Buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakultet iqtisodiyot kafedrasi


Narx haqida tushuncha va uning mohiyati



Download 100,14 Kb.
bet3/6
Sana02.07.2022
Hajmi100,14 Kb.
#730143
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Avezjon Abdulloyev

1.Narx haqida tushuncha va uning mohiyati.
Narx — bozor mexanizmining muhim tarkibiy unsurlaridan biri. U oʻzining vazifalari orqali barqaror iqtisodiyotning shakllanishi hamda samarali amal qilishiga, bozor muvozanatining taʼminlanishiga, milliy daromadning iqtisodiyot turli tarmoq va sohalari, xoʻjalik yurituvchi subʼektlari boʻyicha taqsimlanishiga, aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishiga sharoit yaratadi. Shuningdek, u ishlab chiqaruvchilarni ragʻbatlantirib, sogʻlom raqobat muhitining yaratilishiga katta taʼsir koʻrsatadi.
Narx, baho — tovar qiymatining puldagi shakli; bozor iqtisodiyotida amal qiluvchi iqtisodiy dastak. Iqtisodiy tafakkur tarixidagi ayrim qarashlarda N.ni qiymatning mehnat nazariyasiga asoslanib talqin qilishgan, unga qiymatning puldagi ifodasi deb qaralgan.
Narx shakllanishi - tovarlar va xizmatlarga belgilangan narxning bir qator omillar taʼsirida yuzaga kelishi jarayoni. Umumiy maʼnoda — Narx shakllanishiga davlat organlari (soliq, kredit va iqtisodiy siyosatning boshqa koʻrinishlari orqali) hamda iqtisodiy fa-oliyat subʼyektlarining oʻzlari taʼsir koʻrsatadi. Tor maʼnoda — firmalarning oʻz narx strategiyasini ishlab chiqishi. Narx shakllanishining 3 asosiy — erkin, maʼmuriy va aralash tiplari mavjud. Erkin Narx shakllanishi talab va taklif asosida yuzaga keladi. Barcha tovarlar va xizmatlar narxlarining bevosita maʼmuriy belgilanishi maʼmuriy, erkin va maʼmuriy Narx shakllanishining turli nisbatlarda qoʻllanilishi aralash Narx shakllanishideb yuritiladi. Narx shakllanishi jarayoni tovar ishlab chiqaruvchi firmadan boshlanib, bozor narxi oʻrnatilgach, tugallanadi.
Narx shakllanishining bozor real sharoitiga asoslangan 5 asosiy qoidasi mavjud; harajatlarni qoplash qoidasi — narx darajasi tovarlar sotilganda firmaning tovarlarni ishlab chiqarish va sotish harajatlari toʻla qoplanib, tadbirkorga minimal foydani taʼminlashi kerak. Agar bu qoida amal qilmasa, firma zarar koʻradi yoki tadbirkor xech bir daromad olmay oʻz ishini toʻxtatadi. Harajatlarni qoplash zarurati narxning eng quyi chegarasini belgilaydi va narxning bundan past boʻlishi iqtisodiyot uchun maqbul emas; foydani maksimallashtirish qoidasi — narx oʻrtacha harajatlardan yuqori qilib belgilanishi, tovar shu narx bilan sotilganda iqtisodiy foyda olinishi kerak. Firma oʻz tovariga narx qoʻyganda foydani maksimallashtirishni moʻljallaydi. Foydani maksimallashtiruvchi narx, odatda, monopollashgan bozorda amal qiladi; ra-qobatda yengish qoidasi —belgilangan narx darajasi haridorlarni oʻziga ogʻdirib, raqibni bozordan si-qib chiqarish imkonini berishi zarur. Buning uchun oddiy tovarlar narxi vak,-tincha past belgilanadi, foyda kamayadi, lekin yoʻqotilgan foyda raqobatda yengish uchun xizmat qiladi. Mazkur qoida nufuzli tovarlar narxini yuqoriroq belgilanishini bildiradi, chunki ularning haridorlari puldor tabaqa hisoblanadi; peshqadamlik qoidasi — turdosh (oʻrinbosar), yaʼni bir xil ehtiyojni qondiruvchi tovarlar narxi peshqadam firma belgilagan narxga binoan shakllanadi. Boshqa firmalar narxni peshqadam narxini moʻljalga olib unga yaqin qilib belgilaydi. Bu qoida odatda oligopoliya bozorida amal qiladi. Bunday bozorda firmalar ozchilik boʻlib narxlarni bir-biriga yaqin belgilagan holda, asosan, sifat va servis bilan raqobatlashadi.
Narx quyi va yuqori chegara oraligʻida shakllanadi. Agar quyi chegarani harajatlarni qoplash zarurati belgilasa, yuqori chegarani isteʼmolchilarning harid qobiliyati belgilaydi. Narx yuqori chegaradan chiqib ketsa haridorlarning puli yetmay, tovarlar sotilmaydi, quyi chegaradan past boʻlsa firmalar zararga uchrab, yopilib ketadi. Narx shakllanishining eng muhim talabi uning bozor sharoitiga moslanishi va oʻzgaruvchan boʻlishidir. Narx belgilashga davlatning aralashuvi bozor qoidalariga zid. Shu sababli davlat bozor narxlarini erkinlashtirib, bozor qoidasidan tashqarida yuzaga keladigan mono-pol narxlarni chegaralab turadi.
Tovarlar qiymati va ularning nafliligi o‘zlarining namoyon bo‘lishini narxda topadi. Amaliy hayotda qiymat tovar ishlab chiqaruvchilarni, naflilik esa iste’molchilarni rag‘batlantiruvchi, ularni harakatga keltiruvchi kuch sifatida amal qiladi.
Tovarning xarid qilinishi uning alohida olingan bir kishi uchun emas, balki jamiyat uchun nafliligini va shu bilan birga ijtimoiy qiymatini ham tan olishni bildiradi. Shu sababli, «ijtimoiy naflilik» tushunchasining o‘zi biror tovar (xizmat) ning jamiyat uchun nafliligi, qadr-qiymatga egaligini ko‘rsatadi. Shu mulohazalardan kelib chiqib aytish mumkinki, narx o‘zida faqatgina naflilik yoki sarflarning birini emas, balki har ikkalasining bir vaqtda mavjudligini va ularning ma’lum miqdorini pul ko‘rinishida ifoda etadi.
Tovardagi ikki xususiyat birdaniga tan olinmasa, u pulda ifodalanmasa oldi-sotdi sodir bo‘lmaydi. Chunki tovarning qiymati tomonida sotuvchining manfaati, nafliligi (iste’mol qiymati) tomonida esa xaridorning manfaati yotadi. Tovar egasi o‘z tovari uchun ketgan sarflarni qoplab, ma’lum darajada, iloji boricha ko‘proq foyda olishni ta’minlashi mumkin bo‘lgan qiymatni pul shaklida o‘zlashtirishga intilsa, xaridor iloji boricha sarf qilayotgan pulining har bir birligiga ko‘proq naflilikka (iste’mol qiymatiga) ega bo‘lishga harakat qiladi. Ularning manfaatlari to‘g‘ri kelgan nuqtada, darajada narx o‘rnatilib, tovar pul almashuvi, oldi-sotdi sodir bo‘ladi.
Bu holatni yaxshiroq tasavvur qilish uchun biz quyidagi 2-chizmaga e’tiborni jalb etamiz.
Bulardan xulosa qilib aytish mumkinki, narx – real bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarning ijtimoiy qiymati va ijtimoiy nafliligining puldagi ifodasidir.
Narx borasida qabul qilingan qarorlar iste’molchilarga bevosita ta’sir qilishi mumkin, shuning uchun mahsulotning hayot sikli davomida turli bosqichlar uchun turlicha narx belgilash zaruriyati tug‘iladi. Narx belgilashda bir necha muhim omillarni hisobga olish kerak. Ular:

  1. narx belgilash maqsadlari

  2. narxga iste’molchilar xatti-harakatining ta’siri

  3. narx bilan xarajatlar o‘rtasidagi munosabat

  4. mahsulot xususiyatlari

  5. raqobat muhiti

  6. huquqiy omillar

Iste’molchilarning xatti-harakati narx belgilash usullari va jarayoniga o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qo‘ymaydi. Agar narxlar keskin oshirilsa, talab ham muvofiq ravishda pasayishi va iste’molchilar tarafidan qarshilik kuchayishi mumkin. Bunday ta’sir xarakterini aniqlash uchun ikki xildagi masalalar tahlil etilishi kerak: talab tahlili va elastiklik tahlili.
Talab tahlili va sotuv hajmiga ta’sir o‘tkazish. Talabning umumiy qonuniga muvofiq narxning turli darajalarida talab miqdori ham turlicha bo‘lishi kerak. Odatda narx oshgan sari talab kamayib boradi. Biroq, qimmatbaho va yuqori sifatli mahsulotlar misolida buning teskarisi ham yuz berishi mumkin, ya’ni narx kattaroq bo‘lgan sari talab ham kuchayishi mumkin. Bunda iste’molchilar yuqori narx yuqori sifatni anglatadi deb tasavvur qiladilar.
Mahsulot ma’lum bir miqdorda sotilishi uchun qanaqa narx belgilash kerakligini aniqlash muhim vazifadir. Buni ikki yo‘l bilan aniqlash mumkin:
Sinab ko‘rish - ya’ni mahsulotning turli narxlarda sotilish darajalari amalda sinab ko‘riladi
Iste’molchilar fikrini aniqlash
Elastiklik tahlili va iste’molchilar fikri. Narx elastikligini aniqlash narx o‘zgarishining iste’molchilarga qanchalik ta’sir etishini aks ettiradi. Elastiklik darajasini aniqlash ham oson masala emasdir. Masalan, narx pasaytirilsa o‘zgarish hajmi ko‘proq daromad keltirish darajasida bo‘ladimi yoki yo‘qmi? Bu aksariyat hollarda iste’molchilarning bozordagi narx tendensiyalari haqida ma’lumotga ega ekanliklariga bog‘liqdir. Ba’zi hollarda iste’molchilar ko‘p mahsulotlarning narxini aniq eslay olmaydilar. Demak, narxni pasaytirish talabni oshirmasligi ham mumkin. Shuningdek, har bir iste’molchi har bir mahsulot uchun rezerv narxga ega bo‘ladi, ya’ni o‘zicha to‘lovning maksimum darajasini belgilab oladi. Ba’zi iste’molchilar bir xil mahsulot uchun boshqalarga nisbatan ko‘proq to‘lashga tayyordir, demak ularning rezerv narxlari yuqoriroq bo‘ladi. Shuningdek, har bir iste’molchi o‘ziga yarasha bitim xarajatlariga egadir, bular mahsulot sotib olish uchun safar xarajatlari, mablag‘ni qo‘lga kiritish xarajatlari, markani almashtirish va noma’lum mahsulotni sotib olish xavfi xarajatlaridir.
Narxlardagi o‘zgarish iste’molchilarga turlicha ta’sir etishi mumkin. Quyidagi hollarda iste’molchilar narxlardagi o‘zgarishga ozmi-ko‘pmi befarq bo‘ladilar:
Mahsulot noyob bo‘lsa;
O‘rinbosar mahsulotning borligi haqida ma’lumotlari bo‘lmasa;
Mahsulotlarni narx asosida taqqoslashning iloji bo‘lmasa;
Narx qiymatining umumiy daromadga nisbati juda kichik bo‘lsa;
Narx mahsulotning umumiy pirovard xarajatlariga nisbatan juda kichik bo‘lsa;
Xarajatlarning bir qismi sheriklar tomonidan qoplansa;
Mahsulotning bir bo‘lagi allaqachon sotib olingan bo‘lsa;
Mahsulot yuqori sifatli, obro‘li va eksklyuziv bo‘lsa;
Iste’molchilar mahsulotni saqlashga imkoniyatlari bo‘lmasa.
Xarajatlarning narxga ta’siri
Firmaning narx belgilashda tayanadigan ko‘rsatkich - xarajatlarni qoplashdir. Foyda darajasi esa keyinchalik xarajatlar ustiga qo‘shiladi. Biroq, bu jarayon shu darajada oddiy emasdir. Birinchi navbatda umumiy xarajatlar aniqlanilib, keyin esa mahsulotlar assortimenti bo‘yicha taqsimlaniladi. Ko‘p hollarda xarajatlar subsidiyasi amalga oshiriladi, ya’ni katta xarajatli mahsulotlar boshqa mahsulotlar hisobiga qoplanadi.
Narx o‘rnatish teskari yo‘nalishda ham bo‘lishi mumkin, yangi mahsulot chiqarayotgan firma avvalo, bozorda qanaqa narx muvaffaqiyatli bo‘lishini aniqlaydi va qancha foyda olish kerakligini belgilaydi. Keyin esa qolgan summaga yarasha xarajatlarni rejalashtiradi. Xarajatlar darajasiga xom ashyo va yarim fabrikatlar ta’minotini tashkil etish, dizayn va ishlab chiqarish jarayoni xamda texnologiya ta’sir etadi. Masalan, “Sinninati Milakron” kompaniyasi yirik stanoklarni qurishga ixtisoslashgan. U o‘zining “Maksim 500” stanoklarini qayta rivojlantirib, foydalaniladigan detallarni 30-40%ga qisqartirgan, oldingi 2542 keskich o‘rniga 709 keskich bilan dizayn amalga oshirilgan, stanokni qurish muddati 1800 soatdan 700 soatga tushirilgan va buning natijasida umumiy xarajatlar 36%ga qisqargan. Stanoklarni o‘rnatishga ham ikki hafta o‘rniga ikki kun sarflanadigan bo‘ldi. Demak, har bir tashkilotda xarajatlarni pasaytirish potensiali mavjud bo‘ladi, umumiy sotuv hajmiga ta’sir etmasdan taqsimot, marketing va ishlab chiqarish jarayonidagi samarasiz xarajatlarni aniqlash juda sinchkov taxlilni talab etadi.
Mahsulot xususiyatlarining narx bilan bog‘liqligi:
Mahsulotlarning uchta asosiy xususiyatlari narx belgilash vaqtida hisobga olinishi kerak:

  1. Joylashtirish o‘rni;

  2. Mahsulot hayot sikli bosqichi;

  3. Yolg‘iz mahsulot yoki mahsulot liniyasining bir qismi ekanligi.

Joylashtirish. Mahsulot narxi uning bozordagi joylashtirilishiga qarab o‘zgarishi kerak.
Mahsulot hayot sikli bosqichi. Yangi mahsulot bozorga kiritilishi bosqichida narx yuqori qilib belgilanadi, chunki bozorda hali o‘xshash birorta mahsulot bo‘lmaydi va firmada uni ishlab chiqishga ketgan xarajatlarni tezda qoplash istagi bo‘ladi. O‘sish bosqichida esa tarmoqqa kirayotgan yangi firmalar hisobga olingan holda narx pasaytirib boriladi. Yetuklik bosqichida esa narx pasayib ketadi, chunki raqobat kuchli bo‘ladi; bozor o‘rinbosar mahsulotlarga to‘lgan bo‘ladi. Pasayish bosqichida esa narxlar iloji boricha past qilib belgilanadi va ombordagi mahsulotlarning hammasi sotib yuborilishiga harakat qilinadi.
Yolg‘iz mahsulot yoki mahsulot liniyasining bir qismi ekanligi. Agar mahsulot liniyasidagi hamma mahsulotlar bir xil ehtiyojni qondirsa, bir mahsulotning narxi oshirilishi boshqa mahsulotlarga talab oshirilishini bildiradi va shuning teskarisi ham bo‘lishi mumkin. Mahsulot yagona nusxada chiqarilganda esa narxlar raqobatchilarni hisobga olgan holda o‘rnatiladi.
Raqobatning narx darajasiga ta’siri
Raqobatchilarning asosiy xizmati ular firma uchun namunaviy narxni belgilab beradilar. Firma ham shunaqa ko‘rsatkichlar asosida o‘z narxini belgilashi mumkin. Ba’zi bozorlarda iste’molchilar narxga befarq bo‘ladi yoki hamma narxlarni eslarida saqlamaydi. Bunday bozorlarda narxlarning raqobatchilarga nisbatan pastligining reklama qilinishi va targ‘ib etilishi o‘z samarasini yo‘qotadi.
Firmalar narx borasida raqobatchilar faoliyatini doimiy ravishda taxlildan o‘tkazib borishlari shartdir. Raqobatchilarning narxlari, xarajatlari va faoliyatining asosiy tomonlarini taxlildan o‘tkazish, xamda olingan natijalarni o‘z firmasi berilganlari bilan solishtirish amaliyoti «benchmarking» deyiladi. Benchmarking so‘zining ma’nosi – ma’lum bir darajani o‘lchash maqsadida vertikal holatdagi o‘lchov asbobiga o‘lchov oraliqlarini belgilab olish. Bu so‘z biznesda o‘z firmasi va raqobatchilar faoliyatining asosiy tomonlarini taqqoslash ma’nosida ishlatiladi.
Raqobatchilar narxi past darajada bo‘lganda, korxona ularning har bir xarajat statyalari bo‘yicha sarflayotgan mablag‘larini taxlil etadi. Korxona qaysi yo‘nalishda raqobatchidan ko‘p sarflayotganini aniqlagandan keyin, shu yo‘nalishda xarajatlarni pasaytirishga harakat qiladi.
Huquqiy omillar
Narx belgilash faoliyatining qariyb xamma aspektlari huquqiy omillar ta’sirida bo‘ladi. Bunday ta’sir quyidagi sohalarni qamrab oladi:

  1. Narxni kelishgan holda belgilash - raqobatchilar bir xil narx belgilashga kelishganlarida erkin raqobat muhitiga zarar yetkazgan bo‘ladilar

  2. Narx diskriminatsiyasi - turli iste’molchilar uchun turlicha narx belgilash strategiyasi

  3. Aldovchi narxlardan foydalanish - iste’molchilarni adashtirish maqsadida amalga oshiriladigan narx o‘rnatish faoliyati. Bular ichiga quyidagilar kirishi mumkin:

a) qarmoq va og‘dirish. Bu faoliyat reklama qiluvchi o‘zi aslida sotishga xohishi bo‘lmagan mahsulotni eng yaxshi shartlar asosida taklif etishini targ‘ib etishidir, ya’ni ishlab chiqaruvchi mahsulot uchun eng arzon narxni reklama qiladi (qarmoq) va iste’molchining kelishini ta’minlaydi. Iste’molchi kelgandan keyin, uni yuqoriroq narxga ega bo‘lgan mahsulotni sotib olishga ko‘ndiradi (og‘dirish). Bu pastroq narxli mahsulotning sifatini tanqid qilish orqali, mahsulot mavjud emasligini bahona qilib ko‘rsatish, mahsulotni sotishdan bosh tortish va mahsulotni yetkazib berishning eng noqulay vaqtini ko‘rsatish orqali amalga oshiriladi.
b) oldingi narxga taqqoslash. Ko‘p sotuvchilar mahsulot narxi yonida oldingi yuqori narxni ham aks ettiradilar, ya’ni narxlar nisbatan juda pasayganligini ta’kidlaydilar. Aks ettirilgan oldingi narx qiymati mahsulotning uzoq vaqt davomida sotilish narxi bo‘lgan taqdirda bu noto‘g‘ri emasdir, biroq ba’zi hollarda oldingi narxlar “osmondan olinishi” ham mumkin.
v) narxlarni taqqoslash. Ba’zi firmalar reklamasida ularning narxlari atrofdagi firmalar narxlaridan falon miqdorda va foizda past deb jar solishlarining guvohi bo‘lish ham mumkin. Bunda asos qilib olinadigan “boshqalar narxi” asossiz yuqori qilib ko‘rsatilishi ehtimoldan holi emas.
g) chakana narxlar. Ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlarini reklama qilganda narxning ma’lum bir miqdorda ekanligini bildiradilar, bunda ular chakana savdo tashkilotlariga sotishga maslahat berilgan narx darajasiga suyanadilar. Ammo, chakana savdo tashkilotlari bu mahsulotlarni boshqacha narxlarda sotishi ham mumkin. Bunda ishlab chikaruvchilar da’vo etayotgan narxlar noto‘g‘ri bo‘lib chiqadi.
d) ko‘p firmalar bir mahsulotni sotib olinganida ikkinchisini tekinga yoki yarim narxiga beriladi deb sotuvni rag‘batlantirishga harakat qiladilar. Bunday rag‘batlantirish mahsulot sifati atayin pasaytirilmaganda, hajmi kichraytirilmaganda va narx shunga yarasha oshirilmaganda adolatlidir. Masalan, “Karter” bo‘yoq ishlab chiqaruvchi firma bir bo‘yoq sotib olinganda ikkinchisini tekinga berishga va’da qilgan, aslida esa bo‘yoqning narxi oldingiga nisbatan ikki baravar oshirib qo‘yilgan.
Qotil narxlar. Mahsulotga shunday past narxlar belgilanadiki, bunda raqobatchilarni biznesdan chiqarib yuborishga harakat qilinadi.



Download 100,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish