fuqarolardan tashkil topib, mehnat resurslarining bir qismi hisoblanadi.
Mehnat resurslari tarkibiga ishchi kuchidan tashqari, mehnatga layoqatli yoshdagi iqtisodiy nofaol kishilar ham kirib, bunday kishilar mehnat qilishga qobiliyatli bo’lib, turli xildagi sabablar bilan halq xo’jaligining biron-bir sohasida band bo’lmaganlar va ish axtarib mehnat muassasalariga murojaat qilmaganlar. Mamlakat aholisi mehnat resurslari va mehnat resurslariga kirmaydigan iqtisodiy nofaol aholidan tashkil topgan bo’lib, ko’pgina rivojlangan mamlakatlarda mehnat resurslari tushunchasi mavjud bo’lmay, bu mamlakatlardagi iqtisodchilar aholini ishchi kuchi va ishchi kuchidan tashqaridagilardan (iqtisodiy nofaol aholidan) tashkil topadi deb fikr yuritishadi.
Makroiqtisodiy statistikada mehnat resurslarining, ayniqsa, iqtisodiy faol aholining tarkibini qo’yidagi sifat belgilari asosida guruhlab o’rganiladi:
Mulkchilik shakllari bo’yicha;
Tarmoqlar bo’yicha;
Mashg’ulotlar bo’yicha;
Ijtimoiy guruhlar bo’yicha;
Yoshi va jinsi bo’yicha;
Ma’lumoti bo’yicha;
Xududlar miqyosida;
Millati bo’yicha.
Mehnat resurslarini mulkchilik shakllari bo’yicha o’rganishda ularni asosan ikki guruhga davlat sektorida va nodavlat sektorida band bo’lganlarga bo’lib o’rganiladi. Mulkchilik shakllari bo’yicha mehnat resurslarini o’rganish orqali mulkchilik shakllari miqyosida mehnat resurslarining qay darajada o’sib borayotgani, har bir sektorda qanchalik ishchi kuchi mavjudligi, ko’p yoki ozligi, ishsizlik darajasini, ishlab chiqarish transformastiyasi qilinayotgan bugungi sharoitda mulkchilik sohasida mehnat bozorining shakllanish jarayonining qay darajada amalga oshayotgani masalalari o’rganiladi.
Mehnat resurslarini tarmoqlar bo’yicha o’rganish, birinchidan, mehnat taqsimoti qonuniyatlarini, ikkinchidan, mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish yo’nalishini aniqlash imkonini beradi.
Band bo’lganlarni sanoat yoki qishloq xo’jaligida band bo’lishiga qarab mamlakat iqtisodiyotini agrar, agrar-industrial, industrial-agrar, industrial iqtisodiyot ko’rinishlariga ajratadilar.
Mehnat resurslarini hududlar bo’yicha o’rganish mehnat resurslarini hududlar bo’yicha qanday joylashganini va ishlab chiqarishni shunga muvofiq o’zgartirishni, hududlar bo’yicha ishsizlar sonini va mehnat muassasalari qanday ahvolda ekanligini o’rganish uchun muhim bo’lib hisoblanadi.
1.2. Mehnat resurslarining shakllanishi, ularning miqdori o’zgarishining ko’rsatkichlari.
"Mehnat resurslarining shakllanishi" tushunchasi ancha vaqtlardan buyon iqtisodiy adabiyotlarda va statistik amaliyotda qaror topgan bo‘lib, o‘ziga xos tor kasbiy atama sifatida ishlatilib kelinadi. Bu tushunchaning nimadan iborat ekanligi hiqida umumiy tarzda qabul qilingan, munozara talab qilmaydigan tasavvur yo‘q. Biz esa "mehnat resurslarini shakllantirish" deganda mehnat resurslarining doimiy ravishda yangilanib turishi tushuniladi, deb hisoblaymiz.
Mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga qobiliyatli aholi. Mehnat resurslari tarkibiga I va II guruhdagi ishlamaydigan nogironlar kirmasligini esda tutgan holda, dastlab biz mehnat qilishga layoqatli yoshdagi aholini, so‘ngra uning mehnat qilishga qobiliyatli qismini qarab chiqamiz.
Mehnatga layoqatli yoshdagi fuqorolar butun aholining bir qismi bo‘lib, ularning soni demografik omil ta’sirida o‘zgarib turadi. Ularning qancha bo‘lishi tegishli yoshlardagi o‘lim darajasiga bog‘liq. Bu shuningdek, mehnat qilish yoshiga etgan yoshlar bilan pensiya yoshiga etgan fuqorolar soni o‘rtasidagi nisbatga ham bog‘liq. O‘lim qanchalik kam bo‘lsa va mehnat qilish yoshiga etgan fuqorolar bu yoshdan chiqqan kishilar o‘rtasidagi farq qanchalik yuqori bo‘lsa, mehnat qilish qobiliyatiga etgan kishilar soni shunchalik ko‘p bo‘ladi yoki aksincha.
Iqtisodiyotda hamisha pensiya yoshidagi kishilar mehnatidan foydalanish «nuqta»lari bo‘ladi. Ular orasida yuqori aqliy malaka ishlatishni talab qiladigan faoliyat turlari ham bo‘ladiki, ular insondan yuqori umumta’lim tayyorgarligini va muayyan amaliy tajribani talab qiladi. Ko‘pgina maktab o‘qituvchilari, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining muallimlari, shifokorlar, ilmiy xodimlar va boshqa yuqori aqliy faoliyat turlari vakillari borki, ular pensiya marrasidan o‘tgandan keyin ham muvaffaqiyatli mehnat qilib qelmoqdalar. Pensiya yoshining dastlabki besh yilida (erkaklar uchun 60-64 yosh, ayollarda 55-59 yoshda) alohida faollik seziladi.
O‘zbekistondagi o‘tgan asrning 80-yillari oxiri-90-yillari boshidagi iqtisodiy o‘zgarishlar o‘smirlarga qanday ta’sir qilgan bo‘lsa, pensionerlarga ham yuqoridagi sabablarga ko‘ra, taxminan shunday ta’sir qildi. Pensionerlarning mehnat bozori birmuncha ko‘paydi. Kelgusida uzoq muddatli tamoyillarning ta’sir qilishi tobora ko‘proq namoyon bo‘ladi, ular vaziyatni izga solib, pensionerlarning mehnat resurslarini to‘ldirishga qo‘shadigan hissalarini oshiradi.
Mehnat resurslari soni (dinamikasi)ning o‘zgarishi bilan butun aholi sonining o‘zgarishi o‘rtasida tabiiyki, bog‘liqlik bor. Biroq u birinchi qarashda unchalik ko‘zga tashlanmaydi. Mehnat resurslarining soni hamisha butun aholi soni kabi o‘zgaravermaydi. O‘zgarishlar turli yo‘nalishlarda bo‘lishi ham mumkin. Biz «mehnat resurslari» tushunchasi to‘g‘risidagi tasavvur kengroq bo‘lishi uchun ularning o‘zaro bog‘liqligini maxsus qarab chiqamiz.
Mehnat resurslari butunning qismi sifatida aholining takror ishlab chiqarilishi (ya’ni uning doimiy ravishda tiklanib turishi)ni aks ettiradi. SHuning uchun mehnat resurslari sonining dinamikasi pirovard natijada aholi soni dinamikasini aks ettiradi.
O‘smirlar va pensionerlarning mehnat bilan bandlik darajasidagi o‘zgarishlar faqat mehnat resurslariga emas, balki aholining soniga ham daxldordir.
Tug‘ilishdagi farqlar darhol aholi sonining oshishiga ta’sir qiladi, mehnat resurslarida esa faqat 16 yildan keyin aks etadi. Qancha kishi pensiya yoshiga etishi faqat mehnat pesurslariga ta’sir qiladi, butun aholi soniga daxldor bo‘lmaydi.
Mehnat resurslarining aksariyat qismini mehnat qilishga layoqatli yoshdagi mehnatga qobiliyatli aholi tashkil etadi. SHuning uchun ham mehnat resurslarining dinamikasiga xos xususiyatlar ko‘proq darajada mehnatga layoqatli yoshdagi aholi bilan bog‘liqdir.
Butun aholining va uning mehnatkash qismidagi dinamikaning xilma-xil yo‘nalishda yaqqol ifodalangan o‘zgarishi voqealarning normal borishdan chetga chiqish deb qaraladi. Ana shu sababli normal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish uchun noqulay shart-sharoit yaratadi.
SHunday qilib, biz mehnat resurslari butun aholiga taalluqli jarayonlar bilan bevosita bog‘liqligini e’tirof etgan holda, mehnat resurslari dinamikasining ma’lum darajada nisbiy «mustaqilligi»ga e’tiborni qaratamiz. U mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan demografik asosni yaxshiroq tushunishga yordam beradi. SHu ma’noda «mehnat resurslari» ijtimoiy va demografik rivojlanishni tahlil qilish va asoslab berishning o‘ziga xos usulologik vositasi bo‘lib maydonga chiqadi.
Mehnat resurslarining harakati ularning soni, tarkibi, taqsimlanishi va joylanishining vaqt bo’yicha o’zgarishidir. Bu o’zgarish qo’yidagi ko’rinishlarda bo’lishi mumkin:
Tabiiy harakat;
Xududlar ichida va hududlararo harakat;
Tarmoqlar ichida va tarmoqlararo harakat;
Professional (kasbga oid) harakat;
Ijtimoiy harakat.
Tabiiy harakat mehnat resurslarining bir yoshdan ikkinchi yoshga o’tishi uning ko’payishi va kamayishi, yosh bo’yicha tarkibning o’zgarishi tushuniladi. Щududlar ichidagi va hududlararo mehnat resurslarining harakatlanishi bu mexanik harakatlanishni anglatib, mehnat resurslarining bir manzildan ikkinchisiga ko’chishini anglatadi.
Mehnat resurslarining tarmoq ichidagi va tarmoqlararo harakati mehnat resurslarini bir tarmoq ichida bir korxonadan ikkinchisiga o’tishini hamda turli tarmoqlardagi korxonalarda ish joyini o’zgartirishini bildiradi.
Kasbga oid harakatlanish mehnat resurslari kasbni o’zgartirishlari tushuniladi. Mehnat resurslarining ijtimoiy harakatlanishi esa malakasini oshirish, amaliy bilim va ko’nikmalarini oshirib borishlari tushuniladi.
Mehnat resurslarini ko’payishining qo’yidagi manbalari bor:
16 yoshga to’lgan o’smirlar;
ishga jalb qilingan o’smirlar;
ishga jalb qilingan pensionerlar;
mazkur hududga kelgan mehnat qilish yoshidagi aholi yoki ishga qabul qilingan o’smirlar va pensionerlar.
1-jadval.
Mehnat resurslari ko'payishini ifodalovchi ko’rsatkichlar
t/r
|
Ko’rsatkichlar nomi
|
hisoblanishi
|
izoh
|
1.
|
16 yoshga to’lgan bolalar koeffistienti, K16yosh
|
|
A16yosh-16 yoshga to’lgan o’smirlar, Amyo-mehnat yoshidagi mehnatga layoqatli aholi
|
2.
|
Ishga jalb qilingan o’smirlar, Ko’
|
|
As-Mehnat qilish yoshida bo’lmagan ishlaydigan o’smirlar.
|
3.
|
Ishga jalb qilingan pensionerlar, Kp
|
|
Ps-mehnat qilish yoshida bo’lmagan ishlovchi pensionerlar
|
4.
|
Ishga jalb qilingan mehnat yoshida bo’lmaganlar, Kmyob
|
|
|
5.
|
Mazkur hududga kelgan, mehnat qilish yoshidagi aholi koeffistienti, Kkel
|
|
KELmyo-mazkur hududga kelgan mehnat yoshidagi aholi
|
|
Mehnat resurslarining mutlaq ko’payishi ko’rsatkichi, MRko’p
|
|
Manba: Соатов Н.М. Статистика. -Т.: Тиббиёт нашриёти, 2014 йил
Mehnat resurslarini kamayishi mehnat yoshidan o’tganlar, mehnat yoshida o’lganlar, pensiyaga chiqqanlar, mazkur hududdan ketgan mehnat qilish yoshidagilar va ishlovchi pensioner yoki ishlovchi o’smirlar natijasida hosil bo’ladi.
Mehnat bilan bandlik turlari bo‘yicha mehnat reurslarining taqsimlanishini faqat fuqoro aholi (ya’ni bunga harbiy xizmatchilar kirmaydi) bo‘yicha kuzatish mumkin.
Ishlaydigan aholi (mehnat bilan band aholi), o‘z navbatida, ayrim tarmoqlar, kasb guruhlari bo‘yicha taqsimlanishi, shu jumladan, aqliy va jismoniy mehnat bo‘yicha, mehnat rejimi bo‘yicha (to‘liq yillik bandlik, to‘liq bo‘lmagan ish kuni va haftasi va hokazo), nihoyat ijtimoiy-iqtisodiy sohalar bo‘yicha qarab chiqiladi.
Xalqaro jihatlardan biri mehnat bilan bandlarni «iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha» taqsimlashdir. Bu jihatning mazmuni iqtisodiy faoliyat turlari klassifikatori, mahsulot va xizmatlar klassifikatori, deb belgilangan. Unga xalqaro standart tarmoq tasniflashi va xalqaro asosiy mahsulotlar klassifikatori kiradi. Ulap BMTning statistika komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan.
2-jadval.
Mehnat resurslarini kamayishi ko’rsatkichlari
t.r.
|
Ko’rsatkichlar nomi
|
hisoblanishi
|
izoh
|
1.
|
Mehnat yoshidan o’tganlar koeffistienti, Kmyoo’
|
|
Amyosho’ts-mehnat yoshidan o’tgan aholi
|
2.
|
Mazkur yilda vafot etgan mehnat yoshidagilar koeffistienti, Ko’lg
|
|
O’lg-Mehnat qilish yoshida vafot qilganlar.
|
3.
|
Pensiyaga chiqqanlar koeffistienti, Kp
|
|
PChs-pensiyaga chiqqanlar soni
|
4.
|
Mazkur hududdan ketgan, mehnat qilish yoshidagi aholi koeffistienti, Kkel
|
|
KETmyo-mazkur hududdan ketgan mehnat yoshidagi aholi
|
5.
|
Mehnat resurslari safidan chiqqanlarning umumiy koeffistienti, Kum
|
|
MRch-mehnat resurslari safidan chiqib ketgan jami aholi
|
6.
|
Mehnat resurslarining mutlaq kamayishi ko’rsatkichi,
|
|
Manba: Соатов Н.М. Статистика. -Т.: Тиббиёт нашриёти, 2014 йил
Mehnat resurslari ko’payishi va kamayishi natijasini quyidagi ko’rsatkichlar asosida hisoblaymiz.
3-jadval
Mehnat resurslarining ko’payishi va kamayishi ko’rsatkichlari
1.
|
Mehnat resurslarining mutloq qo’shimcha o’sishi,
|
|
2.
|
Mehnat resurslarining qo’shimcha o’sish sur’ati, Ko’sish
|
|
3.
|
Ilgarilash koeffistienti, Ki
|
|
Manba: Соатов Н.М. Статистика. -Т.: Тиббиёт нашриёти, 2014 йил
Mehnat resurslaridan foydalanishni tahlil qilish ko’rsatkichlari.
«Mehnat resurslaridan foydalanish» va «mamlakatning mehnat potensiali» tushunchalari bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqdir.
Biz bu erda foydalanish deganda iqtisodiyotning resurslaridan biri bo‘lgan mehnat resurslarini ta’riflovchi ikki yo‘nalishni tushunamiz. Bu, birinchidan, mehnat resurslarining taqsimlanishi va ikkinchidan, ularning mehnatidan halq xo‘jaligida foydalanish samaradorligidir.
Mehnat resurslarini taqsimlash deganda pesurslarning xalq xo‘jaligida ishlaydigan qismlari va ishlamaydigan qismlari tushiniladi. O‘z navbatida, ishlamaydigan qism mehnat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan yoshdagi o‘quvchilapga va shaxsiy yordamchi xo‘jalik bilan shug‘ullanuvchilarga, harbiy kuchlar safida xizmat qilayotganlarga, ishsizlarga, shuningdek, hech erda ishlamaydiganlarga, o‘qimaydiganlarga va ish qidirmaydiganlarga bo‘linadi.
Mehnat resurslarining tuzilishiga yosh nuqtai nazardan murojaat qilish, ayniqsa, muhimdir. U, ayniqsa, bozor sharoitida ko‘proq ahamiyatga ega. Amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar muvaffaqiyati yoshlarning soniga ko‘p jihatdan bog‘liq. YOshlar yangi iqtisodiy «ruh»ni o‘zlari va mamlakat foydasi uchun muvaffaqiyatliroq o‘zlashtirib oladilar.
Mehnat resurslarini taqsimlashga bog‘liq ravishda inson resurslarining imkoniyatlari rivojlanish omillari sifatida katta yoki kichik bo‘lishi mumkin. Masalaga ana shu tarzda yondashish jamiyatning mehnat potensialini, hududni, korxonalarni o‘rganish va aniqlash imkonini beradi. Mehnat potensialini sifat o‘lchovidagi mehnat resurslari sifatida ta’riflash mumkin.
Yuqorida aytilganlardan shu narsa aniqki, «mehnat potensiali» tushunchasi mehnat resurslari va iqtisodiyotning o‘zaro ta’sirini o‘rganishga yordam beradigan alohida omildir.
Biz yana «mehnat samaradorligi» degan ta’rifni ham aniqlab olishimiz kerak. U mehnat resurslaridan foydalanish ko‘rsatkichlaridan biridir. Har qanday faoliyat turidagi samaradorlik pirovard natijada vaqt bilan o‘lchanadi, vaqt mahsulot birligini yoki xizmatlar birligini ishlab chiqarishga sarflanadi. Bunda mahsulot va xizmatlar sifatiga qo‘yiladigan talablarga katta e’tibor beriladi. SHu nuqtai nazardan mehnatni tatbiq etish samaradorligi – yuqori sifatli pirovard natijaga mehnat sarfini kamaytirishdir.
Mehnat resurslarini taqsimlash turlaridan biri mamlakat hududi bo‘yicha taqsimlash bo‘lib, u ham muayyan foydali axborotga ega. Respublika hududi iqtisodiy rivojlanish darajasi kishilarning farovonligi va demografik rivojlanishi bilan farq qiladi. Mehnat resurslarini shakllantirishning mintaqaviy xususiyatlari, avvalo, demografik va ijtimoiy-iqtisodiy omillar ta’siri bilan bog‘liqdir. Demografik omillarga aholining takror ishlab chiqarilishidagi jadallik kiradi. U hal qiluvchi darajada tug‘ilish darajasi bilan bog‘liq. By daraja qanchalik yuqori bo‘lsa, mehnatga qobiliyatli yoshdagi aholi, demak, mehnat resurslari shunchalik tez o‘sadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy omillardan mehnat resurslarini shakllantirish uchun ancha ahamiyatlisi mintaqadagi ishlab chiqarish va iqtisodiy konyunktura tuzilmasining xususiyatlari (mehnat unumdorligining o‘sishi)ni aytib o‘tish mumkin. Bu hol ishlovchi o‘smirlar va ishlovchi pensionerlar soniga ta’sir qiladi. Ish o‘rinlarining, ayniqsa, o‘smirlar va katta yoshdagi ishlovchilar mehnatidan foydalanishga mos keladigan ish o‘rinlarining mavjudligi ishlab chiqarish tuzilmasi bilan bog‘liq.
Iqtisodiy konyunktura ish kuchiga bo‘lgan talabni oshirish yoki kamaytirishi mumkin. Bu bilan mehnat sohasi kengayadi yoki torayadi, tegishli ravishda qarab chiqilayotgan mehnat resurslarining ishlashi uchun imkoniyatlar ko‘proq yoki ozroq bo‘ladi.
Mehnat resurslaridan foydalanishning mintaqaviy xususiyatlari ham demografik va ijtimoiy-iqtisodiy omillarning amal qilishi bilan bog‘liqdir. Mehnat resurslaridan foydalanish tomonlaridan biri mehnat resurslarini taqsimlash bo‘lsa, ikkinchisi tomoni – mehnatni tatbiq etish samaradorligidir.
Mehnat resurslarini taqsimlash demografik va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning mintaqaviy shart-sharoitlari ta’siriga ancha ko‘proq uchraydi. Demografik omillarning ta’siri aholining yosh tuzilishi orqali namoyon bo‘ladi, u odatda, turli mintaqalarda turlicha bo‘ladi. Mehnatga layoqatli yoshdagi kishilarning ishlaydigan va ishlamaydigan qismlarga bo‘linishi ma’lum darajada ana shu bilan belgilanadi. Aholi orasidagi kichik yoshli bolalar soni o‘zlarini uy-ro‘zg‘or ishlariga bag‘ishlaydigan ayollar soniga ta’sir ko‘rsatadi. Tajriba shundan dalolat beradiki, bu ikki ko‘rsatgich o‘rtasida bevosita bog‘liqlik bor.
Ijtimoiy-iqtisodiy omillardan eng ahamiyatlilari: iqtisodiy konyunktura va ishlab chiqarish tuzilmasidir. Iqtisodiy konyunkturaga ishsizlar soni, ishlab chiqarish tuzilmasiga esa, xodimlarning tarmoqlar bo‘yicha, kasblar, ish kuchining kasbiy tayyorgarligi bog‘liq bo‘ladi.
Mehnatni tatbiq qilish samaradorligi bo‘yicha mintaqalar o‘rtasidagi farqqa sabab shuki, turli hududlarda texnologiya, mehnatni tashkil etish darajasi turlicha. Turli sabablarga, shu jumladan, etnik va tarixiy xususiyatlarga ega bo‘lgan sabablarga ko‘ra ham xodimlar malakasi bir-biridan farq qilishi mumkin.
Mehnat resurslari shakllanishining va ulardan foydalanishning mintaqaviy xususiyatlarini hisobga olish mehnat resurslarini o‘rganishning eng muhim tomonlaridan biridir. Masalaning bu tomonini bilish mehnat munosabatlarini, mehnat bozorini davlat yo‘li bilan samarali tartibga solish uchun zarur.
Mehnat resurslari va ish bilan bandlik o‘zaro uzviy alokadorlik xususiyatiga ega. Ish bilan bandlik shakllarining kengayib borishi mehnat resurslarini boyitishga xizmat kiladi.
Birok, aholi sonining o‘sishi uning munosib turmush dara-jasini taminlash borasida xam muayyan masuliyatlarni keltirib chiqaradi. Bulardan asosiysi — farovon xayot kechirish uchun ish o‘rni va etarli daromad xajmiga ega bo‘lish hisoblanadi. SHunga ko‘ra, xar kanday ijtimoiy yonaltirilgan tarakkiyot yolidan borayotgan mamlakat uchun ishchi kuchi bandligi muammosini xal etish muxim hisoblanadi.
Keyingi yillarda mamlakatimiz iqtisodiyotidagi tarkibiy o‘zgarishlar va iktisodiy isloxotlarning boskichma-boskich chukurlashtirib borilishi ish bilan band aholi sonining o‘sishini taminlamokda.
Jaxon tajribasidan ko‘rinib turganidek, bozor munosabatlari sharoitida mehnat resurslarining ish bilan bandligini taminlash muammolari keskinlashadi. Iqtisodiyoti o‘tish davrida bo‘lgan, ortikcha ishchi kuchining bo‘shatilishiga va faol ish kidirayotgan shaxslar sonining ko‘payishiga olib keladigan tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirayotgan mamlakatlarda bu muammolar yanada dolzarb bo‘lib qolmokda.
Mehnat resurslari balansini tuzish hamda ishga joylashishga muhtoj shaxslarni aniqlash chog‘ida asosiy axborot manbalari davlat statistikasi (mehnat bo‘yicha, aholi bo‘yicha statistika hisobotlari) ma’lumotlari, mamuriy hisobga olishning (masalan, mehnat va aholini ijtimoiy muxofaza qilish organlari, uy-xo‘jaliklari, personal ro‘yxatlari) xar xil turlari, shuningdek, ish bilan bandlik masalalari yuzasidan ishchi kuchini tanlab tekshirishdan iborat bo‘ladi. Ushbu xilma-xil manbalar ulardagi axborotning xususiyati va mazmuni, ma’lumotlarni to‘plash shakllari va usullari bo‘yicha bir-biridan fark qilishi mumkin. Ishchi kuchini tanlab tekshirib chikish — ma’lumot to‘plash vositalari orasida eng moslashuvchan usuldir.
Ularning natijalariga karab mehnat resurslarining shakllanishini, ish bilan bandlar, ishsizlar, iktisodiy nofaol aholi sonini ko‘rsatuvchi ma’lumotlarni olish mumkin. Zaruratga karab, tushunchalar, tariflar va savollarni o‘zgartirish yoki maydalash mumkin. Bu esa, ayrim aholi guruxlari ishchi kuchida ishtirok etishining turli shakllarini aniqlash imkonini beradi. Bunday moslashuvchanlik ushbu tekshiruvlarni turli istemolchilar talablarini kondirish uchun, ayniksa, yarokli kiladi, xalkaro kiyoslanadigan natijalarni taminlaydi. Ishchi kuchini tekshirib chikish fakat ishlayotganlarni emas, balki vaktincha ish bilan band bo‘lmaganlarni xam kamrab olganligidan, u mehnat resurslari va ularning taksimlanish strukturasi haqida to‘la-to‘kis tasavvur xosil qilishni taminlaydi.
Mehnat resurslarining hisobot balansi xar kaysi yil yakunlariga karab O‘zbekiston Respublikasi, Korakalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shaxri bo‘yicha tuziladi, shaxar va kishlok aholisiga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |