Qarang: I. Karimov. O’zbekiston XX1 asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot
23
1.2. O’zbekistonda ko’ppartiyaviylik tizimini yaratish uchun zaruriy
huquqiy asoslarining yaratilishi
.
Bugungi qunda demokratik huquqiy davlatni siyosiy partiyalarsiz tasavvur
etib bo‘lmaydi. Demokratik jamiyatda siyosiy partiyalar jamiyat siyosiy
tizimining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, ular bevosita davlat faoliyatining
ustuvorligi yo‘nalishlarini belgilashda ishtirok etadi. O‘zbekiston Respublikasida
siyosiy partiyalar faolitining tashkiliy-huquqiy asoslarini 1992 yil 8 dekabrda qabul
qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosida bo‘lsada, lekin unga
qadar qabul qilingan “Jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi qonuni bu boradagi
qonunlarning dastlabkisi hisoblanadi. 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan ushbu
qonunning 1-moddasida “o‘z huquqlari, erkinliklarini hamda siyosat, iqtisodiyot,
ijtimoiy rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi
qonuniylikni birgalikda ro‘yobga chiqarish uchun birlashgan fuqarolarning hohish
irodalarini erkin bildirishlari natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilma jamoat
birlashmasidir. Siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, kasaba uyushmalari, xotin-
qizlar, yoshlar va bolalar tashkilotlari, veteranlar va nogironlar tashkilotlari ilmiy
texnikaviy, ma’daniy – ma’rifiy, fizkultura-sport va boshqa ko‘ngilli birlashmalar,
ijodiy uyushmalar, yurtdoshlar uyushmalari, assotsiatsiyalar va fuqarolarning
boshqa birlashmalari jamoat birlashmalari deb e’tirof etiladi”
1
deb ko‘rsatib
o‘tilgan.
Asosiy qonunimizda siyosiy partiyalar tashkiliy huquqiy asosining ustuvor
yo‘nalishlari belgilangan bo‘lib, uning siyosiy partiyalar huquqiy maqomi
belgilanishi bilan bir qatorda, fuqarolarning siyosiy partiyalarga uyushishi
huquqlari ham belgilangan (34-modda). Siyosiy partiyalar muhim konstitutsiyaviy
institut sifatida konstitutsiyamizning XII jamoat birlashmalari bobi 60-moddasida
“siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va
o‘zlarining demokratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan vakillari orqali davlat
hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar. Siyosiy partiyalar O‘zbekistonda
1
O’zbekiston Respublikasi “Jamoat birlashmalari to’g’risida”gi qonuni. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi
axborotnomasi. 1991-4-son. 76 bet
24
faoliyatining moliyaviy ta’minlash manbalari haqida Oliy Majlisga yoki u vakillik
qilgan belgilangan holda oshkora tartibda hisobotlar berib turadilar.”
1
Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning jami 13 ta
moddasida partiyalarga doir qoidalar keltirilgan. Asosiy qonunimiz bo‘lgan
Konstitutsiyada siyosiy partiyalarga doir bu qadar e’tibor respublikamizda siyosiy
partiyalarni muhim konstitutsiyaviy institut ekanligidan dalolat beradi.
Siyosiy partiyalarning jamiyat hayotidagi o‘rni va roli hamda ular
faoliyatining bunday konstitutsiyaviy-huquqiy jihatdan mustahkamlanishi
zamonaviy konstitutsiyaviy qonunchilikda quyidagi bir necha yondashuvlar
mavjud ekanligini ko‘rsatadi:
Do'stlaringiz bilan baham: